02.11.2018 yildagi 905-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻqituvchi va murabbiylar xiyobonlari”ni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻqituvchi va murabbiylarning ijtimoiy mavqeyi va nufuzini oshirish, ularni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish tizimini tubdan isloh qilish, yosh avlodni oʻqitish, tarbiyalash va ularning mustaqil dunyoqarashini shakllantirish hamda sohadagi ishlarni yanada takomillashtirish, taʼlim-tarbiya sifatini mazmun jihatidan yangi bosqichga koʻtarish, oʻqituvchilik kasbining nufuzini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni maʼnaviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga taʼlim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 14-avgustdagi PQ-3907-son qarori bilan pedagoglik kasbining yuksak ijtimoiy mavqeyi va obroʻsini targʻib qilish maqsadida 2018 ― 2020-yillarda joylarda “Oʻqituvchi va murabbiylar xiyobonlari”ni tashkil etish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻqituvchi va murabbiylar xiyobonlari”ning konsepsiyasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tegishli loyiha tashkilotlari bilan birgalikda uch oy muddatda “Oʻqituvchi va murabbiylar xiyobonlari”ning(keyingi oʻrinlarda xiyobonlar deb ataladi) namunaviy loyihasini ishlab chiqsin va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yetkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, xiyobonlarning namunaviy loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
namunaviy loyiha asosida xiyobonlarning yaxlit meʼmoriy kompleksi loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan loyihalar asosida barcha tuman (shahar) markazlaridagi madaniyat va istirohat bogʻlari hududlarida xiyobonlar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xiyobonlarni tashkil etishda oʻqituvchi va murabbiylarni ulugʻlovchi monumentlar, kutubxonalar, ilmiy-maʼrifiy binolar, muzeylar va koʻrgazma zallarini tashkil etishga alohida eʼtibor qaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xiyobonlarni tashkil etish uchun mahalliy budjet daromadlarining oshirib bajarilgan qismini, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarning budjetdan tashqari mablagʻlari, shuningdek,homiylik xayriyalari, investorlar mablagʻlarini jalb qilish va maqsadli yoʻnaltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xiyobonlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bilan bogʻliq ishlarni moliyalashtirishda tadbirkorlik subyektlari imkoniyatlaridan keng foydalanish, shu jumladan namunaviy loyihaga muvofiq xiyobonni yoki uning hududidagi yerlarni tanlov savdolari asosida tadbirkorlarga ijaraga berish choralarini koʻrish vazifalari yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xiyobonlarni koʻkalamzorlashtirish va obodonlashtirish hamda ularda ishlayotgan bogʻbonlarga ish haqi toʻlash bilan bogʻliq xarajatlarni, zarur hollarda, mahalliy budjetlar parametrlarida obodonlashtirish xarajatlari uchun nazarda tutiladigan mablagʻlar doirasida qoplash belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi xiyobonlarni tashkil etish maqsadida yangi bino va inshootlarni qurish hamda mavjudlarini rekonstruksiya qilish boʻyicha bajarilayotgan ishlarning sifati, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan birgalikda xiyobonlarda har oy oxirgi haftasining shanba kuni shoir va yozuvchilar, fan, taʼlim va madaniyat sohasining koʻzga koʻringan vakillari bilan badiiy kecha va uchrashuvlarni tizimli ravishda tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 2-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
905-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-noyabrdagi 905-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻqituvchi va murabbiylar xiyobonlari”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KONSEPSIYASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻqituvchi va murabbiylar xiyobonlari”ni (keyingi oʻrinlarda xiyobonlar deb ataladi) tashkil etish orqali pedagoglik kasbining yuksak ijtimoiy mavqeyi va obroʻsini targʻib qilish va ularni ragʻbatlantirish maqsadida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xiyobonlar aholining tabiiy muhit sharoitida dam olib, hordiq chiqarishi uchun moʻljallangan koʻp qirrali madaniy-maʼrifiy va ijodiy-ishlab chiqarish maskani hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xiyobonlarning asosiy vazifasi aholining dam olishi, koʻngilli hordiq chiqarishiga imkoniyatlar yaratish va uni muntazam rivojlantirib borish, madaniy-ommaviy tadbirlarni, ijodiy uchrashuvlar, kechalar oʻtkazish, boʻsh vaqtni toʻlaqonli, faol va mazmunli uyushtirish, insonning tabiat bilan bevosita munosabatda boʻlishi negizida ekologik madaniyatni tarbiyalash, havaskorlik badiiy va texnik ijodiyotining rivojlanishi uchun sharoit yaratishdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Xiyobonlarni tashkil etish va uning asosiy yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻqituvchi va murabbiylar xiyobonlari” konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda Konsepsiya deb ataladi)Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va sanʼat sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 1-avgustdagi PQ-3892-son qaroriga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xiyobonlar xoʻjalik hisobida oʻz-oʻzini mablagʻ bilan taʼminlash, shuningdek,obodonlashtirish ishlari uchun qisman budjetdan ajratiladigan mablagʻ hisobiga oʻzini boshqarish, xoʻjalik mustaqilligi bilan ishlash, ijodiy tashabbuskorlik tamoyillari asosida faoliyat koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Konsepsiya xiyobonlarni rivojlantirish va uning doimiy faoliyatini tashkil etishning quyidagi asosiy yoʻnalishlarini nazarda tutadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
infratuzilma va moddiy-texnik bazani takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim va maʼrifiy faoliyatni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniy-maʼnaviy dam olish xizmatlaridan keng foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar uchun koʻngilochar maydonchalari tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ajdodlar tomonidan toʻplangan tarixiy va madaniy tajriba jamiyat aʼzolarining individual va umumiy rivojlanishi uchun zarur shart ekanligini jamoatchilik ongiga singdirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xiyobonlar oʻqituvchi va murabbiylarning ijtimoiy mavqeyi va nufuzini oshirish, jamiyatda, xususan yosh avlodda ushbu kasb egalariga nisbatan hurmat va ehtirom tuygʻusini uygʻotishga xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xiyobonlarda tashkil etiladigan kichik koʻrgazma zallarida namoyish etiladigan isteʼdodli oʻquvchilarning ishlarini keng ommaga namoyish etish orqali ustoz-shogird anʼanalarini targʻib qilishni tizimli ravishda amalga oshirishga xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xiyobonlarning madaniy-tomosha va ilmiy-maʼrifiy faoliyatini rivojlantirish, birinchi navbatda, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashni, mavjud hududni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, muhandislik tarmoqlarini taʼmirlash va tiklash ishlarini oqilona tashkil etish va amalga oshirish yoʻli bilan yanada qulay shart-sharoitlar yaratishni talab etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Xiyobonlarni tashkil etish mexanizmi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Xiyobonlar tematik xiyobonlar sifatida, 2018 — 2020-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri markazlarida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Xiyobonlar bugungi kunda mavjud boʻlgan madaniyat va istirohat bogʻlari hududining bir qismida ham tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Xiyobonlarning umumiy maydoni 2 gektardan kam boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Xiyobonlarda oʻqituvchi va murabbiylarning siymosini aks ettiruvchi, ularning nufuzini oshiruvchi monumentlar, kutubxonalar, ilmiy-maʼrifiy binolar, muzeylar yoki kichik koʻrgazma zallari va boshqa koʻngilochar obyektlar tashkil etilib, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xiyobonlarga oʻrnatilgan monumentlar xiyobonning asosiy ramzi etib hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xiyobonlarda oʻqituvchi, murabbiylar va oʻquvchilar uchun axborot kutubxona xizmatini koʻrsatish faoliyati tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqimizning boy madaniy merosini toʻplash, saqlash, namoyish etish keng jamoatchilikka tanitish maqsadida muzeylar yoki kichik koʻrgazma zallari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari xiyobonlarni tashkil etish boʻyicha masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Konsepsiyani amalga oshirish orqali quyidagi natijalarga erishiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻqituvchi va murabbiylarning ijtimoiy mavqeyi va nufuzini oshirish, ularni maʼnaviy ragʻbatlantirish yosh avlodda ustoz-murabbiylarga nisbatan chuqur ehtirom hissini tarbiyalaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
anʼanaviy va umuminsoniy qadriyatlar yosh avlod ongiga singdiriladi, etnik madaniy anʼanalarni asrash va unga asoslangan xalq ijodiyoti qoʻllab-quvvatlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish uchun zarur boʻlgan madaniy-koʻngilochar obyektlar, shu jumladan joylarda turli ijodiy tadbirlarning saviyasi yanada koʻtariladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yosh avlod ongiga Vatanga sadoqat va uning taqdiri uchun daxldorlik tuygʻusini singdirib, ularda yot gʻoya va qarashlarning salbiy taʼsiriga qarshi mafkuraviy immunitet shakllantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xiyobonlarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etiladi, milliy madaniyatni yanada keng tadqiq va targʻib etish jarayonida innovatsion gʻoyalar va texnologiyalardan samarali foydalaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sohada uzviy taʼlim tizimi yaratiladi hamda madaniyat sohasida ilm-fan va tadqiqot ishlari yanada yuqori pogʻonaga koʻtariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Konsepsiyaning amalga oshirilishi fuqarolarni ahil, maʼnaviyatli, masʼuliyatli, mustaqil fikrlovchi, ijodkor shaxs sifatida shakllantirish imkonini beradi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.11.2018-y., 09/18/905/2156-son)