Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki obligatsiyalarining chiqarilishi va muomalada boʻlishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 25-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3080]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentabrdagi PQ-3272-son “Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki obligatsiyalarining chiqarilishi va muomalada boʻlishi tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 22-sentabr,
30/14-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 22-sentabrdagi 30/14-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki obligatsiyalarining chiqarilishi va muomalada boʻlishi tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi va “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentabrdagi PQ-3272-son “Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) tomonidan bank tizimi likvidligini tartibga solish hamda pul-kredit siyosati foiz instrumentlari samaradorligini oshirish maqsadida Markaziy bank obligatsiyalarini muomalaga chiqarish, joylashtirish va soʻndirish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Markaziy bank obligatsiyalari (bundan buyon matnda obligatsiyalar deb yuritiladi) — obligatsiya egasiga belgilangan muddatda uning nominal qiymati va nominal qiymatiga nisbatan foiz hisobida kuponli daromad olish huquqini beruvchi Markaziy bank tomonidan elektron shaklda chiqarilgan emissiyaviy qimmatli qogʻozlar;
Keyingi tahrirga qarang.
kupon davri — obligatsiya egasiga foizli daromad toʻlab beriladigan Markaziy bank tomonidan belgilangan davr;
valyuta birjasi — chet el valyutasi, davlat qimmatli qogʻozlari, moliyaviy hosila instrumentlari (derivativlar) oldi-sotdisi hamda ular bilan bogʻliq boshqa birja bitimlari boʻyicha birja savdolarini, shuningdek banklararo pul bozorini hamda Markaziy bankning tijorat banklari bilan amalga oshiriladigan kredit va depozit auksionlarini tashkil etuvchi yuridik shaxs;
Keyingi tahrirga qarang.
savdo tizimi — obligatsiyalar boʻyicha elektron savdolarni tashkillashtirish, obligatsiyalarni saqlash va ularga boʻlgan huquqlarni hisobga olish, tuzilgan bitimlar boʻyicha kliring va hisob-kitoblarni amalga oshirishni taʼminlovchi valyuta birjasining avtomatlashtirilgan elektron tizimi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Bosh bitim — Markaziy bank bilan tijorat banklari, shuningdek tijorat banklari bilan valyuta birjasi oʻrtasida tuziladigan, obligatsiyalar boʻyicha amalga oshiriladigan operatsiyalarning umumiy shartlari va tartibini belgilovchi oʻzaro harakat;
Keyingi tahrirga qarang.
diler — Markaziy bank hamda valyuta birjasi bilan tuzilgan Bosh bitim asosida obligatsiyalar bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tijorat banklari;
Keyingi tahrirga qarang.
auksion savdolari — obligatsiyalarni joylashtirish boʻyicha Markaziy bank tomonidan tijorat banklari oʻrtasida amalga oshiriladigan kimoshdi savdolari;
Keyingi tahrirga qarang.
raqobatli buyurtma — auksion savdolarida ishtirok etish uchun tijorat banklari tomonidan foiz stavkasi koʻrsatilgan holda taqdim etiladigan buyurtma;
Keyingi tahrirga qarang.
raqobatsiz buyurtma — auksion savdolarida ishtirok etish uchun tijorat banklari tomonidan foiz stavkasi koʻrsatilmagan holda taqdim etiladigan buyurtma;
Keyingi tahrirga qarang.
chegirish foiz stavkasi — auksion savdolari natijalariga koʻra tijorat banklarining qondiriladigan raqobatli buyurtmalarida taklif etilgan maksimal foiz stavkasi;
Keyingi tahrirga qarang.
REPO bitimi — obligatsiyalarni belgilangan muddat va narxda ularning aynan shu chiqarilish va miqdorda qayta sotib olish majburiyati bilan sotish boʻyicha ikki tomonlama harakat.
Keyingi tahrirga qarang.
2-bob. Obligatsiyalarni chiqarilishi
2. Obligatsiyalar Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqariladi, joylashtiriladi va soʻndiriladi, shuningdek ularning likvidligi Markaziy bank tasarrufidagi barcha aktivlar bilan taʼminlanadi.
3. Obligatsiyalar kreditlar uchun garov taʼminoti va REPO bitimlarida oldi-sotdi obyekti boʻlib xizmat qilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Obligatsiyalar Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida nominal qiymati koʻrsatilgan holda chiqariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Obligatsiyalarning chiqarilishi alohida emissiya tarzida amalga oshiriladi. Har bir chiqarilgan emissiyaga identifikatsion raqam beriladi va Global sertifikat bilan rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Identifikatsion raqam oʻn belgili razryaddan (X1X2X3X4X5X6X7X8X9X10) iborat.
Birinchi razryad (X1) — “2” raqami qimmatli qogʻozning turini koʻrsatadi.
Ikkinchi razryad (X2) — qimmatli qogʻozning muomala davrini koʻrsatadi:
“1” — uch oy muddatga muomalada boʻlgan obligatsiyalar uchun;
Keyingi tahrirga qarang.
“2” — olti oy muddatga muomalada boʻlgan obligatsiyalar uchun;
Keyingi tahrirga qarang.
“3” — toʻqqiz oy muddatga muomalada boʻlgan obligatsiyalar uchun;
Keyingi tahrirga qarang.
“4” — oʻn ikki oy muddatga muomalada boʻlgan obligatsiyalar uchun.
Keyingi tahrirga qarang.
Uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi razryadlar (X3X4X5) mazkur chiqarishning tartib raqamini koʻrsatadi.
Oltinchi, yettinchi va sakkizinchi razryadlar (X6X7X8) — “CBU” (Central Bank of Uzbekistan) harflari emitentni anglatadi.
Toʻqqizinchi razryad (X9) — “S” harfi ushbu obligatsiya davlat qimmatli qogʻozi ekanligini bildiradi.
Oʻninchi razryad (X10) — “S” harflari qimmatli qogʻoz milliy valyutada chiqarilganligini bildiradi.
7. Global sertifikat Markaziy bank tomonidan ishlab chiqilib, unda emissiyaga tegishli asosiy parametrlar belgilanadi.
8. Obligatsiyalar boʻyicha barcha operatsiyalar valyuta birjasi tomonidan ishlab chiqilgan birja savdolarini oʻtkazish qoidalariga muvofiq savdo tizimi orqali amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Obligatsiyalarning muomalada boʻlish davri auksion savdolari oʻtkazilgan kunning keyingi kunidan boshlanib obligatsiyalarning soʻndirilish kunidan avvalgi kunda tugaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
3-bob. Obligatsiyalarni joylashtirish
10. Markaziy bank tomonidan chiqarilgan obligatsiyalarni tijorat banklari oʻrtasida joylashtirish valyuta birjasining savdo tizimida oʻtkaziladigan auksion savdolari orqali amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Auksion savdolari ishtirokchilar soni ikki va undan ortiq boʻlgan hollarda oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Auksion savdolari Markaziy bank tomonidan joylashtiriladigan obligatsiyalarning maksimal miqdori oʻrnatilgan holda amalga oshiriladi.
Auksion savdolarida obligatsiyalar boʻyicha maksimal foiz stavkasi ham oʻrnatilishi mumkin.
12 Auksion savdolari natijalariga koʻra joylashtirilmay qolgan obligatsiyalar navbatdagi auksion savdolari orqali qoʻshimcha ravishda joylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Obligatsiyalarni joylashtirish boʻyicha auksion savdolari shartlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar auksion savdosi oʻtkaziladigan kundan kamida 3 ish kuni oldin Markaziy bankning rasmiy veb-saytida mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq eʼlon qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Valyuta birjasi Markaziy bankning eʼloni asosida oʻtkaziladigan auksion savdosi haqidagi maʼlumotni oʻzining rasmiy veb-saytida eʼlon qiladi.
15. Markaziy bank tomonidan obligatsiyalar hisobini yuritish va bitimlarni roʻyxatga olish uchun har bir dilerga alohida roʻyxatga olish kodi beriladi.
16. Dilerni roʻyxatga olish kodi uch guruhga boʻlingan oʻn belgili razryaddan (X0X1X2X3X4X5X6X7X8X9) iborat.
Birinchi guruh (X0) — “2” bozor kodini anglatadi — Markaziy bank obligatsiyalari.
Ikkinchi guruh (X1X2X3X4) dilerning Markaziy bank bilan tuzgan Bosh bitim asosida berilgan tartib raqamini anglatadi.
Uchinchi guruh (X5X6X7X8X9) doimo 00000 ga teng.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga 2000100000 roʻyxatga olish kodi beriladi.
17. Dilerlar auksion savdolari oʻtkaziladigan kuni obligatsiyalarni sotib olish uchun savdo tizimiga elektron shaklda raqobatli va raqobatsiz buyurtmalar kiritadi.
18. Markaziy bank auksion savdolari boʻyicha tijorat banklari tomonidan sotib olinadigan obligatsiyalar soniga va har bir tijorat bankidan auksion savdolariga qabul qilinadigan buyurtmalar soniga limitlar oʻrnatishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Raqobatli buyurtmalarda sotib olinishi rejalashtirilgan obligatsiyalarning foiz stavkasi va soni koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Raqobatsiz buyurtmalarda sotib olinishi rejalashtirilgan obligatsiyalarning umumiy soni koʻrsatiladi.
20. Raqobatsiz buyurtmalar auksion savdolari natijalari boʻyicha aniqlangan oʻrtacha tortilgan foiz stavkasida qondiriladi.
Oʻrtacha tortilgan foiz stavkasi auksion savdolari yakunlari boʻyicha toʻliq yoki qisman qondirilgan raqobatli buyurtmalar foiz stavkasi hamda sotib olingan obligatsiyalar miqdorlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Auksion savdolari ikki xil usulda oʻtkaziladi:
“amerikacha” usul — raqobatli buyurtmalar ularda taklif etilgan foiz stavkalari boʻyicha qondiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
“gollandcha” usul — raqobatli buyurtmalar chegirish foiz stavkasi boʻyicha qondiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Savdo tizimi tijorat banklari tomonidan kelib tushgan buyurtmalar boʻyicha mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq roʻyxat shakllantiradi, ushbu roʻyxat valyuta birjasi tomonidan Markaziy bankka taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Markaziy bank chiqarilgan obligatsiyalarning hajmi doirasida tijorat banklarining buyurtmalarida koʻrsatilgan foiz stavkalaridan kelib chiqqan holda auksion savdolari boʻyicha chegirish foiz stavkasini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Auksion savdolari natijalarida belgilangan chegirish foiz stavkasidan yuqori foiz stavkaga ega boʻlgan buyurtmalar qondirilmaydi.
25. Markaziy bank auksion savdolari natijalari boʻyicha tijorat banklarining avval raqobatsiz buyurtmalarini toʻliq, shuningdek taklif etilgan foiz stavkasi chegirish foiz stavkasidan yuqori boʻlmagan raqobatli buyurtmalarni qondirish boʻyicha valyuta birjasiga topshiriq beradi.
Raqobatli buyurtmalar ularda taklif qilingan minimal foiz stavkalaridan chegirish foiz stavkasigacha boʻlgan tartibda qondiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Auksion savdolari natijalariga koʻra qondirilishi lozim boʻlgan buyurtmalarning jami miqdori Markaziy bank tomonidan chiqariladigan obligatsiyalarning umumiy hajmidan oshgan hollarda, taklif etilgan foiz stavkasi chegirish foiz stavkasiga teng boʻlgan raqobatli buyurtmalar savdo tizimiga kiritilgan vaqtiga qarab qondiriladi. Bunda avval kiritilgan buyurtmalar keyin kiritilgan buyurtmalardan oldin qondiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Auksion savdolari natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Markaziy bank va valyuta birjasi rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi.
4-bob. Obligatsiyalarning ikkilamchi bozorda muomalada boʻlishi
28. Obligatsiyalarning ikkilamchi bozorida auksion savdolari natijalariga koʻra xarid qilingan obligatsiyalar boʻyicha dilerlar oʻrtasida oldi-sotdi operatsiyalari amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
29. Markaziy bank ikkilamchi bozorda diler sifatida obligatsiyalar bilan oldi-sotdi operatsiyalarida ishtirok etishi mumkin.
30. Ikkilamchi bozorda obligatsiyalar boʻyicha operatsiyalar birja savdolarini oʻtkazish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
31. Ikkilamchi savdolarda dilerlar savdo tizimi orqali obligatsiyalar bilan quyidagi operatsiyalarni amalga oshirishlari mumkin:
kelishilgan narx va shartlar asosida obligatsiyalarning oldi-sotdi operatsiyalari;
garovga olingan obligatsiyalarni savdo tizimi orqali sotish va sotib olish operatsiyalari;
REPO bitimlari boʻyicha obligatsiyalarning oldi-sotdi operatsiyalari.
32. Obligatsiyalarning ikkilamchi bozorida oldi-sotdi operatsiyalarini amalga oshirish uchun dilerlar tomonidan sotilishi yoki sotib olinishi rejalashtirilgan obligatsiyalar boʻyicha buyurtmalar miqdori va narxi koʻrsatilgan holda savdo tizimga kiritiladi.
33. Obligatsiyalarning ikkilamchi bozorida oldi-sotdi shartnomalarini tuzish uchun savdo tizimi sotish yoki sotib olish uchun kiritilgan buyurtmalarga mos keladigan qarama-qarshi buyurtmalarning parametrlari bir-biriga muvofiqligini tekshiradi.
34. Savdo tizimi parametrlari bir-biriga mos kelgan buyurtmalarni avtomatik tarzda roʻyxatdan oʻtkazadi.
35. Birja bitimi savdo tizimida ikkita qarama-qarshi buyurtmalarning roʻyxatga olinishi bilan tuzilgan hisoblanadi.
36. Har bir birja bitimi tuzilganda savdo tizimi uni roʻyxatga oladi, unga roʻyxatga olish raqamini biriktiradi va savdo ishtirokchilariga oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirishga asos boʻladigan birja guvohnomalarini taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
37. Ikkilamchi bozorda savdo tizimidagi buyurtmalar narxi teng boʻlgan hollarda, ular taqdim etilgan vaqtiga qarab avval taqdim etilgan buyurtma keyin taqdim qilingan buyurtmadan oldin qondiriladi.
Buyurtmalar qisman qondirilgan holda, uning qondirilmagan qismi alohida buyurtma sifatida koʻriladi.
38. REPO bitimlari boʻyicha operatsiyalarini oʻtkazish va ular boʻyicha hisob-kitoblar Oʻzbekiston Respublikasining davlat qimmatli qogʻozlari bilan REPO bitimlarini tuzish va ijro etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 1829, 2008-yil 18-iyun) muvofiq amalga oshiriladi.
5-bob. Obligatsiyalar hisobini yuritish
39. Obligatsiyalarni saqlash va ularga boʻlgan huquqlarning hisobini yuritish valyuta birjasida ochilgan “depo” hisobvaraqlarida olib boriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
40. Obligatsiyalar boʻyicha hisob-kitoblarni yuritish savdolar natijalariga koʻra shakllangan birja guvohnomalari asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
41. Obligatsiyalarning sotib oluvchining “depo” hisobvaragʻiga oʻtkazilishi sotuvchining hisobvaragʻiga pul mablagʻlari kelib tushganidan soʻng amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
42. Obligatsiyalarni sotib oluvchiga uning “depo” hisobvaragʻiga tegishli kirim yozuvi amalga oshirilgandan soʻng egalik huquqi beriladi va “depo” hisobvaragʻidan koʻchirma bilan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
43. Sotib olingan obligatsiyalar hisobi dilerlar tomonidan har bir chiqarilish boʻyicha alohida hisobvaraqlarda yuritiladi.
44. Obligatsiyalarga doir operatsiyalarning buxgalteriya hisobi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6-bob. Kupon miqdorini hisoblash va ularning toʻlovlarini amalga oshirish
45. Kupon toʻlovi miqdori auksion savdolarida sotib olingan obligatsiyalarning foiz stavkasi, ularning nominal qiymati va kupon davridan kelib chiqqan holda quyidagi formulaga muvofiq aniqlanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ci = N * R * (T / 365)
bunda:
Ci — kupon qiymati;
N — obligatsiyaning nominal bahosi;
R — foiz stavkasi;
Keyingi tahrirga qarang.
T — kupon davri.
Kupon toʻlovlari obligatsiyalarning muomalada boʻlish davri uchun hisoblanib, har bir kupon davri yakuni boʻyicha toʻlab boriladi.
46. Valyuta birjasi kupon davrining oxirgi kunida, joriy savdolar yakunidan soʻng, “depo” hisobvaragʻidagi qoldiqlar yuzasidan har bir obligatsiya egasi boʻyicha Markaziy bankka roʻyxat taqdim qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
47. Markaziy bank kupon toʻlovlarini amalga oshirish uchun tegishli mablagʻlarni kupon davri tugagan kundan keyingi ish kunida valyuta birjasining Markaziy bank Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob kassa markazidagi alohida hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
48. Valyuta birjasi kupon toʻlovlari boʻyicha kelib tushgan mablagʻlarni dilerlarning shaxsiy hisobvaraqlariga oʻtkazib beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
49. Valyuta birjasi obligatsiya saqlovchisiga tegishli boʻlgan kupon toʻlovlari toʻlangani toʻgʻrisidagi maʼlumotni ushbu toʻlovlar amalga oshirilgan kundan keyingi ish kunida Markaziy bankka taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
7-bob. Obligatsiyalarni soʻndirish
50. Markaziy bank tomonidan obligatsiyalarni soʻndirish ularning muomala davri tugagan kundan keyingi ish kunida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
51. Markaziy bank obligatsiyalarni soʻndirish uchun savdo tizimiga ularning toʻliq hajmini nominal qiymatda sotib olish boʻyicha buyurtma kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
52. Markaziy bankning soʻndirilgan obligatsiyalari valyuta birjasi tomonidan savdo tizimi orqali Markaziy bankning “emission hisobvaragʻi”ga oʻtkazib beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
53. Obligatsiyalarni soʻndirish hamda kupon toʻlovlarini amalga oshirish kuni dam olish yoki bayram kunlariga toʻgʻri kelgan hollarda, toʻlovlar keyingi ish kunida amalga oshiriladi.
8-bob. Maʼlumotlarni oshkor qilish
54. Valyuta birjasida obligatsiyalar boʻyicha amalga oshirilgan operatsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (obligatsiya nomlanishi, soni, kotirovkasi (narxi) va bitim sanasidan tashqari) uchinchi shaxslarga oshkor qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
55. Tijorat va bank sirlaridan iborat boʻlgan barcha maʼlumotlarni taqdim etish qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
9-bob. Yakuniy qoida
56. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki obligatsiyalarining chiqarilishi va muomalada boʻlishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki obligatsiyalarini joylashtirish boʻyicha auksion savdolarini oʻtkazish toʻgʻrisida
EʼLON
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki 20__ y. “__” ________ da Markaziy bank obligatsiyalarini joylashtirish boʻyicha auksion savdolari oʻtkazilishini maʼlum qiladi.
1. Obligatsiyalarni joylashtirish sanasi: 20__ y. “__” ________;
2. Emissiya raqami: __________________;
3. Chiqarilish hajmi: _________ mlrd. soʻm;
4. Obligatsiyaning nominal qiymati: ______ soʻm;
5. Auksion savdosi oʻtkazilish usuli (“amerikacha” yoki “gollandcha”): ______________.
6. Markaziy bank tomonidan belgilangan maksimal foiz stavkasi (oʻrnatilgan hollarda): _______.
7. Obligatsiyalarni soʻndirish sanasi: 20__ y. “__” ________;
8. Kupon davrining davomiyligi: ______ kun;
9. Raqobatli buyurtmalar maksimal soni (oʻrnatilgan hollarda): _______________;
10. Raqobatli buyurtmalar boʻyicha obligatsiyalarning maksimal soni (oʻrnatilgan hollarda): _________;
11. Raqobatsiz buyurtmalar maksimal soni (oʻrnatilgan hollarda): _______________;
12. Raqobatsiz buyurtmalar boʻyicha obligatsiyalarning maksimal soni (oʻrnatilgan hollarda): ____________;
Obligatsiyalar belgilangan nominal narxi boʻyicha sotiladi.
Obligatsiyalarni joylashtirish boʻyicha auksion savdosi Toshkent shahrida 20__ y. “__” _______ da soat ___ dan ___ daqiqa oʻtganda quyidagi manzilda amalga oshiriladi:
___________________________________________________________.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki obligatsiyalarining chiqarilishi va muomalada boʻlishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
Auksion savdosiga qabul qilingan buyurtmalar
YIGʻMA MAʼLUMOTNOMASI
|
| ||||||
|
Qimmatli qogʻoz kodi __________ | ||||||
|
Raqobatli buyurtmalar soni _________ dona. | ||||||
|
Raqobatsiz buyurtmalar soni_________ dona | ||||||
|
Raqobatsiz buyurtmalar hajmi ________ soʻm | ||||||
|
| ||||||
|
Emitent: Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank | ||||||
|
soʻmda | ||||||
|
Foiz stavkasi (oʻsib borish tartibida, |
Raqobatli buyurtmalar hajmi |
Raqobatsiz buyurtmalar hajmi |
Buyurtmalarning umumiy hajmi (ortib boruvchi yakun bilan) |
Joylashtirishning umumiy hajmi (kamayib boruvchi yakun bilan) |
Diler daromadi | |
|
1 |
2 |
3 |
4 |
5 |
6 | |
|
|
||||||
|
|
||||||
|
|
||||||
|
|
||||||
|
|
||||||
|
|
||||||
|
|
||||||
|
|
||||||
|
Valyuta birjasi rahbari __________/___/ | ||||||
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2018-y., 10/18/3080/2114-son; 24.09.2020-y., 10/20/3080-1/1312-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 26.01.2026-y., 10/26/3080-2/2075-son)