Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-avgustdagi 650-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi huzuridagi Kapital bozorini rivojlantirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzurida Qimmatli qogʻozlar bozori ishlashini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmonining bajarilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-iyundagi 112-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 23-son, 210-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Markazga Bosh direktorning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan ikki nafar oʻrinbosari boʻlishiga ruxsat etilsin.
(2-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-martdagi 133-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Belgilab qoʻyilsinki, hududiy boshqarmalar oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markaziga (keyingi oʻrinlarda “Markaz” deb ataladi) va davlat mulkini boshqarish boʻyicha hududiy organlarga boʻysunadi.
Markazning boshqarmalari rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tegishli hududiy boshqarmasi rahbari bilan kelishgan holda bosh direktor tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.
Markaz xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va tibbiy xizmat koʻrsatish shartlari joriy etilsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi toʻgʻrisidagi Nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Belgilab qoʻyilsinki, Markazning markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalari joriy faoliyatini moliyalashtirish respublika budjeti hisobiga amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish hududiy boʻlimi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Oldingi tahrirga qarang.
Markazning markaziy apparatini va uning hududiy boshqarmalarini mablagʻ bilan taʼminlash uchun respublika budjetida zarur mablagʻlarni belgilangan tartibda nazarda tutsin;
(7-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar va fond birjalari davlat komissiyasining hamda uning hududiy boʻlinmalarining moddiy-texnika resurslarini, anjomlarini, asbob-uskunalarini va transport vositalarini Markazga bersin;
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar va fond birjalari davlat komissiyasining hududiy boʻlinmalari ilgari egallab kelgan xizmat binolari va aloqa liniyalari Markazning boshqarmalari ixtiyorida qoldirilsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Markazning markaziy apparati Toshkent shahar, “Buxoro” koʻchasi, 10-uydagi Respublika birja markazi binosiga joylashtirilsin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublikada qimmatli qogʻozlar bozorining faoliyat koʻrsatishini tartibga solish va uni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1995-yil 7-sentabrdagi 351-son qarorining 1—3-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari V.A. Chjen zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 30-mart,
126-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-iyundagi 112-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 23-son, 210-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-iyundagi 112-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 23-son, 210-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-iyundagi 112-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 23-son, 210-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi toʻgʻrisida
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) davlat boshqaruv organi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Markaz oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa normativ hujjatlarga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
3. Markazning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va mahalliy boshqaruv organlari, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xoʻjalik birlashmalari, korxonalar va tashkilotlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlarning fuqarolari tomonidan bajarilishi majburiydir.
4. Markaz yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga, banklarda hisob-kitob va valyuta schyotlariga ega boʻladi.
II. MARKAZNING ASOSIY VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI
5. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
respublikada qimmatli qogʻozlar bozorini shakllantirish, rivojlantirish, nazorat qilish va boshqarish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
uning tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan bozorning qimmatli qogʻozlar chiqarilishi, qimmatli qogʻozlar bozori tuzilmasi va rivojlanishi yuzasidan qatnashchilar boʻyicha maʼlumotlar bankining yagona reyestrlarini yuritish, hisobga olish va hisobotni tashkil etish, qimmatli qogʻozlar muomalada boʻlishini, qimmatli qogʻozlar bozori qatnashchilarining kasb faoliyatini boshqarish;
Oldingi tahrirga qarang.
qimmatli qogʻozlar bozoridagi professional faoliyatni litsenziyalash;
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-son qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
davlat boshqaruvi organlari, qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari tomonidan qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish va qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishi aniqlangan hollarda ular boʻyicha ijro etish majburiy boʻlgan xulosalar va koʻrsatmalar berish, qonunni buzuvchilarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq sanksiyalar qoʻllash;
(5-bandning beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
qimmatli qogʻozlarning milliy va xalqaro bozorlarida oʻzbekistonlik va xorijiy emitentlarning qimmatli qogʻozlari chiqarilishi va samarali muomalada boʻlishi uchun zarur huquqiy shart-sharoitlarni taʼminlovchi normativ hujjatlarni ishlab chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar — investorlarning, shuningdek qimmatli qogʻozlar egalarining huquq va manfaatlarini himoya qilish;
(5-bandning yettinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
qimmatli qogʻozlar bozorining ahvoli va uning qatnashchilari toʻgʻrisida investorlarni va jamoatchilikni keng xabardor qilish;
qimmatli qogʻozlar bozorining samarali infrastrukturasini tashkil etishda qatnashish;
Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari, mahalliy boshqaruv organlarining, professional va noprofessional qatnashchilarning, ularning birlashmalari (uyushmalari)ning qimmatli qogʻozlar bozoridagi faoliyatini muvofiqlashtirish.
6. Markaz oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq:
qimmatli qogʻozlar va ularning emitentlari toʻgʻrisidagi axborotning toʻliq ochilishi va uning tushunarli boʻlishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
qimmatli qogʻozlar bozorini shakllantirish va tartibga solish hamda uning qatnashchilari faoliyati masalalariga oid normativ hujjatlarni ishlab chiqadi;
investorlarning korxonani (aksionerlik jamiyatini) boshqarishda qatnashishdagi, dividendlar olishdagi huquq va manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini koʻradi;
oʻzbekistonlik emitentlar qimmatli qogʻozlarining chet elda va xorijiy emitentlar qimmatli qogʻozlarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalada boʻlishi shartlari va tartibini belgilaydi;
qimmatli qogʻozlar va ularning hosilalari emissiyasini (chiqarilishini), emitentlar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi hududida qimmatli qogʻozlar emissiyasini amalga oshiruvchi xorijiy emitentlar qimmatli qogʻozlari emissiyasi prospektlarini roʻyxatdan oʻtkazadi;
Oldingi tahrirga qarang.
qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari sifatida qimmatli qogʻozlar bozoridagi faoliyatga litsenziya beradi;
(6-bandning yettinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
tegishli davlat organlari bilan birgalikda qimmatli qogʻozlar bozorining samarali infrastrukturasini tashkil etishda qatnashadi;
qimmatli qogʻozlar bozori qatnashchilarining faoliyatini muvofiqlashtiradi, qimmatli qogʻozlar bilan kasb faoliyatini amalga oshirishga yagona talablarni, qimmatli qogʻozlar bilan bitishuvlarni amalga oshirish qoidalarini, qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalar oʻtkazish hisobi va hisoboti standartlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalar oʻtkazilishining toʻgʻriligini nazorat qiladi hamda qimmatli qogʻozlar bozori qatnashchilari faoliyati ustidan, xorijiy emitentlarning qimmatli qogʻozlari Oʻzbekiston Respublikasi qimmatli qogʻozlar bozoriga muomalaga qoʻyilishi qoidalari hamda kvotalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi va ushbu qoidalar va qoidalarni buzuvchilarga nisbatan qonunchilikda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni qoʻllaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
qimmatli qogʻozlar bozorining professional qatnashchilari mutaxassislariga nisbatan malaka talablarini belgilaydi, ularni attestatsiyadan oʻtkazadi, malaka attestatlari, qimmatli qogʻozlar egalari reyestiri va hisobga olish registri yuritilishiga talabnomalarni beradi, ularga rioya etilishini nazorat qiladi;
(6-bandning oʻn birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda tijorat banklarining qimmatli qogʻozlar bozoridagi faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;
qonunchilik hujjatlari va normativ hujjatlarining ijro etilishini taʼminlash, qimmatli qogʻozlarning chiqarilishi, bozorga qoʻyilishi, muomalada boʻlishi va saqlanishini birxillashtirish, qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalar oʻtkazishning hisobi va hisoboti, qimmatli qogʻozlar bozori qatnashchilari faoliyatini nazorat qilish uchun qimmatli qogʻozlar bozorining professional qatnashchilari birlashmalari (uyushmalari) faoliyatini muvofiqlashtiradi va yoʻnaltiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Markaziy depozitariy xizmatlari uchun tariflar miqdorini tasdiqlaydi;
(6-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 22-dekabrdagi 528-son qarori bilan kiritilgan — OʻR QT., 1998-y.,12-son, 47-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
respublikada roʻyxatdan oʻtkazilgan qimmatli qogʻozlar chiqarishlarning, shuningdek qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari sifatida faoliyatga litsenziya olgan yuridik va jismoniy shaxslarning yagona davlat reyestrlarini yuritadi hamda ularni roʻyxatlarini eʼlon qiladi;
(6-bandning oʻn beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
davlat roʻyxati tartibotidan oʻtgan qimmatli qogʻozlar chiqarilishiga identifikatsiya tartib raqamlari beradi;
(6-bandining oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-fevraldagi 70-son qarori bilan kiritilgan — OʻR QT., 2002-y., 2-son, 11-modda)
turlari boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan qimmatli qogʻozlarning miqdori haqidagi yillik ommaviy hisobotlarni tuzadi, investorlar va jamoatchilikning keng xabardor qilinishini taʼminlaydi;
axborot tizimini tashkil etish, qimmatli qogʻozlar bilan ishlashni avtomatlashtirish va kompyuterlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
qimmatli qogʻozlarga oid qonunlar va normativ hujjatlar ijrosini nazorat etish, qimmatli qogʻozlar ichki va tashqi bozorlarida qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalar oʻtkazishni birxillashtirish, ular qatnashchilari faoliyatini nazorat qilish boʻyicha birgalikdagi faoliyatni muvofiqlashtirish sohasida qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solib borish xalqaro va xorijiy organlari bilan hamkorlik qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
emissiyali qimmatli qogʻozlarni (davlat qimmatli qogʻozlaridan tashqari) muomalaga chiqarish qoidalarini, qimmatli qogʻozlar bilan bitishuvlarni roʻyxatdan oʻtkazish qoidalarini, qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalar oʻtkazishni hisobga olish va hisobot berish standartlarini, qimmatli qogʻozlar egalari reyestrlarini va qimmatli qogʻozlar bilan bitishuvlarni hisobga olish reyestrini yuritish tartibini tasdiqlaydi;
oʻz mablagʻlari yetarliligining majburiy normativlarini va qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalar boʻyicha tavakkalchiliklarni cheklaydigan boshqa koʻrsatkichlarni, shuningdek davlat qimmatli qogʻozlaridan tashqari qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalar boʻyicha hujjatlarni saqlash muddatlarini belgilaydi;
qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirishga litsenziya olgan qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari mansabdor shaxslariga nisbatan malaka talablarini belgilaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda qimmatli qogʻozlar bozorida sugʻurtalovchilar faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-son qaroriga muvofiq yigirma — yigirma uchinchi xatboshilari bilan toʻldirildi)
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq Markazning vazifalari va vakolatlaridan kelib chiquvchi boshqa funksiyalarni bajaradi.
III. MARKAZNING HUQUQLARI
Oldingi tahrirga qarang.
7. Markaz:
Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazini ijtimoiy rivojlantirish va xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasini tashkil etish huquqiga ega. Jamgʻarma solinadigan iqtisodiy sanksiyalardan ajratmalarning 10 foizi, emitentlarning qimmatli qogʻozlar chiqarilishini roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha hujjatlari koʻrib chiqilganligi uchun ulardan olinadigan yigʻim va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa manbalar hisobiga shakllantiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
qimmatli qogʻozlar bozori qatnashchilari tomonidan axborot taqdim etish va eʼlon qilish qoidalarini belgilash, davlat qimmatli qogʻozlari emitentlari bundan mustasno;
davlat boshqaruvi organlari, fuqarolar, qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislari va mansabdor shaxslardan Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va maʼlumotlarni soʻrash va olish;
oʻz qimmatli qogʻozlarini ommaviy sotish uchun qoʻygan emitentdan, qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini professional jihatdan taʼminlaydigan har qanday boshqa shaxsdan, shuningdek fond birjalaridan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq tuzish va eʼlon qilish majburiy boʻlgan qoidalar, ustavlar, reglamentlar, yoʻriqnomalar, namunaviy hujjatlar nusxalari taqdim etilishini talab qilish;
qimmatli qogʻozlar toʻgʻrisidagi hisobot shaklida eʼlon qilingan va taqdim etilgan axborotning ishonchliligi yuzasidan, shuningdek qonun hujjatlari va normativ hujjatlar buzilganligi yoki buzilishi mumkinligi toʻgʻrisida maʼlumotlar tushganda qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilarining (davlat qimmatli qogʻozlari emitentlaridan tashqari) buxgalteriya hujjatlarini va boshqa hujjatlarini tekshirish;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnomalar tuzish va ularni sudga yuborish;
qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari tomonidan qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda investorlar, qimmatli qogʻozlar egalari, davlatning manfaatlari uchun davlat boji toʻlamasdan sudga iqtisodiy sanksiyalar qoʻllash toʻgʻrisida murojaat qilish, qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari tomonidan huquqbuzilishi sodir etilganligi eʼtirof etilgan va ular ixtiyoriy toʻlangan taqdirda koʻrsatib oʻtilgan sanksiyalarni qoʻllash huquqiga ega, ularning 10 foizi Markazni ijtimoiy rivojlantirish va xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasiga tushadi, qolgan qismi esa davlat budjeti daromadiga yoʻnaltiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
emitentlarning roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarini tekshirish va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va normativ hujjatlariga muvofiq ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishini talab qilish;
emitentlarning qimmatli qogʻozlar chiqarilishini roʻyxatga olish boʻyicha hujjatlari koʻrib chiqilganligi uchun ulardan eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida belgilangan tartibda yigʻim undirish;
Keyingi tahrirga qarang.
qimmatli qogʻozlar bozori faoliyat koʻrsatishi va rivojlanishi sohasida xalqaro darajada Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalash;
yuqori malakali xorijiy va mamlakatimiz mutaxassislarini kontrakt asosida maslahatchilar va ekspertlar sifatida ishga taklif qilish;
fond birjalarining birja kengashlari, boshqa birjalarning fond boʻlimlari majlislarida qatnashish, birja faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish uchun davlat inspektorlarini tayinlash;
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilarining professional uyushmalari faoliyatini va ularning aʼzolari faoliyatini muvofiqlashtirish;
qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni qoʻshib olib borish tartibini belgilash;
vakolatlari doirasida qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzuvchilarga nisbatan quyidagi sanksiyalarni qoʻllash:
qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari koʻrib chiqishi va ijro etishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;
fond birjalaridan (fondli boʻlimlarni tashkil etgan boshqa birjalardan) qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va Markaz talablari ularning aʼzolari tomonidan buzilgan taqdirda bir yoki bir nechta aʼzolarni aʼzolikdan chiqarishni yoki faoliyatdan chetlatishni talab qilish;
emitentlardan belgilangan tartibda qimmatli qogʻozlar emissiyasi prospekti roʻyxatdan oʻtkazilmasdan oʻtkaziladigan qimmatli qogʻozlarni ochiq sotishga taklif qilish boʻyicha reklama kompaniyasini toʻxtatishni talab qilish;
aksiyadorlarning investitsiyalarini himoya qilish maqsadida qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari va boshqa ishtirokchilari rioya qilishi majburiy boʻlgan iqtisodiy normativlarni belgilash;
emitentlar tomonidan amaldagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda emitentlarning qimmatli qogʻozlari emissiyasi va muomalada boʻlishini 10 ish kunidan ortiq muddatga toʻxtatib turish yoki cheklash toʻgʻrisida sudga murojaat qilish;
qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishi aniqlangan taqdirda oʻz vakolatlari doirasida qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchisining uning faoliyati toʻxtashiga olib kelmaydigan ayrim operatsiyalarini toʻxtatib turish;
qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari tomonidan qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bir necha marta yoki qoʻpol ravishda buzilgan hollarda qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi sifatida qimmatli qogʻozlar bilan faoliyatni amalga oshirishga berilgan litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida sudga murojaat qilish;
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishining aniqlangan holatlari boʻyicha materiallarni huquqni muhofaza qilish organlariga berish;
jismoniy shaxslarga qimmatli qogʻozlar boʻyicha professional faoliyatni olib borish huquqiga malaka attestatlari berish, shuningdek jismoniy shaxslar tomonidan amaldagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda ularning attestatlari amal qilishini toʻxtatib turish yoki ularni attestatlardan mahrum qilish;
birja ishi va qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalar oʻtkazish qoidalari buzilgan taqdirda fond birjasida operatsiyalarni, shu jumladan kliring operatsiyalarini va ular boʻyicha hisob-kitoblarni oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatga toʻxtatib turish, oʻn ish kunidan ortiq muddatga toʻxtatib turish toʻgʻrisida sudga murojaat qilish;
Markaz tomonidan aniqlangan aksiyadorlik jamiyatlari taʼsis etilishining eʼtirofi mavjud emasligiga doir maʼlumotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli davlat organlariga berish;
belgilangan tartib buzilgan va hujjatlar qonun hujjatlari talablariga muvofiq boʻlmagan taqdirda qimmatli qogʻozlarni roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish;
Markazning vakolatiga tegishli boʻlgan masalalar boʻyicha, shu jumladan qimmatli qogʻozlar bilan bitishuvlarni haqiqiy emas deb eʼtirof etish va/yoki qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilarining huquqqa zid xatti-harakatlari sodir etilgunga qadar oldingi ahvolni tiklash boʻyicha sudga daʼvolar bilan murojaat qilish, shuningdek ekspertlik qilish huquqiga ega.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
IV. BOShQARUV TUZILMASI
Oldingi tahrirga qarang.
8. Markaz faoliyati uning bosh direktori, markaziy apparat va Markazning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari tomonidan taʼminlanadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Markazning bosh direktori lavozimiga koʻra Davlat mulki qoʻmitasi raisining oʻrinbosari hisoblanadi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi. Bosh direktorning oʻrinbosarlari Markaz bosh direktorining taqdimnomasi boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadilar.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Markazning hududiy boshqarmalari oʻz faoliyatida Markazga va davlat mulkini boshqarish hududiy organlariga boʻysunadi.
Markazning hududiy boshqarmalari rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining tegishli hududiy organi rahbari bilan kelishuv boʻyicha bosh direktor tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
11. Markazning bosh direktori:
Markazga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun javob beradi, Markazning va uning joylardagi organlarining faoliyatini tashkil etadi, Markaz xodimlarining vazifalarini taqsimlaydi va ularning javobgarligi darajasini belgilaydi, Markaz xodimlarini ishga qabul qiladi va ularni ishdan boʻshatadi hamda boshqa vakolatlarni amalga oshiradi;
oʻz vakolati doirasida va Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi asosida buyruqlar, yoʻriqnomalar va qarorlar chiqaradi, koʻrsatmalar beradi va ularning bajarilishini tekshiradi, Markazning tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
Markazning tasdiqlangan tuzilmasiga, xodimlari soni va mehnatga haq toʻlash fondiga oʻzgartirishlar kiritish yuzasidan belgilangan tartibda takliflar kiritishga haqlidir;
unga qonunchilik bilan berilgan hamda mazkur Nizomdan kelib chiquvchi boshqa funksiyalarni bajaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)