22.10.2018 yildagi 848-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot mahsulotining yoshga oid tasniflarini aniqlash mezonlari hamda uni ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyundagi 317-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.06.2022-y., 09/22/317/0497-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishni ta’minlashga doir ma’muriy va tashkiliy chora-tadbirlar, dasturiy-apparat va texnika vositalariga doir talablarni belgilash to‘g‘risida nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi axborot mahsulotini ekspertizadan o‘tkazish va axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini aniqlash bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organi etib belgilansin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birga bir oy muddatda axborot mahsulotini ekspertizadan o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash tartibini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikda “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan vazifalarni sifatli amalga oshirish bo‘yicha kadrlarni, tashkilotchilarni tayyorlash, ta’lim jarayoniga tegishli fanlar (mashg‘ulotlar)ni joriy etish, pedagoglar va ota-onalarda bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish ko‘nikmalarini hosil qilishga doir kompleks dasturni ikki hafta muddatda ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda aholining keng qatlamlari, eng avvalo, yoshlar, ota-onalar, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar, tadbirkorlik faoliyati subyektlarini ushbu qarorning maqsadi, mazmuni va qo‘llanishi to‘g‘risida xabardor qilinishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining direktori zimmasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 22-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
848-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 848-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot mahsulotining yoshga oid tasniflarini aniqlash mezonlari hamda uni ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq (keyingi o‘rinlarda Qonun deb ataladi) bolalarning axborot xavfsizligini ta’minlash, bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish uchun axborot mahsulotini yoshga oid tasniflashda yoshga oid tasniflash mezonlari va axborot mahsuloti ekspertizasini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomning amal qilishi ilmiy, ilmiy-texnikaviy, statistik axborotni o‘z ichiga olgan yoki jamiyat uchun tarixiy, badiiy yoxud o‘zgacha madaniy qimmatga ega bo‘lgan axborot mahsulotining aylanishi sohasidagi munosabatlarga tatbiq etilmaydi. Shuningdek, o‘quv jarayonida foydalanishga tavsiya qilingan o‘quv nashrlari, tarkibida normativ-huquqiy hujjatlar bo‘lgan nashrlar, atrof-muhit holati yoki davlat organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborot, uyali aloqa xizmatlari ko‘rsatuvchi kompaniyalardan keladigan sms-xabarlar ham ushbu Nizomning qo‘llanish sohasiga kirmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot mahsuloti — O‘zbekiston Respublikasi hududida aylanish uchun mo‘ljallangan ommaviy axborot vositalari mahsuloti, bosma mahsulot, har qanday turdagi tashuvchilardagi audiovizual mahsulot, dasturiy ta’minotdan foydalangan holda tarqatiladigan, telekommunikatsiya tarmoqlariga, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘iga joylashtiriladigan axborot, kompyuter o‘yinlari, shuningdek, tomoshabop tadbirlar vositasida tarqatiladigan axborot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqiqlangan axborot mahsuloti — O‘zbekiston Respublikasi hududida aylanish uchun mo‘ljallanmagan ommaviy axborot vositalari mahsuloti, bosma mahsulot, har qanday turdagi tashuvchilardagi audiovizual mahsulot, dasturiy ta’minotdan foydalangan holda tarqatiladigan, telekommunikatsiya tarmoqlariga, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘iga joylashtiriladigan axborot, kompyuter o‘yinlari, shuningdek, tomoshabop tadbirlar vositasida tarqatiladigan axborot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot mahsulotining aylanishi — axborot mahsulotini taqdim etish va (yoki) tarqatish, shu jumladan uni sotish (shu jumladan obuna bo‘yicha tarqatish), ijaraga, prokatga berish, axborot-kutubxona muassasalari fondlaridan tarqatish, berish, ommaviy namoyish qilish, ommaviy ijro etish (shu jumladan, efir yoki kabel uzatuvi, tomoshabop tadbirlar vositasida), telekommunikatsiya tarmoqlariga, shuningdek, Internet jahon axborot tarmog‘iga joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot mahsulotining yoshga oid tasnifi — axborot mahsulotini uning mavzusini, janrini, mazmunini va badiiy bezagini, muayyan yosh toifasidagi bolalar tomonidan undagi axborotni qabul qilish xususiyatlarini, uning tarkibidagi axborotning bolalar sog‘lig‘iga zarar yetkazish ehtimolini inobatga olgan holda, bolalarning yosh toifalari bo‘yicha taqsimlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot mahsulotining yoshga oid toifasi belgisi — axborot mahsulotining yoshga oid toifasining grafik va (yoki) matnli belgisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar — o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan (voyaga yetmagan) shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarning sog‘lig‘i — bolalarning jismoniy, ruhiy va ijtimoiy jihatdan sog‘lomlik holati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomosha tadbiri — bolalarning kirishi uchun ochiq bo‘lgan hamda oilaning odatdagi davrasiga mansub bo‘lmagan shaxslar ko‘plab hozir bo‘lgan joyda axborot mahsulotini namoyish etish, jumladan, teatr-sahnalashtirish, madaniy-ma’rifiy va tomosha-ko‘ngilochar tadbirlarni o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarning axborot xavfsizligi — bolalarning jismoniy, ruhiy, ma’naviy hamda axloqiy rivojlanishiga axborot orqali zarar yetkazilish xavfidan xoli, himoyalanganlik holati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborot — bolalar o‘rtasida tarqatilishi Qonunga muvofiq ravishda taqiqlangan yoki cheklangan axborot mahsuloti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pornografiya xususiyatiga ega bo‘lgan axborot — badiiy qimmatga ega bo‘lmagan va ilmiy, tibbiy yoki o‘quv maqsadlari uchun mo‘ljallanmagan, odam jinsiy a’zolarining yoxud odam tomonidan haqiqatda, xususan, g‘ayritabiiy usulda sodir etilayotgan yoki shunga o‘xshatilgan jinsiy aloqaning tavsifini yoxud foto, video yoki boshqa tasvirini o‘z ichiga olgan materiallar va buyumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarning kirishi uchun ochiq bo‘lgan joylar — bolalarning kirishi va (yoki) bo‘lishi taqiqlanmagan jamoat joylari, shu jumladan, bolalarning ommaviy axborot vositalari mahsulotlari va (yoki) axborot-telekommunikatsiya tarmoqlarida joylashtiriladigan axborot mahsulotlaridan foydalanish imkoniyati bo‘lgan jamoat joylari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
naturalistik tasvirlar yoki tavsiflar — inson, hayvon, inson va (yoki) hayvon tanasining alohida qismlari, harakatlar (harakatsizlik), shuningdek, hodisalar va ularning oqibatlarini e’tiborni mayda jihatlar, anatomik tafsilotlar va (yoki) fiziologik jarayonlarga qaratgan holda har qanday shaklda va har qanday vositalardan foydalangan holda tasvirlash yoki tavsiflash;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspert — axborot mahsulotini ekspertizadan o‘tkazish va ekspert xulosasini berish yoki axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini amalga oshirish uchun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) akkreditatsiyadan o‘tgan shaxs.
(3-bandning o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Axborot mahsulotini yoshga oid tasniflash mezonlari va uni amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Axborot mahsulotining yoshga oid toifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Axborot mahsulotining yoshga oid tasnifi uni bolalarning quyidagi yosh toifalaridan biriga kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetti yoshga to‘lmagan bolalar uchun axborot mahsuloti (ushbu axborot mahsulotining yoshga oid toifasi belgisi “0+” yozuvini aks ettirishi kerak);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetti yoshga to‘lgan bolalar uchun axborot mahsuloti (ushbu axborot mahsulotining yoshga oid toifasi belgisi “7+” yozuvini aks ettirishi kerak);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘n ikki yoshga to‘lgan bolalar uchun axborot mahsuloti (ushbu axborot mahsulotining yoshga oid toifasi belgisi “12+” yozuvini aks ettirishi kerak);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘n olti yoshga to‘lgan bolalar uchun axborot mahsuloti (ushbu axborot mahsulotining yoshga oid toifasi belgisi “16+” yozuvini aks ettirishi kerak);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar uchun taqiqlangan axborot mahsuloti (ushbu axborot mahsulotining yoshga oid toifasi belgisi “18+” yozuvini aks ettirishi kerak).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini amalga oshirishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uning mavzusi, janri, mazmuni va badiiy bezagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muayyan yosh toifasidagi bolalar tomonidan undagi axborotning idrok etilish xususiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
undagi axborotning bolalar sog‘lig‘iga zarar yetkazish ehtimoli baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Bolalar sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborot tasnifi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Muayyan yosh toifalaridagi bolalar o‘rtasida tarqatilishi cheklangan axborot mahsulotlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shafqatsizlik, jismoniy va (yoki) ruhiy zo‘ravonlik, jinoyat yoki jamiyatga qarshi boshqa xatti-harakatlar tasviri yoki bayoni tarzida taqdim etiladigan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarda qo‘rquv, vahima yoki sarosima uyg‘otadigan, jumladan, kuch ishlatilmagan o‘limni, kasallikni, o‘z joniga qasd qilishni, baxtsiz hodisani, avariyani yoki falokatni va (yoki) ularning oqibatlarini inson qadr-qimmatini kamsitadigan shaklda tasvirlash yoki bayon etish tarzida taqdim etiladigan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinsiy munosabatlarni tasvirlash yoki bayon etish tarzida taqdim etiladigan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uyatli so‘zlar jumlasiga kirmaydigan haqoratli so‘zlar va iboralarni o‘z ichiga olgan axborot mahsulotlari kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Yetti yoshga to‘lmagan bolalar uchun axborot mahsulotiga (“0+”) bolalarning sog‘lig‘i va rivojlanishiga zarar yetkazmaydigan axborotni o‘z ichiga olgan axborot mahsuloti (shu jumladan, janri va (yoki) syujetiga muvofiq asosli ravishda, ezgulik yovuzlik ustidan g‘alaba qozonishi hamda zo‘ravonlik qurboniga nisbatan rahm-shafqat ifoda etilishi va (yoki) zo‘ravonlik qoralanishi sharti bilan jismoniy va (yoki) ruhiy zo‘ravonlikning (jinsiy zo‘ravonlik bundan mustasno) epizodik, naturalistik bo‘lmagan tasviri yoki bayonini o‘z ichiga olgan axborot mahsuloti, boshqa yoshga oid toifaga kirmaydigan axborot mahsuloti kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Yetti yoshga to‘lgan bolalar uchun axborot mahsulotiga (“7+”) yetti yoshga to‘lmagan bolalar uchun axborot mahsuloti (“0+”), shuningdek, janri va (yoki) syujetiga muvofiq asosli ravishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
odam kasalliklari (og‘ir kasalliklar bundan mustasno) va (yoki) ular oqibatlarining inson qadr-qimmatini kamsitmaydigan shakldagi qisqa muddatli va naturalistik bo‘lmagan tasvirlari yoki bayonini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baxtsiz hodisa, avariya, falokat yoxud kuch ishlatilmagan o‘limning ularning bolalarda qo‘rquv, vahima yoki sarosima uyg‘otishi mumkin bo‘lgan oqibatlari namoyish etilmagan, naturalistik bo‘lmagan tasviri yoki bayonini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatga qarshi xatti-harakatlar va (yoki) jinoyat sodir etishga undamaydigan, ularni sodir etishga yo‘l qo‘yish mumkinligi asoslanmasligi va oqlanmasligi hamda ularni sodir etayotgan shaxslarga nisbatan salbiy, qoralovchi munosabat ifoda etilishi sharti bilan shunday xatti-harakatlar va (yoki) jinoyatlarning epizodik tasviri yoki bayonini o‘z ichiga olgan axborot mahsulotlari kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘n ikki yoshga to‘lgan (“12+”) bolalar uchun axborot mahsulotiga “0+” va “7+” axborot mahsuloti, shuningdek, janri va (yoki) syujetiga muvofiq asosli ravishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shafqatsizlik va (yoki) zo‘ravonlikning (jinsiy zo‘ravonlik bundan mustasno) qurboniga nisbatan rahm-shafqat va (yoki) shafqatsizlik, zo‘ravonlikka nisbatan salbiy, qoralovchi munosabat ifoda etilishi sharti bilan (fuqarolarning huquqlarini himoya qilish hamda jamiyat yoki davlatning qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida qo‘llanadigan zo‘ravonlik bundan mustasno) hayotdan mahrum etish yoki jarohat yetkazish jarayoni natural ko‘rsatilmagan epizodik tasviri yoki bayonini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatga qarshi xatti-harakatlar sodir etishga (jumladan, alkogol va tarkibida spirt bo‘lgan mahsulotlar, pivo va uning asosida tayyorlanadigan ichimliklarni iste’mol qilishga, qimor o‘yinlarida ishtirok etishga, daydilik va tilanchilik bilan shug‘ullanishga) undamaydigan tasvirni yoki bayonni, narkotik vositalar, psixotrop va (yoki) gangituvchi moddalar, tamaki mahsulotlari jamiyatga qarshi xatti-harakatlarni sodir etishga yo‘l qo‘yishi mumkinligi va ular qo‘llab-quvvatlanmasligi va oqlanmasligi, ularga nisbatan salbiy, qoralovchi munosabat ifoda etilishi hamda yuqoridagi mahsulotlar, vositalar, moddalar va buyumlarni iste’mol qilish xavfli ekaniga ko‘rsatma berilishi sharti bilan epizodik ravishda tilga olingan (namoyish qilinmagan) axborotni o‘z ichiga olgan axborot mahsuloti kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘n olti yoshga to‘lgan bolalar (“16+”) uchun axborot mahsulotiga “0+”, “7+”, “12+” axborot mahsuloti, shuningdek, janri va (yoki) syujetiga muvofiq asosli ravishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baxtsiz hodisa, avariya, falokat, kasallik, o‘limning bolalarda qo‘rquv, vahima yoki sarosima uyg‘otishi mumkin bo‘lgan oqibatlari naturalistik ravishda namoyish etilmagan tasviri yoki bayonini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shafqatsizlik va (yoki) zo‘ravonlikning (jinsiy zo‘ravonlik bundan mustasno) qurboniga nisbatan rahm-shafqat va (yoki) shafqatsizlik, zo‘ravonlikka nisbatan salbiy, qoralovchi munosabat ifoda etilishi sharti bilan (fuqarolarning huquqlarini himoya qilish hamda jamiyat yoki davlatning qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida qo‘llanadigan zo‘ravonlik bundan mustasno) hayotdan mahrum etish yoki jarohat yetkazish jarayoni naturalistik ravishda ko‘rsatilmagan tasviri yoki bayonini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narkotik vositalar yoki psixotrop va (yoki) gangituvchi moddalar to‘g‘risidagi (ularni ko‘rsatmasdan), ularni iste’mol qilishning xavfli oqibatlari to‘g‘risidagi bunday vositalar yoki moddalarni iste’mol qilishga salbiy yoki qoralovchi munosabat ifoda etilishi yoki ularni iste’mol qilish xavfli ekani to‘g‘risida ogohlantirish mavjud bo‘lishi sharti bilan shunday holatlarni namoyish etuvchi axborotni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uyatli so‘zlar jumlasiga kirmaydigan alohida haqorat so‘zlar va (yoki) iboralarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinsiy munosabatlarning jinsiy aloqaga nisbatan bo‘lgan qiziqishdan foydalanmaydigan hamda qo‘zg‘atuvchi yoki haqoratlovchi tusga ega bo‘lmagan epizodik naturalistik bo‘lmagan tasvir yoki bayonini (jinsiy tusdagi xatti-harakatlarning tasviri yoki bayoni bundan mustasno) o‘z ichiga oluvchi axborot mahsulotlari kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Bolalar o‘rtasida tarqatish taqiqlangan (“18+”) axborot mahsulotiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarni ularning hayotiga va (yoki) sog‘lig‘iga xavf soladigan xatti-harakatlarni sodir etishga, jumladan, o‘z sog‘lig‘iga zarar yetkazishga, o‘z joniga qasd qilishga va shunday harakatlarni targ‘ib qilishga undaydigan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarda alkogol va tamaki mahsulotlari, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki aql-iroda faoliyatiga ta’sir etuvchi boshqa moddalarni iste’mol qilish, qimor o‘yinlari, ommaviy tartibsizliklarda ishtirok etish, fohishabozlik, daydilik, tilanchilik yoki g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarning boshqa shakllari bilan shug‘ullanish istagini paydo qiladigan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
odamlarga yoki hayvonlarga nisbatan zo‘ravonlik va shafqatsizlik qilish mumkinligini asoslaydigan yoki oqlaydigan yoxud zo‘ravonlik xatti-harakatlarini amalga oshirishga undaydigan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaviy qadriyatlarni inkor etadigan, axloqsizlikni targ‘ib qiladigan, shuningdek, ota-onasiga va oilaning boshqa a’zolariga, tevarak-atrofdagilarga nisbatan hurmatsiz munosabatni shakllantiradigan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g‘ayriqonuniy xulq-atvorni oqlaydigan va huquqbuzarlik sodir etishga olib keladigan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatda buzg‘unchilik g‘oyalarini targ‘ib etishga da’vat qiladigan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uyatli so‘zlarni o‘z ichiga olgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pornografiya xususiyatiga ega bo‘lgan axborotni o‘z ichiga olgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g‘ayriqonuniy harakatlar natijasida jabrlangan bolalar to‘g‘risidagi, jumladan, bunday bolaning familiyasi, ismi, otasining ismi, ota-onasi va boshqa qonuniy vakillarining foto va videotasvirlari, bunday bolaning tug‘ilgan sanasi, uning ovozi yozilgan audiotasma, yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi, o‘qish yoki ish joyi to‘g‘risidagi, bunday bolaning shaxsini bevosita yoxud bilvosita aniqlashga imkon beradigan boshqa axborotni o‘z ichiga olgan axborot mahsulotlari kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Yoshga oid toifa belgisi bo‘lmagan axborot mahsulotini tarqatish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshga oid toifa belgisi noto‘g‘ri tayinlangan axborot mahsuloti yoshga oid toifa belgisi bo‘lmagan axborot mahsulotiga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Axborot mahsulotini yoshga oid tasniflash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini belgilash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini belgilash axborot mahsulotini ishlab chiqaruvchilar va (yoki) tarqatuvchilar tomonidan, shu jumladan, ekspertlarni jalb etgan holda, O‘zbekiston Respublikasi hududida tarqatish boshlanguniga qadar ushbu Nizomda ko‘rsatilgan mezonlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini belgilash ekspert yoki ekspertlarni jalb etgan holda bajarilganda, axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini belgilash bilan bog‘liq xizmatlar uchun haq to‘lash va xarajatlar ushbu xizmatlarga buyurtma bergan axborot mahsulotini ishlab chiqaruvchilar yoki tarqatuvchilar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Axborot mahsulotining yoshga oid toifasi belgisini joylashtirish (markalash)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Axborot mahsulotining yoshga oid tasnifi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ushbu mahsulotga axborot mahsuloti yoshga oid toifasining tegishli belgisini joylashtirish (markalash) uchun asos bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Axborot mahsulotini markalash uning ishlab chiqaruvchisi va (yoki) tarqatuvchisi tomonidan unga axborot mahsulotining tegishli yoshga oid toifasi belgisini joylashtirish orqali amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“7 yoshgacha” — aylana ichidagi “0+” belgisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“7 yoshdan” — aylana ichidagi “7+” belgisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“12 yoshdan” — aylana ichidagi “12+” belgisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“16 yoshdan” — aylana ichidagi “16+” belgisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“18 yoshdan” — aylana ichidagi “18+” belgisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Axborot mahsulotining toifasi Qonun va ushbu Nizom talablariga muvofiq belgilanadi hamda axborot mahsulotining ishlab chiqaruvchilari yoki tarqatuvchilari tomonidan texnik reglamentlarga rioya etgan holda joylashtiriladigan yoshga oid toifa belgisi bilan ifodalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Yoshga oid toifasi turli bo‘lgan bir necha qismdan iborat axborot mahsuloti tarqatilayotganda u eng katta yoshga oid toifaga mos toifa belgisi bilan markalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Axborot mahsulotining yoshga oid toifa belgisi o‘z o‘lchamiga ko‘ra quyidagilar maydonining kamida besh foizini egallashi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
teatr-tomosha, madaniy-ma’rifiy, ko‘ngilochar tomosha, kino va videonamoyish yoki boshqa tomosha tadbiri afishasi yoki repertuar e’loni, shuningdek, kirish chiptasi, taklifnoma va tadbirga kirish huquqini beruvchi boshqa hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
audiovizual asar, kompyuter yoki boshqa elektron o‘yin, kompyuter dasturi yoki ma’lumotlar bazasining har bir nusxa manbai (jumladan, kompakt disk yoki boshqa elektron manbai)ning korpusi va (yoki) qadog‘i (boks, quti). Kompyuter va boshqa elektron o‘yinlardagi belgi yoshga oid toifa to‘g‘risidagi ma’lumotlardan tashqari uyat so‘zlar mavjudligi, o‘yinga qaramlik vujudga kelishi mumkinligi haqida ogohlantirishni o‘z ichiga olishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Internet tarmog‘idagi axborot resurslarida axborot mahsulotining yoshga oid toifa belgisi axborot resursining barcha sahifalarida joylashtiriladi. Yoshga oid toifa belgisi umumiy manzaradan ajralib turishi va o‘qish uchun qulay bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Tomosha tadbirining namoyish qilinishi boshlanguniga qadar axborot mahsuloti tegishli belgi bilan belgilanadi. Yoshi turlicha bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan bir necha turdagi axborot mahsuloti namoyish qilinayotganda u eng katta yoshga oid toifa belgisi bilan markalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu belgi afishalarda hamda tomosha tadbiri o‘tkazilishi to‘g‘risidagi boshqa e’lonlarda, shuningdek, kirish chiptalari, taklifnomalar va ushbu tadbirga kirish huquqini beruvchi boshqa hujjatlarda joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Davriy va nodavriy bosma nashrlarda axborot mahsulotining yoshga oid toifasi belgisi nashrning birinchi sahifasi va (yoki) titul varag‘iga joylashtiriladi, u ko‘z ilg‘ashi uchun qulay bo‘lishi hamda uning o‘lchami mahsulotning nomida ishlatilgan shrift o‘lchamiga mos bo‘lgan shriftda ishlangan bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Televideniye va radioda uzatishga, shuningdek, chakana savdo, ijara yoki prokat uchun mo‘ljallangan audio va audiovizual mahsulotning yoshga oid toifasi belgisi tegishli ravishda ommaviy axborot vositalari va bosma nashrlarda e’lon qilinadigan, shuningdek, umumiy foydalanishdagi axborot-telekommunikatsiya tarmoqlarida joylashtiriladigan teleko‘rsatuvlar va radio eshittirishlar dasturlarida, shuningdek, axborot mahsulotining assortiment ro‘yxatlari va kataloglarida joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot mahsulotini tarqatuvchilar uning televideniye va radio orqali, kino va videoxizmat ko‘rsatish davomida har bir namoyishi boshlanishidan avval, shuningdek, kompyuter yoki axborot-kommunikatsiya tarmoqlaridagi elektron o‘yinlar har safar ishga tushirilganda (yuklanganda) maxsus kadr (sahifada) uning yoshga oid toifa belgisi hamda yoshga oid cheklovlar to‘g‘risida ovoz (tovush signali) hamrohligida matnli ogohlantirish joylashtirilishini ta’minlashlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Audiovizual asar uchun yoshga oid toifa belgisi uning namoyishi boshlanganidan so‘ng hamda har bir reklama tanaffusidan so‘ng ekranning burchagida kamida 8 soniya davomida namoyish qilinadi, filmning kinozalda ochiq namoyishi bundan mustasno. Ushbu belgining o‘lchami ekran (kadr) maydonining kamida besh foizini tashkil etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar audiovizual asarning davomiyligi 8 soniya yoki undan kam bo‘lsa, yoshga oid toifa belgisi butun namoyish davomida ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Bolalar uchun taqiqlangan bosma asar(nashr)larda axborot mahsulotining belgisi nashr muqovasining old tarafida joylashtirilishi shart. O‘lchamiga ko‘ra belgi muqovada ishlatilgan shrift o‘lchamiga mos bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosma nashrning elektron versiyalari, elektron va audio kitoblar nashrning bosma versiyasida ko‘rsatilgan belgining ayni o‘zi bilan markalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Axborot mahsulotini ekspertizadan o‘tkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Axborot mahsulotining ekspertizasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Axborot mahsulotining unda bolalarning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborot mavjudligini yoki mavjud emasligini, bolalarning muayyan yosh toifasiga mosligini yoki mos emasligini aniqlash bo‘yicha ekspertiza O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi qaroriga ko‘ra ekspert yoki ekspertlar tomonidan ushbu Nizomga ilova qilingan sxemaga muvofiq o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ekspertiza uchun ekspert yoki ekspertlar Agentlik tomonidan ekspertizadan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan axborot mahsulotining turidan kelib chiqib, tasodifiy tanlab olish usuli asosida belgilanadi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Axborot mahsulotining ekspertizasi bir xil mutaxassislikka (komissiyaviy ekspertiza) yoki turli mutaxassislikka (kompleks ekspertiza) ega ikki va undan ortiq ekspert tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Axborot mahsulotini ekspertizadan o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar Agentlik tomonidan belgilangan tartibda axborot mahsulotining ishlab chiqaruvchilari yoki tarqatuvchilari tomonidan qoplanadi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Manfaatdor shaxslarning akkreditatsiya qilingan ekspertlar reyestridagi ma’lumotlardan foydalanishi Agentlikning Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-sayti orqali ta’minlanadi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Ekspertlarni akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi, shuningdek, axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini amalga oshirishga va axborot mahsulotining unda bolalarning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborot mavjudligini yoki mavjud emasligini, bolalarning muayyan yosh toifasiga mosligini yoki mos emasligini aniqlash uchun ekspertizasini o‘tkazishga jalb etiladigan ekspertlar reyestrini yuritish qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan tegishli nizomga asosan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Axborot mahsulotini ekspertizadan o‘tkazish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Axborot mahsulotini ekspertizadan o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror Agentlik tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari asosida murojaat kelib tushganidan keyin ko‘pi bilan besh kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda qabul qilinadi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Axborot mahsulotining ekspertizasini o‘tkazish muddati axborotning hajmiga bog‘liq bo‘ladi, biroq murojaat kelib tushgan paytdan e’tiboran o‘ttiz kundan oshmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Axborot mahsulotining ekspertizasi tugagach, ekspertlar axborot mahsulotida bolalarning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotning mavjudligi yoki mavjud emasligi, uning muayyan yosh toifasiga mosligi yoki mos emasligi to‘g‘risida Agentlikka uch kun ichida ekspert xulosalarini yuboradi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Ekspert xulosasida quyidagilar ko‘rsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot mahsulotining ekspertizasi o‘tkazilgan sana, vaqt va joy;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertlik tashkiloti va ekspert to‘g‘risidagi ma’lumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, ma’lumoti, mutaxassisligi, mutaxassislik bo‘yicha ish staji, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, egallab turgan lavozimi, ish joyi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspert, ekspertlar oldiga qo‘yilgan savollar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot mahsulotini ekspertizadan o‘tkazish uchun taqdim etilgan tadqiqot obyekti va materiallar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qo‘llangan usullarni ko‘rsatgan holda tadqiqotning mazmuni va natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspert, ekspertlar oldiga qo‘yilgan savollarga asoslantirilgan javoblar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot mahsulotida bolalarning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborot mavjudligi yoki mavjud emasligi, uning bolalarning muayyan yosh toifasiga mosligi yoki mos emasligi, axborot mahsuloti belgisiga mosligi yoki mos emasligi to‘g‘risida xulosa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Komissiyaviy ekspertizada ekspertlar qo‘yilgan masalalar bo‘yicha yakdil fikr bildirsalar, ekspert xulosasi shu ekspertizaning o‘tkazilishida ishtirok etgan barcha ekspertlar tomonidan imzolanadi. Ziddiyatlar vujudga kelganda har bir ekspert ziddiyat kelib chiqishiga sabab bo‘lgan masalalar bo‘yicha alohida ekspert xulosasini beradi. Kompleks ekspertizaning o‘tkazilishida ishtirok etgan har bir ekspert ekspert xulosasining u o‘tkazgan tadqiqotlar bayon etilgan qismini imzolaydi va shu qism uchun javobgar bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Agentlik ekspert xulosasini olgandan so‘ng uch kun ichida uni murojaat egasiga yuboradi.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Ekspert xulosasi mavjud bo‘lgan axborot mahsulotining aylanish sohasi o‘zgargan taqdirda ushbu axborot mahsuloti uchun boshqa ekspert xulosasini olish talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Umumiy foydalanishdagi axborot-telekommunikatsiya tarmoqlarida ekspertiza jarayonida mazmunida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zo‘rlik bilan o‘zgartirishga da’vat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
urush, zo‘ravonlik va terrorizmni, shuningdek, diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik g‘oyalarini targ‘ib qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat siri bo‘lgan ma’lumotlarni yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni oshkor etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni qo‘zg‘atuvchi ma’lumotlar, shuningdek, fuqarolarning sha’ni, qadr-qimmatini tahqirlovchi, ularning shaxsiy hayotlariga aralashuvchi axborotlarni tarqatish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
giyohvandlik vositalari, ularning analoglari psixotrop moddalar va prekursorlarni targ‘ib qilish;
(37-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 09/19/34/2486-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pornografiyani targ‘ib qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikka muvofiq jinoiy va o‘zga javobgarlikka sabab bo‘ladigan boshqa harakatlarni keltirib chiqaruvchi materiallar aniqlanganda, ekspert (ekspertlar) zudlik bilan Agentlikni, Internet tarmog‘idagi mazkur axborot resurs(lari)ining identifikatsion ma’lumotlarini taqdim etgan holda xabardor qiladi.
(37-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik ekspert(lar)dan ushbu Nizomning 37-bandida ko‘zda tutilgan ma’lumotlarni olgandan so‘ng, Internet tarmog‘ining identifakatsiya qilingan axborot resursi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazish va mazkur resurslarga kirishni cheklash uchun vakolatli organga yuboradi.
(37-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Yoshga oid tasnifning va axborot mahsuloti ekspertizasining huquqiy oqibatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Axborot mahsulotining muayyan yosh toifasi belgisiga mosligi uchun javobgarlik axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini amalga oshirgan, shuningdek, yosh toifalariga muvofiqligi yuzasidan ekspertiza o‘tkazgan ekspertlar zimmasiga yuklanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Ekspert xulosasiga muvofiq Agentlik tomonidan axborot mahsulotini ishlab chiqaruvchilar va tarqatuvchilarga bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotlardan himoya qilishga oid qonunchilik talablari buzilganligi hollarini, shuningdek, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish hamda ularning oldini olish uchun ko‘rsatma yuboriladi.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. O‘zbekiston Respublikasining bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchiligiga rioya etilishi yuzasidan davlat nazorati Agentlik, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda boshqa vakolatli davlat organlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Qonunda va ushbu Nizomda belgilangan talablarga javob bermaydigan axborot bilan bolalarning hayoti va sog‘ligiga yetkazilgan zarar qonunchilikka muvofiq qoplanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot mahsulotining yoshga oid tasniflarini aniqlash mezonlari hamda uni ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot mahsulotlarini ekspertizadan o‘tkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqich

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddati


1-bosqich

Yuridik yoki jismoniy shaxs

Axborot mahsulotlarini ularda bolalar sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborot mavjudligi yoki mavjud emasligi, ularning muayyan yoshdagi bolalar toifasiga mosligi yoki mos emasligi yuzasidan ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha Agentlikka murojaat kiritadi

Murojaat qiladigan shaxsning xohishiga ko‘ra


2-bosqich

Agentlik

Murojaat asosida axborot mahsulotlarini ularda bolalar sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborot mavjudligi yoki mavjud emasligi, ularning muayyan yoshdagi bolalar toifasiga mosligi yoki mos emasligi yuzasidan ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha qaror qabul qiladi

5 kunda


3-bosqich

Agentlik tomonidan tasodifiy tanlov asosida tanlab olinadigan ekspert (ekspertlar)

Axborot mahsulotlarini ekspertizadan o‘tkazadi

Murojaat kelib tushgan kundan boshlab ko‘pi bilan 30 kunda


4-bosqich

Agentlik tomonidan tasodifiy tanlov asosida tanlab olinadigan ekspert (ekspertlar)

Axborot mahsulotlarini ularda bolalar sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborot mavjudligi yoki mavjud emasligi, ularning muayyan yoshdagi bolalar toifasiga mosligi yoki mos emasligi to‘g‘risidagi ekspertiza xulosasini Agentlikka jo‘natadi

Ekspertiza tugaganidan keyin 3 kunda


5-bosqich

Agentlik

Xulosani murojaat egasiga jo‘natadi

Ekspertiza xulosasi olingandan so‘ng 3 kunda

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyundagi 317-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.06.2022-y., 09/22/317/0497-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 848-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishni ta’minlashga doir ma’muriy va tashkiliy chora-tadbirlar, dasturiy-apparat va texnika vositalariga doir talablarni belgilash to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq (keyingi o‘rinlarda Qonun deb ataladi) bolalar o‘rtasida tarqatilishi taqiqlangan yoki bolalarning yoshga oid toifalari bo‘yicha tasniflangan axborotni o‘z ichiga olgan axborot mahsulotining aylanishida ma’muriy va tashkiliy chora-tadbirlar, dasturiy-apparat va texnika vositalariga doir talablarni o‘rnatish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda markalanmagan axborot mahsuloti — axborot mahsulotining yoshga oid toifa belgisi bo‘lmagan axborot mahsuloti atamasi qo‘llanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Aloqa xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomalar asosida Internet tarmog‘i orqali tarqatiladigan axborotdan foydalanish imkoniyatini taqdim etishni nazarda tutadigan aloqa xizmatlari ko‘rsatuvchi aloqa operatorlari bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik qoidalarining ijro etilishi uchun tegishli shartnomalarda mustahkamlab qo‘yilgan darajada javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishni ta’minlagan holda axborot mahsulotining aylanishiga doir talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Axborot mahsulotining aylanishiga doir umumiy talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jamoat joylarida bolalarning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotning bolalarni bunday axborotdan himoya qilishni ta’minlashga doir ma’muriy va tashkiliy chora-tadbirlar, dasturiy-apparat va texnika vositalarini qo‘llamasdan aylanishiga ruxsat etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tomosha tadbiri orqali bolalarning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotni o‘z ichiga olgan axborot mahsulotining namoyishidan avval bevosita tomosha tadbiri boshlanishidan avval tegishli yoshga oid toifalardagi bolalarning unda bo‘lishiga ruxsat etilmasligi yoki cheklangani haqida tovushli ogohlantirish eshittiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Bolalarning ularning yoshga oid toifasiga mos kelmaydigan axborot mahsuloti namoyish etiladigan tomosha tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishda ishtirok etishiga ruxsat etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilardan tashqari holatlarda markalanmagan axborot mahsulotining aylanishiga ruxsat etilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining ta’lim to‘g‘risidagi qonunchiligiga muvofiqta’lim jarayonida foydalanishga tavsiya qilingan yoki ruxsat etilgan darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oldindan yozib olinmasdan efirga uzatiladigan teledasturlar, teleko‘rsatuvlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy-siyosiy yoki ishlab chiqarish-amaliy tusdagi axborotni tarqatishga ixtisoslashgan davriy bosma nashrlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Bolalarning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotni o‘z ichiga olgan reklama mahsulotlarini bukletlar, bilbordlar, bannerlar, LED va LCD ekranlarda va bolalar ommaviy axborot vositalari yoki Internet tarmog‘i resurslaridan foydalanmasdan olishi mumkin bo‘lgan boshqa joylarda tarqatish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Axborot mahsuloti aylanishining o‘ziga xos xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishni ta’minlash maqsadida Internet jahon tarmog‘idan foydalanishda axborot quyidagicha tarqatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim muassasalarida — himoya dasturlarining to‘plamidan foydalangan, shuningdek, “ZiyoNET” ta’lim tarmog‘iga ulangan holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Internet tarmog‘idan jamoaviy foydalanish joylarida Internet tarmog‘idan, shuningdek, audiovizual mahsulot, shu jumladan, o‘yinlardan foydalanishning har bir texnik vositasida (shaxsiy kompyuter, o‘yin qurilmasi, 3D ko‘zoynak va boshqalar) axborot mahsulotining yoshga oid toifasi belgisini ko‘rsatgan holda. Internet tarmog‘idan jamoaviy foydalanish punktlarining egalari o‘z foydalanuvchilariga yoshga oid toifaga mos kelmaydigan axborotdan va taqiqlangan axborot mahsulotidan foydalanishga imkoniyat bergani uchun javobgar bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ta’lim muassasalarida, shuningdek, Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanish imkoniyati ta’minlanadigan va (yoki) boshqa axborot-kommunikatsiya tarmoqlari orqali xizmat ko‘rsatiladigan joylarda ko‘rsatuvlarni translyatsiya qilishda bolalarning axborot xavfsizligini ta’minlashning axborot-dasturiy va texnik vositalarini qo‘llash hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) tomonidan belgilanadigan boshqa talablarga rioya qilish lozim.
(9-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Internet tarmog‘i axborot resurslarining egalari axborot mahsulotining uni tarqatish shaklidan qat’i nazar, yoshga oid tasnifi to‘g‘risida xabardor qilishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot mahsulotining yoshga oid tasnifi belgisi Internet tarmog‘i axborot resursining u yoki bu axborot materialini ko‘rish mumkin bo‘lgan sahifasida joylashtirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot-kommunikatsiya tarmoqlari, shu jumladan, Internet tarmog‘i orqali tarqatiladigan axborotdan foydalanish imkoniyati bolalarning bo‘lishi ruxsat etilgan joylarda Internet tarmog‘idan foydalanish imkoniyatini ta’minlayotgan shaxs tomonidan bolalarni himoya qilishning ma’muriy va tashkiliy chora-tadbirlari, dasturiy-apparat vositalaridan qo‘llanish sharti bilan taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Teleradiouzatuvchilar bolalarning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborot mahsulotining tarqatilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni ko‘radilar. Agar bunday teleradiodasturlar efirga kodlanmagan shaklda (analog formatda) uzatilayotgan bo‘lsa, ulardan avval tovushli ogohlantirish eshittirilishi hamda ko‘rsatuv avvalida kamida 8 soniya davomida vizual (tovushli) belgi ko‘rsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalarning bo‘lishiga ruxsat etilgan joylarda faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning rahbarlari avvaldan o‘rnatilgan himoya dasturlari to‘plamiga ega teleradiouzatish tizimlariga ulanish bo‘yicha chora ko‘rishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar o‘rtasida tarqatilishi taqiqlangan axborot mahsuloti tele va radiouzatish orqali soat 6 dan 22 gacha tarqatilishi taqiqlanadi, foydalanish yoki tinglash uchun faqat pulli asosda, dekodlash texnik vositalarini qo‘llagan holda taqdim etiladigan tele va radiodasturlar, ko‘rsatuvlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Gazetalar, shaxslarning keng doirasi uchun, shu jumladan, bolalarning bo‘lishiga ruxsat etilgan joylarda tarqatiladigan bosma va boshqa matbaa mahsulotining birinchi va oxirgi sahifasida bolalarning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborot bo‘lmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar uchun taqiqlangan axborotni o‘z ichiga olgan axborot mahsulotining bosma mahsulot ko‘rinishida bolalar bo‘lishiga ruxsat etilgan joylarda mahkam berkitilgan o‘ramda tarqatilishiga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar uchun taqiqlangan axborotni ular uchun mo‘ljallangan ta’lim muassasalarida, tibbiyot, sanatoriy-kurort, jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarida, madaniyat, bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish joylarida yoki ushbu tashkilotlar chegarasidan kamida 500 metr masofada tarqatilishiga ruxsat etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Kutubxonalar, axborot-resurs markazlari foydalanuvchisi bolalar bo‘lgan axborotni tarqatishda axborot tarqatuvchilari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot mahsulotining Qonun talablariga muvofiqberilishi hamda axborot mahsuloti belgisining katalogda aks ettirilishi bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar foydalanishiga ruxsat etilgan kompyuterlarda himoya dasturlarini o‘rnatish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zlari o‘tkazayotgan tomosha, madaniy-ommaviy tadbirlar to‘g‘risida e’lonlar, afishalar, axborot materiallarining markalanishini ta’minlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarning axborot xavfsizligini ta’minlashga doir, shu jumladan, kutubxonadan foydalanuvchilarga internet-resurslardan foydalanish imkoniyatini yaratishda ma’muriy, tashkiliy, texnik va dasturiy-apparat vositalarining qo‘llanishini ta’minlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kutubxonalar, axborot-kutubxona markazlari va axborot-resurs markazlarining xodimlari va foydalanuvchilarini Qonun bilan keng tanishtirish bo‘yicha seminarlar, yig‘ilishlar va boshqa tadbirlar o‘tkazishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Internet tarmog‘i va uyali radiotelefon aloqasi tarmoqlari xizmatlari provayderlari, Internet tarmog‘idan jamoaviy foydalanish joylarining egalari va ma’murlari bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishga doir ma’muriy va tashkiliy chora-tadbirlar ko‘rishlari, texnik, dasturiy-apparat vositalaridan foydalanishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Reklama mahsulotlarini bukletlar, bilbordlar, bannerlar, LED va LCD ekranlarda va bolalar ommaviy axborot vositalari yoki Internet tarmog‘i resurslaridan foydalanmasdan olishi mumkin bo‘lgan boshqa joylarda tarqatuvchilar bolalarning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotning tarqatilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ma’muriy va tashkiliy chora-tadbirlar ko‘rishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishga doir ma’muriy va tashkiliy chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishga doir ma’muriy chora-tadbirlarga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) quyidagilarni nazarda tutadigan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunning 16-17-moddalari hamda Axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini aniqlash mezonlari hamda uni ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq axborot mahsulotiga belgi berish va uni joylashtirish va (yoki) axborot mahsuloti to‘g‘risida matnli ogohlantirishni joylashtirishning tartib-tamoyillari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarning ommaviy namoyishda, ommaviy ijroda, tomosha tadbiri orqali bolalar uchun taqiqlangan axborot mahsulotini namoyish qilishda, agar ular tashkil etilsa va (yoki) o‘tkazilsa, hozir bo‘lishining shart-sharoitlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunning 19-moddasiga va Axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini aniqlash mezonlari hamda uni ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq ravishda efir va kabel, tele va radiouzatish, Internet tarmog‘i va harakatchan radiotelefon aloqa tarmoqlari orqali, bolalar bo‘lishiga ruxsat etilgan joylarda tarqatiladigan bolalar uchun taqiqlangan axborot mahsuloti va uning qismlarining aylanishiga doir qo‘shimcha talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar uchun taqiqlangan axborot mahsuloti aylanayotgan joylarda bo‘lgan shaxslarning bolalarning axborot xavfsizligini ta’minlash va bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish zarurligi to‘g‘risida xabardorligini oshirishga qaratilgan bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish chora-tadbirlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzishning oldini olish, aniqlash va bartaraf etishga qaratilgan tartib-taomillar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) xizmat majburiyatlariga bolalar uchun taqiqlangan axborot mahsulotining aylanishini tashkil etish va amalga oshirish kiradigan xodimlarni bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish talablari bilan, ushbu sohaga aloqador qonunchilik hujjatlari bilan tanishtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) bolalar uchun taqiqlangan axborot mahsuloti aylanishining o‘ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishga doir ma’muriy va tashkiliy chora-tadbirlarni qo‘llash uchun hamda ularni qo‘llash tartibini tekshirish uchun mas’ul xodimni tayinlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi, bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishga doir qo‘llanilayotgan ma’muriy va tashkiliy chora-tadbirlar 15-bandining “a” kichik bandiga asosan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiqligi bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi ichki nazoratni amalga oshirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchiligi buzilgani, shu jumladan, bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishga doir qo‘llanilayotgan ma’muriy va tashkiliy chora-tadbirlar Axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini aniqlash mezonlari hamda uni ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq emasligi, shuningdek, bolalar ular o‘rtasida tarqatilishi taqiqlangan axborotdan foydalanish imkoniyatiga egaligi to‘g‘risida ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqish va bunday ariza va shikoyatlarni O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida asoslangan javob yo‘llash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarning ular o‘rtasida tarqatilishi taqiqlangan axborotdan foydalanish imkoniyatiga egaligi to‘g‘risida kelib tushgan ariza va shikoyatlarning sabablari va shart-sharoitlarini aniqlash va ularni bartaraf etishga doir chora-tadbirlar ko‘rish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishga doir tashkiliy chora-tadbirlarga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hamma kirishi uchun ochiq binolar va joylarda ushbu Nizom 15-bandining “a” kichik bandiga muvofiq qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni joylashtirish hamda ular haqidagi ma’lumotlarni turli vositalar orqali aholiga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar uchun taqiqlangan axborot mahsulotining aylanishini amalga oshiruvchi ishlab chiqaruvchi va (yoki) tarqatuvchining Internet tarmog‘idagi rasmiy saytida ushbu Nizom 15-bandining “a” kichik bandiga muvofiq qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek, ma’muriy va tashkiliy chora-tadbirlarni qo‘llash to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirish va ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlardan erkin foydalanish imkoniyatini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
telekommunikatsiyalar operatorlari va provayderlari, ommaviy axborot vositalarining (keyingi o‘rinlarda OAV deb ataladi) majburiyatlarini belgilash bilan bog‘liqtadbirlar, targ‘ibot va ta’lim (mediata’lim) tadbirlarini o‘tkazish, OAV uchun etika standartlarini joriy qilish va ularga rioya etish, OAVni bolalarning ijtimoiy, intellektual va madaniy jihatdan har tomonlama va barkamol rivojlanishiga xizmat qiladigan axborot va materiallarni tarqatishga rag‘batlantirish va hokazo.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishni ta’minlashning dasturiy-apparat va texnik vositalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishni ta’minlashning Internet tarmog‘i, tele va radiouzatish, mobil aloqa tarmoqlari orqali tarqatiladigan axborotdan foydalanish imkoniyatini taqdim etishda qo‘llanadigan dasturiy-apparat va texnik vositalariga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Internet tarmog‘idagi saytlarda joylashtirilgan bolalar o‘rtasida tarqatilishi taqiqlangan axborotdan foydalanishni cheklash vositalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar o‘rtasida tarqatilishi taqiqlangan hamda tele va radiouzatish, mobil aloqa vositalari orqali tarqatiladigan axborot mahsulotidan foydalanishni cheklovchi dekodlaydigan texnik vositalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanishni bloklash vositalari, foydalanishni cheklash vositalari, kontentni filtrlash vositalari, foydalanishni nazorat qilish vositalari, shuningdek, axborotdan foydalanish imkoniyatini taqdim etishda bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishni ta’minlaydigan boshqa dasturiy va texnik vositalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Internet, televideniye va radioeshittirishlar, uyali aloqa tarmoqlari orqali tarqatiladigan axborotdan foydalanishni cheklash shartlari litsenziya shartnomalarida va telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatish shartlarida nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishni ta’minlashning tomosha tadbirlari orqali tarqatiladigan axborotdan foydalanish imkoniyatini taqdim etishda qo‘llanadigan dasturiy-apparat va texnik vositalariga tovushli yoki matnli tarzda yoshga oid cheklovlar to‘g‘risida xabardor qilish vositalari kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Ushbu Nizomni amalga oshirishning huquqiy oqibatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Qonunni, shuningdek, ushbu Nizom talablarini amalga oshirish axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini, axborot mahsulotining aylanishini yoxud uning aholi, shu jumladan, bolalar kirishi uchun ochiqbo‘lgan joylarda namoyishini amalga oshirgan subyektlar zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Oilalarda qonunchilik talablarini amalga oshirish, shuningdek, bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishga doir dasturiy-apparat va texnik vositalarni qo‘llash ota-onalar yoki boshqa qonuniy vakillar zimmasiga yuklanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ekspert xulosasiga muvofiq Agentlik tomonidan axborot mahsulotini ishlab chiqaruvchilar va tarqatuvchilarga bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablari buzilsa, shuningdek, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish hamda ularning oldini olish uchun ko‘rsatma yuboriladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan davlat nazorati Agentlik, boshqa vakolatli davlat organlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik, shuningdek, ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2018-y., 09/18/848/2083-son; 16.01.2019-y., 09/19/34/2486-son; 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 08.06.2022-y., 09/22/317/0497-son)