1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.09.00 Alohida toifadagi fuqarolarni (ayollar, bolalar va boshqalar) huquqiy holatini oʻziga xos xususiyatlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va majburiyatlari . Ombudsman. Fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqish tartibi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot mahsulotining yoshga oid tasniflarini aniqlash mezonlari hamda uni ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan ekspertlarni akkreditatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida nizom 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishni taʼminlashga doir maʼmuriy va tashkiliy chora-tadbirlar, dasturiy-apparat va texnika vositalariga doir talablarni belgilash toʻgʻrisida nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi axborot mahsulotini ekspertizadan oʻtkazish va axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini aniqlash boʻyicha maxsus vakolatli davlat organi etib belgilansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birga bir oy muddatda axborot mahsulotini ekspertizadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash tartibini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikda “Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan vazifalarni sifatli amalga oshirish boʻyicha kadrlarni, tashkilotchilarni tayyorlash, taʼlim jarayoniga tegishli fanlar (mashgʻulotlar)ni joriy etish, pedagoglar va ota-onalarda bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish koʻnikmalarini hosil qilishga doir kompleks dasturni ikki hafta muddatda ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda aholining keng qatlamlari, eng avvalo, yoshlar, ota-onalar, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar, tadbirkorlik faoliyati subyektlarini ushbu qarorning maqsadi, mazmuni va qoʻllanishi toʻgʻrisida xabardor qilinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining direktori zimmasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, sanʼat va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 22-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
848-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 848-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot mahsulotining yoshga oid tasniflarini aniqlash mezonlari hamda uni ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom “Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq (keyingi oʻrinlarda Qonun deb ataladi) bolalarning axborot xavfsizligini taʼminlash, bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish uchun axborot mahsulotini yoshga oid tasniflashda yoshga oid tasniflash mezonlari va axborot mahsuloti ekspertizasini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomning amal qilishi ilmiy, ilmiy-texnikaviy, statistik axborotni oʻz ichiga olgan yoki jamiyat uchun tarixiy, badiiy yoxud oʻzgacha madaniy qimmatga ega boʻlgan axborot mahsulotining aylanishi sohasidagi munosabatlarga tatbiq etilmaydi. Shuningdek, oʻquv jarayonida foydalanishga tavsiya qilingan oʻquv nashrlari, tarkibida normativ-huquqiy hujjatlar boʻlgan nashrlar, atrof-muhit holati yoki davlat organlarining faoliyati toʻgʻrisidagi axborot, uyali aloqa xizmatlari koʻrsatuvchi kompaniyalardan keladigan sms-xabarlar ham ushbu Nizomning qoʻllanish sohasiga kirmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot mahsuloti — Oʻzbekiston Respublikasi hududida aylanish uchun moʻljallangan ommaviy axborot vositalari mahsuloti, bosma mahsulot, har qanday turdagi tashuvchilardagi audiovizual mahsulot, dasturiy taʼminotdan foydalangan holda tarqatiladigan, telekommunikatsiya tarmoqlariga, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻiga joylashtiriladigan axborot, kompyuter oʻyinlari, shuningdek, tomoshabop tadbirlar vositasida tarqatiladigan axborot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqiqlangan axborot mahsuloti — Oʻzbekiston Respublikasi hududida aylanish uchun moʻljallanmagan ommaviy axborot vositalari mahsuloti, bosma mahsulot, har qanday turdagi tashuvchilardagi audiovizual mahsulot, dasturiy taʼminotdan foydalangan holda tarqatiladigan, telekommunikatsiya tarmoqlariga, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻiga joylashtiriladigan axborot, kompyuter oʻyinlari, shuningdek, tomoshabop tadbirlar vositasida tarqatiladigan axborot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot mahsulotining aylanishi — axborot mahsulotini taqdim etish va (yoki) tarqatish, shu jumladan uni sotish (shu jumladan obuna boʻyicha tarqatish), ijaraga, prokatga berish, axborot-kutubxona muassasalari fondlaridan tarqatish, berish, ommaviy namoyish qilish, ommaviy ijro etish (shu jumladan, efir yoki kabel uzatuvi, tomoshabop tadbirlar vositasida), telekommunikatsiya tarmoqlariga, shuningdek, Internet jahon axborot tarmogʻiga joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot mahsulotining yoshga oid tasnifi — axborot mahsulotini uning mavzusini, janrini, mazmunini va badiiy bezagini, muayyan yosh toifasidagi bolalar tomonidan undagi axborotni qabul qilish xususiyatlarini, uning tarkibidagi axborotning bolalar sogʻligʻiga zarar yetkazish ehtimolini inobatga olgan holda, bolalarning yosh toifalari boʻyicha taqsimlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot mahsulotining yoshga oid toifasi belgisi — axborot mahsulotining yoshga oid toifasining grafik va (yoki) matnli belgisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar — oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan (voyaga yetmagan) shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarning sogʻligʻi — bolalarning jismoniy, ruhiy va ijtimoiy jihatdan sogʻlomlik holati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomosha tadbiri — bolalarning kirishi uchun ochiq boʻlgan hamda oilaning odatdagi davrasiga mansub boʻlmagan shaxslar koʻplab hozir boʻlgan joyda axborot mahsulotini namoyish etish, jumladan, teatr-sahnalashtirish, madaniy-maʼrifiy va tomosha-koʻngilochar tadbirlarni oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarning axborot xavfsizligi — bolalarning jismoniy, ruhiy, maʼnaviy hamda axloqiy rivojlanishiga axborot orqali zarar yetkazilish xavfidan xoli, himoyalanganlik holati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborot — bolalar oʻrtasida tarqatilishi Qonunga muvofiq ravishda taqiqlangan yoki cheklangan axborot mahsuloti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pornografiya xususiyatiga ega boʻlgan axborot — badiiy qimmatga ega boʻlmagan va ilmiy, tibbiy yoki oʻquv maqsadlari uchun moʻljallanmagan, odam jinsiy aʼzolarining yoxud odam tomonidan haqiqatda, xususan, gʻayritabiiy usulda sodir etilayotgan yoki shunga oʻxshatilgan jinsiy aloqaning tavsifini yoxud foto, video yoki boshqa tasvirini oʻz ichiga olgan materiallar va buyumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarning kirishi uchun ochiq boʻlgan joylar — bolalarning kirishi va (yoki) boʻlishi taqiqlanmagan jamoat joylari, shu jumladan, bolalarning ommaviy axborot vositalari mahsulotlari va (yoki) axborot-telekommunikatsiya tarmoqlarida joylashtiriladigan axborot mahsulotlaridan foydalanish imkoniyati boʻlgan jamoat joylari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
naturalistik tasvirlar yoki tavsiflar — inson, hayvon, inson va (yoki) hayvon tanasining alohida qismlari, harakatlar (harakatsizlik), shuningdek, hodisalar va ularning oqibatlarini eʼtiborni mayda jihatlar, anatomik tafsilotlar va (yoki) fiziologik jarayonlarga qaratgan holda har qanday shaklda va har qanday vositalardan foydalangan holda tasvirlash yoki tavsiflash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspert — axborot mahsulotini ekspertizadan oʻtkazish va ekspert xulosasini berish yoki axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini amalga oshirish uchun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) akkreditatsiyadan oʻtgan shaxs.
(3-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Axborot mahsulotini yoshga oid tasniflash mezonlari va uni amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Axborot mahsulotining yoshga oid toifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Axborot mahsulotining yoshga oid tasnifi uni bolalarning quyidagi yosh toifalaridan biriga kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetti yoshga toʻlmagan bolalar uchun axborot mahsuloti (ushbu axborot mahsulotining yoshga oid toifasi belgisi “0+” yozuvini aks ettirishi kerak);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetti yoshga toʻlgan bolalar uchun axborot mahsuloti (ushbu axborot mahsulotining yoshga oid toifasi belgisi “7+” yozuvini aks ettirishi kerak);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn ikki yoshga toʻlgan bolalar uchun axborot mahsuloti (ushbu axborot mahsulotining yoshga oid toifasi belgisi “12+” yozuvini aks ettirishi kerak);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn olti yoshga toʻlgan bolalar uchun axborot mahsuloti (ushbu axborot mahsulotining yoshga oid toifasi belgisi “16+” yozuvini aks ettirishi kerak);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar uchun taqiqlangan axborot mahsuloti (ushbu axborot mahsulotining yoshga oid toifasi belgisi “18+” yozuvini aks ettirishi kerak).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini amalga oshirishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uning mavzusi, janri, mazmuni va badiiy bezagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muayyan yosh toifasidagi bolalar tomonidan undagi axborotning idrok etilish xususiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
undagi axborotning bolalar sogʻligʻiga zarar yetkazish ehtimoli baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Bolalar sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborot tasnifi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Muayyan yosh toifalaridagi bolalar oʻrtasida tarqatilishi cheklangan axborot mahsulotlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shafqatsizlik, jismoniy va (yoki) ruhiy zoʻravonlik, jinoyat yoki jamiyatga qarshi boshqa xatti-harakatlar tasviri yoki bayoni tarzida taqdim etiladigan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarda qoʻrquv, vahima yoki sarosima uygʻotadigan, jumladan, kuch ishlatilmagan oʻlimni, kasallikni, oʻz joniga qasd qilishni, baxtsiz hodisani, avariyani yoki falokatni va (yoki) ularning oqibatlarini inson qadr-qimmatini kamsitadigan shaklda tasvirlash yoki bayon etish tarzida taqdim etiladigan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinsiy munosabatlarni tasvirlash yoki bayon etish tarzida taqdim etiladigan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uyatli soʻzlar jumlasiga kirmaydigan haqoratli soʻzlar va iboralarni oʻz ichiga olgan axborot mahsulotlari kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Yetti yoshga toʻlmagan bolalar uchun axborot mahsulotiga (“0+”) bolalarning sogʻligʻi va rivojlanishiga zarar yetkazmaydigan axborotni oʻz ichiga olgan axborot mahsuloti (shu jumladan, janri va (yoki) syujetiga muvofiq asosli ravishda, ezgulik yovuzlik ustidan gʻalaba qozonishi hamda zoʻravonlik qurboniga nisbatan rahm-shafqat ifoda etilishi va (yoki) zoʻravonlik qoralanishi sharti bilan jismoniy va (yoki) ruhiy zoʻravonlikning (jinsiy zoʻravonlik bundan mustasno) epizodik, naturalistik boʻlmagan tasviri yoki bayonini oʻz ichiga olgan axborot mahsuloti, boshqa yoshga oid toifaga kirmaydigan axborot mahsuloti kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Yetti yoshga toʻlgan bolalar uchun axborot mahsulotiga (“7+”) yetti yoshga toʻlmagan bolalar uchun axborot mahsuloti (“0+”), shuningdek, janri va (yoki) syujetiga muvofiq asosli ravishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
odam kasalliklari (ogʻir kasalliklar bundan mustasno) va (yoki) ular oqibatlarining inson qadr-qimmatini kamsitmaydigan shakldagi qisqa muddatli va naturalistik boʻlmagan tasvirlari yoki bayonini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baxtsiz hodisa, avariya, falokat yoxud kuch ishlatilmagan oʻlimning ularning bolalarda qoʻrquv, vahima yoki sarosima uygʻotishi mumkin boʻlgan oqibatlari namoyish etilmagan, naturalistik boʻlmagan tasviri yoki bayonini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatga qarshi xatti-harakatlar va (yoki) jinoyat sodir etishga undamaydigan, ularni sodir etishga yoʻl qoʻyish mumkinligi asoslanmasligi va oqlanmasligi hamda ularni sodir etayotgan shaxslarga nisbatan salbiy, qoralovchi munosabat ifoda etilishi sharti bilan shunday xatti-harakatlar va (yoki) jinoyatlarning epizodik tasviri yoki bayonini oʻz ichiga olgan axborot mahsulotlari kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻn ikki yoshga toʻlgan (“12+”) bolalar uchun axborot mahsulotiga “0+” va “7+” axborot mahsuloti, shuningdek, janri va (yoki) syujetiga muvofiq asosli ravishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shafqatsizlik va (yoki) zoʻravonlikning (jinsiy zoʻravonlik bundan mustasno) qurboniga nisbatan rahm-shafqat va (yoki) shafqatsizlik, zoʻravonlikka nisbatan salbiy, qoralovchi munosabat ifoda etilishi sharti bilan (fuqarolarning huquqlarini himoya qilish hamda jamiyat yoki davlatning qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida qoʻllanadigan zoʻravonlik bundan mustasno) hayotdan mahrum etish yoki jarohat yetkazish jarayoni natural koʻrsatilmagan epizodik tasviri yoki bayonini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatga qarshi xatti-harakatlar sodir etishga (jumladan, alkogol va tarkibida spirt boʻlgan mahsulotlar, pivo va uning asosida tayyorlanadigan ichimliklarni isteʼmol qilishga, qimor oʻyinlarida ishtirok etishga, daydilik va tilanchilik bilan shugʻullanishga) undamaydigan tasvirni yoki bayonni, narkotik vositalar, psixotrop va (yoki) gangituvchi moddalar, tamaki mahsulotlari jamiyatga qarshi xatti-harakatlarni sodir etishga yoʻl qoʻyishi mumkinligi va ular qoʻllab-quvvatlanmasligi va oqlanmasligi, ularga nisbatan salbiy, qoralovchi munosabat ifoda etilishi hamda yuqoridagi mahsulotlar, vositalar, moddalar va buyumlarni isteʼmol qilish xavfli ekaniga koʻrsatma berilishi sharti bilan epizodik ravishda tilga olingan (namoyish qilinmagan) axborotni oʻz ichiga olgan axborot mahsuloti kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻn olti yoshga toʻlgan bolalar (“16+”) uchun axborot mahsulotiga “0+”, “7+”, “12+” axborot mahsuloti, shuningdek, janri va (yoki) syujetiga muvofiq asosli ravishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baxtsiz hodisa, avariya, falokat, kasallik, oʻlimning bolalarda qoʻrquv, vahima yoki sarosima uygʻotishi mumkin boʻlgan oqibatlari naturalistik ravishda namoyish etilmagan tasviri yoki bayonini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shafqatsizlik va (yoki) zoʻravonlikning (jinsiy zoʻravonlik bundan mustasno) qurboniga nisbatan rahm-shafqat va (yoki) shafqatsizlik, zoʻravonlikka nisbatan salbiy, qoralovchi munosabat ifoda etilishi sharti bilan (fuqarolarning huquqlarini himoya qilish hamda jamiyat yoki davlatning qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida qoʻllanadigan zoʻravonlik bundan mustasno) hayotdan mahrum etish yoki jarohat yetkazish jarayoni naturalistik ravishda koʻrsatilmagan tasviri yoki bayonini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narkotik vositalar yoki psixotrop va (yoki) gangituvchi moddalar toʻgʻrisidagi (ularni koʻrsatmasdan), ularni isteʼmol qilishning xavfli oqibatlari toʻgʻrisidagi bunday vositalar yoki moddalarni isteʼmol qilishga salbiy yoki qoralovchi munosabat ifoda etilishi yoki ularni isteʼmol qilish xavfli ekani toʻgʻrisida ogohlantirish mavjud boʻlishi sharti bilan shunday holatlarni namoyish etuvchi axborotni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uyatli soʻzlar jumlasiga kirmaydigan alohida haqorat soʻzlar va (yoki) iboralarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinsiy munosabatlarning jinsiy aloqaga nisbatan boʻlgan qiziqishdan foydalanmaydigan hamda qoʻzgʻatuvchi yoki haqoratlovchi tusga ega boʻlmagan epizodik naturalistik boʻlmagan tasvir yoki bayonini (jinsiy tusdagi xatti-harakatlarning tasviri yoki bayoni bundan mustasno) oʻz ichiga oluvchi axborot mahsulotlari kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Bolalar oʻrtasida tarqatish taqiqlangan (“18+”) axborot mahsulotiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarni ularning hayotiga va (yoki) sogʻligʻiga xavf soladigan xatti-harakatlarni sodir etishga, jumladan, oʻz sogʻligʻiga zarar yetkazishga, oʻz joniga qasd qilishga va shunday harakatlarni targʻib qilishga undaydigan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarda alkogol va tamaki mahsulotlari, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki aql-iroda faoliyatiga taʼsir etuvchi boshqa moddalarni isteʼmol qilish, qimor oʻyinlari, ommaviy tartibsizliklarda ishtirok etish, fohishabozlik, daydilik, tilanchilik yoki gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarning boshqa shakllari bilan shugʻullanish istagini paydo qiladigan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
odamlarga yoki hayvonlarga nisbatan zoʻravonlik va shafqatsizlik qilish mumkinligini asoslaydigan yoki oqlaydigan yoxud zoʻravonlik xatti-harakatlarini amalga oshirishga undaydigan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaviy qadriyatlarni inkor etadigan, axloqsizlikni targʻib qiladigan, shuningdek, ota-onasiga va oilaning boshqa aʼzolariga, tevarak-atrofdagilarga nisbatan hurmatsiz munosabatni shakllantiradigan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻayriqonuniy xulq-atvorni oqlaydigan va huquqbuzarlik sodir etishga olib keladigan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatda buzgʻunchilik gʻoyalarini targʻib etishga daʼvat qiladigan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uyatli soʻzlarni oʻz ichiga olgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pornografiya xususiyatiga ega boʻlgan axborotni oʻz ichiga olgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻayriqonuniy harakatlar natijasida jabrlangan bolalar toʻgʻrisidagi, jumladan, bunday bolaning familiyasi, ismi, otasining ismi, ota-onasi va boshqa qonuniy vakillarining foto va videotasvirlari, bunday bolaning tugʻilgan sanasi, uning ovozi yozilgan audiotasma, yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi, oʻqish yoki ish joyi toʻgʻrisidagi, bunday bolaning shaxsini bevosita yoxud bilvosita aniqlashga imkon beradigan boshqa axborotni oʻz ichiga olgan axborot mahsulotlari kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Yoshga oid toifa belgisi boʻlmagan axborot mahsulotini tarqatish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshga oid toifa belgisi notoʻgʻri tayinlangan axborot mahsuloti yoshga oid toifa belgisi boʻlmagan axborot mahsulotiga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Axborot mahsulotini yoshga oid tasniflash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini belgilash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini belgilash axborot mahsulotini ishlab chiqaruvchilar va (yoki) tarqatuvchilar tomonidan, shu jumladan, ekspertlarni jalb etgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi hududida tarqatish boshlanguniga qadar ushbu Nizomda koʻrsatilgan mezonlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini belgilash ekspert yoki ekspertlarni jalb etgan holda bajarilganda, axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini belgilash bilan bogʻliq xizmatlar uchun haq toʻlash va xarajatlar ushbu xizmatlarga buyurtma bergan axborot mahsulotini ishlab chiqaruvchilar yoki tarqatuvchilar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Axborot mahsulotining yoshga oid toifasi belgisini joylashtirish (markalash)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Axborot mahsulotining yoshga oid tasnifi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ushbu mahsulotga axborot mahsuloti yoshga oid toifasining tegishli belgisini joylashtirish (markalash) uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Axborot mahsulotini markalash uning ishlab chiqaruvchisi va (yoki) tarqatuvchisi tomonidan unga axborot mahsulotining tegishli yoshga oid toifasi belgisini joylashtirish orqali amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“7 yoshgacha” — aylana ichidagi “0+” belgisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“7 yoshdan” — aylana ichidagi “7+” belgisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“12 yoshdan” — aylana ichidagi “12+” belgisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“16 yoshdan” — aylana ichidagi “16+” belgisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“18 yoshdan” — aylana ichidagi “18+” belgisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Axborot mahsulotining toifasi Qonun va ushbu Nizom talablariga muvofiq belgilanadi hamda axborot mahsulotining ishlab chiqaruvchilari yoki tarqatuvchilari tomonidan texnik reglamentlarga rioya etgan holda joylashtiriladigan yoshga oid toifa belgisi bilan ifodalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Yoshga oid toifasi turli boʻlgan bir necha qismdan iborat axborot mahsuloti tarqatilayotganda u eng katta yoshga oid toifaga mos toifa belgisi bilan markalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Axborot mahsulotining yoshga oid toifa belgisi oʻz oʻlchamiga koʻra quyidagilar maydonining kamida besh foizini egallashi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
teatr-tomosha, madaniy-maʼrifiy, koʻngilochar tomosha, kino va videonamoyish yoki boshqa tomosha tadbiri afishasi yoki repertuar eʼloni, shuningdek, kirish chiptasi, taklifnoma va tadbirga kirish huquqini beruvchi boshqa hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
audiovizual asar, kompyuter yoki boshqa elektron oʻyin, kompyuter dasturi yoki maʼlumotlar bazasining har bir nusxa manbai (jumladan, kompakt disk yoki boshqa elektron manbai)ning korpusi va (yoki) qadogʻi (boks, quti). Kompyuter va boshqa elektron oʻyinlardagi belgi yoshga oid toifa toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan tashqari uyat soʻzlar mavjudligi, oʻyinga qaramlik vujudga kelishi mumkinligi haqida ogohlantirishni oʻz ichiga olishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Internet tarmogʻidagi axborot resurslarida axborot mahsulotining yoshga oid toifa belgisi axborot resursining barcha sahifalarida joylashtiriladi. Yoshga oid toifa belgisi umumiy manzaradan ajralib turishi va oʻqish uchun qulay boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Tomosha tadbirining namoyish qilinishi boshlanguniga qadar axborot mahsuloti tegishli belgi bilan belgilanadi. Yoshi turlicha boʻlgan bolalarga moʻljallangan bir necha turdagi axborot mahsuloti namoyish qilinayotganda u eng katta yoshga oid toifa belgisi bilan markalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu belgi afishalarda hamda tomosha tadbiri oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi boshqa eʼlonlarda, shuningdek, kirish chiptalari, taklifnomalar va ushbu tadbirga kirish huquqini beruvchi boshqa hujjatlarda joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Davriy va nodavriy bosma nashrlarda axborot mahsulotining yoshga oid toifasi belgisi nashrning birinchi sahifasi va (yoki) titul varagʻiga joylashtiriladi, u koʻz ilgʻashi uchun qulay boʻlishi hamda uning oʻlchami mahsulotning nomida ishlatilgan shrift oʻlchamiga mos boʻlgan shriftda ishlangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Televideniye va radioda uzatishga, shuningdek, chakana savdo, ijara yoki prokat uchun moʻljallangan audio va audiovizual mahsulotning yoshga oid toifasi belgisi tegishli ravishda ommaviy axborot vositalari va bosma nashrlarda eʼlon qilinadigan, shuningdek, umumiy foydalanishdagi axborot-telekommunikatsiya tarmoqlarida joylashtiriladigan telekoʻrsatuvlar va radio eshittirishlar dasturlarida, shuningdek, axborot mahsulotining assortiment roʻyxatlari va kataloglarida joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot mahsulotini tarqatuvchilar uning televideniye va radio orqali, kino va videoxizmat koʻrsatish davomida har bir namoyishi boshlanishidan avval, shuningdek, kompyuter yoki axborot-kommunikatsiya tarmoqlaridagi elektron oʻyinlar har safar ishga tushirilganda (yuklanganda) maxsus kadr (sahifada) uning yoshga oid toifa belgisi hamda yoshga oid cheklovlar toʻgʻrisida ovoz (tovush signali) hamrohligida matnli ogohlantirish joylashtirilishini taʼminlashlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Audiovizual asar uchun yoshga oid toifa belgisi uning namoyishi boshlanganidan soʻng hamda har bir reklama tanaffusidan soʻng ekranning burchagida kamida 8 soniya davomida namoyish qilinadi, filmning kinozalda ochiq namoyishi bundan mustasno. Ushbu belgining oʻlchami ekran (kadr) maydonining kamida besh foizini tashkil etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar audiovizual asarning davomiyligi 8 soniya yoki undan kam boʻlsa, yoshga oid toifa belgisi butun namoyish davomida koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Bolalar uchun taqiqlangan bosma asar(nashr)larda axborot mahsulotining belgisi nashr muqovasining old tarafida joylashtirilishi shart. Oʻlchamiga koʻra belgi muqovada ishlatilgan shrift oʻlchamiga mos boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosma nashrning elektron versiyalari, elektron va audio kitoblar nashrning bosma versiyasida koʻrsatilgan belgining ayni oʻzi bilan markalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Axborot mahsulotini ekspertizadan oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Axborot mahsulotining ekspertizasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Axborot mahsulotining unda bolalarning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborot mavjudligini yoki mavjud emasligini, bolalarning muayyan yosh toifasiga mosligini yoki mos emasligini aniqlash boʻyicha ekspertiza Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi qaroriga koʻra ekspert yoki ekspertlar tomonidan ushbu Nizomga ilova qilingan sxemaga muvofiq oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ekspertiza uchun ekspert yoki ekspertlar Agentlik tomonidan ekspertizadan oʻtkazilishi lozim boʻlgan axborot mahsulotining turidan kelib chiqib, tasodifiy tanlab olish usuli asosida belgilanadi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Axborot mahsulotining ekspertizasi bir xil mutaxassislikka (komissiyaviy ekspertiza) yoki turli mutaxassislikka (kompleks ekspertiza) ega ikki va undan ortiq ekspert tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Axborot mahsulotini ekspertizadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar Agentlik tomonidan belgilangan tartibda axborot mahsulotining ishlab chiqaruvchilari yoki tarqatuvchilari tomonidan qoplanadi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Manfaatdor shaxslarning akkreditatsiya qilingan ekspertlar reyestridagi maʼlumotlardan foydalanishi Agentlikning Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-sayti orqali taʼminlanadi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Ekspertlarni akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi, shuningdek, axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini amalga oshirishga va axborot mahsulotining unda bolalarning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborot mavjudligini yoki mavjud emasligini, bolalarning muayyan yosh toifasiga mosligini yoki mos emasligini aniqlash uchun ekspertizasini oʻtkazishga jalb etiladigan ekspertlar reyestrini yuritish qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan tegishli nizomga asosan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Axborot mahsulotini ekspertizadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror Agentlik tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari asosida murojaat kelib tushganidan keyin koʻpi bilan besh kundan koʻp boʻlmagan muddatda qabul qilinadi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Axborot mahsulotining ekspertizasini oʻtkazish muddati axborotning hajmiga bogʻliq boʻladi, biroq murojaat kelib tushgan paytdan eʼtiboran oʻttiz kundan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Axborot mahsulotining ekspertizasi tugagach, ekspertlar axborot mahsulotida bolalarning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotning mavjudligi yoki mavjud emasligi, uning muayyan yosh toifasiga mosligi yoki mos emasligi toʻgʻrisida Agentlikka uch kun ichida ekspert xulosalarini yuboradi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Ekspert xulosasida quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot mahsulotining ekspertizasi oʻtkazilgan sana, vaqt va joy;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertlik tashkiloti va ekspert toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, maʼlumoti, mutaxassisligi, mutaxassislik boʻyicha ish staji, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, egallab turgan lavozimi, ish joyi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspert, ekspertlar oldiga qoʻyilgan savollar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot mahsulotini ekspertizadan oʻtkazish uchun taqdim etilgan tadqiqot obyekti va materiallar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻllangan usullarni koʻrsatgan holda tadqiqotning mazmuni va natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspert, ekspertlar oldiga qoʻyilgan savollarga asoslantirilgan javoblar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot mahsulotida bolalarning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborot mavjudligi yoki mavjud emasligi, uning bolalarning muayyan yosh toifasiga mosligi yoki mos emasligi, axborot mahsuloti belgisiga mosligi yoki mos emasligi toʻgʻrisida xulosa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Komissiyaviy ekspertizada ekspertlar qoʻyilgan masalalar boʻyicha yakdil fikr bildirsalar, ekspert xulosasi shu ekspertizaning oʻtkazilishida ishtirok etgan barcha ekspertlar tomonidan imzolanadi. Ziddiyatlar vujudga kelganda har bir ekspert ziddiyat kelib chiqishiga sabab boʻlgan masalalar boʻyicha alohida ekspert xulosasini beradi. Kompleks ekspertizaning oʻtkazilishida ishtirok etgan har bir ekspert ekspert xulosasining u oʻtkazgan tadqiqotlar bayon etilgan qismini imzolaydi va shu qism uchun javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Agentlik ekspert xulosasini olgandan soʻng uch kun ichida uni murojaat egasiga yuboradi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Ekspert xulosasi mavjud boʻlgan axborot mahsulotining aylanish sohasi oʻzgargan taqdirda ushbu axborot mahsuloti uchun boshqa ekspert xulosasini olish talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Umumiy foydalanishdagi axborot-telekommunikatsiya tarmoqlarida ekspertiza jarayonida mazmunida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zoʻrlik bilan oʻzgartirishga daʼvat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
urush, zoʻravonlik va terrorizmni, shuningdek, diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik gʻoyalarini targʻib qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat siri boʻlgan maʼlumotlarni yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni oshkor etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni qoʻzgʻatuvchi maʼlumotlar, shuningdek, fuqarolarning shaʼni, qadr-qimmatini tahqirlovchi, ularning shaxsiy hayotlariga aralashuvchi axborotlarni tarqatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
giyohvandlik vositalari, ularning analoglari psixotrop moddalar va prekursorlarni targʻib qilish;
(37-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 09/19/34/2486-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq jinoiy va oʻzga javobgarlikka sabab boʻladigan boshqa harakatlarni keltirib chiqaruvchi materiallar aniqlanganda, ekspert (ekspertlar) zudlik bilan Agentlikni, Internet tarmogʻidagi mazkur axborot resurs(lari)ining identifikatsion maʼlumotlarini taqdim etgan holda xabardor qiladi.
(37-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik ekspert(lar)dan ushbu Nizomning 37-bandida koʻzda tutilgan maʼlumotlarni olgandan soʻng, Internet tarmogʻining identifakatsiya qilingan axborot resursi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazish va mazkur resurslarga kirishni cheklash uchun vakolatli organga yuboradi.
(37-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Yoshga oid tasnifning va axborot mahsuloti ekspertizasining huquqiy oqibatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Axborot mahsulotining muayyan yosh toifasi belgisiga mosligi uchun javobgarlik axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini amalga oshirgan, shuningdek, yosh toifalariga muvofiqligi yuzasidan ekspertiza oʻtkazgan ekspertlar zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Ekspert xulosasiga muvofiq Agentlik tomonidan axborot mahsulotini ishlab chiqaruvchilar va tarqatuvchilarga bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotlardan himoya qilishga oid qonun hujjatlari talablari buzilganligi hollarini, shuningdek, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish hamda ularning oldini olish uchun koʻrsatma yuboriladi.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Oʻzbekiston Respublikasining bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchiligiga rioya etilishi yuzasidan davlat nazorati Agentlik, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda boshqa vakolatli davlat organlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Qonunda va ushbu Nizomda belgilangan talablarga javob bermaydigan axborot bilan bolalarning hayoti va sogʻligiga yetkazilgan zarar qonunchilikka muvofiq qoplanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot mahsulotining yoshga oid tasniflarini aniqlash mezonlari hamda uni ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida Nizomga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot mahsulotlarini ekspertizadan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Bosqich
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddati
1-bosqich
Yuridik yoki jismoniy shaxs
Axborot mahsulotlarini ularda bolalar sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborot mavjudligi yoki mavjud emasligi, ularning muayyan yoshdagi bolalar toifasiga mosligi yoki mos emasligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha Agentlikka murojaat kiritadi
Murojaat qiladigan shaxsning xohishiga koʻra
2-bosqich
Agentlik
Murojaat asosida axborot mahsulotlarini ularda bolalar sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborot mavjudligi yoki mavjud emasligi, ularning muayyan yoshdagi bolalar toifasiga mosligi yoki mos emasligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha qaror qabul qiladi
5 kunda
3-bosqich
Agentlik tomonidan tasodifiy tanlov asosida tanlab olinadigan ekspert (ekspertlar)
Axborot mahsulotlarini ekspertizadan oʻtkazadi
Murojaat kelib tushgan kundan boshlab koʻpi bilan 30 kunda
4-bosqich
Agentlik tomonidan tasodifiy tanlov asosida tanlab olinadigan ekspert (ekspertlar)
Axborot mahsulotlarini ularda bolalar sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborot mavjudligi yoki mavjud emasligi, ularning muayyan yoshdagi bolalar toifasiga mosligi yoki mos emasligi toʻgʻrisidagi ekspertiza xulosasini Agentlikka joʻnatadi
Ekspertiza tugaganidan keyin 3 kunda
5-bosqich
Agentlik
Xulosani murojaat egasiga joʻnatadi
Ekspertiza xulosasi olingandan soʻng 3 kunda
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 848-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasida maxsus vakolatli davlat organi tomonidan ekspertlarni akkreditatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom “Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq (keyingi oʻrinlarda Qonun deb ataladi) bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi (keyingi oʻrinlarda maxsus vakolatli davlat organi deb ataladi) tomonidan ekspertlarni akkreditatsiya qilishning yagona tartibini, shuningdek, bolalarning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborot mahsulotlarini yoshga oid tasniflash uchun jalb etiladigan ekspertlar Reyestrini yuritish qoidalarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya — bolalarning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborot mahsulotlarini yoshga oid tasniflash maqsadida jalb etiladigan ekspert maqomini olish uchun ariza beruvchi yuridik va jismoniy shaxslarning qoʻyiladigan talablarga mosligini maxsus vakolatli davlat organi tomonidan rasman tasdiqlash tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborot mahsulotlarini yoshga oid tasniflash maqsadida jalb etiladigan ekspertlar reyestri (keyingi oʻrinlarda ekspertlar reyestri deb ataladi) — bolalarning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborot mahsulotlarini yoshga oid tasniflash maqsadida jalb etiladigan ekspertlar toʻgʻrisidagi himoyalangan maʼlumotlar bazasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi ekspertlarni maxsus vakolatli davlat organi tomonidan akkreditatsiya qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Akkreditatsiyadan oʻtish maqsadida murojaat qiluvchi jismoniy shaxslar oliy maʼlumotga, maxsus bilimlarga, jumladan, pedagogika, yosh psixologiyasi, yosh fiziologiyasi, bolalar psixiatriyasi sohalariga oid bilimlarga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Akkreditatsiyadan oʻtish maqsadida murojaat qiluvchi yuridik shaxslar oʻz shtatlarida jismoniy shaxslarga nisbatan qoʻyiladigan talablarga javob beradigan kamida uch nafar mutaxassisga yoki ular bilan shartnomaviy munosabatlarga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akkreditatsiyadan oʻtish maqsadida murojaat qilgan yuridik shaxslar ushbu Nizom talablariga mos kelganda Agentlik ularga bolalar sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborot mahsulotlarini ekspert tashkiloti sifatida (keyingi oʻrinlarda ekspert tashkiloti deb ataladi) yoshga oid tasniflash va ekspertizadan oʻtkazish huquqini beruvchi akkreditatsiya attestatini beradi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchilarni akkreditatsiya qilish tartibi ushbu Nizomning 1-ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Akkreditatsiya uchun arizachilar ushbu Nizomning 2 va 2a ilovalaridagi shakllar boʻyicha Agentlikka akkreditatsiya attestatini taqdim etish toʻgʻrisida ariza beradi. Ushbu ariza arizachi tomonidan (jismoniy shaxs) yoki yuridik shaxs nomidan ish yuritish huquqiga ega boʻlgan shaxs tomonidan imzolanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ariza elektron shaklda yuborilganda u elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Arizada ekspertiza qilinishi rejalashtirilayotgan axborot mahsulotining turlari hamda arizachining ekspertlik faoliyati sohalari (pedagogika, yoshga oid psixologiya, yoshga oid fiziologiya, bolalar psixiatriyasi, din, madaniyat va h.k.) koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Arizaga arizachining ekspertlarga va ekspert tashkilotlariga qoʻyiladigan talablarga mosligini tasdiqlovchi quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertning tegishli soha boʻyicha oliy maʼlumoti toʻgʻrisida diplomi nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutaxassislik boʻyicha ish stajini tasdiqlovchi mehnat daftarchasining nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Agentlik ariza bergan arizachilar boʻyicha vakolatli davlat hokimiyati organlaridan Yuridik shaxslarning yagona davlat reyestri va Yakka tartibdagi tadbirkorlarning yagona davlat reyestridan koʻchirmalarni soʻrab olish huquqiga ega.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlar Agentlikka arizachi tomonidan bevosita, pochta orqali joʻnatish yoʻli bilan yoki Internet tarmogʻidagi “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali” davlat axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda YIDXP deb ataladi) yoki Agentlikning rasmiy veb-sayti orqali elektron shaklda taqdim etiladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlar roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi va uning qabul qilib olingan sanasi koʻrsatilgan nusxasi arizachiga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlar pochta orqali yoki YIDXP yoki Agentlikning rasmiy veb-sayti orqali taqdim etilganda arizachi hujjatlar qabul qilingani haqida elektron shaklda tegishli xabarnomani oladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ariza ushbu Nizomda belgilangan talablarni buzgan holda rasmiylashtirilgan va (yoki) arizaga ilova qilingan hujjatlar toʻliq hajmda taqdim etilmagan boʻlsa, Agentlik ariza va unga ilova qilingan hujjatlar roʻyxatga olingan kundan eʼtiboran 5 ish kuni mobaynida akkreditatsiya qilish mumkin emasligi va hujjatlarni qaytarish toʻgʻrisida arizachiga xabarnoma joʻnatadi (keyingi oʻrinlarda xabarnoma deb ataladi).
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza va hujjatlar elektron shaklda taqdim etilganda arizachiga 5 ish kuni mobaynida xabarnoma elektron shaklda joʻnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Akkreditatsiya qilish uchun toʻlov undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqish, akkreditatsiya qilish, akkreditatsiya qilishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish, akkreditatsiyani toʻxtatib turish yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi masalalarni hal etish maqsadida Agentlik huzurida Ekspert komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) tashkil etiladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Komissiya tarkibi Agentlik mansabdor shaxslaridan hamda boshqa ijro etuvchi hokimiyat organlari, ilmiy va boshqa tashkilotlarning jalb etiladigan mutaxassislaridan shakllantiriladi. Komissiya tarkibi Agentlik Bosh direktori tomonidan tasdiqlanadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Komissiya ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlar qabul qilingan kundan eʼtiboran 30 ish kunidan oshmagan muddatda taqdim etilgan hujjatlar asosida arizachining belgilangan talablarga muvofiqligini tekshiradi hamda taqdim etilgan hujjatlar va suhbat natijalari asosida akkreditatsiya qilish yoki akkreditatsiya qilishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Akkreditatsiya qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran 5 ish kunidan oshmagan muddatda arizachiga akkreditatsiya toʻgʻrisida xabarnoma bevosita topshiriladi yoki buyurtma pochta bilan yuboriladi yoki ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha akkreditatsiya toʻgʻrisidagi attestat elektron koʻrinishda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Akkreditatsiya attestati Agentlik Bosh direktori yoki uning birinchi oʻrinbosari tomonidan imzolanadi va bu haqda ekspertlar reyestriga tegishli qayd kiritiladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Komissiya tomonidan akkreditatsiya qilishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, Agentlik bunday qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran 5 ish kuni mobaynida arizachiga rad etishning sabablarini koʻrsatgan holda xabarnomani topshiradi yoxud uni pochta orqali yuboradi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Akkreditatsiya qilishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror Komissiya tomonidan oʻtkaziladigan suhbat natijalariga koʻra, shuningdek, ariza va (yoki) unga ilova qilingan hujjatlarda qasddan yolgʻon axborot koʻrsatilgan hollarda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Arizachi akkreditatsiya qilishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Akkreditatsiyaning amal qilish muddati besh yilni tashkil etadi. Yangi muddatga akkreditatsiya qilish ekspertning arizasi asosida ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi hujjat yuridik shaxsning nomi, joylashgan manzili, shuningdek, jismoniy shaxs, shu jumladan, yakka tartibdagi tadbirkorning ismi, familiyasi, otasining ismi (agar boʻlsa), yashash joyi, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarning rekvizitlari oʻzgargan taqdirda qayta rasmiylashtirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Akkreditatsiyani qayta rasmiylashtirish uchun akkreditatsiyadan oʻtgan ekspert va (yoki) uning huquqiy vorislari akkreditatsiyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi arizani, amaldagi akkreditatsiya attestatining aslini yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasini Agentlikka taqdim etadi yoki topshirilganlik toʻgʻrisidagi xabarnoma bilan birgalikda buyurtma pochta orqali yuboradi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Agentlik quyidagi hollarda akkreditatsiyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi:
(27-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya qilingan ekspertlar va ekspert tashkiloti tomonidan akkreditatsiyani toʻxtatib turish toʻgʻrisida ariza berilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya qilingan ekspert yoki ekspert tashkiloti faoliyatida axborot mahsulotini ekspertizadan oʻtkazishda qoidabuzarliklar aniqlanganda, shu jumladan, axborot mahsulotining yosh tasnifini belgilashda xatoliklarga yoʻl qoʻyilganda, axborot mahsulotini ekspertizadan oʻtkazishning belgilangan muddatiga rioya etilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspert tashkilotining ekspertlari soni ushbu Nizomning 5-bandi talablariga javob bermaydigan darajada qisqartirilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Ushbu Nizomning 27-bandida nazarda tutilgan asoslarga koʻra akkreditatsiya attestatining amal qilishi olti oy muddatga toʻxtatib turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Qoidabuzarliklar aniqlangani munosabati bilan akkreditatsiyasining amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan ekspert yoki ekspert tashkiloti ushbu Nizomning 28-bandida koʻrsatilgan davr mobaynida Agentlikka qoidabuzarliklarning sabablari haqida maʼlumot, shuningdek, bundan buyon qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida hisobot taqdim etishlari lozim.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Ushbu maʼlumot belgilangan muddatda taqdim etilmaganda Agentlik akkreditatsiyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ushbu Nizomning 27-bandi ikkinchi xatboshiga muvofiq toʻxtatib turilgan akkreditatsiya attestatining amal qilishini qayta tiklash akkreditatsiya qilingan ekspert yoki ekspert tashkilotining arizasi asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Akkreditatsiya attestatining amal qilish muddati uning amal qilishi toʻxtatib turilgan vaqtga uzaytirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Akkreditatsiyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya qilingan shaxsning yoki ekspert tashkilotining arizasi asosida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya qilingan jismoniy shaxs vafot etganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspert tashkiloti sifatida akkreditatsiya qilingan yuridik shaxs tugatilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 29-bandi talablari bajarilmagan hollarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertlik faoliyatini amalga oshirayotganda olingan hamda davlat, tijorat va qonun bilan himoya qilinadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarning maxfiyligi taʼminlanmaganda yoxud bunday maʼlumotlardan ular taqdim etilgan maqsaddan boshqa maqsadda foydalanilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza va (yoki) unga ilova qilingan hujjatlarda soxta yoki buzib koʻrsatilgan axborot taqdim etilgani aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudning qarori asosida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya qilingan ekspert va ekspert tashkiloti ushbu Nizomga muvofiq qoʻyilgan talablarga mos emasligi aniqlanganda, shuningdek, ular tomonidan ishlab chiqaruvchilar bilan tuzilgan shartnomalarning shartlari surunkali buzilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Akkreditatsiya attestatining amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish, shuningdek, uni qayta kuchga kiritish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Ekspertlar reyestriga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Ekspertlar reyestrini yuritish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Agentlik Ekspertlar reyestrini yuritadi va unga quyidagi maʼlumotlarni kiritib boradi:
(35-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya qilingan ekspert yoki ekspert tashkiloti toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya qilingan ekspert yoki ekspert tashkiloti ekspertizadan oʻtkazishga haqli axborot mahsulotining turi toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya attestatining raqami va berilgan sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiyaning amal qilish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya attestatining amal qilishini toʻxtatib turish va qayta tiklash toʻgʻrisidagi qarorlar qabul qilinishi uchun asoslar va ular qabul qilingan sanalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya attestatining amal qilishini bekor qilish uchun asos va bekor qilingan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya qilingan ekspertlar va ekspert tashkilotlari tomonidan oʻtkazilgan ekspertizalar toʻgʻrisida maʼlumot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Ekspertlar reyestri begona odamlar kirishi taqiqlangan joylarda saqlanadigan va ishlatiladigan elektron manbalarda, axborotni yoʻq qilish, bloklash, oʻgʻirlash yoki oʻzgartirishning oldini oladigan shart-sharoitlarda yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Ekspertlar reyestriga tegishli qaydni kiritish uchun Agentlik tomonidan belgilangan tartibda qabul qilingan qaror asos boʻladi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Ekspertlar reyestriga akkreditatsiyadan oʻtkazish, akkreditatsiyaning amal qilishini toʻxtatib turish, qayta tiklash va bekor qilish toʻgʻrisida qaydlarni kiritish qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Manfaatdor tomonlarning Ekspertlar reyestridagi maʼlumotlardan (ekspertlar tarkibi, ularning ism-shariflari, lavozimlari, unvonlari, elektron pochta manzillari) foydalanish imkoniyati Agentlikning rasmiy veb-sayti orqali taʼminlanadi. Komissiya faoliyati va komissiya aʼzolari toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlardan foydalanish Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq cheklangan.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Akkreditatsiya qilingan ekspertlar va ekspert tashkilotlari oʻz faoliyatini amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga va ushbu Nizom talablariga rioya etishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan davlat nazorati Agentlik, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va boshqa vakolatli davlat organlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasida maxsus vakolatli davlat organi tomonidan ekspertlarni akkreditatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida Nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus vakolatli davlat organi tomonidan bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotlardan himoya qilish sohasida ekspertlarni akkreditatsiya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqich
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddati
1-bosqich
Akkreditatsiyadan oʻtish uchun talabgor yuridik yoki jismoniy shaxs-arizachi
Akkreditatsiya uchun zarur boʻlgan hujjatlarni tayyorlab, Agentlik yoki uning hududiy boʻlimlariga bevosita pochta orqali yoki elektron shaklda “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali” yoki Agentlikning rasmiy veb-sayt orqali taqdim etadi.
Arizachining xohishiga koʻra
2-bosqich
Agentlik
1. Roʻyxat boʻyicha ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni arizachiga mazkur hujjatlarni qabul qilib olganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotning nusxasini taqdim etgan holda qabul qilib oladi.
2. Hujjatlarni koʻrib chiqib:
- akkreditatsiya boʻyicha ishlar oʻtkazilganligi;
- hujjatlar qayta koʻrib chiqilishi va oxiriga yetkazilishi yuzasidan qaror qabul qiladi.
5 ish kunida
3-bosqich
Agentlik Ekspert komissiyasi
Taqdim etilgan hujjatlar asosida arizachining belgilangan talablarga mosligi oʻrganib chiqiladi va suhbat oʻtkazish yordamida:
- akkreditatsiya attestatini beradi;
- akkreditatsiya attestatini bermaslik toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
30 kun
mobaynida
4-bosqich
Agentlik
1. Akkreditatsiya attestati Agentlik Bosh direktori yoki uning birinchi oʻrinbosari tomonidan imzolanadi va bolalarning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborot maʼlumotlarini yoshga oid tasniflashni amalga oshiruvchi Ekspertlar reyestrida tegishli tartibda qayd etiladi.
2. Arizachiga akkreditatsiya attestatini pochta orqali joʻnatadi yoki elektron shaklda taqdim etadi.
1. Hujjatlarni oʻrganish muddati doirasida
2. 5 ish kuni ichida
5-bosqich
Agentlik
Komissiya tomonidan akkreditatsiyaga ruxsat bermaslik toʻgʻrisida qaror qabul qilingan holatlarda arizachiga mazkur qarorni topshiradi yoki qaror sabablari koʻrsatilgan maʼlumotni pochta orqali yoki elektron shaklda taqdim etadi.
5 ish kuni ichida
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasida maxsus vakolatli davlat organi tomonidan ekspertlarni akkreditatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida Nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akkreditatsiya qilish toʻgʻrisida
ARIZA
(jismoniy shaxslar uchun)
1. Familiyasi, ismi va otasining ismi (agar mavjud boʻlsa) ______________________________________
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasida maxsus vakolatli davlat organi tomonidan ekspertlarni akkreditatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida Nizomga 2a-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akkreditatsiya qilish toʻgʻrisida
ARIZA
(yuridik shaxslar uchun)
1. Toʻliq nomi__________________________________________________________________________
2. Qisqartirilgan nomi (agar mavjud boʻlsa) _________________________________________________
3. Tashkiliy-huquqiy shakli ______________________________________________________________
4. Joylashgan manzili __________________________________________________________________
5. Telefon raqami ______________________________________________________________________
6. Elektron pochta manzili _______________________________________________________________
7. Oliy maʼlumot va maxsus bilimlarga ega ekspertizadan oʻtkazuvchi mutaxassislarining soni__________
Ilova qilingan hujjatlar roʻyxati: ________________________________________________________
_____________ Yuridik shaxs rahbarining imzosi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasida maxsus vakolatli davlat organi tomonidan ekspertlarni akkreditatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida Nizomga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri
Ekspertning bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi maxsus davlat organi — Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligida akkreditatsiya qilinganligi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 848-son qaroriga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishni taʼminlashga doir maʼmuriy va tashkiliy chora-tadbirlar, dasturiy-apparat va texnika vositalariga doir talablarni belgilash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom “Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq (keyingi oʻrinlarda Qonun deb ataladi) bolalar oʻrtasida tarqatilishi taqiqlangan yoki bolalarning yoshga oid toifalari boʻyicha tasniflangan axborotni oʻz ichiga olgan axborot mahsulotining aylanishida maʼmuriy va tashkiliy chora-tadbirlar, dasturiy-apparat va texnika vositalariga doir talablarni oʻrnatish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda markalanmagan axborot mahsuloti — axborot mahsulotining yoshga oid toifa belgisi boʻlmagan axborot mahsuloti atamasi qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Aloqa xizmatlari koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomalar asosida Internet tarmogʻi orqali tarqatiladigan axborotdan foydalanish imkoniyatini taqdim etishni nazarda tutadigan aloqa xizmatlari koʻrsatuvchi aloqa operatorlari bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik qoidalarining ijro etilishi uchun tegishli shartnomalarda mustahkamlab qoʻyilgan darajada javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishni taʼminlagan holda axborot mahsulotining aylanishiga doir talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Axborot mahsulotining aylanishiga doir umumiy talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jamoat joylarida bolalarning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotning bolalarni bunday axborotdan himoya qilishni taʼminlashga doir maʼmuriy va tashkiliy chora-tadbirlar, dasturiy-apparat va texnika vositalarini qoʻllamasdan aylanishiga ruxsat etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tomosha tadbiri orqali bolalarning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotni oʻz ichiga olgan axborot mahsulotining namoyishidan avval bevosita tomosha tadbiri boshlanishidan avval tegishli yoshga oid toifalardagi bolalarning unda boʻlishiga ruxsat etilmasligi yoki cheklangani haqida tovushli ogohlantirish eshittiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Bolalarning ularning yoshga oid toifasiga mos kelmaydigan axborot mahsuloti namoyish etiladigan tomosha tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazishda ishtirok etishiga ruxsat etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilardan tashqari holatlarda markalanmagan axborot mahsulotining aylanishiga ruxsat etilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining taʼlim toʻgʻrisidagi qonunchiligiga muvofiqtaʼlim jarayonida foydalanishga tavsiya qilingan yoki ruxsat etilgan darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oldindan yozib olinmasdan efirga uzatiladigan teledasturlar, telekoʻrsatuvlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy-siyosiy yoki ishlab chiqarish-amaliy tusdagi axborotni tarqatishga ixtisoslashgan davriy bosma nashrlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Bolalarning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotni oʻz ichiga olgan reklama mahsulotlarini bukletlar, bilbordlar, bannerlar, LED va LCD ekranlarda va bolalar ommaviy axborot vositalari yoki Internet tarmogʻi resurslaridan foydalanmasdan olishi mumkin boʻlgan boshqa joylarda tarqatish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Axborot mahsuloti aylanishining oʻziga xos xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishni taʼminlash maqsadida Internet jahon tarmogʻidan foydalanishda axborot quyidagicha tarqatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasalarida — himoya dasturlarining toʻplamidan foydalangan, shuningdek, “ZiyoNET” taʼlim tarmogʻiga ulangan holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Internet tarmogʻidan jamoaviy foydalanish joylarida Internet tarmogʻidan, shuningdek, audiovizual mahsulot, shu jumladan, oʻyinlardan foydalanishning har bir texnik vositasida (shaxsiy kompyuter, oʻyin qurilmasi, 3D koʻzoynak va boshqalar) axborot mahsulotining yoshga oid toifasi belgisini koʻrsatgan holda. Internet tarmogʻidan jamoaviy foydalanish punktlarining egalari oʻz foydalanuvchilariga yoshga oid toifaga mos kelmaydigan axborotdan va taqiqlangan axborot mahsulotidan foydalanishga imkoniyat bergani uchun javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim muassasalarida, shuningdek, Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalanish imkoniyati taʼminlanadigan va (yoki) boshqa axborot-kommunikatsiya tarmoqlari orqali xizmat koʻrsatiladigan joylarda koʻrsatuvlarni translyatsiya qilishda bolalarning axborot xavfsizligini taʼminlashning axborot-dasturiy va texnik vositalarini qoʻllash hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) tomonidan belgilanadigan boshqa talablarga rioya qilish lozim.
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Internet tarmogʻi axborot resurslarining egalari axborot mahsulotining uni tarqatish shaklidan qatʼi nazar, yoshga oid tasnifi toʻgʻrisida xabardor qilishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot mahsulotining yoshga oid tasnifi belgisi Internet tarmogʻi axborot resursining u yoki bu axborot materialini koʻrish mumkin boʻlgan sahifasida joylashtirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot-kommunikatsiya tarmoqlari, shu jumladan, Internet tarmogʻi orqali tarqatiladigan axborotdan foydalanish imkoniyati bolalarning boʻlishi ruxsat etilgan joylarda Internet tarmogʻidan foydalanish imkoniyatini taʼminlayotgan shaxs tomonidan bolalarni himoya qilishning maʼmuriy va tashkiliy chora-tadbirlari, dasturiy-apparat vositalaridan qoʻllanish sharti bilan taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Teleradiouzatuvchilar bolalarning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborot mahsulotining tarqatilishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha zarur chora-tadbirlarni koʻradilar. Agar bunday teleradiodasturlar efirga kodlanmagan shaklda (analog formatda) uzatilayotgan boʻlsa, ulardan avval tovushli ogohlantirish eshittirilishi hamda koʻrsatuv avvalida kamida 8 soniya davomida vizual (tovushli) belgi koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalarning boʻlishiga ruxsat etilgan joylarda faoliyat yuritayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning rahbarlari avvaldan oʻrnatilgan himoya dasturlari toʻplamiga ega teleradiouzatish tizimlariga ulanish boʻyicha chora koʻrishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar oʻrtasida tarqatilishi taqiqlangan axborot mahsuloti tele va radiouzatish orqali soat 6 dan 22 gacha tarqatilishi taqiqlanadi, foydalanish yoki tinglash uchun faqat pulli asosda, dekodlash texnik vositalarini qoʻllagan holda taqdim etiladigan tele va radiodasturlar, koʻrsatuvlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Gazetalar, shaxslarning keng doirasi uchun, shu jumladan, bolalarning boʻlishiga ruxsat etilgan joylarda tarqatiladigan bosma va boshqa matbaa mahsulotining birinchi va oxirgi sahifasida bolalarning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborot boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar uchun taqiqlangan axborotni oʻz ichiga olgan axborot mahsulotining bosma mahsulot koʻrinishida bolalar boʻlishiga ruxsat etilgan joylarda mahkam berkitilgan oʻramda tarqatilishiga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar uchun taqiqlangan axborotni ular uchun moʻljallangan taʼlim muassasalarida, tibbiyot, sanatoriy-kurort, jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarida, madaniyat, bolalarni dam oldirish va sogʻlomlashtirish joylarida yoki ushbu tashkilotlar chegarasidan kamida 500 metr masofada tarqatilishiga ruxsat etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Kutubxonalar, axborot-resurs markazlari foydalanuvchisi bolalar boʻlgan axborotni tarqatishda axborot tarqatuvchilari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot mahsulotining Qonun talablariga muvofiqberilishi hamda axborot mahsuloti belgisining katalogda aks ettirilishi boʻyicha chora-tadbirlar koʻrishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar foydalanishiga ruxsat etilgan kompyuterlarda himoya dasturlarini oʻrnatish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzlari oʻtkazayotgan tomosha, madaniy-ommaviy tadbirlar toʻgʻrisida eʼlonlar, afishalar, axborot materiallarining markalanishini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarning axborot xavfsizligini taʼminlashga doir, shu jumladan, kutubxonadan foydalanuvchilarga internet-resurslardan foydalanish imkoniyatini yaratishda maʼmuriy, tashkiliy, texnik va dasturiy-apparat vositalarining qoʻllanishini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kutubxonalar, axborot-kutubxona markazlari va axborot-resurs markazlarining xodimlari va foydalanuvchilarini Qonun bilan keng tanishtirish boʻyicha seminarlar, yigʻilishlar va boshqa tadbirlar oʻtkazishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Internet tarmogʻi va uyali radiotelefon aloqasi tarmoqlari xizmatlari provayderlari, Internet tarmogʻidan jamoaviy foydalanish joylarining egalari va maʼmurlari bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishga doir maʼmuriy va tashkiliy chora-tadbirlar koʻrishlari, texnik, dasturiy-apparat vositalaridan foydalanishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Reklama mahsulotlarini bukletlar, bilbordlar, bannerlar, LED va LCD ekranlarda va bolalar ommaviy axborot vositalari yoki Internet tarmogʻi resurslaridan foydalanmasdan olishi mumkin boʻlgan boshqa joylarda tarqatuvchilar bolalarning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotning tarqatilishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha maʼmuriy va tashkiliy chora-tadbirlar koʻrishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishga doir maʼmuriy va tashkiliy chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishga doir maʼmuriy chora-tadbirlarga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) quyidagilarni nazarda tutadigan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunning 16-17-moddalari hamda Axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini aniqlash mezonlari hamda uni ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq axborot mahsulotiga belgi berish va uni joylashtirish va (yoki) axborot mahsuloti toʻgʻrisida matnli ogohlantirishni joylashtirishning tartib-tamoyillari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarning ommaviy namoyishda, ommaviy ijroda, tomosha tadbiri orqali bolalar uchun taqiqlangan axborot mahsulotini namoyish qilishda, agar ular tashkil etilsa va (yoki) oʻtkazilsa, hozir boʻlishining shart-sharoitlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunning 19-moddasiga va Axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini aniqlash mezonlari hamda uni ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq ravishda efir va kabel, tele va radiouzatish, Internet tarmogʻi va harakatchan radiotelefon aloqa tarmoqlari orqali, bolalar boʻlishiga ruxsat etilgan joylarda tarqatiladigan bolalar uchun taqiqlangan axborot mahsuloti va uning qismlarining aylanishiga doir qoʻshimcha talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar uchun taqiqlangan axborot mahsuloti aylanayotgan joylarda boʻlgan shaxslarning bolalarning axborot xavfsizligini taʼminlash va bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish zarurligi toʻgʻrisida xabardorligini oshirishga qaratilgan bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish chora-tadbirlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzishning oldini olish, aniqlash va bartaraf etishga qaratilgan tartib-taomillar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) xizmat majburiyatlariga bolalar uchun taqiqlangan axborot mahsulotining aylanishini tashkil etish va amalga oshirish kiradigan xodimlarni bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish talablari bilan, ushbu sohaga aloqador qonunchilik hujjatlari bilan tanishtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) bolalar uchun taqiqlangan axborot mahsuloti aylanishining oʻziga xos jihatlarini hisobga olgan holda bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishga doir maʼmuriy va tashkiliy chora-tadbirlarni qoʻllash uchun hamda ularni qoʻllash tartibini tekshirish uchun masʼul xodimni tayinlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi, bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishga doir qoʻllanilayotgan maʼmuriy va tashkiliy chora-tadbirlar 15-bandining “a” kichik bandiga asosan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiqligi boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi ichki nazoratni amalga oshirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchiligi buzilgani, shu jumladan, bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishga doir qoʻllanilayotgan maʼmuriy va tashkiliy chora-tadbirlar Axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini aniqlash mezonlari hamda uni ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq emasligi, shuningdek, bolalar ular oʻrtasida tarqatilishi taqiqlangan axborotdan foydalanish imkoniyatiga egaligi toʻgʻrisida ariza va shikoyatlarni koʻrib chiqish va bunday ariza va shikoyatlarni Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida asoslangan javob yoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarning ular oʻrtasida tarqatilishi taqiqlangan axborotdan foydalanish imkoniyatiga egaligi toʻgʻrisida kelib tushgan ariza va shikoyatlarning sabablari va shart-sharoitlarini aniqlash va ularni bartaraf etishga doir chora-tadbirlar koʻrish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishga doir tashkiliy chora-tadbirlarga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hamma kirishi uchun ochiq binolar va joylarda ushbu Nizom 15-bandining “a” kichik bandiga muvofiq qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni joylashtirish hamda ular haqidagi maʼlumotlarni turli vositalar orqali aholiga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar uchun taqiqlangan axborot mahsulotining aylanishini amalga oshiruvchi ishlab chiqaruvchi va (yoki) tarqatuvchining Internet tarmogʻidagi rasmiy saytida ushbu Nizom 15-bandining “a” kichik bandiga muvofiq qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek, maʼmuriy va tashkiliy chora-tadbirlarni qoʻllash toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni joylashtirish va koʻrsatib oʻtilgan hujjatlardan erkin foydalanish imkoniyatini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
telekommunikatsiyalar operatorlari va provayderlari, ommaviy axborot vositalarining (keyingi oʻrinlarda OAV deb ataladi) majburiyatlarini belgilash bilan bogʻliqtadbirlar, targʻibot va taʼlim (mediataʼlim) tadbirlarini oʻtkazish, OAV uchun etika standartlarini joriy qilish va ularga rioya etish, OAVni bolalarning ijtimoiy, intellektual va madaniy jihatdan har tomonlama va barkamol rivojlanishiga xizmat qiladigan axborot va materiallarni tarqatishga ragʻbatlantirish va hokazo.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishni taʼminlashning dasturiy-apparat va texnik vositalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishni taʼminlashning Internet tarmogʻi, tele va radiouzatish, mobil aloqa tarmoqlari orqali tarqatiladigan axborotdan foydalanish imkoniyatini taqdim etishda qoʻllanadigan dasturiy-apparat va texnik vositalariga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Internet tarmogʻidagi saytlarda joylashtirilgan bolalar oʻrtasida tarqatilishi taqiqlangan axborotdan foydalanishni cheklash vositalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar oʻrtasida tarqatilishi taqiqlangan hamda tele va radiouzatish, mobil aloqa vositalari orqali tarqatiladigan axborot mahsulotidan foydalanishni cheklovchi dekodlaydigan texnik vositalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanishni bloklash vositalari, foydalanishni cheklash vositalari, kontentni filtrlash vositalari, foydalanishni nazorat qilish vositalari, shuningdek, axborotdan foydalanish imkoniyatini taqdim etishda bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishni taʼminlaydigan boshqa dasturiy va texnik vositalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Internet, televideniye va radioeshittirishlar, uyali aloqa tarmoqlari orqali tarqatiladigan axborotdan foydalanishni cheklash shartlari litsenziya shartnomalarida va telekommunikatsiya xizmatlari koʻrsatish shartlarida nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishni taʼminlashning tomosha tadbirlari orqali tarqatiladigan axborotdan foydalanish imkoniyatini taqdim etishda qoʻllanadigan dasturiy-apparat va texnik vositalariga tovushli yoki matnli tarzda yoshga oid cheklovlar toʻgʻrisida xabardor qilish vositalari kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Ushbu Nizomni amalga oshirishning huquqiy oqibatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Qonunni, shuningdek, ushbu Nizom talablarini amalga oshirish axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini, axborot mahsulotining aylanishini yoxud uning aholi, shu jumladan, bolalar kirishi uchun ochiqboʻlgan joylarda namoyishini amalga oshirgan subyektlar zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Oilalarda qonunchilik talablarini amalga oshirish, shuningdek, bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishga doir dasturiy-apparat va texnik vositalarni qoʻllash ota-onalar yoki boshqa qonuniy vakillar zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ekspert xulosasiga muvofiq Agentlik tomonidan axborot mahsulotini ishlab chiqaruvchilar va tarqatuvchilarga bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablari buzilsa, shuningdek, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish hamda ularning oldini olish uchun koʻrsatma yuboriladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan davlat nazorati Agentlik, boshqa vakolatli davlat organlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik, shuningdek, ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 47-moddasi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2018-y., 09/18/848/2083-son; 16.01.2019-y., 09/19/34/2486-son; 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 08.06.2022-y., 09/22/317/0497-son)