01.11.2018 yildagi 896-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 29.09.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hadis ilmi maktabi faoliyatini tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy-maʼrifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 16-apreldagi PF-5416-son Farmoni ijrosini taʼminlash, islom dini va hadis ilmi rivojiga beqiyos hissa qoʻshgan buyuk vatandoshlarimizning boy merosini chuqur oʻrganish, ular tomonidan asos solingan hadis ilmi maktablari faoliyatini qayta tiklash va rivojlantirish hamda islom dini asoslari va hadis ilmini mukammal oʻzlashtirgan oliy maʼlumotli yetuk mutaxassislarni tayyorlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy-maʼrifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 16-apreldagi PF-5416-son Farmoni bilan oliy diniy-maʼrifiy taʼlim muassasasi shaklidagi Hadis ilmi maktabi (keyingi oʻrinlarda Maktab deb ataladi) tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktab Oʻzbekiston musulmonlari idorasi muassisligidagi oliy diniy taʼlim beruvchi nodavlat taʼlim muassasasi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktab bitiruvchilariga beriladigan davlat namunasidagi diplom Oʻzbekiston Respublikasida oliy diniy taʼlim sohasidagi tegishli mutaxassisliklar boʻyicha bakalavr darajasini beruvchi oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Maktabning asosiy vazifalari etib belgilangani inobatga olinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurʼoni karim va hadislarning asl mohiyatini, hadis ilmining ilmiy-nazariy asoslarini chuqur oʻrgangan, hadis ilmi rivojiga beqiyos hissa qoʻshgan ulugʻ vatandoshlarimizning ulkan ilmiy merosini puxta oʻzlashtirgan, hadisshunoslik sohasida ilmiy izlanishlar olib borish koʻnikmasiga ega mutaxassislarni tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hadisshunoslik maktabi shakllanishi va rivojlanishi, uning ilmiy-maʼnaviy asoslarini har tomonlama chuqur oʻrganish, tadqiq etish va uning natijalari asosida hadislardagi ezgu umuminsoniy gʻoyalarni xalqimizga, ayniqsa, yosh avlodga yetkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabda oʻqish muddati besh yil ekanligi, u kunduzgi taʼlim shaklida olib borilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabda “Hadisshunoslik” taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavr darajasidagi kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabga 2018/2019 oʻquv yili uchun qabul kvotasi jami 10 ta oʻrin etib va keyingi yillar uchun qabul kvotasini shakllantirish ushbu sohadagi talab hamda ehtiyojdan kelib chiqqan holda Maktab muassisi tomonidan belgilanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabga arab tilini puxta oʻzlashtirgan, hadislarni yod olishga salohiyati boʻlgan oʻrta maxsus diniy taʼlim muassasalarining iqtidorli bitiruvchilari saralab olinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktab bitiruvchisi taʼlimni oʻz ixtisosligiga koʻra Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi magistraturasida davom ettirishi, tayanch doktorantura va doktorantura bosqichlarida tahsil olishi inobatga olinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston musulmonlari idorasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita bilan birgalikda belgilangan tartibda Maktabning tuzilmasi va ustavini tasdiqlash va davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktab faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish maqsadida ilmiy-pedagog kadrlar tarkibini respublika oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida hamda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tizimida faoliyat koʻrsatayotgan mutaxassislardan shakllantirish, shu jumladan, Maktabga xorijiy taʼlim (ilmiy) muassasalarida malakasini oshirib kelgan, yuqori saviyali professor-oʻqituvchilar va ilmiy xodimlar, sohaning salohiyatli, yetuk mutaxassislarini jalb etish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda Maktab bilan xorijiy mamlakatlarning nufuzli ilmiy va taʼlim muassasalari oʻrtasida hamkorlik aloqalarini oʻrnatish, xorijlik professor-oʻqituvchilarni Maktabga jalb qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktab professor-oʻqituvchilarini malaka oshirish, tajriba almashish va oʻqitish uchun chet mamlakatlarga yuborish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktab bitiruvchilari Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi magistraturasi va doktoranturasida ilmiy ishlarini davom ettirishi uchun ularni puxta va mukammal oʻquv rejalari hamda oʻquv dasturlari asosida tayyorlash tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Maktab faoliyatini moliyalashtirish quyidagi manbalar hisobidanamalga oshirilishi inobatga olinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imom Buxoriy yodgorlik majmui va muassis tomonidan ajratiladigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari, xorijiy va donor tashkilotlarning grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda Maktabning oʻquv rejasi va oʻquv dasturlarini puxta ishlab chiqish, uning axborot-resurs markazini diniy va dunyoviy fanlar boʻyicha zarur darsliklar va oʻquv qoʻllanmalar, badiiy adabiyotlar, davriy nashrlar bilan taʼminlashda koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning buyurtmasiga asosan Maktabdagi taʼlim jarayonida ishtirok etuvchi xorijiy oʻqituvchilar va ekspertlarga kirish vizalarini konsullik va boshqa yigʻimlarsiz rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning buyurtmasiga asosan Maktabdagi taʼlim jarayonida ishtirok etuvchi xorijiy oʻqituvchilar va ekspertlarga davlat boji undirilmagan holda koʻp martalik vizalar berilishini va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning Oʻzbekiston Respublikasida vaqtinchalik yashash joyida vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishini va muddatining uzaytirilishini taʼminlasin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Maktab Samarqand viloyati, Payariq tumani, Xoja Ismoil shaharchasida joylashgan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi binosida tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, “Ziyo” media markaziga Maktab bilan hamkorlikda Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Dorimiy va yurtimizdan yetishib chiqqan boshqa buyuk ulamolarning saboqlari rukni ostida telekoʻrsatuvlar hamda radioeshittirishlar tayyorlash va maqolalar chop etish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi J.K. Akramov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, sanʼat va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 1-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
896-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2018-y., 09/18/896/2148-son; 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 08.05.2023-y., 09/23/193/0260-son; 06.09.2025-y., 09/25/565/0807-son)