Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori, 25.10.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3080
Кучга кириш санаси
27.10.2018
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat 27.10.2018 sanasi holatiga | Hujjat 26.01.2026 sanasi holatiga | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining | Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
qarori | qarori | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki obligatsiyalarining chiqarilishi va muomalada boʻlishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida | Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki obligatsiyalarining chiqarilishi va muomalada boʻlishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 25-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3080] | [Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 25-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3080] | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentabrdagi PQ-3272-son “Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi: | Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentabrdagi PQ-3272-son “Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi: | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki obligatsiyalarining chiqarilishi va muomalada boʻlishi tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. | 1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki obligatsiyalarining chiqarilishi va muomalada boʻlishi tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi. | 2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi. | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV | Markaziy bank raisi M. NURMURATOV | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Toshkent sh., | Toshkent sh., | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
2018-yil 22-sentabr, | 2018-yil 22-sentabr, | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
30/14-son | 30/14-son | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 22-sentabrdagi 30/14-son qaroriga ILOVA | Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 22-sentabrdagi 30/14-son qaroriga ILOVA | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki obligatsiyalarining chiqarilishi va muomalada boʻlishi tartibi toʻgʻrisidagi | Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki obligatsiyalarining chiqarilishi va muomalada boʻlishi tartibi toʻgʻrisidagi | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
NIZOM | NIZOM | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi va “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentabrdagi PQ-3272-son “Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) tomonidan bank tizimi likvidligini tartibga solish hamda pul-kredit siyosati foiz instrumentlari samaradorligini oshirish maqsadida Markaziy bank obligatsiyalarini muomalaga chiqarish, joylashtirish va soʻndirish tartibini belgilaydi. | Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) tomonidan bank tizimi likvidligini tartibga solish hamda pul-kredit siyosati foiz instrumentlari samaradorligini oshirish maqsadida Markaziy bank obligatsiyalarini muomalaga chiqarish, joylashtirish va soʻndirish tartibini belgilaydi. | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
1-bob. Umumiy qoidalar | 1-bob. Umumiy qoidalar | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: | 1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Markaziy bank obligatsiyalari (bundan buyon matnda obligatsiyalar deb yuritiladi) — obligatsiya egasiga belgilangan muddatda uning nominal qiymati va nominal qiymatiga nisbatan foiz hisobida kuponli daromad olish huquqini beruvchi Markaziy bank tomonidan elektron shaklda chiqarilgan emissiyaviy qimmatli qogʻozlar; | Markaziy bank obligatsiyalari (bundan buyon matnda obligatsiyalar deb yuritiladi) — obligatsiya egasiga belgilangan tartibda daromad olish huquqini beruvchi Markaziy bank tomonidan elektron shaklda chiqariladigan emissiyaviy qimmatli qogʻozlar; | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
kupon davri — obligatsiya egasiga foizli daromad toʻlab beriladigan Markaziy bank tomonidan belgilangan davr; | kupon davri — obligatsiya egasiga foizli daromad toʻlab beriladigan Markaziy bank tomonidan belgilangan davr; | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
valyuta birjasi — chet el valyutasi, davlat qimmatli qogʻozlari, moliyaviy hosila instrumentlari (derivativlar) oldi-sotdisi hamda ular bilan bogʻliq boshqa birja bitimlari boʻyicha birja savdolarini, shuningdek banklararo pul bozorini hamda Markaziy bankning tijorat banklari bilan amalga oshiriladigan kredit va depozit auksionlarini tashkil etuvchi yuridik shaxs; savdo tizimi — obligatsiyalar boʻyicha elektron savdolarni tashkillashtirish, obligatsiyalarni saqlash va ularga boʻlgan huquqlarni hisobga olish, tuzilgan bitimlar boʻyicha kliring va hisob-kitoblarni amalga oshirishni taʼminlovchi valyuta birjasining avtomatlashtirilgan elektron tizimi; Bosh bitim — Markaziy bank bilan tijorat banklari, shuningdek tijorat banklari bilan valyuta birjasi oʻrtasida tuziladigan, obligatsiyalar boʻyicha amalga oshiriladigan operatsiyalarning umumiy shartlari va tartibini belgilovchi oʻzaro harakat; diler — Markaziy bank hamda valyuta birjasi bilan tuzilgan Bosh bitim asosida obligatsiyalar bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tijorat banklari; auksion savdolari — obligatsiyalarni joylashtirish boʻyicha Markaziy bank tomonidan tijorat banklari oʻrtasida amalga oshiriladigan kimoshdi savdolari; raqobatli buyurtma — auksion savdolarida ishtirok etish uchun tijorat banklari tomonidan foiz stavkasi koʻrsatilgan holda taqdim etiladigan buyurtma; raqobatsiz buyurtma — auksion savdolarida ishtirok etish uchun tijorat banklari tomonidan foiz stavkasi koʻrsatilmagan holda taqdim etiladigan buyurtma; chegirish foiz stavkasi — auksion savdolari natijalariga koʻra tijorat banklarining qondiriladigan raqobatli buyurtmalarida taklif etilgan maksimal foiz stavkasi; REPO bitimi — obligatsiyalarni belgilangan muddat va narxda ularning aynan shu chiqarilish va miqdorda qayta sotib olish majburiyati bilan sotish boʻyicha ikki tomonlama harakat. | valyuta birjasi — chet el valyutasi, davlat qimmatli qogʻozlari, moliyaviy hosila instrumentlari (derivativlar) oldi-sotdisi hamda ular bilan bogʻliq boshqa birja bitimlari boʻyicha birja savdolarini, shuningdek banklararo pul bozorini hamda Markaziy bankning tijorat banklari, shu jumladan, mikromoliya banklari (bundan buyon matnda banklar deb yuritiladi) bilan amalga oshiriladigan kredit va depozit auksionlarini tashkil etuvchi yuridik shaxs; savdo tizimi — obligatsiyalar boʻyicha elektron savdolar tashkillashtirilishini taʼminlovchi valyuta birjasining avtomatlashtirilgan elektron tizimi; Milliy kliring markazi — obligatsiyalar boʻyicha kliring, markazlashgan kliringni amalga oshiruvchi va markaziy kontragent sifatida faoliyat yurituvchi tashkilot; Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi (bundan buyon matnda Markaziy depozitariy deb yuritiladi) — depo hisobvaraqlari boʻyicha qimmatli qogʻozlarni saqlashning, bunday qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olishning va qimmatli qogʻozlar harakatining yagona tizimini taʼminlovchi tashkilot; Bosh bitim — Markaziy bank bilan banklar, shuningdek banklar bilan valyuta birjasi, Markaziy depozitariy va Milliy kliring markazi oʻrtasida tuziladigan, obligatsiyalar boʻyicha amalga oshiriladigan operatsiyalarning umumiy shartlari va tartibini belgilovchi oʻzaro harakat; diler — Bosh bitim asosida obligatsiyalar bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi banklar; auksion savdolari — obligatsiyalarni joylashtirish boʻyicha Markaziy bank tomonidan banklar oʻrtasida amalga oshiriladigan kimoshdi savdolari; raqobatli buyurtma — auksion savdolarida ishtirok etish uchun banklar tomonidan narxi koʻrsatilgan holda taqdim etiladigan buyurtma; raqobatsiz buyurtma — auksion savdolarida ishtirok etish uchun banklar tomonidan narxi koʻrsatilmagan holda taqdim etiladigan buyurtma; chegirish narxi — auksion savdolari natijalariga koʻra banklarning qondiriladigan raqobatli buyurtmalarida taklif etilgan minimal narx; REPO bitimi — bitim shartlari bilan belgilangan muddat va bahoda obligatsiyalarni qayta sotib olish (sotish) (REPO bitimining ikkinchi qismi) sharti bilan sotish (sotib olish) (REPO bitimining birinchi qismi) boʻyicha ikki tomonlama bitim. | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
2-bob. Obligatsiyalarni chiqarilishi | 2-bob. Obligatsiyalarni chiqarilishi | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
2. Obligatsiyalar Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqariladi, joylashtiriladi va soʻndiriladi, shuningdek ularning likvidligi Markaziy bank tasarrufidagi barcha aktivlar bilan taʼminlanadi. | 2. Obligatsiyalar Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqariladi, joylashtiriladi va soʻndiriladi, shuningdek ularning likvidligi Markaziy bank tasarrufidagi barcha aktivlar bilan taʼminlanadi. | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
3. Obligatsiyalar kreditlar uchun garov taʼminoti va REPO bitimlarida oldi-sotdi obyekti boʻlib xizmat qilishi mumkin. 4. Obligatsiyalar Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida nominal qiymati koʻrsatilgan holda chiqariladi. | 3. Obligatsiyalar kreditlar uchun garov taʼminoti va dilerlar oʻrtasida tuziladigan REPO bitimlarida oldi-sotdi obyekti boʻlib xizmat qilishi mumkin. 4. Obligatsiyalar Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida nominal qiymati koʻrsatilgan holda qatʼiy belgilangan kupon stavkasi bilan yoki diskont obligatsiyalar shaklida chiqariladi. Bunda, diskont obligatsiyaning nominal qiymati hamda xarid qiymati oʻrtasidagi farq diler uchun daromad boʻlib hisoblanadi. | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
5. Obligatsiyalarning chiqarilishi alohida emissiya tarzida amalga oshiriladi. Har bir chiqarilgan emissiyaga identifikatsion raqam beriladi va Global sertifikat bilan rasmiylashtiriladi. | 5. Obligatsiyalarning chiqarilishi alohida emissiya tarzida amalga oshiriladi. Har bir chiqarilgan emissiyaga identifikatsion raqam beriladi va Global sertifikat bilan rasmiylashtiriladi. | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Global sertifikat ikkita asl nusxada rasmiylashtiriladi, bir nusxasi Markaziy bankda, ikkinchi nusxasi Markaziy depozitariyda saqlanadi. Global sertifikat rasmiylashtirilgandan soʻng Markaziy bank Markaziy depozitariyga obligatsiyalarni joylashtirish uchun moʻljallangan emissiyaviy depo hisobvaragʻiga muomalaga chiqarilayotgan obligatsiyalarning toʻliq hajmini joylashtirish boʻyicha topshiriq beradi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
6. Identifikatsion raqam oʻn belgili razryaddan (X1X2X3X4X5X6X7X8X9X10) iborat. | 6. Identifikatsion raqam oʻn belgili razryaddan (X1X2X3X4X5X6X7X8X9X10) iborat. | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Birinchi razryad (X1) — “2” raqami qimmatli qogʻozning turini koʻrsatadi. | Birinchi razryad (X1) — “2” raqami qimmatli qogʻozning turini koʻrsatadi. | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Ikkinchi razryad (X2) — qimmatli qogʻozning muomala davrini koʻrsatadi: | Ikkinchi razryad (X2) — qimmatli qogʻozning muomala davrini koʻrsatadi: | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
“1” — uch oy muddatga muomalada boʻlgan obligatsiyalar uchun; | “1” — uch oy muddatgaga muomalada boʻlgan obligatsiyalar uchun; | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
“2” — olti oy muddatga muomalada boʻlgan obligatsiyalar uchun; | “2” — olti oy muddatgacha muomalada boʻlgan obligatsiyalar uchun; | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
“3” — toʻqqiz oy muddatga muomalada boʻlgan obligatsiyalar uchun; | “3” — toʻqqiz oy muddatgacha muomalada boʻlgan obligatsiyalar uchun; | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
“4” — oʻn ikki oy muddatga muomalada boʻlgan obligatsiyalar uchun. | “4” — oʻn ikki oy muddatgacha muomalada boʻlgan obligatsiyalar uchun. | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi razryadlar (X3X4X5) mazkur chiqarishning tartib raqamini koʻrsatadi. | Uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi razryadlar (X3X4X5) mazkur chiqarishning tartib raqamini koʻrsatadi. | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Oltinchi, yettinchi va sakkizinchi razryadlar (X6X7X8) — “CBU” (Central Bank of Uzbekistan) harflari emitentni anglatadi. | Oltinchi, yettinchi va sakkizinchi razryadlar (X6X7X8) — “CBU” (Central Bank of Uzbekistan) harflari emitentni anglatadi. | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Toʻqqizinchi razryad (X9) — “S” harfi ushbu obligatsiya davlat qimmatli qogʻozi ekanligini bildiradi. | Toʻqqizinchi razryad (X9) — “S” harfi ushbu obligatsiya davlat qimmatli qogʻozi ekanligini bildiradi. | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Oʻninchi razryad (X10) — “S” harflari qimmatli qogʻoz milliy valyutada chiqarilganligini bildiradi. | Oʻninchi razryad (X10) — “S” harflari qimmatli qogʻoz milliy valyutada chiqarilganligini bildiradi. | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
7. Global sertifikat Markaziy bank tomonidan ishlab chiqilib, unda emissiyaga tegishli asosiy parametrlar belgilanadi. | 7. Global sertifikat Markaziy bank tomonidan ishlab chiqilib, unda emissiyaga tegishli asosiy parametrlar belgilanadi. | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
8. Obligatsiyalar boʻyicha barcha operatsiyalar valyuta birjasi tomonidan ishlab chiqilgan birja savdolarini oʻtkazish qoidalariga muvofiq savdo tizimi orqali amalga oshiriladi. | 8. Obligatsiyalar boʻyicha barcha operatsiyalar valyuta birjasi tomonidan ishlab chiqilgan birja savdolarini oʻtkazish qoidalariga muvofiq savdo tizimi orqali amalga oshiriladi, bundan mazkur Nizomning 101-bandida belgilangan operatsiya mustasno. | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
9. Obligatsiyalarning muomalada boʻlish davri auksion savdolari oʻtkazilgan kunning keyingi kunidan boshlanib obligatsiyalarning soʻndirilish kunidan avvalgi kunda tugaydi. | 9. Obligatsiyalarning muomalada boʻlish davri auksion savdolari oʻtkazilgan kundan boshlanib obligatsiyalarning soʻndirilish kunidan avvalgi kunda tugaydi. | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
3-bob. Obligatsiyalarni joylashtirish | 3-bob. Obligatsiyalarni joylashtirish | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
10. Markaziy bank tomonidan chiqarilgan obligatsiyalarni tijorat banklari oʻrtasida joylashtirish valyuta birjasining savdo tizimida oʻtkaziladigan auksion savdolari orqali amalga oshiriladi. | 10. Markaziy bank tomonidan chiqarilgan obligatsiyalarni banklar oʻrtasida joylashtirish valyuta birjasining savdo tizimida oʻtkaziladigan auksion savdolari orqali amalga oshiriladi. | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Auksion savdolari ishtirokchilar soni ikki va undan ortiq boʻlgan hollarda oʻtkaziladi. | Auksion savdolari ishtirokchilar soni ikki va undan ortiq boʻlgan hollarda oʻtkaziladi. | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
101. Markaziy bank obligatsiyalarni ikkilamchi savdolarda oldi-sotdi qilish uchun oʻzining emissiyaviy depo hisobvaragʻidan depo hisobvaragʻiga oʻtkazish orqali joylashtiradi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
11. Auksion savdolari Markaziy bank tomonidan joylashtiriladigan obligatsiyalarning maksimal miqdori oʻrnatilgan holda amalga oshiriladi. | 11. Auksion savdolari Markaziy bank tomonidan joylashtiriladigan obligatsiyalarning maksimal miqdori oʻrnatilgan holda amalga oshiriladi. | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Auksion savdolarida obligatsiyalar boʻyicha maksimal foiz stavkasi ham oʻrnatilishi mumkin. | Auksion savdolarida obligatsiyalar boʻyicha maksimal foiz stavkasi ham oʻrnatilishi mumkin. | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
12 Auksion savdolari natijalariga koʻra joylashtirilmay qolgan obligatsiyalar navbatdagi auksion savdolari orqali qoʻshimcha ravishda joylashtiriladi. 13. Obligatsiyalarni joylashtirish boʻyicha auksion savdolari shartlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar auksion savdosi oʻtkaziladigan kundan kamida 3 ish kuni oldin Markaziy bankning rasmiy veb-saytida mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq eʼlon qilinadi. | 13. Obligatsiyalarni joylashtirish boʻyicha auksion savdolari shartlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar auksion savdosi oʻtkaziladigan kundan kamida 1 ish kuni oldin Markaziy bankning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi, bundan banklardagi kutilmagan likvidlik tebranishlarini barqarorlashtirish maqsadida oʻtkaziladigan auksion savdolari mustasno. | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
14. Valyuta birjasi Markaziy bankning eʼloni asosida oʻtkaziladigan auksion savdosi haqidagi maʼlumotni oʻzining rasmiy veb-saytida eʼlon qiladi. | 14. Valyuta birjasi Markaziy bankning eʼloni asosida oʻtkaziladigan auksion savdosi haqidagi maʼlumotni oʻzining rasmiy veb-saytida eʼlon qiladi. | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
15. Markaziy bank tomonidan obligatsiyalar hisobini yuritish va bitimlarni roʻyxatga olish uchun har bir dilerga alohida roʻyxatga olish kodi beriladi. | 15. Markaziy bank tomonidan obligatsiyalar hisobini yuritish va bitimlarni roʻyxatga olish uchun har bir dilerga alohida roʻyxatga olish kodi beriladi. | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
16. Dilerni roʻyxatga olish kodi uch guruhga boʻlingan oʻn belgili razryaddan (X0X1X2X3X4X5X6X7X8X9) iborat. | 16. Dilerni roʻyxatga olish kodi uch guruhga boʻlingan oʻn belgili razryaddan (X0X1X2X3X4X5X6X7X8X9) iborat. | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Birinchi guruh (X0) — “2” bozor kodini anglatadi — Markaziy bank obligatsiyalari. | Birinchi guruh (X0) — “2” bozor kodini anglatadi — Markaziy bank obligatsiyalari. | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Ikkinchi guruh (X1X2X3X4) dilerning Markaziy bank bilan tuzgan Bosh bitim asosida berilgan tartib raqamini anglatadi. | Ikkinchi guruh (X1X2X3X4) dilerning Markaziy bank bilan tuzgan Bosh bitim asosida berilgan tartib raqamini anglatadi. | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Uchinchi guruh (X5X6X7X8X9) doimo 00000 ga teng. | Uchinchi guruh (X5X6X7X8X9) doimo 00000 ga teng. | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga 2000100000 roʻyxatga olish kodi beriladi. | Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga 2000100000 roʻyxatga olish kodi beriladi. | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
17. Dilerlar auksion savdolari oʻtkaziladigan kuni obligatsiyalarni sotib olish uchun savdo tizimiga elektron shaklda raqobatli va raqobatsiz buyurtmalar kiritadi. | 17. Dilerlar auksion savdolari oʻtkaziladigan kuni obligatsiyalarni sotib olish uchun savdo tizimiga elektron shaklda raqobatli va raqobatsiz buyurtmalar kiritadi. | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
18. Markaziy bank auksion savdolari boʻyicha tijorat banklari tomonidan sotib olinadigan obligatsiyalar soniga va har bir tijorat bankidan auksion savdolariga qabul qilinadigan buyurtmalar soniga limitlar oʻrnatishi mumkin. | 18. Markaziy bank auksion savdolari boʻyicha banklar tomonidan sotib olinadigan obligatsiyalar soniga va har bir bankdan auksion savdolariga qabul qilinadigan buyurtmalar soniga limitlar oʻrnatishi mumkin. | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
19. Raqobatli buyurtmalarda sotib olinishi rejalashtirilgan obligatsiyalarning foiz stavkasi va soni koʻrsatiladi. | 19. Raqobatli buyurtmalarda sotib olinishi rejalashtirilgan obligatsiyalarning narxi va soni koʻrsatiladi. | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Raqobatsiz buyurtmalarda sotib olinishi rejalashtirilgan obligatsiyalarning umumiy soni koʻrsatiladi. | Raqobatsiz buyurtmalarda sotib olinishi rejalashtirilgan obligatsiyalarning umumiy soni koʻrsatiladi. | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
20. Raqobatsiz buyurtmalar auksion savdolari natijalari boʻyicha aniqlangan oʻrtacha tortilgan foiz stavkasida qondiriladi. | 20. Raqobatsiz buyurtmalar auksion savdolari natijalari boʻyicha aniqlangan oʻrtacha tortilgan narxda qondiriladi. | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Oʻrtacha tortilgan foiz stavkasi auksion savdolari yakunlari boʻyicha toʻliq yoki qisman qondirilgan raqobatli buyurtmalar foiz stavkasi hamda sotib olingan obligatsiyalar miqdorlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. | Oʻrtacha tortilgan narx auksion savdolari yakunlari boʻyicha toʻliq yoki qisman qondirilgan raqobatli buyurtmalar narxi hamda sotib olingan obligatsiyalar miqdorlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
21. Auksion savdolari ikki xil usulda oʻtkaziladi: | 21. Auksion savdolari ikki xil usulda oʻtkaziladi: | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
“amerikacha” usul — raqobatli buyurtmalar ularda taklif etilgan foiz stavkalari boʻyicha qondiriladi; | “amerikacha” usul — raqobatli buyurtmalar ularda taklif etilgan narxlar boʻyicha qondiriladi; | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
“gollandcha” usul — raqobatli buyurtmalar chegirish foiz stavkasi boʻyicha qondiriladi. | “gollandcha” usul — raqobatli buyurtmalar chegirish narxi boʻyicha qondiriladi. | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
22. Savdo tizimi tijorat banklari tomonidan kelib tushgan buyurtmalar boʻyicha mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq roʻyxat shakllantiradi, ushbu roʻyxat valyuta birjasi tomonidan Markaziy bankka taqdim etiladi. | 22. Savdo tizimi banklar tomonidan kelib tushgan buyurtmalar boʻyicha roʻyxat shakllantiradi, ushbu roʻyxat valyuta birjasi tomonidan Markaziy bankka taqdim etiladi. | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
23. Markaziy bank chiqarilgan obligatsiyalarning hajmi doirasida tijorat banklarining buyurtmalarida koʻrsatilgan foiz stavkalaridan kelib chiqqan holda auksion savdolari boʻyicha chegirish foiz stavkasini belgilaydi. | 23. Markaziy bank chiqarilgan obligatsiyalarning hajmi doirasida banklarning buyurtmalarida koʻrsatilgan narxlardan kelib chiqqan holda auksion savdolari boʻyicha chegirish narxini belgilaydi. | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
24. Auksion savdolari natijalarida belgilangan chegirish foiz stavkasidan yuqori foiz stavkaga ega boʻlgan buyurtmalar qondirilmaydi. | 24. Auksion savdolari natijalarida belgilangan chegirish narxidan past narxdagi buyurtmalar qondirilmaydi. | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
25. Markaziy bank auksion savdolari natijalari boʻyicha tijorat banklarining avval raqobatsiz buyurtmalarini toʻliq, shuningdek taklif etilgan foiz stavkasi chegirish foiz stavkasidan yuqori boʻlmagan raqobatli buyurtmalarni qondirish boʻyicha valyuta birjasiga topshiriq beradi. | 25. Markaziy bank auksion savdolari natijalari boʻyicha banklarning avval raqobatsiz buyurtmalarini toʻliq, shuningdek taklif etilgan narxi chegirish narxidan past boʻlmagan raqobatli buyurtmalarni qondirish boʻyicha valyuta birjasiga topshiriq beradi. | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Raqobatli buyurtmalar ularda taklif qilingan minimal foiz stavkalaridan chegirish foiz stavkasigacha boʻlgan tartibda qondiriladi. | Raqobatli buyurtmalar ularda taklif qilingan maksimal narxlardan chegirish narxigacha boʻlgan tartibda qondiriladi. | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
26. Auksion savdolari natijalariga koʻra qondirilishi lozim boʻlgan buyurtmalarning jami miqdori Markaziy bank tomonidan chiqariladigan obligatsiyalarning umumiy hajmidan oshgan hollarda, taklif etilgan foiz stavkasi chegirish foiz stavkasiga teng boʻlgan raqobatli buyurtmalar savdo tizimiga kiritilgan vaqtiga qarab qondiriladi. Bunda avval kiritilgan buyurtmalar keyin kiritilgan buyurtmalardan oldin qondiriladi. | 26. Auksion savdolari natijalariga koʻra qondirilishi lozim boʻlgan buyurtmalarning jami miqdori Markaziy bank tomonidan chiqariladigan obligatsiyalarning umumiy hajmidan oshgan hollarda, taklif etilgan narxi chegirish narxiga teng boʻlgan raqobatli buyurtmalar savdo tizimiga kiritilgan vaqtiga qarab qondiriladi. Bunda avval kiritilgan buyurtmalar keyin kiritilgan buyurtmalardan oldin qondiriladi. | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
27. Auksion savdolari natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Markaziy bank va valyuta birjasi rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi. | 27. Auksion savdolari natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Markaziy bank va valyuta birjasi rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi. | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
4-bob. Obligatsiyalarning ikkilamchi bozorda muomalada boʻlishi | 4-bob. Obligatsiyalarning ikkilamchi bozorda muomalada boʻlishi | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
28. Obligatsiyalarning ikkilamchi bozorida auksion savdolari natijalariga koʻra xarid qilingan obligatsiyalar boʻyicha dilerlar oʻrtasida oldi-sotdi operatsiyalari amalga oshiriladi. | 28. Obligatsiyalarning ikkilamchi bozorida auksion savdolari natijalariga koʻra xarid qilingan va mazkur Nizomning 101-bandida belgilangan qoidaga muvofiq joylashtirilgan obligatsiyalar boʻyicha dilerlar oʻrtasida oldi-sotdi operatsiyalari amalga oshiriladi. | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
29. Markaziy bank ikkilamchi bozorda diler sifatida obligatsiyalar bilan oldi-sotdi operatsiyalarida ishtirok etishi mumkin. | 29. Markaziy bank ikkilamchi bozorda diler sifatida obligatsiyalar bilan oldi-sotdi operatsiyalarida ishtirok etishi mumkin. | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
30. Ikkilamchi bozorda obligatsiyalar boʻyicha operatsiyalar birja savdolarini oʻtkazish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. | 30. Ikkilamchi bozorda obligatsiyalar boʻyicha operatsiyalar birja savdolarini oʻtkazish qoidalariga muvofiq markaziy kontragent ishtirokida yoki markaziy kontragent ishtirokisiz amalga oshiriladi. | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
31. Ikkilamchi savdolarda dilerlar savdo tizimi orqali obligatsiyalar bilan quyidagi operatsiyalarni amalga oshirishlari mumkin: | 31. Ikkilamchi savdolarda dilerlar savdo tizimi orqali obligatsiyalar bilan quyidagi operatsiyalarni amalga oshirishlari mumkin: | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
kelishilgan narx va shartlar asosida obligatsiyalarning oldi-sotdi operatsiyalari; | kelishilgan narx va shartlar asosida obligatsiyalarning oldi-sotdi operatsiyalari; | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
garovga olingan obligatsiyalarni savdo tizimi orqali sotish va sotib olish operatsiyalari; | garovga olingan obligatsiyalarni savdo tizimi orqali sotish va sotib olish operatsiyalari; | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
REPO bitimlari boʻyicha obligatsiyalarning oldi-sotdi operatsiyalari. | REPO bitimlari boʻyicha obligatsiyalarning oldi-sotdi operatsiyalari. | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
32. Obligatsiyalarning ikkilamchi bozorida oldi-sotdi operatsiyalarini amalga oshirish uchun dilerlar tomonidan sotilishi yoki sotib olinishi rejalashtirilgan obligatsiyalar boʻyicha buyurtmalar miqdori va narxi koʻrsatilgan holda savdo tizimga kiritiladi. | 32. Obligatsiyalarning ikkilamchi bozorida oldi-sotdi operatsiyalarini amalga oshirish uchun dilerlar tomonidan sotilishi yoki sotib olinishi rejalashtirilgan obligatsiyalar boʻyicha buyurtmalar miqdori va narxi koʻrsatilgan holda savdo tizimga kiritiladi. | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
33. Obligatsiyalarning ikkilamchi bozorida oldi-sotdi shartnomalarini tuzish uchun savdo tizimi sotish yoki sotib olish uchun kiritilgan buyurtmalarga mos keladigan qarama-qarshi buyurtmalarning parametrlari bir-biriga muvofiqligini tekshiradi. | 33. Obligatsiyalarning ikkilamchi bozorida oldi-sotdi shartnomalarini tuzish uchun savdo tizimi sotish yoki sotib olish uchun kiritilgan buyurtmalarga mos keladigan qarama-qarshi buyurtmalarning parametrlari bir-biriga muvofiqligini tekshiradi. | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
34. Savdo tizimi parametrlari bir-biriga mos kelgan buyurtmalarni avtomatik tarzda roʻyxatdan oʻtkazadi. | 34. Savdo tizimi parametrlari bir-biriga mos kelgan buyurtmalarni avtomatik tarzda roʻyxatdan oʻtkazadi. | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
35. Birja bitimi savdo tizimida ikkita qarama-qarshi buyurtmalarning roʻyxatga olinishi bilan tuzilgan hisoblanadi. | 35. Birja bitimi savdo tizimida ikkita qarama-qarshi buyurtmalarning roʻyxatga olinishi bilan tuzilgan hisoblanadi. | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
36. Har bir birja bitimi tuzilganda savdo tizimi uni roʻyxatga oladi, unga roʻyxatga olish raqamini biriktiradi va savdo ishtirokchilariga oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirishga asos boʻladigan birja guvohnomalarini taqdim etadi. | 36. Har bir birja bitimi tuzilganda savdo tizimi uni roʻyxatga oladi, unga roʻyxatga olish raqamini biriktiradi va savdo ishtirokchilariga birja bitimlari reyestridan koʻchirma taqdim etadi. Shuningdek, savdo tizimi birja bitimlari reyestrini Milliy kliring markaziga savdo ishtirokchilarining talab va majburiyatlarini aniqlashtirish maqsadida taqdim qiladi. | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
37. Ikkilamchi bozorda savdo tizimidagi buyurtmalar narxi teng boʻlgan hollarda, ular taqdim etilgan vaqtiga qarab avval taqdim etilgan buyurtma keyin taqdim qilingan buyurtmadan oldin qondiriladi. | 37. Ikkilamchi bozorda savdo tizimidagi buyurtmalar narxi teng boʻlgan hollarda, ular taqdim etilgan vaqtiga qarab avval taqdim etilgan buyurtma keyin taqdim qilingan buyurtmadan oldin qondiriladi. | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Buyurtmalar qisman qondirilgan holda, uning qondirilmagan qismi alohida buyurtma sifatida koʻriladi. | Buyurtmalar qisman qondirilgan holda, uning qondirilmagan qismi alohida buyurtma sifatida koʻriladi. | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
38. REPO bitimlari boʻyicha operatsiyalarini oʻtkazish va ular boʻyicha hisob-kitoblar Oʻzbekiston Respublikasining davlat qimmatli qogʻozlari bilan REPO bitimlarini tuzish va ijro etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 1829, 2008-yil 18-iyun) muvofiq amalga oshiriladi. | 38. REPO bitimlari boʻyicha operatsiyalarini oʻtkazish va ular boʻyicha hisob-kitoblar Oʻzbekiston Respublikasining davlat qimmatli qogʻozlari bilan REPO bitimlarini tuzish va ijro etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 1829, 2008-yil 18-iyun) muvofiq amalga oshiriladi. | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
5-bob. Obligatsiyalar hisobini yuritish | 5-bob. Obligatsiyalar hisobini yuritish | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
39. Obligatsiyalarni saqlash va ularga boʻlgan huquqlarning hisobini yuritish valyuta birjasida ochilgan “depo” hisobvaraqlarida olib boriladi. 40. Obligatsiyalar boʻyicha hisob-kitoblarni yuritish savdolar natijalariga koʻra shakllangan birja guvohnomalari asosida amalga oshiriladi. 41. Obligatsiyalarning sotib oluvchining “depo” hisobvaragʻiga oʻtkazilishi sotuvchining hisobvaragʻiga pul mablagʻlari kelib tushganidan soʻng amalga oshiriladi. 42. Obligatsiyalarni sotib oluvchiga uning “depo” hisobvaragʻiga tegishli kirim yozuvi amalga oshirilgandan soʻng egalik huquqi beriladi va “depo” hisobvaragʻidan koʻchirma bilan tasdiqlanadi. | 39. Obligatsiyalarni saqlash va ularga boʻlgan huquqlarning hisobini yuritish Markaziy depozitariyda ochilgan “depo” hisobvaraqlarida olib boriladi. 40. Obligatsiyalar boʻyicha hisob-kitoblar birja bitimlari reyestri asosida shakllantirilgan kliring topshiriqnomasiga muvofiq quyidagilar tomonidan amalga oshiriladi: markaziy kontragent ishtirokida tuzilgan bitimlar boʻyicha Milliy kliring markazi tomonidan; markaziy kontragent ishtirokisiz tuzilgan bitimlar boʻyicha Markaziy depozitariy yoki Markaziy bank tomonidan. 41. Obligatsiyalarning sotib oluvchining depo hisobvaragʻiga oʻtkazilishi va pul mablagʻlarining sotuvchining hisobvaragʻiga oʻtkazib berilishi “yetkazib berishga nisbatan toʻlov” (delivery versus payment — DVP) tamoyillari asosida amalga oshiriladi, bundan mazkur Nizomning 101-bandida belgilangan operatsiya mustasno. Mazkur Nizomning 101-bandida belgilangan qoidaga muvofiq obligatsiyalarni Markaziy bankning emissiyaviy depo hisobvaragʻidan oʻzining depo hisobvaragʻiga oʻtkazish orqali joylashtirish pul mablagʻlarini oʻtkazmagan holda (free of payment — FOP) amalga oshiriladi. 42. Obligatsiyalarni sotib oluvchiga uning depo hisobvaragʻiga tegishli kirim yozuvi amalga oshirilgandan soʻng egalik huquqi beriladi va depo hisobvaragʻidan koʻchirma bilan tasdiqlanadi. | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
43. Sotib olingan obligatsiyalar hisobi dilerlar tomonidan har bir chiqarilish boʻyicha alohida hisobvaraqlarda yuritiladi. | 43. Sotib olingan obligatsiyalar hisobi dilerlar tomonidan har bir chiqarilish boʻyicha alohida hisobvaraqlarda yuritiladi. | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
44. Obligatsiyalarga doir operatsiyalarning buxgalteriya hisobi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. | 44. Obligatsiyalarga doir operatsiyalarning buxgalteriya hisobi amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
6-bob. Kupon miqdorini hisoblash va ularning toʻlovlarini amalga oshirish | 6-bob. Kupon miqdorini hisoblash va ularning toʻlovlarini amalga oshirish | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
45. Kupon toʻlovi miqdori auksion savdolarida sotib olingan obligatsiyalarning foiz stavkasi, ularning nominal qiymati va kupon davridan kelib chiqqan holda quyidagi formulaga muvofiq aniqlanadi: | 45. Kupon toʻlovi miqdori auksion savdolarida sotib olingan obligatsiyalarning kupon stavkasi, ularning nominal qiymati va kupon davridan kelib chiqqan holda quyidagi formulaga muvofiq aniqlanadi: | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Ci = N * R * (T / 365) | Ci = N * R * (T / 365) | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
bunda: | bunda: | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Ci — kupon qiymati; | Ci — kupon qiymati; | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
N — obligatsiyaning nominal bahosi; | N — obligatsiyaning nominal bahosi; | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
R — foiz stavkasi; | R — kupon stavkasi; | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
T — kupon davri. | T — kupon davri. | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Kupon toʻlovlari obligatsiyalarning muomalada boʻlish davri uchun hisoblanib, har bir kupon davri yakuni boʻyicha toʻlab boriladi. | Kupon toʻlovlari obligatsiyalarning muomalada boʻlish davri uchun hisoblanib, har bir kupon davri yakuni boʻyicha toʻlab boriladi. | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
46. Valyuta birjasi kupon davrining oxirgi kunida, joriy savdolar yakunidan soʻng, “depo” hisobvaragʻidagi qoldiqlar yuzasidan har bir obligatsiya egasi boʻyicha Markaziy bankka roʻyxat taqdim qiladi. | 46. Markaziy depozitariy kupon davrining oxirgi kunida, joriy savdolar yakunidan soʻng, depo hisobvaragʻidagi qoldiqlar yuzasidan har bir obligatsiya egasi boʻyicha Markaziy bankka roʻyxat taqdim qiladi. | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
47. Markaziy bank kupon toʻlovlarini amalga oshirish uchun tegishli mablagʻlarni kupon davri tugagan kundan keyingi ish kunida valyuta birjasining Markaziy bank Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob kassa markazidagi alohida hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi. | 47. Markaziy bank kupon toʻlovlarini amalga oshirish uchun tegishli mablagʻlarni kupon davri tugagan kundan keyingi ish kunida Markaziy depozitariyning Markaziy bankda ochilgan vakillik hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi. | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
48. Valyuta birjasi kupon toʻlovlari boʻyicha kelib tushgan mablagʻlarni dilerlarning shaxsiy hisobvaraqlariga oʻtkazib beradi. | 48. Markaziy depozitariy kupon toʻlovlari boʻyicha kelib tushgan mablagʻlarni dilerlarning shaxsiy hisobvaraqlariga oʻtkazib beradi. | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
49. Valyuta birjasi obligatsiya saqlovchisiga tegishli boʻlgan kupon toʻlovlari toʻlangani toʻgʻrisidagi maʼlumotni ushbu toʻlovlar amalga oshirilgan kundan keyingi ish kunida Markaziy bankka taqdim etadi. | 49. Markaziy depozitariy obligatsiya saqlovchisiga tegishli boʻlgan kupon toʻlovlari toʻlangani toʻgʻrisidagi maʼlumotni ushbu toʻlovlar amalga oshirilgan kundan keyingi ish kunida Markaziy bankka taqdim etadi. | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
7-bob. Obligatsiyalarni soʻndirish | 7-bob. Obligatsiyalarni soʻndirish | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
50. Markaziy bank tomonidan obligatsiyalarni soʻndirish ularning muomala davri tugagan kundan keyingi ish kunida amalga oshiriladi. | 50. Markaziy bank tomonidan obligatsiyalarni soʻndirish ularning muomala davri tugagan kundan keyingi ish kunida yoki muddatidan oldin amalga oshiriladi. | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
51. Markaziy bank obligatsiyalarni soʻndirish uchun savdo tizimiga ularning toʻliq hajmini nominal qiymatda sotib olish boʻyicha buyurtma kiritadi. | 51. Markaziy bank obligatsiyalarni soʻndirish uchun ularning toʻliq hajmini nominal qiymatda sotib olish boʻyicha savdo tizimiga buyurtma kiritadi yoki Markaziy depozitariyga soʻndirilishi lozim boʻlgan obligatsiyalarni hisobga olish uchun topshiriq beradi. | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
52. Markaziy bankning soʻndirilgan obligatsiyalari valyuta birjasi tomonidan savdo tizimi orqali Markaziy bankning “emission hisobvaragʻi”ga oʻtkazib beriladi. | 52. Markaziy bankning soʻndirilgan obligatsiyalari Markaziy depozitariy tomonidan Markaziy bankning emissiyaviy depo hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi. | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
53. Obligatsiyalarni soʻndirish hamda kupon toʻlovlarini amalga oshirish kuni dam olish yoki bayram kunlariga toʻgʻri kelgan hollarda, toʻlovlar keyingi ish kunida amalga oshiriladi. | 53. Obligatsiyalarni soʻndirish hamda kupon toʻlovlarini amalga oshirish kuni dam olish yoki bayram kunlariga toʻgʻri kelgan hollarda, toʻlovlar keyingi ish kunida amalga oshiriladi. | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
8-bob. Maʼlumotlarni oshkor qilish | 8-bob. Maʼlumotlarni oshkor qilish | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
54. Valyuta birjasida obligatsiyalar boʻyicha amalga oshirilgan operatsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (obligatsiya nomlanishi, soni, kotirovkasi (narxi) va bitim sanasidan tashqari) uchinchi shaxslarga oshkor qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi. | 54. Valyuta birjasida obligatsiyalar boʻyicha amalga oshirilgan operatsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (obligatsiya nomlanishi, soni, kotirovkasi (narxi) va bitim sanasidan tashqari) uchinchi shaxslarga oshkor qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi. | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
55. Tijorat va bank sirlaridan iborat boʻlgan barcha maʼlumotlarni taqdim etish qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. | 55. Tijorat va bank sirlaridan iborat boʻlgan barcha maʼlumotlarni taqdim etish qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
9-bob. Yakuniy qoida | 9-bob. Yakuniy qoida | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
56. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki obligatsiyalarining chiqarilishi va muomalada boʻlishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki obligatsiyalarini joylashtirish boʻyicha auksion savdolarini oʻtkazish toʻgʻrisida EʼLON Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki 20__ y. “__” ________ da Markaziy bank obligatsiyalarini joylashtirish boʻyicha auksion savdolari oʻtkazilishini maʼlum qiladi. 1. Obligatsiyalarni joylashtirish sanasi: 20__ y. “__” ________; 2. Emissiya raqami: __________________; 3. Chiqarilish hajmi: _________ mlrd. soʻm; 4. Obligatsiyaning nominal qiymati: ______ soʻm; 5. Auksion savdosi oʻtkazilish usuli (“amerikacha” yoki “gollandcha”): ______________. 6. Markaziy bank tomonidan belgilangan maksimal foiz stavkasi (oʻrnatilgan hollarda): _______. 7. Obligatsiyalarni soʻndirish sanasi: 20__ y. “__” ________; 8. Kupon davrining davomiyligi: ______ kun; 9. Raqobatli buyurtmalar maksimal soni (oʻrnatilgan hollarda): _______________; 10. Raqobatli buyurtmalar boʻyicha obligatsiyalarning maksimal soni (oʻrnatilgan hollarda): _________; 11. Raqobatsiz buyurtmalar maksimal soni (oʻrnatilgan hollarda): _______________; 12. Raqobatsiz buyurtmalar boʻyicha obligatsiyalarning maksimal soni (oʻrnatilgan hollarda): ____________; Obligatsiyalar belgilangan nominal narxi boʻyicha sotiladi. Obligatsiyalarni joylashtirish boʻyicha auksion savdosi Toshkent shahrida 20__ y. “__” _______ da soat ___ dan ___ daqiqa oʻtganda quyidagi manzilda amalga oshiriladi: ___________________________________________________________. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki obligatsiyalarining chiqarilishi va muomalada boʻlishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA Auksion savdosiga qabul qilingan buyurtmalar YIGʻMA MAʼLUMOTNOMASI
| 56. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar. | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||