Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.09.2020 17.03.1992 yildagi 134-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.09.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XORIJIY FUQAROLARNING O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA BO‘LIShLARINI TARTIBGA SOLISh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli “O‘zbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ro‘yxatga olish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq va xorijiy fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlash zarurligini e’tiborga olib, shuningdek, tegishli qonun hujjatlari qabul qilinguniga qadar xorijiy fuqarolarning respublika hududida kirish-chiqishi, yashashi va bir joydan ikkinchi joyga borishini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xorijiy fuqarolarning O‘zbekistonga kirishi O‘zbekiston Respublikasi yoki Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlarining diplomatik va konsullik vakillari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda beriladigan viza hujjatlari asosida, agar xalqaro bitimlarda boshqa xili nazarda tutilmagan bo‘lsa, amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Diplomatik yoki xizmat pasportlari bo‘lgan xorijiy fuqarolar, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlari hududida doimiy yashovchilar, shu jumladan, mazkur davlatlarning tegishli idoralarida akkreditatsiya qilinganlar singari O‘zbekiston Respublikasi hududiga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda kiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi hududiga keluvchi xorijiy fuqarolar belgilangan tartibda ichki ishlar organlarida, shuningdek, qabul qiluvchi tashkilotlar va muassasalarda ro‘yxatdan o‘tishlari kerak. Chet el diplomatik va konsullik muassasalarining xodimlari, ularning oila a’zolari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzurida akkreditatsiya qilingan xorijiy fuqarolarning boshqa kategoriyalari bundan mustasnodir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ro‘yxatga olinish tartibini buzganlik, haqiqiy bo‘lmagan hujjatlar bo‘yicha yashash, belgilangan muddat tugagandan keyin chiqib ketishdan bosh tortganlarga nisbatan respublikadan chiqarib yuborishgacha bo‘lgan ta’sir chorasi qo‘llanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Vizalar va Ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi huzurida xorijiy fuqarolarni ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga olish xizmati tuzilsin hamda uning boshqa xorijiy davlatlar va Hamdo‘stlik mamlakatlari bilan aloqasi bo‘lgan aeroportlarda va temir yo‘llarda ishlashi ilovaga muvofiq tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi, O‘rta Osiyo temir yo‘l boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil transporti vazirligi chetdan keluvchi xorijiy fuqarolarni ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga olish joylarining bir maromda ishlashi uchun jihozlangan binolar ajratsinlar va zarur sharoit yaratsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati bir oy muddat ichida O‘zbekiston Respublikasining “Kirish-chiqish haqida”, “Xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasidagi huquqiy mavqeyi haqida”gi qonunlari loyihasini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi qoidalari haqida” va “Xorijiy vakillarni O‘zbekiston Respublikasi idoralari va tashkilotlari huzurida akkreditatsiya qilish tartibi haqida”gi qarorlari loyihalarini tayyorlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, “O‘zshartnomasavdo” O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Vizalar va Ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi huzurida xorijiy fuqarolarni ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga olish xizmatini saqlashga qo‘shimcha mablag‘lar ajratsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 17-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
134-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil
17-martdagi 134-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Vizalar va Ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limining xorijiy fuqarolarni hisobga olish va ro‘yxatdan o‘tkazish xizmatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILIShI VA ShTAT SONI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Vizalar va Ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limining xorijiy fuqarolarni hisobga olish va ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi — 10 kishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshkent” aeroportida xorijiy fuqarolarni hisobga olish va ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘linmasi — 12 kishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shimoliy temiryo‘l vokzalida xorijiy fuqarolarni hisobga olish va ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘linmasi — 10 kishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jami: katta va o‘rta boshliqlar tarkibidagi ofitsyerlar — 32 kishi