Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
Boshoqli don ekinlari somonini yoqib yuborilishi natijasida yetkaziladigan zararni aniqlash hamda ushbu holatlarni sodir etgan yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan jarimalar qoʻllash boʻyicha nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 20-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1647-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-apreldagi PF-5024-son “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruv tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-iyundagi 375-son “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligining 2006-yil 27-noyabrdagi 11-1481, 10/8, 91-son qarori (roʻyxat raqami 1647, 2006-yil 25-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 51-52-son, 522-modda) bilan tasdiqlangan Boshoqli don ekinlari somonini yoqib yuborilishi natijasida yetkaziladigan zararni aniqlash hamda ushbu holatlarni sodir etgan yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan jarimalar qoʻllash boʻyicha nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2018-yil 4-oktabr,
3-son
Qishloq xoʻjaligi vaziri B. YUSUPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 4-oktabr,
51-son
Moliya vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2018-yil 4-oktabr,
131-son
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligining 2018-yil 4-oktabrdagi 3, 51 va 131-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Boshoqli don ekinlari somonini yoqib yuborilishi natijasida yetkaziladigan zararni aniqlash hamda ushbu holatlarni sodir etgan yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan jarimalar qoʻllash boʻyicha nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-banddagi “tabiatni muhofaza qilish” degan soʻzlar “ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 7-banddagi “Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va uning hududiy qoʻmitalari” degan soʻzlar “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 8-banddagi “Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi davlat inspektorlari” degan soʻzlar “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi davlat inspektorlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 9-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “Tabiatni muhofaza qilish mahalliy jamgʻarmalariga” degan soʻzlar “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasiga” degan soʻzlarga almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Tabiatni muhofaza qilish mahalliy jamgʻarmalari” degan soʻzlar “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasi” degan soʻzlarga almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi huzuridagi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasiga tushgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-iyundagi 375-son qarori bilan tasdiqlangan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan ishlatiladi”.
5. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi A. ABDULLAYEV
2018-yil 4-oktabr
Oʻzbekiston Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi v.b. A. XAITOV
2018-yil 4-oktabr
Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari N. ShARIPOV
2018-yil 4-oktabr
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2018-y., 10/18/1647-2/2074-son)