OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI GEODEZIYA VA KARTOGRAFIYA BOShQARMASI (“OʻZGEODEZIYA”) FAOLIYATI MASALALARI
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-fevraldagi 66-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat geodeziya nazorati inspeksiyasi toʻgʻrisidagi, yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati toʻgʻrisidagi, davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan..
Geodeziya va kartografiya boshqarmasi faoliyatini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ilova qilingan quyidagilar tasdiqlansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geodeziya va kartografiya boshqarmasi haqida Nizom;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geodeziya nazorati haqida Nizom;
“Oʻzgeodeziya” boshqaruv apparati tuzilmasi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Geodeziya va kartografiya boshqarmasiga 1992-yilda budjetdan boshqaruv apparatini va avtomobilni saqlashga mablagʻ ajratsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil transporti vazirligi ajratilgan limitga muvofiq Geodeziya va kartografiya boshqarmasiga xizmat koʻrsatish uchun yengil avtomobil ajratsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi Geodeziya va kartografiya boshqarmasini belgilangan tartibda telefon aloqasi bilan taʼminlasin. Boshqarma apparatining boshligʻi uchun Hukumat ATSidan telefon oʻrnatish nazarda tutilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Geodeziya va kartografiya boshqarmasining manzilgohi “Tabiat” davlat markazi Oʻzbekiston filialining binosi, Toshkent shahar, Chilonzor mavzesi, “S” dahasi, 56-uy, deb belgilansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasining taraqqiyot istiqbolini belgilash qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi oʻn kun muddat ichida “Tabiat” davlat markazi muhandislik-laboratoriya korpusi binosini qurib bitkazish uchun pudrat ishlari hajmlarining qimmatlashgan narxini koʻrib chiqsinlar va taqdim etilgan hisob-kitoblar boʻyicha mablagʻ ajratsinlar.
7. Geodeziya va kartografiya boshqarmasiga ikki nafar boshliq oʻrinbosari va 7 kishidan iborat hayʼatga ega boʻlishga ruxsat berilsin. Belgilansinki, Oʻzbekiston aerogeodeziya korxonasining direktori ayni vaqtda geodeziya va kartografiya boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosaridir.
8. Geodeziya va kartografiya boshqarmasi boshligʻi ish haqi hamda tibbiy va maishiy xizmat sharoitlariga koʻra vazir oʻrinbosariga tenglashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimliklar, korxonalar, tashkilotlar, kimning tasarrufida ekanligi va mulkiy egaligidan qatʼi nazar, topografiya-geodeziya va kartografiya ishlarini olib borishda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geodeziya nazorati haqidagi Nizomga amal qilsinlar.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1992-yil 24-mart,
139-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geodeziya va kartografiya boshqarmasi toʻgʻrisida
NIZOM
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geodeziya va kartografiya boshqarmasi* (“Oʻzgeodeziya”) topografiya-geodeziya va kartografiya ishlarini davlat tomonidan boshqarish respublika organi hisoblanadi.
* Bundan keyin matnda “Boshqarma” deb ataladi.
2. Boshqarma bevosita Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi. Boshqarma tarkibiga toʻla hajmlik hisobida boʻlgan va budjetdan mablagʻ bilan taʼminlanadigan, tasdiqlangan ustavlar va nizomlar asosida ishlaydigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar kiradi.
3. Boshqarmaning asosiy vazifalari Oʻzbekiston Respublikasining xalq xoʻjaligini, fan, mudofaa va aholisini barcha turdagi suratga olishlar, xaritalar, geodeziya va nivelir maʼlumotlari, muhandislik-geodeziya va marksheyderlik ishlari bilan taʼminlashdan iboratdir.
4. Boshqarma oʻziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagilarni amalga oshiradi;
geodeziya, topografiya, kartografiya va marksheyderlik ishlarini rivojlantirishning respublika ilmiy-texnika hamda ishlab chiqarish dasturlarini tayyorlash va bajarishni tashkil etish, tematik, geografik, tabiatni muhofaza qilish va boshqa maxsus xaritalar, rejalar va atlaslarni tuzish;
Oʻzbekiston Respublikasining butun hududidagi koordinatlar va balandliklarning yagona tizimida geodeziya va nivelir ishlarini amalga oshirish;
koordinatlar va balandliklarning yagona tizimini saqlash va aniqlash sohasida MDH davlatlarining davlat geodeziya va kartografiya xizmatlari bilan ilmiy-texnik hamda ishlab chiqarish aloqalari oʻrnatish, geodeziya va kartografiya mahsulotlariga normativ-texnikaviy talablarni kelishib olish, birgalikdagi ishlarni rejalashtirish va bajarish;
hukumatlararo bitimlarga muvofiq va kontraktlar boʻyicha chet ellarda topografiya-geodeziya ishlarini bajarish;
xalq xoʻjaligi, vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning joylar xususida kartografiya, fotografiya kabi turli shakllardagi axborotlarga, shuningdek, kosmos orqali olingan maʼlumotlar va raqamli materiallarga boʻlgan talablarini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasining davlat chegaralarini belgilashda, xaritaga olishda demarkatsiya qilishda qatnashish;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida turli idoralar tomonidan bajariladigan topografiya-geodeziya va kartografiya ishlarini litsenziyalash;
ushbu ishlarni, ularni bajaruvchilarning mablagʻ bilan taʼminlanish manbalaridan va idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, davlat tomonidan hisobga olib borish;
korxonalar va tashkilotlarning oʻzlari bajaradigan geodeziya va kartografiya ishlarining texnologiyasi hamda sifatiga amal qilishlarini davlat tomonidan nazorat qilib borish;
doimiy ravishda rejali yangilab borish yoʻli bilan geodeziya shoxobchalarini va xaritalarini zamonaviy holatda saqlash;
respublika kartografiya fondini yuritish va doimiy ravishda yangilab borish;
Oʻzbekiston Respublikasining “Yer haqida” Qonunini, barcha turlardagi kadastrini, ekologik va boshqa dasturlarini kartografik jihatdan taʼminlash;
tabiiy ofatlar rayonlarini kartografiya-geodeziya jihatidan tezkorlik bilan taʼminlash;
nashr etiladigan xaritalarda Oʻzbekiston Respublikasining davlat chegaralarini, shuningdek, viloyatlar, shaharlar va nohiyalarning chegaralarini belgilangan tartibda grafik jihatdan toʻgʻri chizish;
Oʻzbekiston Respublikasi bilan umumiy davlat chegaralariga ega boʻlgan davlatlar bilan ikki tomonlama tuzilgan shartnomalar asosida geodeziya, topografiya va kartografiya ishlarini muvofiqlashtirish;
masʼuliyatini va pirovard natijalardan manfaatdorligini oshirish maqsadida tasarrufidagi korxonalar va tashkilotlarning iqtisodiy mustaqilligini rivojlantirish;
Oʻzbekiston Respublikasi geologiya, geodeziya va kartografiya xodimlari kasaba uyushmasi markaziy qoʻmitasi bilan birgalikda topografiya-geodeziya va kartografiya ishlarida mehnatni muhofaza qilish va mehnatkashlarni ijtimoiy himoyalash boʻyicha tadbirlar ishlab chiqish.
5. Boshqarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining boshqa qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari va farmoyishlariga hamda boshqa normativ aktlarga, ushbu Nizomga amal qiladi.
6. Boshqarmaga Vazirlar Mahkamasi tayinlaydigan boshliq rahbarlik qiladi.
Boshqarmada Boshqarmaning boshligʻi (rais), oʻrinbosarlar, shuningdek, Boshqarmaning, manfaatdor vazirliklarning, davlat qoʻmitalari va idoralarning boshqa rahbar xodimlaridan iborat tarkibda hayʼat tuziladi.
Hayʼat aʼzolari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Boshqarma hayʼati oʻzining muntazam oʻtkaziladigan majlislarida Boshqarmaning huquq doirasiga taalluqli masalalarni koʻrib chiqadi. Hayʼat qarorlari Boshqarma boshligʻining buyrugʻi bilan hayotga tatbiq etiladi.
Boshqarma apparatining tuzilishi va xodimlari sonini Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
7. Boshqarma quyidagi huquqlarga ega:
vazirliklarda, davlat qoʻmitalarida, idoralarda, mahalliy boshqaruv organlarida, topografiya-geodeziya va kartografiya ishlarini rejalashtirishda ishtirok etish, koʻplab maqsadlarda foydalanish manfaatlari yoʻlida, shuningdek, parallelizm va bir-birini takrorlashlarga yoʻl qoʻymaslik maqsadlarida respublikada ularning bajarilishini muvofiqlashtirib borish;
idoraviy mansubligidan va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, korxonalarda va tashkilotlarda topografiya-geodeziya, kartografiya va aerokosmik materiallardan foydalanish tartibini belgilash hamda ushbu materiallarni hisobga olish, koʻpaytirish va saqlashni nazorat qilishni tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida fizikaviy-geografik nomlarning shakllarini standartlashtirish boʻyicha ishlarda qatnashish;
xalqaro tashkilotlarda geodeziya va kartografiya masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi nomidan vakillik qilish, boshqa davlatlarning geodeziya xizmatlari bilan munosabatlarni oʻrnatish;
tasarrufidagi korxonalar va tashkilotlarni belgilangan tartibda qayta tashkil qilish, barpo etish va tugatish, shuningdek, ushbu tashkilotlarning ustavlarini tasdiqlash;
ishlarni bajarish yuzasidan litsenziyalar mavjud boʻlmaganda, belgilangan aniqlikka muvofiq boʻlmaganda va texnologiyalar buzilganda, qonunchilikda belgilangan, ularni toʻliq toʻxtatib qoʻyishgacha boʻlgan choralarni qoʻllanish;
Boshqarma huzurida boʻlinmalar — uyushmalar, kichik korxonalar, ilmiy markazlar va boshqalarni tashkil etish.
8. Boshqarma boshligʻi:
Boshqarmaning ushbu Nizomda belgilangan huquq doirasida Boshqarma tizimidagi boʻlinmalar hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida topografiya-geodeziya, muhandislik-geodeziya, kartografiya va marksheyderlik ishlarini amalga oshiruvchi boshqa tashkilotlar bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar, qarorlar, yoʻriqnomalar va koʻrsatmalar chiqaradi, zarur hollarda esa Oʻzbekiston Respublikasining boshqa vazirliklari va idoralari bilan birgalikda qoʻshma aktlar chiqaradi;
barcha davlat tashkilotlarida va korxonalarida Boshqarma manfaatlarini himoya qiladi, shartnomalar tuzadi, banklarda schyotlar ochadi, Boshqarma markaziy apparatining shtatlar roʻyxatini tasdiqlaydi;
Boshqarmaning tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini tashkil qiladi, Boshqaruv tasarrufidagi korxonalar va tashkilotlarning ishlarini muvofiqlashtirib boradi;
Boshqarma tasarrufidagi davlat korxonalari va tashkilotlarining rahbarlarini kontrakt asosida ishga tayinlaydi va ishdan boʻshatadi.
9. Geodeziya, topografiya va kartografiya ishlarini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish, yagona ilmiy-texnika siyosatini belgilash, mamlakatimiz va chet el fani, texnikasining eng yangi yutuqlari hamda ilgʻor tajribalardan foydalanish va ularni joriy etish boʻyicha tavsiyalarni ishlab chiqish uchun Boshqarmada olimlar, yuqori malakali mutaxassislar, ilmiy-texnika jamiyatlari va boshqa tashkilotlarning rahbarlaridan iborat ilmiy-texnika kengashi tashkil etiladi. Ilmiy-texnika kengashining tarkibini va uning toʻgʻrisidagi nizomni Boshqarma boshligʻi tasdiqlaydi.
Eng muhim ishlab chiqarish masalalarini hal etish uchun Boshqarmada rahbarlar Kengashi tuziladi. Uning tarkibiga korxona va tashkilotlarning birinchi rahbarlari, hayʼat aʼzolari, Oʻzbekiston Respublikasi geologiya, geodeziya va kartografiya kasaba uyushmasi MQ raisi kiradi. Rahbarlar Kengashiga Boshqarma boshligʻi boshchilik qiladi.
10. Boshqarma davriy va yillik hisobotlarni tayyorlaydi hamda tegishli davlat organlariga taqdim etadi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida korxonalar toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Boshqarma tasarrufidagi korxonalar va tashkilotlarning faoliyatini nazorat qilib boradi.
Boshqarma unga birkitilgan mulklarni xoʻjalik jihatidan yuritish huquqini amalga oshiradi.
11. Boshqarma yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, bank muassasalarida hisob-kitob va boshqa schyotlarga ega boʻladi, oʻz tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning balanslarini hisobga olgan holda yigʻma balans tuzadi, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan hamda oʻz nomi oʻzbek va rus tillarida yozilgan muhrga ega boʻladi. Boshqarma topografiya-geodeziya va kartografiya ishlarini bajarishga hamda boshqa maqsadlarga litsenziyalar berish uchun maxsus nomerli muhrga ega boʻladi.
Boshqarmani qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geodeziya nazorati toʻgʻrisida
NIZOM
1. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan, ularning mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, geodezik, astronomik-geodezik, gravimetrik, opografik, muhandislik-geodezik, aero suratga olish va kartografiya ishlarining samaradorligi va sifatli bajarilishini, ular tomonidan bu ishlarning amalga oshirilishini boshqarib boruvchi ishlar bajarilishining belgilangan tartibga va normativ hujjatlar talablariga rioya qilinishini, xalq xoʻjaligi tarmoqlari va respublika mudofaasining topografik-geodeziya, aero suratga olish va kartografiya maʼlumotlari va materiallarga boʻlgan ehtiyoji taʼminlanishi, bunday ishlar va aero suratga olishlar natijasidagi maʼlumotlar va materiallarni saqlash va foydalanishni tashkil etish va hisobga olish talablariga rioya qilinishini, geodezik maʼlumotlar va raqamli kartografik axborotning tarmoq fondlari va avtomatlashtirilgan banklarini tuzish va yuritish ustidan nazoratni amalga oshirish, shuningdek, tugallangan ishlarning korxonalar va tashkilotlardan tarmoqlararo topografik-geodeziya arxiv fondlariga qabul qilinishini taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geodeziya nazoratining asosiy vazifasi hisoblanadi.
2. Respublikada Davlat geodeziya nazorati Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geodeziya va kartografiya (“Oʻzgeodeziya”) tizimiga kiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi geodeziya nazorati Davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi geodeziya nazorati Davlat inspeksiyasining boshligʻi lavozimi boʻyicha bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi geodeziya nazoratining bosh davlat inspektori, uning oʻrinbosarlari esa — Oʻzbekiston Respublikasi geodeziya nazorati bosh davlat inspektorining oʻrinbosarlari hisoblanadilar.
Oʻzbekiston Respublikasi geodeziya nazorati Davlat inspeksiyasining topografik-geodeziya va kartografiya ishlarini nazorat qiluvchi va tugallanganlarini qabul qiluvchi xodimlari geodeziya nazorati davlat inspektorlari hisoblanadilar.
3. Geodeziya va kartografiya boshqarmasi huzurida davlat geodeziya nazorati va muhandislik geodeziyasi masalalari boʻyicha manfaatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, ishlab chiqarish korxonalari, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va muassasalarning vakillaridan iborat idoralararo kengash tuziladi.
Davlat geodeziya nazorati va muhandislik geodeziyasi masalalari boʻyicha idoralararo kengash haqidagi nizom va uning shaxsiy tarkibi manfaatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geodeziya va kartografiya boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi geodeziya nazorati Davlat inspeksiyasi oʻziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq:
korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan, ularning idoraviy boʻysunishlaridan qatʼi nazar, bajariladigan topografik-geodeziya va kartografiya ishlariga (muhandislik tarmoqlari, yer osti kommunikatsiyalari va makonlarning topografik suratga olinishi ham shu jumlaga kiradi) ruxsatnoma (litsenziya) berilishini va bu ishlarning texnik darajasi va sifatini nazorat qilishni, ular tomonidan ishlarni bajarishda va geodezik maʼlumotlar, rejalar va xaritalardan, kosmik va aero suratlardan foydalanishda ishlarni olib borishning belgilangan tartibiga rioya qilinishini amalga oshiradi;
natijalari xalq xoʻjaligi tarmoqlari va mudofaa ehtiyojlari uchun foydalanilishi kerak boʻlgan tugallangan topografik-geodeziya va kartografiya ishlarini qabul qilib oladi;
qoʻllanilayotgan metodika va texnologiyalarning zamonaviy texnik darajaga mos kelishini hamda loyihalashtirilayotgan ishlardagi boshlangʻich maʼlumotlar va materiallarni hisobga olishning toʻlaligini tekshirish maqsadida topografik-geodeziya va kartografiya ishlari bajarilishining texnik loyihalari (dasturlari)ni nazorat qilishni amalga oshiradi; korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga bu ishlarni bajarishga hamda oldingi yillardagi ishlar boʻyicha maʼlumotlar va materiallardan foydalanishga ruxsatnoma beradi;
geodeziya va kartografiya ishlari bajarilishining “Oʻzgeodeziya” hamda boshqa vazirliklar va idoralarning ixtisoslashtirilgan tashkilotlarida jamlanishini nazorat qiladi, respublikada ana shunday ishlarni bajaruvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning hisobini olib boradi;
turli nohiyalar, shaharlar, boshqa aholi punktlari va sanoat komplekslari hududlarining topografik-geodeziya jihatdan oʻrganilishining holati ustidan, topografik-geodeziya ishlarida koordinatlar tizimi qoʻllanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi hamda suratga olinadigan ayrim uchastkalar uchun koordinatlarning mahalliy tizimlarini belgilaydi;
geodeziya punktlarining saqlanishini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarning bajarilishini hamda amaldagi qonunchilik va yoʻriqnomalarga muvofiq ularning tiklanishini nazorat qiladi, respublikada geodeziya punktlarini hisobga olib boradi;
belgilangan tartibda bosib chiqarilayotgan xaritalar va atlaslarda davlat chegaralari, shelf chegaralari, viloyatlar va nohiyalar maʼmuriy chegaralarining grafik jihatdan toʻgʻri chizilishi ustidan, shuningdek, aholi punktlari va geografik obyektlarning toʻgʻri nomlanishi va aniq ifodalanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
tuzilayotgan va bosib chiqarilayotgan xaritalardagi eng muhim oʻzgartishlarning hisobini olib boradi;
korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan xaritalar, rejalar va atlaslar tuzish va bosib chiqarish (koʻpaytirish)ning belgilangan tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;
topografiya-geodeziya va kartografiya ishlari bajariladigan uchastkalarni bevosita tadqiq etish hamda ishlab chiqarish-texnika va loyiha-smeta hujjatlarini oʻrganish yoʻli bilan topografik-geodeziya va kartografiy ishlarining barcha turlarini, shuningdek, bu ishlar va kosmik suratga olishlar natijasi boʻyicha materiallarning hisobga olinishi, saqlanishi, koʻpaytirilishi va ulardan foydalanishning holatini belgilangan tartibda nazorat qiladi, tekshirishlar natijasi boʻyicha xulosa (dalolatnoma)lar tuzadi, ular bilan tegishli korxonalar, muassasalar, tashkilotlarni albatta tanishtiradi;
korxonalar, muassasalar tashkilotlarda geodeziya punktlar va geografik obyektlar koordinatlar va balandliklarning tarmoq fondlarida jamgʻarilishini nazorat qiladi, inspeksiya bilan tegishlicha kelishuvsiz bu fondlarning yuritilishiga yoʻl qoʻymaydi;
topografiya-geodeziya va kartografiya ishlari bajarilishida xalq xoʻjaligi tarmoqlarining joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hamda ularning maʼlumotlar va materiallar bilan taʼminlanishini oʻrganadi, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda bu ishlarni rejalashtirishda ishtirok etadi hamda xalq xoʻjaligida va mudofaa ehtiyojlari uchun koʻp maqsadli foydalanish, shuningdek, parallellik, bir-birini takrorlashga yoʻl qoʻymaslik maqsadida ularning bajarilishini muvofiqlashtirib boradi;
davlat geodeziya nazorati masalalari boʻyicha hamma uchun majburiy boʻlgan yoʻriqnomalar, normalar, qoidalar va boshqa normativ hujjatlarni, shu jumladan, topografiya-geodeziya va kartografiya ishlari va aerokosmik suratga olishlar natijalari boʻyicha maʼlumotlar va materiallarni tayyorlash, hisobga olish, saqlash, koʻpaytirish va ulardan foydalanish tartibini belgilovchi hujjatlarni ishlab chiqadi;
vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan tasdiqqa yoki kelishishga taqdim etiladigan topografiya-geodeziya va kartografiya ishlarini tayyorlash, nazorat qilish va qabul qilib olishga hamda maʼlumotlar va materiallardan foydalanishga daxldor idoraviy yoʻriqnomalar, qoidalar va boshqa normativ hujjatlarni koʻrib chiqadi;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻtkaziladigan topografiya-geodeziya va kartografiya ishlarini hisobga olishni, xalq xoʻjaligida foydalanish uchun bu ishlar va aerokosmik suratga olishlar natijalari boʻyicha maʼlumotlar va materiallarni yigʻish, hisobga olish sistemalashtirish, saqlash va tarqatishni amalga oshiradi, vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarni belgilangan tartibda tugallangan ishlar, geodeziya maʼlumotlar boʻyicha zarur axborotlar bilan taʼminlaydi;
geodezik punktlar va geografik obyektlar koordinatlarini, kosmik suratlar, xaritalar, atlaslar, joylarning maketlarini va boshqa kartografik materiallarni ochiq eʼlon qilish yoki koʻrgazmalarda va televideniyeda namoyish qilish mumkinligini koʻrib chiqadi va korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga bu toʻgʻrida xulosalar beradi;
geodezik oʻlchashlar, yangi texnika, texnologiya va ilgʻor tajriba birligini taʼminlash uchun topografiya geodeziya va kartografiya ishlarini bajarishda yagona texnika siyosatini va ularga metodik rahbarlikni amalga oshiradi;
tarmoqlararo davlat topografiya-geodeziya arxiv fondi hujjatlarini tanlash, toʻldirish, hisobga olish va saqlash boʻyicha korxonalar, muassasalar va tashkilotlar faoliyatiga metodik rahbarlikni amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
5. Davlat geodeziya nazoratini amalga oshirish, topografiya-geodeziya va kartografiya ishlarini qabul qilish va nazorat qilish tartibi manfaatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan kelishilgan holda Geodeziya va kartografiya boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadigan davlat geodeziya nazorati toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma bilan tartibga solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi geodeziya nazorati Davlat inspeksiyasiga quyidagi huquqlar beriladi;
xalq xoʻjaligini zarur materiallar bilan oʻz vaqtida taʼminlash hamda ishlarning parallelligi va bir-birini takrorlashiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan topografiya-geodeziya va kartografiya ishlarining istiqbol rejalarini soʻrash va olish;
vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan topografiya-geodeziya va kartografiya ishlarini tayyorlash, shuningdek, bu ishlar boʻyicha maʼlumotlar va materiallarni tayyorlash, hisobga olish, saqlash, koʻpaytirish va ulardan foydalanishga tegishli normativ-texnik hujjatlarni soʻrash va kelishish uchun olish;
topografiya-geodeziya va kartografiya ishlari bajarilishini, agar ular ruxsatsiz yoki hamma uchun majburiy boʻlgan normativ hujjatlar talablari buzilgan holda oʻtkazilayotgan boʻlsa, toʻxtatib qoʻyish, bunday hollarda davlat geodeziya nazorati inspeksiyasi ruxsatnomani olib qoʻyadi hamda yuqori tashkilotlarni va mablagʻ bilan taʼminlovchi banklarni ular tomonidan zarur choralar koʻrilishi uchun xabardor qiladi;
bajarilgan ishlar boʻyicha kartogrammalar, maʼlumotlar va materiallarni hisobga olish va hududning topografik-geodezik oʻrganilishini tahlil qilish uchun, shuningdek, tarmoqlararo davlat topografiya-geodeziya arxiv fondini toʻldirish uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan, ularning idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, kartogrammalar, maʼlumotlar va materiallarning oʻz vaqtida taqdim etilishini talab qilish;
idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslariga topografiya-geodeziya va kartografiya ishlarini oʻtkazish uchun masʼul shaxslar sifatida bu ishlarni olib borish texnologiyasi va tartibidagi, shuningdek, bu ishlar va aerokosmik suratga olishlar natijalari boʻyicha maʼlumotlar va materiallarni toʻplash, hisobga olish, saqlash, koʻpaytirish va ulardan foydalanishdagi kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan koʻrsatmalar berish;
korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining roziligi bilan davlat geodeziya nazoratini amalga oshirish bilan bogʻliq tugallangan topografiya-geodeziya va kartografiya ishlari va tekshirishlarini qabul qilib olish uchun mutaxassislarni jalb etish;
korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning topografiya-geodeziya va kartografiya ishlarini bajarishga doir faoliyati natijalarini tahlil etish va umumlashtirish, tegishli vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarga takliflar kiritish va koʻrsatib oʻtilgan ishlarning texnologiyasini tashkil etish, tannarxini pasaytirish ularning sifatini oshirish, shuningdek, bu ishlarning maʼlumotlari va materiallarini toʻplash, hisobga olish, saqlash, koʻpaytirishni va ulardan foydalanishni yaxshilash yuzasidan belgilangan tartibda kengash chaqirish;
korxonalar, muassasalar va tashkilotlar oʻrtasida topografiya-geodeziya va kartografiya ishlarini bajarish tartibi va bu ishlarning materiallaridan foydalanish masalalari boʻyicha paydo boʻladigan nizolarni hal etish.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston Respublikasi geodeziya nazorati Davlat inspeksiyasi oʻziga yuklatilgan vazifalarni oʻz vaqtida va toʻgʻri amalga oshirish uchun, topografiya-geodeziya va kartografiya ishlarini olib borishni, bu ishlar boʻyicha maʼlumotlar va materiallarni toʻplash, hisobga olish, saqlash, koʻpaytirish va ulardan foydalanish bilan bogʻliq masalalarning obyektiv koʻrib chiqilishi uchun javob beradi, davlat manfaatlariga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlaydi.
8. Topografiya-geodeziya va kartografiya ishlarini amalga oshiruvchi yoki bu ishlar va kosmik suratga olishlar maʼlumotlari va materiallaridan foydalanuvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar (ularning idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar)ning rahbarlari nazorat qiluvchi shaxslarga-geodeziya nazorati davlat inspektorlariga tekshirishlarni tashkil etish va oʻtkazish uchun zarur sharoitlar (avtotransport, xizmat binolari, aloqa vositalari bilan taʼminlash)ni yaratib berishga, shuningdek, ularga ishlab chiqarish-texnika va loyiha-smeta hujjatlari taqdim etishga hamda davlat geodeziya nazorati inspeksiyasi vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha tushuntirish berishga majburdirlar.
9. Mazkur Nizomning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatiga tatbiq etilmaydi.
10. Oʻzbekiston Respublikasi geodeziya nazorati Davlat inspeksiyasining faoliyati respublika budjeti mablagʻlari hisobidan mablagʻ bilan taʼminlanadi.
11. Oʻzbekiston Respublikasi geodeziya nazorati Davlat inspeksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi oʻzbek va rus tillarida yozilgan muhrga ega boʻladi.
12. Oʻzbekiston Respublikasi geodeziya nazorati Davlat inspeksiyasini qayta tashkil etish va tugatish qonunchilik bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geodeziya va kartografiya boshqarmasi apparatining
TUZILIShI
1. Rahbariyat
2. Ishlab chiqarish iqtisodiy boʻlim
3. Buxgalteriya
4. Kadrlar, ijtimoiy rivojlanish va maishiy turmush boʻlimi
5. Moddiy-texnika taʼminoti va kontraktlar boʻlimi
6. Kanselyariya
Keyingi tahrirga qarang.