Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.07.2004 12.03.1996 yildagi PF-1407-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.07.2004
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON TOVAR IShLAB ChIQARUVChILAR VA TADBIRKORLAR PALATASINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 7-iyuldagi PF-3453-sonli “O‘zbekiston savdo-sanoat palatasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, bozor infrastrukturasining yaxlit tizimini shakllantirish, mulkdorlar sinfini jadal shakllantirish, shuningdek, ularning huquqlarini va manfaatlarini himoya qilishni ta’minlash maqsadida:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston tadbirkorlari uyushmasining o‘z negizida joylarda hududiy bo‘linmalari bo‘lgan O‘zbekiston tovar ishlab chiqarish va tadbirkorlar palatasini tashkil etish to‘g‘risida taklifi ma’qullansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qo‘yilsinki, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi o‘z faoliyatini iqtisodiy mustaqillik va o‘zini o‘zi boshqarish asosida amalga oshiruvchi yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan notijorat tashkilot hisoblanadi. Palata tarmoq xo‘jalik birlashmalari tarkibiga kirmaydigan, a’zoligi shart bo‘lgan kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarini shartnoma asosida birlashtiradi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, quyidagilar Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik va xususiy tadbirkorlikni birlashtirish hamda qo‘llab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat hokimiyati organlarida kichik va xususiy tadbirkorlik manfaatlarini ifodalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud bozor infrastrukturasi obyektlarini rivojlantirishga va yangilarini tashkil etishga ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlariga marketing, reklama, yuridik, axborot va boshqa turdagi konsalting xizmatlari ko‘rsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik faoliyatining har xil turlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar ishlab chiqaruvchilarga va tadbirkorlarga buxgalterlik hisobi va hisoboti, auditorlik tekshirishlarni tashkil etish va uni yuritishda yordam ko‘rsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlariga, biznes rejalar va loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini tuzishda, qayta ishlovchi ishlab chiqarishlarni tashkil etishda omborxonalar, texnika, asbob-uskuna, jihozlar berishda, shuningdek, transport xizmatlari ko‘rsatishda ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik, shu jumladan xorijiy va kichik biznes bilan hamkorlik qilishning shakllarini joriy qilishga ko‘maklashish.
(2-bandning ikkinchi, uchinchi, beshinchi va sakkizinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari Qoraqalpog‘iston tadbirkorlar uyushmasi, viloyatlar tadbirkorlar uyushmalari va Toshkent shahar tadbirkorlar uyushmasi negizida Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar hududiy palatalarini belgilangan tartibda tashkil qilsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlarning hududiy palatalarini tashkil etishda, O‘zbekbirlashuv va “O‘zbeksavdo” uyushmasi bilan kelishgan holda, ularning viloyat, shahar va tuman tashkilotlarining infrastrukturasi va moddiy texnikasidan foydalanilsin, O‘zbekiston Respublikasi Davlat Qo‘mitasi, O‘zbekbirlashuv, “O‘zbeksavdo” uyushmasi Farmonning ushbu bandi qanday bajarilganligi to‘g‘risida 1996-yilning 1-iyuligacha axborot bersinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi a’zolariga moliyaviy yordam ko‘rsatish maqsadida O‘zbekiston tadbirkorlari uyushmasining Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash negizida Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash fondi tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash fondi resurslari manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirish, bozor tuzilmalarini tashkil etish va rivojlantirish davlat dasturini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan mablag‘larning 10 foizi, O‘zbekiston Respublikasi davlat mulki qo‘mitasi ko‘rsatilgan mablag‘larning o‘tkazilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslarning mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar va xalqaro moliyaviy tashkilotlarning mablag‘lari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash fondiga xususiylashtirilgan obyektlarni texnik qayta jihozlash va rivojlantirishga mo‘ljallangan mablag‘lardan 100 million so‘m miqdorda beg‘araz moliyaviy yordam ko‘rsatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Vazirlar Mahkamasining zaxira fondidan Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash fondiga 50 mln. so‘m o‘tkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va shahar hokimlari davlat mulki obyektlarini xususiylashtirishdan mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish-ehtiyojlari uchun yo‘naltiriladigan mablag‘larning 5 foizini bozor infrastrukturasi obyektlarini tashkil etish uchun Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar hududiy palatalariga yo‘naltirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Palatani va Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash fondini ular davlat ro‘yxatidan o‘tgan vaqtdan boshlab 5 yil muddatga soliqlardan, shuningdek, qonun hujjatlari bilan belgilangan majburiy to‘lovlardan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi a’zolari tadbirkorlar tomonidan import mahsulotlar o‘rnini bosadigan va eksportga mo‘ljallagan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun texnologiya asbob-uskunalarni import qilishda bojxona poshlinalari to‘lashdan ozod qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Biznes fondning Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi bilan respublikaning kichik va xususiy tadbirkorligi subyektlariga moliyaviy, maslahat va boshqa turdagi xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha hamkorlik qilish haqida shartnoma tuzishi to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Adliya vazirligi Davlat mulki qo‘mitasi, Moliya vazirligi davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda amaldagi qonun hujjatlarini o‘zgartirish va ularni mazkur Farmonga muvofiqlashtirish to‘g‘risida bir oy muddatda takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlar Mahkamasi mazkur Farmonni bajarish yuzasidan bir hafta muddatda qaror qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 12-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-1407-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 3-son, 24-modda; O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)