28.01.2003 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1211
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 06.04.2015 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLASHTIRISH AGENTLIGI BOSH DIREKTORINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BUYRUGʻI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ALOQA VA AXBOROTLASHTIRISH SOHASIGA OID NORMATIV HUJJATNI AMALGA KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2003-yil 28-yanvarda 1211-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tarkibidagi Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi (FTMTM) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi Qonunining 19-moddasi talablaridan kelib chiqib Agentlik tizimidagi xizmat koʻrsatuvchi telekommunikatsiya obyektlarida favqulodda vaziyatlar xavfi yoki ularning yuzaga kelishi haqida xabarlash va signallarni uzatish tartibini belgilovchi normativ hujjat sifatida “Favqulodda vaziyatlarda aholini xabarlash uchun telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanish tartibi haqidagi Nizom” loyihasini ishlab chiqib, tegishli vazirliklar va idoralar bilan kelishilganligini inobatga olib, buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. FTMTM tomonidan ishlab chiqilgan “Favqulodda vaziyatlarda aholini xabarlash uchun telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanish tartibi haqidagi Nizom”(ilova qilingan) tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. FTMTM (Isayev) tasdiqlangan Nizomni oʻrnatilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizom Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan 10 kun oʻtgandan keyin amalga kiritilsin va Agentlik tarkibidagi barcha aksiyadorlik kompaniyalarga, korxonalarga, tashkilotlarga va muassasalarga amaliyotda foydalanishlari uchun yetkazib berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh direktor A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 29-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
200-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aloqa va axborotlashtirish
agentligining 2002-yil 29-dekabrdagi
200-son buyrugʻi bilan
“TASDIQLANGAN”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlarda aholini xabarlash uchun telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanish tartibi haqidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizom
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom favqulodda vaziyatlar xavfi yoki ularning yuzaga kelishida aholiga xabarlash signallarini uzatish tartibini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida favqulodda vaziyatlarda, Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) idoralari, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Teleradiokompaniya, eshittirish tizimlarining obyektlariga* xizmat koʻrsatuvchi telekommunikatsiya operatorlari va provayderlarining, mulkchilik shaklidan va idoraviy tegishliligidan qatʼi nazar, oʻzaro munosabatlari tartibini belgilaydi.

(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2015-yil 24-martdagi 100-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1211-3, 30.03.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 13-son, 161-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 1. Atama va taʼriflar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur hujjatda quyidagi atamalar tegishlicha taʼriflari bilan qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining favqulodda vaziyatlarning oldini olish va undagi xatti-harakatlar Davlat tizimi (FVDT) — urush va tinchlik davrida favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf qilish, favqulodda vaziyatlar roʻy berganda aholi xavfsizligini taʼminlash, atrof-muhitni muhofaza qilish va davlat iqtisodiyotiga yetadigan zararni kamaytirish sohasidagi tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish uchun moʻljallangan vakolatlariga favqulodda vaziyatlardan aholi va hududlarni himoya qilish boʻyicha masalalarni hal etishga kiradigan boshqaruv idoralari, respublika va mahalliy hokimiyat idoralari, korxona, muassasa va tashkilotlarning kuch va vositalari majmuidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Telekommunikatsiya operatori (bundan buyon matnda operator deb yuritiladi) — mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida telekommunikatsiyalar tarmogʻiga ega boʻlgan, uning ishlashi, rivojlanishini taʼminlovchi va telekommunikatsiya xizmatlari koʻrsatuvchi yuridik shaxs.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2011-yil 23-iyundagi 10-yu-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1211-1, 11.07.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 28-son, 295-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Telekommunikatsiya xizmatlari provayderi (bundan buyon matnda provayder deb yuritiladi) — foydalanuvchilarga operatorlar tarmogʻi orqali tijorat asosida telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxs.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2011-yil 23-iyundagi 10-yu-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1211-1, 11.07.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 28-son, 295-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish — oldindan oʻtkaziladigan hamda favqulodda vaziyatlar roʻy berishi xavfini imkon qadar kamaytirishga, bunday vaziyatlar roʻy bergan taqdirda esa, odamlarning hayotini asrab qolish va sogʻligʻini saqlashga, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar kompleksi;
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2011-yil 23-iyundagi 10-yu-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1211-1, 11.07.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 28-son, 295-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FVDTining rahbariy idoralari — huquq doirasiga favqulodda vaziyatlardan aholini va hududlarni himoya qilish masalalarini hal qilish kiradigan davlat boshqaruvi idoralari, mahalliy hokimiyat idoralari va obyektlar maʼmuriyati.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Telekommunikatsiyalar tarmogʻi — uzatishlarning bir yoki bir necha turini: telefon, telegraf, faksimil turlarini, maʼlumotlar uzatish va hujjatli xabarlarning boshqa turlarini, televizion va radioeshittirish dasturlarini translyatsiya qilishni taʼminlovchi telekommunikatsiya vositalarining majmui;
(1-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2011-yil 23-iyundagi 10-yu-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1211-1, 11.07.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 28-son, 295-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy foydalanishdagi shaxsiy radiochaqiriq tarmogʻi (peydjing aloqasi tarmogʻi) — umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmogʻi yordami bilan radiokanalda cheklangan hajmdagi xabarlarni uzatishni amalga oshiriluvchi texnik vositalar majmui.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eshittirish tizimi — eshittirish dasturlarini tashkil qilish va bevosita aholiga yoki boshqa foydalanuvchilarga uzatish uchun moʻljallangan tizim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: tizimlar dasturlar turiga koʻra, ovozli va telekoʻrsatuv eshittirishlari, tarqalish muhitiga koʻra esa, simli (kabelli) va efirli eshittirishlar, shu jumladan, yoʻldosh aloqa tizimlariga ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarni muhofaza qilishning markazlashtirilgan xabarlash tizimi — tinchlik va urush davrida, fuqarolarni muhofaza qilish boʻyicha mansabdor shaxslarga va respublika aholisiga signallar va zarur maʼlumotlarni tez yetkazish uchun moʻljallangan texnik vositalar, telekommunikatsiyalar, radioeshittirish va teleeshittirishlar kanallari, shuningdek xabarlash tizimlarining majmui.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyat (FV) — odamlar qurbon boʻlishiga, ularning sogʻligʻi yoki atrof tabiiy muhitga zarar yetishiga, jiddiy moddiy talafotlar keltirib chiqarishga hamda odamlarning hayot faoliyati sharoiti izdan chiqishiga olib kelishi mumkin boʻlgan yoki olib kelgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa, tabiiy yoki boshqa ofat natijasida muayyan hududda yuzaga kelgan holat.
(1-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2011-yil 23-iyundagi 10-yu-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1211-1, 11.07.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 28-son, 295-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 2. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining 2013-yil 16-iyuldagi 41-mh-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1211-2, 30.07.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 31-son, 419-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasining favqulodda vaziyatlar vazirligi favqulodda vaziyatlarni bartaraf qilish boʻyicha kuchlar va vositalar boshqaruvini amalga oshiradi, boshqaruv punktlarini, xabarlash va aloqa tizimlarini tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, ularga favqulodda vaziyatlar xavf solganda yoki ular yuzaga kelishida mavjud boʻlishi mumkin boʻlgan xavf darajasi va zarur xavfsizlik choralari haqida maʼlumotlar olish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholiga oʻz vaqtida va majburiy tartibda favqulodda vaziyatning xavfi, dalili, miqyosi, ularning oʻzlarini tutish qoidalari va himoya choralari, shuningdek favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf qilinishining borishi toʻgʻrisidagi axborotlar yetkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Operatorlar va provayderlar favqulodda vaziyatlar xavfi toʻgʻrisida aholining xabardor qilinishini tashkil qilish uchun zarur boʻlgan vositalar joylashtirilishi, oʻrnatilishi va ulardan foydalanishni taʼminlashga majburdirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Markazlashtirilgan xabarlash tizimlari oʻzining moʻljallanishi boʻyicha respublika, viloyat ichi, tuman (shahar), shuningdek mahalliy (obyektlarga doir) xabarlash tizimlari boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasining markazlashtirilgan xabarlash tizimlarining uskunalari Favqulodda vaziyatlar vazirligining balansida, markazlashtirilgan viloyat ichi xabarlash tizimlarining uskunalari esa, favqulodda vaziyatlar boʻyicha viloyat boshqarmalarining balansida turadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mahalliy xabarlash tizimlari favqulodda vaziyatlar xavfi yoki kelib chiqishi haqida shu obyektlarning xodimlarini, shuningdek bevosita ularga yaqin joylashgan obyektlar va aholini xabarlash uchun xizmat qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Respublika, viloyat ichi, tuman va shahar markazlashtirilgan xabarlash tizimlari maxsus texnik vositalarining uskunasi, qoidaga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan berilgan litsenziya asosida faoliyatni amalga oshiruvchi telekommunikatsiya korxonalarida oʻrnatiladi. Telekommunikatsiya korxonalari favqulodda vaziyatlar boʻyicha respublika, viloyat va shahar boshqarmalari (FVB) bilan tuzilgan shartnoma asosida yuqorida koʻrsatilgan vositalarga texnik-foydalanish xizmat koʻrsatilishini tashkil qiladilar va taʼminlaydilar.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2015-yil 24-martdagi 100-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1211-3, 30.03.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 13-son, 161-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Foydalanishga qabul qilingan markazlashtirilgan xabarlash tizimlari ishlatishga doim tayyor turishi kerak. Mansabdor shaxslar masʼuliyatini oshirish va xabarlash apparaturalarini ruxsatsiz ishga tushirilishining oldini olish maqsadlarida kodlash tizimlari qoʻllaniladi, boshqaruv pultidagi hisoblagich va yoqish tugmalari FVB tomonidan muhrlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Telekommunikatsiya obyektlarida oʻrnatilgan FVBga tegishli xabarlash va texnik aloqa vositalarining saqlanishiga, xabarlash va aloqa vositalarining ishga tushirilishi uchun texnik jihatidan doimiy tayyorligiga, ularning ishlash qobiliyatiga javobgarlik telekommunikatsiya korxonalarining rahbarlari va bu vositalarga texnik-foydalanish xizmati koʻrsatilishi uchun qabul qilib olgan tarkibiy boʻlinmalar javobgardirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Telekommunikatsiya korxonalarida markazlashtirilgan xabarlash tizimlarining maxsus texnik vositalariga texnik-foydalanish uchun xizmat koʻrsatishni tashkil qilish boʻyicha maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan va telekommunikatsiya korxonalari hamda FVB tomonidan tuzilgan shahodatlash komissiyaga imtihonlar (sinovlar)ni muvaffaqiyatli topshirgan mutaxassislardan guruhlar tuziladi. Texnik aloqa vositalariga xizmat koʻrsatish boʻyicha guruh rahbari tezkorlik tartibida maxsus texnik uskunalariga texnik-foydalanish xizmati koʻrsatilishiga shartnoma tuzilgan FVB boshligʻiga boʻysunadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 3. Favqulodda vaziyatlarda aholi uchun xabarlash signallari va axborotlarni uzatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Favqulodda vaziyatlar xavfi yoki ularning yuzaga kelishida, barcha eshittirish tizimlari orqali eshittirish dasturlarini uzib qoʻyib, belgilangan tovush signallarini, nutqli xabarlarni va shaxsiy radiochaqiriq (peydjing aloqa tarmogʻi) hamda koʻchma uyali aloqa tarmoqlari orqali tegishli xabarlarni uzatish yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasi aholisini xabarlash koʻzda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Xabarlash signallari va aholi uchun zarur axborotlar Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududi boʻyicha ham, bir yoki bir nechta viloyatlar (tumanlar, shaharlar)ning hududi boʻyicha ham tanlab uzatilishi ham mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Markazlashtirilgan xabarlash tizimiga shartli signallarni uzatish FVV yoki viloyat FVBning shahardagi va shahar tashqarisidagi punktlarida uskunalangan apparatxonalaridagi maxsus apparatlardan foydalanish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. FVVning talabi boʻyicha Teleradiokompaniya, eshittirish tizimlarining obyektlariga xizmat koʻrsatuvchi operator va provayderlar favqulodda vaziyat xavfi yoki uning yuzaga kelishi haqidagi nutqli xabarlarning magnit yozuvlarini barcha studiyalari uchun, ularning mulkchilik shaklidan va idoraviy tegishliligidan qatʼi nazar, oldindan tayyorlab qoʻyishlari kerak. Koʻrsatilgan yozuvli kassetalar FV turlariga koʻra raqamlangan boʻlishi va belgilangan tartibda saqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ayrim, kechiktirib boʻlmaydigan hollarda, FVVda tasdiqlagan “Standart boʻlmagan nutqli xabarlarni yoki magnit yozuvlarini toʻgʻridan-toʻgʻri efirga uzatish tarhlari”ga muvofiq FVV yoki FVB tezkor navbatchilarining bevosita ish joylaridan standart boʻlmagan qisqa nutqli xabarlarni toʻgʻridan-toʻgʻri efirda yoki magnit yozuvi koʻrinishida (FVV yoki FVB tegishli rahbarining farmoyishiga binoan) uzatishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Favqulodda vaziyat xavfi yoki uning yuzaga kelishi haqidagi, sodir boʻlgan holatdagi oʻzini tutish tartibi haqidagi axborot aholiga eshittirishlar dasturlarini besh daqiqadan koʻp boʻlmagan davomiylikdagi uzish bilan uzatiladi. Koʻrsatilgan xabarlarni uzatilishining ikki-uch marta takrorlanishiga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Qoidaga koʻra, nutqli axborotlarni uzatish eshittirish tizimlari studiyalarida malakali suxandonlar tomonidan amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Eshittirishlar dasturlarining uzish dalili FVV (FVB)ning tezkor navbatchisi va eshittirish tizimining obyekti boʻyicha javobgar navbatchisi tomonidan qayd qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 4. Favqulodda vaziyatlarda Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Teleradiokompaniya va eshittirish tizimlarining obyektlariga xizmat koʻrsatuvchi operatorlar va provayderlarning aholi uchun xabarlash signallari va axborotlarini uzatishni taʼminlash boʻyicha majburiyatlari
(4-paragraf nomi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2015-yil 24-martdagi 100-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1211-3, 30.03.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 13-son, 161-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Favqulodda vaziyatlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) aholi uchun nutqli xabarlar matnlarini ishlab chiqadi hamda Teleradiokompaniya va eshittirish tizimlari obyektlariga xizmat koʻrsatuvchi operator va provayderlar bilan birgalikda magnit tashuvchilarga oldindan yozib qoʻyishni tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) shaxsiy radiochaqiriq tarmoqlari abonentlari uchun xabarlar matnini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) markazlashtirilgan xabarlash tizimining maxsus apparatlarini sotib olishni, loyihalashni, qurish va yetkazib berishni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) mansabdor shaxslarni (boshqaruv punktlarining tezkor navbatchilarini) xabarlash signallari uzatilganda bajariladigan harakatlarga tayyorgarligini taʼminlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi korxonalari, Teleradiokompaniya va eshittirish tizimlari obyektlariga xizmat koʻrsatuvchi operator va provayderlar bilan birgalikda aholini xabarlashning oʻquv signallarini uzatish boʻyicha va eshittirish tizimlari obyektlarining axborot uzatishga tayyorgarligi boʻyicha tekshiruv mashqlarini rejalashtiradi va amalga oshiradi;
(21-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2015-yil 24-martdagi 100-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1211-3, 30.03.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 13-son, 161-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga xabarlash signallari va FV toʻgʻrisidagi axborotlarning uzatishni taʼminlash uchun telekommunikatsiya kanallarini ajratishga berilgan talabnomalarni belgilangan tartibda taqdim etadi;
(21-bandning “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2015-yil 24-martdagi 100-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1211-3, 30.03.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 13-son, 161-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) FV xavfi yoki uning yuzaga kelishi haqida aholini xabarlash uchun moʻljallangan eshittirish tizimlari obyektlariga xizmat koʻrsatuvchi, shaxsiy radiochaqiriq hamda koʻchma uyali aloqa tarmoqlari operatorlari va provayderlarining roʻyxatini aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) FV xavfi va uning yuzaga kelishida FVV (FVB) tezkor navbatchilari aholi uchun xabarlash signallari va axborotlarni uzatish masalalari boʻyicha oʻzaro munosabatda boʻlishlari kerak boʻlgan eshittirish tizimlari obyektlari hamda shaxsiy radiochaqiriq va koʻchma uyali aloqasi tarmoqlarining mansabdor shaxslari roʻyxatini (bogʻlanish telefon raqamlarini koʻrsatish bilan) tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) FV xavfi va uning yuzaga kelishi toʻgʻrisidagi haqqoniy maʼlumotlarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
(22-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2015-yil 24-martdagi 100-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1211-3, 30.03.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 13-son, 161-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) FV larning oldini olish va undagi xatti-harakatlar Davlat tizimi (FVDT) faoliyat koʻrsatishning barcha tartiblarida respublika va mahalliy darajalarda aloqa va markazlashtirilgan xabarlash tizimlarining ishonchli va barqaror ishlashini taʼminlash boʻyicha tadbirlarni tashkil qiladi va amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) markazlashtirilgan xabarlash tizimlarining maxsus texnik vositalarning texnik-foydalanish uchun xizmat koʻrsatishga qabul qilinishini tashkil etadi va nazorat qiladi, shuningdek ularning ishlashga doim tayyor boʻlishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) FV xavfi yoki uning yuzaga kelishida FVDT boshqaruv idoralari tomonidan telekommunikatsiya vositalari va kanallarining ustuvor ravishda foydalanilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) telekommunikatsiyaning texnik vositalari (radiotranslyatsiya tarmoqlari, radiotelekoʻrsatuvlarni uzatish stansiyalari, eshittirish dasturlarini uzatish kanallari)ning FV toʻgʻrisidagi xabarlash signallari va axborotlarni uzatishga texnik tayyorgarligini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) markazlashtirilgan xabarlash tizimi maxsus texnik vositalariga xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni FV toʻgʻrisidagi xabarlash signallari va axborotlarni uzatishda oʻzlarining vazifalarini bajarishlariga tayyorgarliklarini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) yangi ishga tushirilgan markazlashtirilgan xabarlash tizimlarining yoki ularning qayta qurilishidan soʻng foydalanishga qabul qilish boʻyicha komissiya ishida ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) FVVga telekommunikatsiyalar kanallarini, belgilangan tartibga muvofiq, ijaraga ajratadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) eshittirish tizimlari obyektlariga xizmat koʻrsatuvchi operatorlar va provayderlarga litsenziya beradi va Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi orqali litsenziya talablari va shartlarining, shu jumladan, favqulodda vaziyatlar xavfi va ular yuzaga kelganda xabarlash signallari uzatilishi va aholi xabardor qilinishi hamda texnik imkoniyatlar mavjudligini taʼminlash qismi boʻyicha bajarilishining nazoratini amalga oshiradi.
(22-bandning “z” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining 2013-yil 16-iyuldagi 41-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 1211-2, 30.07.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 31-son, 419-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Teleradiokompaniya va eshittirish tizimlari obyektlariga xizmat koʻrsatuvchi operatorlar va provayderlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) magnit tashuvchilardagi nutqli xabarlarning yozuvlarini navbatchi xodimlar uchun qulay sharoitlarda saqlanishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) eshittirish tizimlari obyektlari texnik uskunalarning FV toʻgʻrisidagi xabarlash signallari va axborotlarning uzatishga doimiy tayyorligini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) aholiga xabarlash signallari va axborotlarni uzatish masalalari boʻyicha FVV (FVB) bilan oʻzaro munosabatda boʻlishga majbur mansabdor shaxslarni (eshittirish tizimlari obyektlariga xizmat koʻrsatuvchi operatorlar va provayderlar rahbarlari buyrugʻi va / yoki lavozim yoʻriqnomasi boʻyicha) belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) istisnoli hollarda, FVV yoki FVB tegishli rahbarining farmoyishiga koʻra toʻgʻridan-toʻgʻri efirda qisqa nostandart xabarlarni uzatishni tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) suxandonlik va muharrirlik tarkibini, xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning FV haqidagi nutqli axborotlarni uzatishdagi harakatlarga tayyorlashni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) FVB bilan kelishuvga binoan favqulodda vaziyatlarda xabardor qilinishi va axborot uzatilishiga taalluqli boʻlgan, shaxsiy radiochaqiriq va koʻchma uyali aloqa tarmoqlari (davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari va eshittirish tizimi rahbarlari) abonentlarining roʻyxatlarini tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) berilgan talabnomalarga muvofiq eshittirish tizimlari obyektlarini FVVga ijaraga ajratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Nodavlat radioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya) tarmoqlari operatorlari, majburiy tartibda, oʻz uskunalarini markazlashtirilgan holda xabarlash va axborotlarni uzatish markaziga ulanishini taʼminlaydigan texnik imkoniyatlarga, shuningdek oʻz studiyalardan FVB (FVV) boshqarmasining punktlarigacha boʻlgan toʻgʻridan-toʻgʻri simlarga ega boʻlishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida koʻrsatilgan vositalarni sotib olish, oʻrnatish, texnik xizmat koʻrsatish, shuningdek toʻgʻridan-toʻgʻri simlarni ijaraga olish operatorlarning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 5. Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Teleradiokompaniya va eshittirish tizimlari obyektlariga xizmat koʻrsatuvchi operatorlar va provayderlarning favqulodda vaziyatlarda aholi uchun xabarlash signallari va axborotlarni uzatishdagi oʻzaro munosabatlari tartibi
(5-paragraf nomi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2015-yil 24-martdagi 100-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1211-3, 30.03.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 13-son, 161-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Markazlashtirilgan xabarlash tizimining maxsus texnik vositalari (apparaturalari) va studiya uskunalarining ulanishi FVV (FVB) tezkor navbatchisi tomonidan bevosita telefon orqali apparatxona boʻyicha navbatchiga xabar beriladigan parolga koʻra amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parollar va unga javoblar bilan almashuvidan soʻng, buyruqning ishonchliligiga ishonch hosil qilib, apparatxona boʻyicha navbatchi apparaturani ulaydi va apparatura ulangani haqida FVV (FVB) tezkor navbatchisiga xabar beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Xabarlash signallarining uzatilishi haqidagi axborot bir vaqtning oʻzida tizimlar va telekommunikatsiyalarning barqaror ishlab turishini taʼminlanishi hamda FV haqidagi signal va xabarlar uzatilishida ustuvorlikka rioya etilishini nazorat qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi boʻlinmasi rahbariga yoʻllanadi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2015-yil 24-martdagi 100-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1211-3, 30.03.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 13-son, 161-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Teleradiokompaniya va eshittirish tizimlari obyektlariga xizmat koʻrsatuvchi operatorlar va provayderlar xabarlash signalini olgandan soʻng eshittirishlar dasturini uzib qoʻyadilar va FV toʻgʻrisidagi axborotning uzatilishini taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. FV toʻgʻrisidagi xabarni uzatish uchun eshittirishlarni uzib qoʻyishni hisobga olish tartibi, zaxira kanallarini taqdim etish va barqaror aloqani taʼminlash, uzatiladigan xabarlarning soni, eshittirishdagi uzilishlarning rasmiylashtirilishi, telekoʻrsatuvlar va radiosignallarning oʻtishini nazorat qilish, xabarlash signallarini uzatish uchun parollar tizimi belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 6. Yakuniy qism
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Oʻzbekiston teleradiokompaniyasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini vaqtincha bajaruvchi A.M. SAIDOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 29-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston teleradiokompaniyasi raisi A.K. KOʻCHIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 29-dekabr
(Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y.,1-2-son; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 28-son, 295-modda; 2013-y., 31-son, 419-modda; 2015-y., 13-son, 161-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 10/23/1211-4/0413-son)