23.10.2018 yildagi 854-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya organlarining qonun hujjatlarini buzayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarini aniqlash boʻyicha boshqa davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan oʻzaro hamkorligi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 4-maydagi PF-5430-son Farmonini ijro etish yuzasidan, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Adliya organlarining qonun hujjatlarini buzayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarini aniqlash boʻyicha boshqa davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan oʻzaro hamkorligi tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 23-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
854-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-oktabrdagi 854-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya organlarining qonun hujjatlarini buzayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarini aniqlash boʻyicha boshqa davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan oʻzaro hamkorligi tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy boʻlinmalarining (keyingi oʻrinlarda adliya organlari deb ataladi) qonun hujjatlarini buzayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarini, shu jumladan, diniy tashkilotlar, xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlarini, xalqaro va xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlarining Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi vakolatxonalari va filiallarini (keyingi oʻrinlarda nodavlat notijorat tashkilotlar deb ataladi) aniqlash boʻyicha boshqa davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan oʻzaro hamkorligi tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat notijorat tashkiloti — jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni oʻz faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani) oʻz qatnashchilari (aʼzolari) oʻrtasida taqsimlamaydigan oʻzini oʻzi boshqarish tashkiloti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
diniy tashkilot — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining dinga eʼtiqod qilish, ibodat, rasm-rusumlar va marosimlarni birgalikda ado etish maqsadida tuzilgan koʻngilli birlashmalari (diniy jamiyatlar, diniy taʼlim muassasalari, masjidlar, cherkovlar, sinagogalar, monastirlar va shu kabilar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzaro hamkorlik qonuniylik, obyektivlik va javobgarlik, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga aralashmaslik prinsiplariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining qonuniyligini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz rasmiy veb-saytida eʼlon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Adliya organlarining boshqa davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan oʻzaro hamkorligi tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Adliya organlari bilan idoralararo hamkorlikni taʼminlash doirasida, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining qonuniyligin taʼminlash maqsadida davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar quyidagilarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining buzilishi, shu jumladan, nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan pul mablagʻlarining maqsadli sarflanishi boʻyicha talablarga rioya etilmasligi va ular tomonidan pul mablagʻlaridan va boshqa mol-mulkdan, ularni moliyalashtirishning noqonuniy manbalaridan foydalanilganligi toʻgʻrisida adliya organlarini xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
adliya organlarining soʻrovlari boʻyicha hujjatlarni va (yoki) maʼlumotlarni, shu jumladan, nodavlat notijorat tashkilotlarining moliyaviy-xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
adliya organlarining soʻrovlari boʻyicha nodavlat notijorat tashkilotlarini belgilangan tartibda tugatish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining soʻrovlari boʻyicha chet el fuqarolari boʻlgan nodavlat notijorat tashkilotlarining xodimlarini, shuningdek, ularning qaramogʻida boʻlgan oila aʼzolarini akkreditatsiya qilish boʻyicha materiallarni oʻrganadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan pul mablagʻlari va boshqa mol-mulkdan ularning taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan maqsadlarga muvofiq oqilona va maqsadli foydalanilishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini oʻrganishda adliya organlariga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari buzilishi holatlari aniqlangan yoki nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan ularning taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan maqsadlarga zid xatti-harakatlar amalga oshirilgan hollarda adliya organlariga va (yoki) prokuraturaga nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini toʻxtatib turish yoki toʻxtatish masalasini koʻrib chiqish toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya qilingan chet el fuqarolari boʻlgan nodavlat notijorat tashkilotlarining xodimlari, shuningdek, ularning qaramogʻida boʻlgan oila aʼzolari tomonidan sodir etilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining buzilishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligini xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
adliya organlariga nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari buzilishining oldini olish, ularning yuzaga kelishi sabablari va shart-sharoitlarini aniqlash hamda bartaraf etishga qaratilgan birgalikdagi chora-tadbirlarni ishlab chiqishni nazarda tutuvchi takliflarni kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu Nizom doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) adliya organlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlarga oid fikr-mulohazalarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan tashkil etilgan va oʻtkazilgan tadbirlar (konferensiyalar, seminarlar, treninglar, yigʻilishlar va shu kabilar) yakunlari boʻyicha tahlilni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlar va (yoki) maʼlumotlarni, shu jumladan, nodavlat notijorat tashkilotlariga taqdim etilgan mablagʻlar, grantlar, boshqa moliyaviy va moddiy resurslarning ishlatilishi boʻyicha nodavlat notijorat tashkilotlarining moliyaviy-xoʻjalik faoliyatiga oid maʼlumotlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el fuqarolari boʻlgan nodavlat notijorat tashkilotlarining xodimlari, shuningdek, ularning qaramogʻida boʻlgan oila aʼzolarini belgilangan tartibda akkreditatsiya qilish boʻyicha materiallarni oʻrganish yakunlari yuzasidan fikr-mulohazalarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat notijorat tashkilotlarini mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini, shu jumladan, nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatiga daxldor boʻlgan tarmoq, hududiy gumanitar dasturlarni amalga oshirishga jalb qilish boʻyicha takliflarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari, ustav faoliyati va taʼsis hujjatlari buzilishining oldini olish va bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi takliflarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi xalqaro va xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlariga xalqaro va xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallariga ularning takliflariga koʻra tashrif buyurayotgan chet el fuqarolariga oid maʼlumotlarni soʻrab olishga haqlidir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi quyidagi soʻrovlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligini xabardor qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga taalluqli boʻlgan xalqaro shartnomalar/bitimlar toʻgʻrisida, yoxud xalqaro va xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlari, xalqaro va xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat yuritishi uchun asos boʻlgan bitimlar boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro va xorijiy nohukumat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallarining bosh ofisi toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro va xorijiy nohukumat notijorat tashkilotlarining Oʻzbekiston Respublikasidagi vakolatxonalari va filiallarining taklifiga koʻra chet el fuqarolariga berilgan vizalar toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar, bojxona va soliq organlari oʻz vakolatlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat notijorat tashkilotlarining noqonuniy faoliyatni amalga oshirganlik holati aniqlanganligi hamda belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtmaganlik toʻgʻrisida u aniqlangan kundan boshlab besh kundan kechiktirmasdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari buzilganligi, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan ularning taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan maqsadlarga zid xatti-harakatlarning sodir etilganligi ushbu holat aniqlanganidan boshlab oʻn kundan kechiktirmasdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan pul mablagʻlarini maqsadli sarflash va ular tomonidan boshqa mol-mulkdan foydalanish talablariga rioya etmaslik, shuningdek, noqonuniy moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisida ushbu holat aniqlanganidan boshlab oʻn kundan kechiktirmasdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan adliya organlarini belgilangan tartibda xabardor qilmasdan oʻtkazilgan tadbirlar (konferensiyalar, seminarlar, treninglar, yigʻilishlar va shu kabilar) toʻgʻrisida ushbu holat aniqlanganidan boshlab oʻn kundan kechiktirmasdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl qoʻyilgan huquqbuzarliklar uchun javobgarlikka tortilgan nodavlat notijorat tashkilotlarining mansabdor shaxslari va xodimlari haqida ular javobgarlikka tortilgan kundan boshlab oʻn kundan kechiktirmasdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
diniy xizmatchilar va diniy tashkilotlarning aʼzolari tomonidan maxsus bolalar va oʻsmirlar yigʻilishlarini, shuningdek, diniy marosimlarga aloqasi boʻlmagan mehnat, adabiyot toʻgaraklari va boshqa toʻgaraklar va guruhlarni tashkil etganligi va oʻtkazilganligi holatlari toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida davlat roʻyxatidan oʻtgan xalqaro va xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallari orqali Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida missionerlik va boshqa huquqqa xilof faoliyat amalga oshirganligining aniqlangan holati toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan diniy adovat, diniy ekstremizm, separatizm va fundamentalizm gʻoyalarini targʻib qilish, fuqarolarni qirgʻin qilish yoki zoʻrlik bilan koʻchirishga chaqirish, aholi oʻrtasida vahima uygʻotish yoxud diniy-ekstremistik, terroristik tashkilotlarning belgilari va ramzlarini namoyish qilishga oid materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida tarqatish maqsadida tayyorlaganlik, saqlaganlik, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirganlik yoki tarqatganlikning aniqlangan holatlari haqida ushbu holatlar aniqlangan kundan boshlab oʻn kundan kechiktirmasdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat notijorat tashkilotlarining fuqarolarning oʻz fuqarolik huquqlarini amalga oshirishlariga yoki fuqarolik burchlarini bajarishlariga toʻsqinlik qilish, shu jumladan, dindorlardan majburiy yigʻim undirish, diniy ibodatlarda, diniy rasm-rusm va marosimlarda ishtirok etish yoki ishtirok etmaslikka majburlash bilan bogʻliq boʻlgan noqonuniy faoliyatining aniqlangan holatlari toʻgʻrisida ushbu holatlar aniqlangan kundan boshlab oʻn kundan kechiktirmasdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya qilingan chet el fuqarolari boʻlgan nodavlat notijorat tashkilotlarining xodimlari, shuningdek, ularning qaramogʻida boʻlgan oila aʼzolari tomonidan sodir etilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini buzganlik holatlari toʻgʻrisida ushbu holatlar aniqlangan kundan boshlab besh kundan kechiktirmasdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlar va boshqa moddiy qimmatliklar, shu jumladan, transport vositalari olib kirilganligi yoki olib chiqilganligi toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari tomonidan bojxona haqidagi qonunlar buzilganligi holatlari toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona yoxud soliq haqidagi qonunlar buzilganligi munosabati bilan javobgarlikka tortilgan nodavlat notijorat tashkilotlarining mansabdor shaxslari va xodimlari toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan qasddan boʻyin tovlaganligining aniqlangan holatlari toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan roʻyxatga oluvchi organ bilan kelishmagan holda xorijiy davlatlar, xalqaro va xorijiy tashkilotlar, xorijiy davlatlarning fuqarolaridan yoxud ularning topshiriqlari bilan boshqa shaxslardan pul mablagʻlari va mol-mulk olinganligi toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan belgilangan tartibda davlat roʻyxatiga olinmagan ramzlardan foydalanganligi toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosh ofisi Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallari, xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlari hamda ularning xodimlarini ushbu vakolatxonalar va filiallarning ustavidagi maqsadlar va vazifalariga javob bermaydigan har qanday siyosiy va boshqa faoliyatda ishtirok etishi, ular tomonidan siyosiy partiyalar va ommaviy harakatlar oʻtkazadigan aksiyalar va tadbirlarning moliyalashtirilishi, shuningdek, shunday tashkilotlarni tuzish tashabbusi bilan chiqqanligi va qoʻllab-quvvatlaganligi toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan yigʻilishlar, mitinglar, koʻcha yigʻilishlari yoki namoyishlari, shu jumladan, diniy yigʻilishlar va boshqa marosimlarni tashkil etish yoki oʻtkazish tartibi buzilganligi toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
diniy tashkilotlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari hamda diniy taʼlim berish tartibi buzilganligi toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻrovlarga muvofiq nodavlat notijorat tashkilotlarining moliyaviy-xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisida adliya organlarini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar, bojxona va soliq organlari chet el fuqarolari boʻlgan nodavlat notijorat tashkilotlarining xodimlari, shuningdek, ularning qaramogʻida boʻlgan oila aʼzolarini belgilangan tartibda akkreditatsiya qilish boʻyicha materiallarni oʻrganadi hamda adliya organlariga nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan qonun hujjatlari buzilishining oldini olish, ularning yuzaga kelishi sabablari va shart-sharoitlarini aniqlash hamda bartaraf etishga qaratilgan birgalikdagi chora-tadbirlarni ishlab chiqishni nazarda tutuvchi takliflarni kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat notijorat tashkilotlari masalalari boʻyicha doimiy faoliyat koʻrsatuvchi komissiyalar faoliyati toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat notijorat tashkilotlarining noqonuniy faoliyati, shu jumladan, tashkilot rahbarlarining ustavni davlat roʻyxatidan oʻtkazishdan boʻyin tovlaganligi toʻgʻrisida zudlik bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pochta manzilini oʻzgartirgan va bu haqda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organni xabardor qilmagan nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida ushbu holat aniqlangan kundan boshlab uch kun mobaynida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat notijorat tashkilotlarining Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga zid boʻlgan faoliyatda ishtirok etishi, shuningdek, noqonuniy tashkilotlarni tashkil etish tashabbusi bilan chiqqanligi yoki qoʻllab-quvvatlaganligi toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan adliya organlarini belgilangan tartibda xabardor qilmagan holda tadbirlar (konferensiyalar, seminarlar, treninglar, yigʻilishlar va shu kabilar) oʻtkazilganligi toʻgʻrisida ular oʻtkazilganidan boshlab uch kundan kechiktirmasdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan qonun hujjatlari talablari buzilgan holda bosma, audiovizual va boshqa materiallar tarqatilganligi toʻgʻrisida zudlik bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
diniy xizmatchilar va diniy tashkilotlarning aʼzolari tomonidan maxsus bolalar va oʻsmirlar yigʻilishlari, shuningdek, diniy marosimlarga aloqasi boʻlmagan mehnat, adabiyot toʻgaraklari va boshqa toʻgaraklar va guruhlar tashkil etilganligi va oʻtkazilganligi holatlari toʻgʻrisida zudlik bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan aholi orasida vahimani keltirib chiqarishga qaratilgan aholini qirgʻin qilish yoki zoʻrlik bilan koʻchirishga chaqirishga oid materiallar tarqatilganligi holatlari toʻgʻrisida zudlik bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya qilingan chet el fuqarolari boʻlgan nodavlat notijorat tashkilotlarining xodimlari, shuningdek, ularning qaramogʻida boʻlgan oila aʼzolari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari buzilganligi holatlari toʻgʻrisida adliya organlarini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida koʻrsatilgan holatlar toʻgʻrisidagi xabarlar va maʼlumotlar masʼul organlarga ular aniqlangan kundan boshlab oʻn kundan kechiktirmasdan belgilangan tartibda maʼlum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar adliya organlari bilan hamkorlik doirasida maʼlumotlarni ham yozma, ham elektron axborot almashinuvi yoʻli bilan yuboradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Adliya organlari tushgan maʼlumotlarni tahlil qiladi, nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari talablari, ustav faoliyati va taʼsis hujjatlari buzilishining oldini olish va bartaraf etishga qaratilgan choralarni koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2018-y., 09/18/854/2089-son)