01.11.2018 yildagi 896-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hadis ilmi maktabi faoliyatini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 16-apreldagi PF-5416-son Farmoni ijrosini ta’minlash, islom dini va hadis ilmi rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk vatandoshlarimizning boy merosini chuqur o‘rganish, ular tomonidan asos solingan hadis ilmi maktablari faoliyatini qayta tiklash va rivojlantirish hamda islom dini asoslari va hadis ilmini mukammal o‘zlashtirgan oliy ma’lumotli yetuk mutaxassislarni tayyorlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 16-apreldagi PF-5416-son Farmoni bilan oliy diniy-ma’rifiy ta’lim muassasasi shaklidagi Hadis ilmi maktabi (keyingi o‘rinlarda Maktab deb ataladi) tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktab O‘zbekiston musulmonlari idorasi muassisligidagi oliy diniy ta’lim beruvchi nodavlat ta’lim muassasasi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktab bitiruvchilariga beriladigan davlat namunasidagi diplom O‘zbekiston Respublikasida oliy diniy ta’lim sohasidagi tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha bakalavr darajasini beruvchi oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat deb e’tirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Maktabning asosiy vazifalari etib belgilangani inobatga olinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qur’oni karim va hadislarning asl mohiyatini, hadis ilmining ilmiy-nazariy asoslarini chuqur o‘rgangan, hadis ilmi rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan ulug‘ vatandoshlarimizning ulkan ilmiy merosini puxta o‘zlashtirgan, hadisshunoslik sohasida ilmiy izlanishlar olib borish ko‘nikmasiga ega mutaxassislarni tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hadisshunoslik maktabi shakllanishi va rivojlanishi, uning ilmiy-ma’naviy asoslarini har tomonlama chuqur o‘rganish, tadqiq etish va uning natijalari asosida hadislardagi ezgu umuminsoniy g‘oyalarni xalqimizga, ayniqsa, yosh avlodga yetkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabda o‘qish muddati besh yil ekanligi, u kunduzgi ta’lim shaklida olib borilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabda “Hadisshunoslik” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasidagi kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabga 2018/2019 o‘quv yili uchun qabul kvotasi jami 10 ta o‘rin etib va keyingi yillar uchun qabul kvotasini shakllantirish ushbu sohadagi talab hamda ehtiyojdan kelib chiqqan holda Maktab muassisi tomonidan belgilanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabga arab tilini puxta o‘zlashtirgan, hadislarni yod olishga salohiyati bo‘lgan o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalarining iqtidorli bitiruvchilari saralab olinishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktab bitiruvchisi ta’limni o‘z ixtisosligiga ko‘ra O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi magistraturasida davom ettirishi, tayanch doktorantura va doktorantura bosqichlarida tahsil olishi inobatga olinsin.
(4-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-sentabrdagi 565-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.09.2025-y., 09/25/565/0807-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston musulmonlari idorasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bilan birgalikda belgilangan tartibda Maktabning tuzilmasi va ustavini tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktab faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida ilmiy-pedagog kadrlar tarkibini respublika oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan mutaxassislardan shakllantirish, shu jumladan, Maktabga xorijiy ta’lim (ilmiy) muassasalarida malakasini oshirib kelgan, yuqori saviyali professor-o‘qituvchilar va ilmiy xodimlar, sohaning salohiyatli, yetuk mutaxassislarini jalb etish choralarini ko‘rish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda Maktab bilan xorijiy mamlakatlarning nufuzli ilmiy va ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, xorijlik professor-o‘qituvchilarni Maktabga jalb qilish;
(5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-maydagi 193-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 09/23/193/0260-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktab professor-o‘qituvchilarini malaka oshirish, tajriba almashish va o‘qitish uchun chet mamlakatlarga yuborish choralarini ko‘rish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktab bitiruvchilari O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi magistraturasi va doktoranturasida ilmiy ishlarini davom ettirishi uchun ularni puxta va mukammal o‘quv rejalari hamda o‘quv dasturlari asosida tayyorlash tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Maktab faoliyatini moliyalashtirish quyidagi manbalar hisobidanamalga oshirilishi inobatga olinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imom Buxoriy yodgorlik majmui va muassis tomonidan ajratiladigan mablag‘lar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari, xorijiy va donor tashkilotlarning grantlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(6-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda Maktabning o‘quv rejasi va o‘quv dasturlarini puxta ishlab chiqish, uning axborot-resurs markazini diniy va dunyoviy fanlar bo‘yicha zarur darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar, badiiy adabiyotlar, davriy nashrlar bilan ta’minlashda ko‘maklashsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Din ishlari qo‘mitasining buyurtmasiga asosan Maktabdagi ta’lim jarayonida ishtirok etuvchi xorijiy o‘qituvchilar va ekspertlarga kirish vizalarini konsullik va boshqa yig‘imlarsiz rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-maydagi 193-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 09/23/193/0260-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Din ishlari qo‘mitasining buyurtmasiga asosan Maktabdagi ta’lim jarayonida ishtirok etuvchi xorijiy o‘qituvchilar va ekspertlarga davlat boji undirilmagan holda ko‘p martalik vizalar berilishini va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning O‘zbekiston Respublikasida vaqtinchalik yashash joyida vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishini va muddatining uzaytirilishini ta’minlasin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-maydagi 193-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 09/23/193/0260-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Maktab Samarqand viloyati, Payariq tumani, Xoja Ismoil shaharchasida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi binosida tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, “Ziyo” media markaziga Maktab bilan hamkorlikda Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Dorimiy va yurtimizdan yetishib chiqqan boshqa buyuk ulamolarning saboqlari rukni ostida teleko‘rsatuvlar hamda radioeshittirishlar tayyorlash va maqolalar chop etish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi J.K. Akramov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 1-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
896-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2018-y., 09/18/896/2148-son; 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 08.05.2023-y., 09/23/193/0260-son; 06.09.2025-y., 09/25/565/0807-son)