22.10.2018 yildagi 847-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 24.10.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida mobil qurilmalarni hisobga olish tizimini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikamizning barcha hududlarida mobil aloqani rivojlantirish, zamonaviy servis xizmatlarini joriy etish orqali interaktiv davlat xizmatlari va elektron tijoratdan foydalanish imkoniyatlarini yaratish, shuningdek, mamlakatimizda xalqaro standartlarga mos keladigan mobil telefonlar va mobil aloqa moduliga ega qurilmalarni (keyingi oʻrinlarda mobil qurilmalar deb ataladi) keng ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Isteʼmolchilarga sifatli mobil qurilmalardan foydalanish imkoniyatini yaratish, ichki bozorni kontrafakt mahsulotlarning olib kirilishi va sotilishidan himoya qilish hamda telekommunikatsiya bozorida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining respublikada mobil qurilmalarni xalqaro oʻziga xos identifikatsiya kodlari asosida roʻyxatga olish boʻyicha quyidagilar imkonini beradigan tizimni (keyingi oʻrinlarda Tizim deb ataladi) joriy qilish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mobil qurilmalardagi oʻziga xos identifikatsiya kodlari toʻgʻriligini tekshirish orqali ularning mulkdorlari (egalari) huquqlarining himoya qilinishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mobil qurilmalardan ularning mulkdorlarini (egalarini) ogohlantirmasdan noqonuniy va ruxsatsiz foydalanishga yoʻl qoʻymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro standartlarga mos kelmaydigan sifatsiz mobil qurilmalar sotilishining oldini olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi — mobil qurilmalarning identifikatsiya kodlarini roʻyxatga olish va qoʻllash, ushbu yoʻnalishda normativ-huquqiy bazani yaratish va takomillashtirish boʻyicha vakolatli organ;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“UZINFOCOM davlat axborot xizmatlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator” MCHJ — Tizim operatori (keyingi oʻrinlarda Tizim operatori deb ataladi) etib;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining mablagʻlari — Tizimni yaratish va joriy etish ishlarini moliyalashtirish manbai etib belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2019-yilning 1-aprelidan boshlab, mobil telefonlar va mobil aloqa moduliga ega qurilmalarni xalqaro oʻziga xos identifikatsiya kodlari boʻyicha roʻyxatga olish tizimini toʻliq ishga tushirish imkonini beradigan hamda kelishilgan tashkiliy-texnik va iqtisodiy mexanizmlarni nazarda tutuvchi Tizimni tashkil etish reja-jadvalini bir hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) jamoatchilik oʻrtasida keng muhokama natijalari asosida quyidagilarni nazarda tutuvchi Hukumat qarorining tegishli loyihasini uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tizim operatorining asosiy funksiya va vazifalarini, vazirlik va idoralar, telekommunikatsiya operatorlari bilan oʻzaro hamkorligi tartibini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kelinadigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni roʻyxatga olish tartibi hamda shartlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2019-yil 1-aprelgacha boʻlgan muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mobil qurilmaning identifikatsiya kodini Internet tarmogʻi orqali onlayn rejimida roʻyxatga olish va uning maqomini tekshirish xizmati joriy etilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mobil qurilmalarni roʻyxatga olish hamda maslahat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha hududiy punktlarini tashkil etishni va ularning faoliyat yuritishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tizim operatoriga mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar yoki ularning rasmiy dilerlari (distribyutorlari) bilan Tizimni joriy etish uchun zarur boʻlgan uskunalar, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, dasturiy taʼminot mahsulotlari, vosita va moslamalar, kompyuter hamda server texnikasini eng yaxshi takliflarni tanlash asosida yetkazib berish boʻyicha shartnomalar tuzishga va keyinchalik shartnomalarni “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Loyihalarni va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda ekspertizadan oʻtkazishga ruxsat berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tizim operatoriga uni tashkil etish va joriy etish doirasida olib kiriladigan uskunalar, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, dasturiy taʼminot mahsulotlari, vosita va moslamalar, kompyuter hamda server texnikasi uchun bojxona toʻlovlarini bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan boshlab 36 oygacha boʻlib-boʻlib toʻlash huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Tizimni ishga tushirguncha Tizim operatorining Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat xavfsizlik xizmatining tegishli tarkibiy boʻlinmalari hamda mobil aloqa tarmoqlarining telekommunikatsiya operatorlari bilan oʻzaro hamkorligi boʻyicha bitimlar tuzilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.M. Sadikov zimmasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Elektron hukumat, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 22-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
847-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2018-y., 09/18/847/2091-son; 27.03.2019-y., 09/19/254/2839-son; 29.08.2025-y., 09/25/550/0790-son)