Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025 20.10.2018 yildagi 840-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining ijtimoiy zaif qatlami bandligini taʼminlashni ragʻbatlantirishning tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 11-iyundagi PQ-3782-son qarori)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining ijtimoiy zaif qatlami bandligini taʼminlashni ragʻbatlantirishning tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 11-iyundagi PQ-3782-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 20-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
840-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-oktabrdagi 840-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 660-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.12.2023-y., 09/23/660/0938-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014-yil., 41-son, 506-modda) bilan tasdiqlangan “Davlat mulki obyektlarini xaridor tomonidan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar qabul qilinishi sharti bilan “nul” xarid qiymati boʻyicha sotish tartibi toʻgʻrisidagi” nizom 29-bandining toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Investitsiya majburiyatlari miqdori boʻyicha ham va ijtimoiy majburiyatlar boʻyicha ham ikkita va undan koʻp tanlov takliflari teng boʻlgan taqdirda “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining ijtimoiy zaif qatlami bandligini taʼminlashni ragʻbatlantirishning tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 11-iyundagi PQ-3782-son qaroriga muvofiq, alohida toifaga kiritilgan tadbirkorlik subyekti ustun huquqqa ega boʻladi, u boʻlmagan taqdirda esa — taklifini oldin hududiy tanlov komissiyasi roʻyxatdan oʻtkazgan qatnashchi gʻolib deb eʼtirof etiladi.”
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 471-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2022-y., 09/22/471/0767-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2018-y., 09/18/840/2079-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2022-y., 09/22/471/0767-son; 15.12.2023-y., 09/23/660/0938-son)