Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.08.2019 30.03.1996 yildagi 126-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.08.2019
Hujjat 10.11.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-avgustdagi 650-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi huzuridagi Kapital bozorini rivojlantirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzurida Qimmatli qogʻozlar bozori ishlashini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmonining bajarilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-iyundagi 112-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 23-son, 210-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Markazga Bosh direktorning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan ikki nafar oʻrinbosari boʻlishiga ruxsat etilsin.
(2-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-martdagi 133-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki, hududiy boʻlinmalar (boʻlimlar) oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markaziga va davlat mulkini boshqarish hududiy organlariga boʻysunadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi hududiy boʻlimlari rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tegishli hududiy boshqarmasi rahbari bilan kelishgan holda bosh direktor tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va tibbiy xizmat koʻrsatish shartlari joriy etilsin.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 32-33-son, 251-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi toʻgʻrisidagi Nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi markaziy apparatining va uning hududiy boʻlinmalarining joriy faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash respublika budjeti hisobidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish hududiy boʻlimi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markaziy apparatini va uning hududiy boʻlimlarini mablagʻ bilan taʼminlash uchun respublika budjetida zarur mablagʻlarni belgilangan tartibda nazarda tutsin;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar va fond birjalari davlat komissiyasining hamda uning hududiy boʻlinmalarining moddiy-texnika resurslarini, anjomlarini, asbob-uskunalarini va transport vositalarini Markazga bersin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markaziy apparatda Moliya vazirligining Qimmatli qogʻozlar boshqarmasi negizida 18 kishidan iborat Davlat qimmatli qogʻozlar emissiyasi boshqarmasini tashkil etsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar va fond birjalari davlat komissiyasining hududiy boʻlinmalari ilgari egallab kelgan xizmat binolari va aloqa liniyalari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining hududiy boʻlinmalari (boʻlimlari) ixtiyorida qoldirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining markaziy apparati Toshkent shahar, “Pravda Vostoka” koʻchasi, 10-uydagi Respublika birja markazi binosiga joylashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublikada qimmatli qogʻozlar bozorining faoliyat koʻrsatishini tartibga solish va uni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1995-yil 7-sentabrdagi 351-son qarorining 1—3-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari V.A. Chjen zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 30-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
126-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-iyundagi 112-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 23-son, 210-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-iyundagi 112-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 23-son, 210-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-iyundagi 112-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 23-son, 210-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
30-martdagi 126-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) davlat boshqaruv organi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Markaz oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa normativ hujjatlarga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Markazning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va mahalliy boshqaruv organlari, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xoʻjalik birlashmalari, korxonalar va tashkilotlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlarning fuqarolari tomonidan bajarilishi majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Markaz yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga, banklarda hisob-kitob va valyuta schyotlariga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. MARKAZNING ASOSIY VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada qimmatli qogʻozlar bozorini shakllantirish, rivojlantirish, nazorat qilish va boshqarish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uning tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan bozorning qimmatli qogʻozlar chiqarilishi, qimmatli qogʻozlar bozori tuzilmasi va rivojlanishi yuzasidan qatnashchilar boʻyicha maʼlumotlar bankining yagona reyestrlarini yuritish, hisobga olish va hisobotni tashkil etish, qimmatli qogʻozlar muomalada boʻlishini, qimmatli qogʻozlar bozori qatnashchilarining kasb faoliyatini boshqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha davlat organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan qimmatli qogʻozlar bozori va qimmatli qogʻozlar bozori qatnashchilari faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikning bajarilishini nazorat qilish va taʼminlash;
(5-bandining uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-fevraldagi 70-son qarori tahririda — OʻR QT., 2002-y., 2-son, 11-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlarning milliy va xalqaro bozorlarida oʻzbekistonlik va xorijiy emitentlarning qimmatli qogʻozlari chiqarilishi va samarali muomalada boʻlishi uchun zarur huquqiy shart-sharoitlarni taʼminlovchi normativ hujjatlarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar — investorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar bozorining ahvoli va uning qatnashchilari toʻgʻrisida investorlarni va jamoatchilikni keng xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar bozorining samarali infrastrukturasini tashkil etishda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari, mahalliy boshqaruv organlarining, professional va noprofessional qatnashchilarning, ularning birlashmalari (uyushmalari)ning qimmatli qogʻozlar bozoridagi faoliyatini muvofiqlashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Markaz oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar va ularning emitentlari toʻgʻrisidagi axborotning toʻliq ochilishi va uning tushunarli boʻlishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar bozorini shakllantirish va tartibga solish hamda uning qatnashchilari faoliyati masalalariga oid normativ hujjatlarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investorlarning korxonani (aksionerlik jamiyatini) boshqarishda qatnashishdagi, dividendlar olishdagi huquq va manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzbekistonlik emitentlar qimmatli qogʻozlarining chet elda va xorijiy emitentlar qimmatli qogʻozlarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalada boʻlishi shartlari va tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar va ularning hosilalari emissiyasini (chiqarilishini), emitentlar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi hududida qimmatli qogʻozlar emissiyasini amalga oshiruvchi xorijiy emitentlar qimmatli qogʻozlari emissiyasi prospektlarini roʻyxatdan oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya institutlari sifatida qimmatli qogʻozlar bozoridagi faoliyatga litsenziya beradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli davlat organlari bilan birgalikda qimmatli qogʻozlar bozorining samarali infrastrukturasini tashkil etishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar bozori qatnashchilarining faoliyatini muvofiqlashtiradi, qimmatli qogʻozlar bilan kasb faoliyatini amalga oshirishga yagona talablarni, qimmatli qogʻozlar bilan bitishuvlarni amalga oshirish qoidalarini, qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalar oʻtkazish hisobi va hisoboti standartlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalar oʻtkazilishining toʻgʻriligini nazorat qiladi hamda qimmatli qogʻozlar bozori qatnashchilari faoliyati ustidan, xorijiy emitentlarning qimmatli qogʻozlari Oʻzbekiston Respublikasi qimmatli qogʻozlar bozoriga muomalaga qoʻyilishi qoidalari hamda kvotalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi va ushbu qoidalar va qoidalarni buzuvchilarga nisbatan qonunchilikda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni qoʻllaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar bozorining professional qatnashchilari mutaxassislari va mansabdor shaxslariga nisbatan malaka talablarini belgilaydi, ularni attestatsiyadan oʻtkazadi, malaka attestatlari, qimmatli qogʻozlar egalari reyestiri va hisobga olish registri yuritilishiga talabnomalarni beradi, ularga rioya etilishini nazorat qiladi;
(6-bandining oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-fevraldagi 70-son qarori tahririda — OʻR QT., 2002-y., 2-son, 11-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda tijorat banklarining qimmatli qogʻozlar bozoridagi faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari va normativ hujjatlarining ijro etilishini taʼminlash, qimmatli qogʻozlarning chiqarilishi, bozorga qoʻyilishi, muomalada boʻlishi va saqlanishini birxillashtirish, qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalar oʻtkazishning hisobi va hisoboti, qimmatli qogʻozlar bozori qatnashchilari faoliyatini nazorat qilish uchun qimmatli qogʻozlar bozorining professional qatnashchilari birlashmalari (uyushmalari) faoliyatini muvofiqlashtiradi va yoʻnaltiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Markaziy depozitariy xizmatlari uchun tariflar miqdorini tasdiqlaydi;
(6-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 22-dekabrdagi 528-son qarori bilan kiritilgan — OʻR QT., 1998-y.,12-son, 47-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada roʻyxatdan oʻtkazilgan qimmatli qogʻozlar chiqarishlarning, shuningdek investitsiya institutlari sifatida faoliyatga litsenziya olgan yuridik va jismoniy shaxslarning yagona davlat reyestrlarini yuritadi hamda ularni roʻyxatlarini eʼlon qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat roʻyxati tartibotidan oʻtgan qimmatli qogʻozlar chiqarilishiga identifikatsiya tartib raqamlari beradi;
(6-bandining oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-fevraldagi 70-son qarori bilan kiritilgan — OʻR QT., 2002-y., 2-son, 11-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turlari boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan qimmatli qogʻozlarning miqdori haqidagi yillik ommaviy hisobotlarni tuzadi, investorlar va jamoatchilikning keng xabardor qilinishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot tizimini tashkil etish, qimmatli qogʻozlar bilan ishlashni avtomatlashtirish va kompyuterlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlarga oid qonunlar va normativ hujjatlar ijrosini nazorat etish, qimmatli qogʻozlar ichki va tashqi bozorlarida qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalar oʻtkazishni birxillashtirish, ular qatnashchilari faoliyatini nazorat qilish boʻyicha birgalikdagi faoliyatni muvofiqlashtirish sohasida qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solib borish xalqaro va xorijiy organlari bilan hamkorlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq Markazning vazifalari va vakolatlaridan kelib chiquvchi boshqa funksiyalarni bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. MARKAZNING HUQUQLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Markaz:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha emitentlar va qimmatli qogʻozlar bozorining qatnashchilari tomonidan axborot berish va eʼlon qilish qoidalarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz qimmatli qogʻozlarini ommaviy sotish uchun qimmatli qogʻozlar bozorining faoliyat koʻrsatishini professional taʼminlovchi istalgan shaxs orqali taqdim etuvchi emitentdan, shuningdek fond birjalaridan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tuzilishi va eʼlon qilinishi majburiy boʻlgan qoidalar, ustavlar, ish tartiblari, yoʻriqnomalar, namunaviy hujjatlar nusxalari taqdim etilishini talab etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
emitentlarning va qimmatli qogʻozlar bozori qatnashchilarining buxgalteriya hujjatlarini va boshqa hujjatlarni qimmatli qogʻozlar va ular bilan operatsiyalar oʻtkazish haqidagi eʼlon qilingan va hisobot sifatida taqdim etilgan axborotning toʻgʻriligini tekshirish yuzasidan, shuningdek qonunlar va normativ hujjatlar buzilganligi yoki buzilishi ehtimoli toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tushishi yuzasidan tekshirish;
(7-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-fevraldagi 70-son qarori tahririda — OʻR QT., 2002-y., 2-son, 11-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda maʼmuriy qonun buzilishi toʻgʻrisida protokollar tuzish va ularni sudga joʻnatish;
(7-bandga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qaroriga muvofiq oltinchi xatboshi qoʻshilgan — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
emitentlar, investitsiya institutlari va qimmatli qogʻozlar bozorining boshqa qatnashchilari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining qimmatli qogʻozlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda iqtisodiy sanksiyalarni qoʻllash toʻgʻrisida sudga murojaat qilish, koʻrsatib oʻtilgan sanksiyalarni qimmatli qogʻozlar bozori qatnashchilari tomonidan qonun buzilishlari sodir etilganligi aybi tan olinganda va ular ixtiyoriy ravishda toʻlanganda qoʻllash, ushbu toʻlovlarning 10 foizi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining ijtimoiy rivojlantirish hamda xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi, qolgan qismi esa davlat budjeti daromadiga yoʻnaltiriladi;
(7-bandning yettinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
emitentlarning roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarini tekshirish va ularga Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va normativ hujjatlariga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishini talab etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
emitentlardan qimmatli qogʻozlar chiqarilishini roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha ularning hujjatlari koʻrib chiqilganligi uchun belgilangan tartibda eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida yigʻim undirish;
(7-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-fevraldagi 70-son qarori bilan kiritilgan — OʻR QT., 2002-y., 2-son, 11-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar bozori faoliyati va uni rivojlantirish sohasida Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini xalqaro darajada ifodalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori malakali xorijiy va vatanimiz mutaxassislarini maslahatchilar va ekspertlar sifatida kontrakt asosida ishga taklif etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fond birjalari birja kengashlari, boshqa birjalarning fond boʻlimlari majlislarida qatnashish, birja faoliyatini nazorat qilishni amalga oshirish uchun davlat nazoratchilarini tayinlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq qimmatli qogʻozlar bozori qatnashchilari boʻlgan professional uyushmalarning faoliyatini va ularning aʼzolari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida qimmatli qogʻozlarga oid qonunlar va normativ hujjatlarni buzuvchilarga nisbatan quyidagi sanksiyalarni qoʻllash;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar bozori qatnashchilarini koʻrib chiqishlari va bajarishlari uchun majburiy boʻlgan yozma koʻrsatmalarni kiritish;
(7-bandning oʻn beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fond birjalari (yoki boshqa birjalarning fond boʻlimlari)dan aʼzolaridan biri yoki bir nechtasi qimmatli qogʻozlarga oid Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligini va Markaz talablarini buzgan hollarda ularni faoliyat koʻrsatishdan chiqarishni yoki chetlatishni talab qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar emissiyasi prospektini belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish oʻtkazilayotgan qimmatli qogʻozlarni ochiq sotishga taklif qilishga oid reklamani toʻxtatishni emitentlardan talab qilish;
(7-bandning oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-fevraldagi 70-son qarori tahririda — OʻR QT., 2002-y., 2-son, 11-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksionyerlarning investitsiyalarini himoya qilish maqsadida investitsiya institutlari va qimmatli qogʻozlar bozori qatnashchilarining rioya qilishlari majburiy boʻlgan iqtisodiy normativlarni belgilash;
(7-bandning oʻn sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-fevraldagi 70-son qaroriga muvofiq chiqarilgan — OʻR QT., 2002-y., 2-son, 11-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
emitentlar tomonidan amaldagi qonunchilik buzilgan hollarda ularning oʻn ish kunidan ortiq muddatga toʻxtatib turish toʻgʻrisida yoki emissiyani va muomalada boʻlishini cheklash toʻgʻrisida sudga murojaat qilish;
(7-bandning oʻn toʻqqizinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar bozorining professional qatnashchilari tomonidan qimmatli qogʻozlar toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bir necha marta yoki qoʻpol ravishda buzilgan hollarda investitsiya institutlari va qimmatli qogʻozlar bozori qatnashchisi sifatida qimmatli qogʻozlar bilan faoliyatni amalga oshirish uchun berilgan litsenziyani toʻxtatib qoʻyish yoki bekor qilish toʻgʻrisida sudga murojaat qilish;
(7-bandning yigirmanchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishlarining aniqlangan faktlari boʻyicha materiallarini amaldagi qonunchilikka muvofiq huquqni himoya qilish organlariga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarga qimmatli qogʻozlarga oid professional faoliyat yuritish huquqini beruvchi malaka attestatsiyalari berish, shuningdek ular tomonidan amaldagi qonunchilik buzilgan hollarda ularning attestatsiyalarini toʻxtatib qoʻyish yoki ularni bekor qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birjalar ish qoidalari va qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalar oʻtkazish qoidalari buzilgan taqdirda fond birjasidagi operatsiyalarni, shu jumladan kliring operatsiyalari hamda ular boʻyicha hisob-kitoblarni oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatga toʻxtatib turish, oʻn ish kunidan ortiq muddatga toʻxtatib turish toʻgʻrisida esa sudga murojaat qilish;
(7-bandning yigirma uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksionerlik jamiyatlarini taʼsis etilmagan deb tan olinishiga taalluqli Markaz tomonidan aniqlangan maʼlumotlarni qonunchilik bilan belgilangan tartibda vakolatli davlat organlariga berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartib buzilgan va hujjatlar qonunchilik talablariga muvofiq kelmagan hollarda qimmatli qogʻozlarni roʻyxatga olishni rad etish huquqiga ega;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz vakolatiga tegishli boʻlgan masalalar boʻyicha, shu jumladan qimmatli qogʻozlar qatnashchisi tomonidan huquqqa zid harakatlar sodir etilguncha qimmatli qogʻozlar bilan bitishuvchilarni haqiqiy deb hisoblash va /yoki oldingi qoidani tiklash masalalari boʻyicha sudga daʼvolar bilan murojaat qilish, shuningdek, ekspert sifatida soʻzga chiqish.
(xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-fevraldagi 70-son qarori bilan kiritilgan — OʻR QT., 2002-y., 2-son, 11-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. BOShQARUV TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Markaz faoliyati uning bosh direktori, Apellatsiyalarni koʻrib chiqish kengashi, markaziy apparat va Markazning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boʻlimlari tomonidan taʼminlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Markazning bosh direktori lavozimiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari hisoblanadi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi. Bosh direktor oʻrinbosarlari va Apellatsiyalarni koʻrib chiqish kengashi aʼzolari Bosh direktorning taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish boʻyicha hududiy boʻlimlar oʻz faoliyatida Markazga va davlat mulkini boshqarish hududiy organlariga boʻysunadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi hududiy boʻlimlari rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tegishli hududiy boshqarmasi rahbari bilan kelishgan holda bosh direktor tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 32-33-son, 251-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Markazning bosh direktori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun javob beradi, Markazning va uning joylardagi organlarining faoliyatini tashkil etadi, Markaz xodimlarining vazifalarini taqsimlaydi va ularning javobgarligi darajasini belgilaydi, Markaz xodimlarini ishga qabul qiladi va ularni ishdan boʻshatadi hamda boshqa vakolatlarni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolati doirasida va Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi asosida buyruqlar, yoʻriqnomalar va qarorlar chiqaradi, koʻrsatmalar beradi va ularning bajarilishini tekshiradi, Markazning tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning tasdiqlangan tuzilmasiga, xodimlari soni va mehnatga haq toʻlash fondiga oʻzgartirishlar kiritish yuzasidan belgilangan tartibda takliflar kiritishga haqlidir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
unga qonunchilik bilan berilgan hamda mazkur Nizomdan kelib chiquvchi boshqa funksiyalarni bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan yetti kishidan iborat boʻlgan Apellatsiyalarni koʻrib chiqish kengashi oʻzining muntazam oʻtkazib turiladigan majlislarida:
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar bozori qatnashchilarining notoʻgʻri xatti-harakatlari, Markazning qarorlari va koʻrsatmalari ustidan berilgan apellatsiyalarni koʻrib chiqadi va ular yuzasidan qaror chiqaradi;
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-fevraldagi 70-son qarori tahririda — OʻR QT., 2002-y., 2-son, 11-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eng muhim buyruqlar, qoidalar, yoʻriqnomalar va normativ tusdagi boshqa hujjatlar loyihalarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada qimmatli qogʻozlar bozorini shakllantirish, rivojlantirish, nazorat qilish va tartibga solishga oid davlat siyosatini amalga oshirishning asosiy masalalarini koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Apellatsiyalarni koʻrib chiqish kengashining qarorlari uning majlisida kamida 5 aʼzo qatnashgan taqdirda Kengash aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi va Kengash qarorlari sifatida rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.