05.09.2018 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan Misr Arab Respublikasi Qadimiy yodgorliklar vazirligi oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim

Arxeologiya, madaniy meros va muzeyshunoslik sohalarida hamkorlik qilish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Misr Arab Respublikasi Qadimiy yodgorliklar vazirligi, keyingi oʻrinlarda “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxeologiya, madaniy meros hamda muzeyshunoslik sohalaridagi xalqaro hamkorlik muhim ahamiyat kasb etishini inobatga olgan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 6-noyabrda imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Misr Arab Respublikasi Hukumati oʻrtasida madaniy hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimning qoidalariga tayangan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzaro qiziqish uygʻotadigan masalalarda hamkorlikni birgalikda rivojlantirish istagi mavjudligini hisobga olgan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻz tegishli davlatlari qonunchiligiga muvofiq qadimiy yodgorliklarni muhofaza qilish va saqlash sohasida ekspertlar, maʼlumotlar va nashrlar almashinuvini ragʻbatlantiradilar va qoʻllab-quvvatlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻz tegishli davlatlari qonunchiligiga muvofiq arxeologiya va obyektlarni saqlash sohasida stipendiyalar almashinuvi hamda ikki tomonlama tadqiqotlarni nashr etishni qoʻllab-quvvatlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar har bir davlatlarda madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va saqlash boʻyicha tashabbuslarni qoʻllab- quvvatlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar arxeologiya, obyektlarni saqlash va muzeyshunoslik sohalariga taalluqli boʻlgan qonun hujjatlari toʻgʻrisida maʼlumot almashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻrtasida almashiladigan barcha maʼlumotlar qatʼiy ravishda maxfiy hisoblanadi va boshqa Tomonning oldindan yozma roziligisiz uchinchi tomonga oshkor etilishi mumkin emas. Shuningdek, ulardan mazkur Bitimda nazarda tutilmagan maqsadlarda ham foydalanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻz davlatlaridagi qonun va qoidalarga rioya qilish majburiyatini oʻz zimmalariga oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻz tegishli davlatlari qonunchiligiga muvofiq har bir davlat sivilizatsiyasini tanishtiruvchi qadimiy yodgorliklar va eksponat nusxalari koʻrgazmalarini tashkil qilishni ragʻbatlantiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar mazkur Bitimni tatbiq etishni kuzatib borish va baholash uchun ikki davlat mutaxassislarini oʻz ichiga olgan qoʻshma Texnik-ilmiy qoʻmitani tashkil qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar mazkur Bitimni tatbiq etish bilan bogʻliq boʻlgan har qanday loyihani 8-moddada qayd etilgan Texnik-ilmiy qoʻmita tasdigʻi asosida Tomonlar oʻrtasida alohida bitim imzolash orqali amalga oshirishga kelishib oldilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar har ikki davlat qonunchiligiga muvofiq ularning muzeylari oʻrtasida qoʻshma ilmiy tadqiqot loyihalarini amalga oshirishdagi oʻzaro hamkorlikni ragʻbatlantiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimga Tomonlarning oʻzaro kelishuviga muvofiq mazkur Bitimning 12-moddasida belgilangan tarzda kuchga kiradigan alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladigan hamda uning ajralmas qismi hisoblanadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim imzolangan sanadan boshlab kuchga kiradi va uch (3) yil davomida amal qiladi, Tomonlardan biri uch oy oldin uning amal qilishini tugatish niyati toʻgʻrisida boshqa Tomonni yozma ravishda xabardor qilmasa, uning amal qilishi oʻz-oʻzidan keyingi uch yillik muddatlarga uzayaveradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida 2018-yil 5-sentabrda har biri oʻzbek, arab va ingliz tillarida boʻlgan ikki asl nusxada tuzildi, bunda barcha matnlar teng autentikdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, ingliz tilidagi matn ustuvor hisoblanadi.

(imzolar)