Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 21-apreldagi PF-5024-son Farmoniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi faoliyatini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 21-apreldagi PQ-2915-son qaroriga muvofiq, shuningdek tabiatni muhofaza qilish faoliyatiga yoʻnaltirilayotgan pul mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirish, respublikada ekologik xavfsizlikni taʼminlash uchun muhim ustuvor yoʻnalishlarni oʻz vaqtida va samarali amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va Moliya vazirligining:
tabiatni muhofaza qilish respublika va mahalliy fondlari qoldiq pul mablagʻlarini Jamgʻarmaga yoʻnaltirish;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi hamda viloyatlar va Toshkent shahri ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalarining budjet hamda Ilmiy-tadqiqot, tabiatni muhofaza qilish va tashkiliy tadbirlar dasturlari boʻyicha kreditorlar oldidagi qarzlarini Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga qoplash toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B.T. Qoʻchqorov zimmasiga va Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 15-iyun,
375-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-iyundagi 375-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlarini shakllantirish, foydalanish va boshqarish tartibini belgilaydi.
2. Jamgʻarma yuridik shaxs hisoblanmaydi va:
bioresurslarni saqlash va takror koʻpaytirish, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyatni olib borish, atrof muhit monitoringini amalga oshirish, ekologik taʼlim va targʻibot ishlarini tashkil etish, mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga yoʻnaltirilgan atrof muhitni muhofaza qilish bilan bogʻliq tadbirlar va loyihalarni;
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Davlat ekologiya qoʻmitasi deb ataladi) yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish bilan bogʻliq boshqa maqsadlarni moliyalashtirishni amalga oshiradi.
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari
Oldingi tahrirga qarang.
3. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlari summasining 74 foizi;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-martdagi 247-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2019-y., 09/19/247/2835-son)
ifloslantiruvchi moddalar avariya tufayli koʻplab chiqarib tashlanishi (oqova oqizish, chiqindilarni joylashtirish) tufayli atrof muhitga yetkazilgan zarar uchun tabiatdan foydalanuvchilardan undiriladigan mablagʻlar va jarimalar summasining 74 foizi;
tabiiy resurslardan hamda ulardan olinadigan xom ashyodan meʼyoridan ortiqcha va nokompleks foydalanganlik (nobud qilganlik) uchun tabiatdan foydalanuvchilar toʻlovlari summasining 40 foizi;
xoʻjalik faoliyati va boshqa faoliyat natijasida atrof tabiiy muhit obyektlariga yetkazilgan zararni qoplash uchun tabiatdan foydalanuvchilardan undiriladigan mablagʻlarning 40 foizi;
Oldingi tahrirga qarang.
tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishida aybdor boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslardan maʼmuriy va sud tartibida undiriladigan jarimalar va pul mablagʻlari summasining 74 foizi, hayvonot va oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish bilan bogʻliq qonun buzilishlari uchun undiriladigan jarimalar va pul mablagʻlari bundan mustasno;
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
tabiatni muhofaza qilish qonunchiligini buzganlik va atrof muhit obyektlariga yetkazilgan zararni qoplash uchun chet el fuqarolari, shuningdek boshqa davlatlarning yuridik shaxslaridan maʼmuriy va sud tartibida undiriladigan jarimalar va pul mablagʻlari summalarining 74 foizi, hayvonot va oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish bilan bogʻliq qonun buzilishlari uchun undiriladigan jarimalar va pul mablagʻlari bundan mustasno;
davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarni kesganlik uchun toʻlov summalarining 74 foizi;
tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini birgalikda moliyalashtirishda ulush qoʻshib qatnashuvchi yuridik shaxslarning mablagʻlari;
yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan xayriya tashkilotlarining xayriya ehsonlari;
ekologik tadbirlar va aksiyalarni oʻtkazishdan tushadigan mablagʻlar;
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan tushadigan daromadlar boʻyicha tushumlar;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(3-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
3-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish
4. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish Jamgʻarmaning har yili tasdiqlanadigan dasturiga (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) muvofiq amalga oshiriladi.
5. Jamgʻarma mablagʻlaridan quyidagilarni moliyalashtirishda foydalaniladi:
a) tabiatni muhofaza qilish loyihalari va tadbirlari, shu jumladan:
tabiatni muhofaza qilish, shuningdek Davlat ekologiya qoʻmitasi tizimidagi obyektlarni loyihalashtirish va qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, rekonstruksiya qilish hamda mukammal taʼmirlash;
atrof tabiiy muhit ifloslantirilishi sababli kelib chiqadigan salbiy oqibatlar oʻrnini qoplash yoki oldini olishni koʻzda tutuvchi tadbirlar;
suvni muhofaza qilish va sanitariya muhofazasi zonalarini barpo etish va qayta tiklash, suv obyektlarini saqlash va qayta tiklash boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar;
xoʻjalik faoliyati va boshqa faoliyat natijasida buzilgan tabiiy obyektlarni qayta tiklash, hayvonot va oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish hamda qayta tiklash;
oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlarining zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashish boʻyicha tadbirlar;
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, kengaytirish, ularning faoliyati va rejimini taʼminlash hamda jihozlash boʻyicha tadbirlar;
oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va qayta tiklash boʻyicha pitomniklar barpo etish;
chiqindi toʻplash shoxobchalarini qurish va ularni zarur inventarlar (konteynerlar, chiqindi qutilari va boshqalar), shuningdek sanitariya jihatidan tozalash vositalari bilan jihozlash;
sanitariya jihatidan tozalashga ixtisoslashgan korxonalarning avtotransport parklarini qurish va ularni jihozlar bilan toʻldirish;
chiqindilarni qayta ishlash, utilizatsiya qilish, zararsizlantirish va koʻmishga moʻljallangan obyektlarni qurish;
maishiy chiqindi poligonlarini jihozlash;
ruxsat etilmagan joylarda paydo boʻlgan chiqindixonalarni tugatish;
ijtimoiy ahamiyatga molik obyektlarda chiqitsiz va kam chiqitli texnologiyalarni, shuningdek qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish;
ulush qoʻshib qatnashgan holda respublika va hududiy ahamiyatga molik tabiatni muhofaza qilish loyihalari va tadbirlari;
ulush qoʻshib qatnashgan holda xorijiy hukumat va hukumatga qarashli boʻlmagan moliya tashkilotlari, xalqaro moliya institutlari, tashkilotlari va donor mamlakatlar bilan birgalikdagi tabiatni muhofaza qilish loyihalari va tadbirlari;
tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari, ekologik monitoring tizimlari, asboblari va jihozlarini yaratish va takomillashtirish boʻyicha ilmiy-tadqiqot, loyiha-qidiruv va tajriba-konstruktorlik ishlarini olib borish;
respublika, hududiy va davlatlararo ahamiyatga molik ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;
ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasiga oid ilmiy-texnik dasturlar, metodik hujjatlarni, texnik boshqaruv sohasida normativ hujjatlarni ishlab chiqish;
xoʻjalik faoliyati va boshqa faoliyatni amalga oshirish natijasida atrof muhitga yetkazilgan zararli taʼsirni baholash ishlarini olib borish;
ekologik maʼlumotlar bazasini hamda ekologik axborot va nazoratning respublika avtomatlashtirilgan tizimini yaratish va yuritish;
tabiatni muhofaza qilish loyihalari va tadbirlarini amalga oshirish uchun ekspertlarni (auditorlar, yuristlar, moliyachilar, ilmiy xodimlar va shu kabilar), shuningdek xalqaro ekspertlarni jalb qilish;
tabiatni muhofaza qilish loyihalari va tadbirlarini amalga oshirish uchun loyiha-smeta hujjatlarini, texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish;
aholini ekologik jihatdan tarbiyalash va unga ekologik taʼlim berish, ekologik bilimlarni targʻib qilish, noshirlik faoliyatini, koʻrik-tanlovlar oʻtkazishni, reklama va shu kabilarni tashkil etish;
kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, shu jumladan, Davlat ekologiya qoʻmitasi tizimi xodimlarining xorijiy taʼlim tashkilotlarida tajriba orttirishi;
ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida nodavlat notijorat tashkilotlar bilan birgalikda tadbirlar oʻtkazish;
Davlat ekologiya qoʻmitasi tizimi xodimlarining atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish sohasida xalqaro koʻrgazmalar, loyihalar va dasturlarda ishtirok etishi bilan bogʻliq xarajatlar;
ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida xorijiy va xalqaro tashkilotlar rahbarlari va mutaxassislarining Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi davrida ularni qabul qilish va kuzatish bilan bogʻliq xarajatlar;
ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida konferensiyalar, davra suhbatlari hamda seminarlar tashkil etish va oʻtkazish;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda belgilangan tartibda, Oʻzbekiston Respublikasining ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi xalqaro majburiyatlari boʻyicha toʻlovlar;
(5-band “a” kichik bandining oʻttizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha davlat inspektorlarini majburiy sugʻurta qilish, shuningdek xizmat vazifalarini bajarayotganida ularga tegishli mulkka yetkazilgan zararni qoplash;
Davlat ekologiya qoʻmitasi tizimining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish, shu jumladan, atrof muhit muhofazasi uchun texnika va texnologiyalar, ekologik monitoring tizimlari, asbob-uskunalar, jihozlar, kompyuter dasturlarini xarid qilish;
bosma nashr mahsulotlarini, shu jumladan atrof muhitni muhofaza qilish sohasida huquqbuzarlikni rasmiylashtirish blankalarini tayyorlash;
Oldingi tahrirga qarang.
b) tabiatni muhofaza qilish haqidagi qonun hujjatlari buzilishini aniqlagan ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat inspektorlari va boshqa shaxslarni huquqbuzarlardan Jamgʻarmaga undiriladigan jarima va pul mablagʻlari hisobidan mukofotlash;
(5-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-apreldagi 230-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 09/22/230/0377-son)
Oldingi tahrirga qarang.
v) Davlat ekologiya qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahri Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari shuningdek, tizimdagi muhofaza etiladigan tabiiy hududlar xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish (mukofotlash, ustama belgilash, qoʻshimcha toʻlovlar va boshqalar), ragʻbatlantirish, moddiy yordam koʻrsatish va ijtimoiy qoʻllab- quvvatlash (oziq-ovqat va yoʻl haqi chiptalari qiymatini qoplash);
(5-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-fevraldagi 58-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 09/21/58/0095-son)
g) Davlat ekologiya qoʻmitasi tizimidagi budjet tashkilotlarining boshqa xarajatlarini qoplash;
d) Davlat ekologiya qoʻmitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish bilan bogʻliq boshqa maqsadlar.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Tabiatni muhofaza qilish haqidagi qonun hujjatlari buzilishini aniqlagan ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat inspektorlari va boshqa shaxslarni ragʻbatlantirish maqsadida huquqbuzarlardan Jamgʻarmaga undiriladigan jarima va pul mablagʻlari hisobidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorlarda pul mukofotlari toʻlanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-apreldagi 230-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 09/22/230/0377-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Tabiatni muhofaza qilish haqidagi qonunchilik buzilishini aniqlagan ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat inspektorlari va boshqa shaxslarni mukofotlashdan keyin qolgan Jamgʻarma mablagʻlari:
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
90 foizdan kam boʻlmagan miqdorda — 5-bandning “a”, “v” va “d” kichik bandlarida nazarda tutilgan tadbirlarga;
10 foizdan koʻp boʻlmagan miqdorda — 5-bandning “g” kichik bandida nazarda tutilgan Davlat ekologiya qoʻmitasi tizimidagi budjet tashkilotlarining boshqa xarajatlarini qoplashga taqsimlanadi.
8. Jamgʻarma mablagʻlaridan qatʼiy ravishda maqsadli foydalaniladi.
4-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish
9. Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi boshchilik qiluvchi Jamgʻarmaning boshqaruv Kengashi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma Kengashi deb ataladi) Jamgʻarmani boshqarish organi hisoblanadi.
Davlat ekologiya qoʻmitasining Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasi mablagʻlarini boshqarish boʻlimi Jamgʻarmaning ishchi organi (keyingi oʻrinlarda — Ishchi organ deb ataladi) hisoblanadi.
10. Jamgʻarma Kengashining shaxsiy tarkibi Davlat ekologiya qoʻmitasi, boshqa davlat organlari, ilmiy-tadqiqot, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlar vakillaridan tashkil topadi hamda Davlat ekologiya qoʻmitasi hayʼati tomonidan tasdiqlanadi.
11. Jamgʻarma Kengashi quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Jamgʻarma Dasturini tasdiqlaydi;
tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga moliyalashtirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi;
Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan Dasturlar loyihalariga kiritiladigan takliflarni (arizalarni) koʻrib chiqadi;
tasdiqlangan Dastur boʻyicha Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan loyiha va tadbirlarni bajarish uchun ijrochilarni tanlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda va xalqaro shartnomalarda belgilangan tartibda xorijiy hukumat va hukumatga qarashli boʻlmagan moliya tashkilotlari, xalqaro moliya institutlari va tashkilotlari, shuningdek donor mamlakatlar bilan hamkorlikdagi tabiatni muhofaza qilish loyihalari va tadbirlarini moliyalashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
(11-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
zarur hollarda tasdiqlangan Dasturga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi.
12. Kelgusi yil uchun Dastur, tanlov (tender) ishtirokchilarining 1-sentabrdan 30-sentabrga qadar boʻlgan davrda bergan takliflari asosida shakllantiriladi.
Jamgʻarma Kengashi tomonidan tasdiqlangan ekspertlar guruhi tomonidan 1-oktabrdan 30-oktabrga qadar Dasturga kiritish uchun taqdim etilayotgan takliflarni tanlash va ekspertizadan oʻtkazish amalga oshiriladi.
Tanlab olingan takliflar 1-dekabrga qadar koʻrib chiqiladi va Jamgʻarma Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan daromadlar va xarajatlar smetasi Davlat ekologiya qoʻmitasi tomonidan 1-dekabrdan 20-dekabrga qadar shakllantiriladi va tasdiqlanadi.
13. Jamgʻarma Kengashi tomonidan tasdiqlangan Dastur 25-dekabrga qadar Vazirlar Mahkamasiga kelishish uchun taqdim etiladi.
Vazirlar Mahkamasi taqdim etilgan Dasturni 10 ish kuni mobaynida kelishadi va Davlat ekologiya qoʻmitasiga yuboradi.
14. Ishchi organ quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Jamgʻarmaning kelgusi yil uchun daromadlar va xarajatlar prognoz koʻrsatkichlarini ishlab chiqadi;
Dastur loyihasini shakllantirishni tashkil etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
daromadlar va xarajatlar smetasini tuzadi, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda ularga oʻzgartirishlar kiritadi;
(14-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Jamgʻarma daromadlarining respublika hududlari va tushum manbalari boʻyicha, shuningdek xarajatlarining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha hisobini yuritadi;
Jamgʻarmaga pul mablagʻlari tushumi prognozining bajarilishi monitoringini olib boradi va tahlil qiladi;
Jamgʻarmaga pul tushumlarining oʻz vaqtida va toʻliq tushishini taʼminlash ishlarini muvofiqlashtiradi, shuningdek Jamgʻarmaga mablagʻlar tushumi boʻyicha prognozlarning bajarilishiga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan omillarni bartaraf etadi;
Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan Dasturning shakllantirilishi boʻyicha taklif va arizalarni qabul qilish toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida eʼlon qiladi;
tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish uchun tanlov (tender) savdolari oʻtkazilishi boʻyicha ishlarni tashkil etadi;
loyiha-smeta hujjatlari va texnik-iqtisodiy asoslar ekspertizadan oʻtkazilishini tashkil etadi;
Jamgʻarma mablagʻlarining maqsadli sarflanishi va tuzilgan shartnomalarning bajarilishi holati yuzasidan texnik va moliyaviy nazoratni amalga oshiradi;
Dasturning bajarilishi monitoringini olib boradi va tahlil qiladi;
jismoniy va yuridik shaxslarning, shuningdek xayriya tashkilotlarining xayriya ehsonlarini jalb qilishni tashkil etadi;
Dasturning amalga oshirilishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va Jamgʻarma mablagʻlari tushumi hamda mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etish uchun hisobotlarni tayyorlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ishchi organ qonunchilikka muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
(14-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
5-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishi yuzasidan hisobot va nazorat
15. Davlat ekologiya qoʻmitasi Jamgʻarmaga mablagʻlar tushumi va ulardan foydalanilishi toʻgʻrisida har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 20-kuniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga hamda har yarim yillik yakuni boʻyicha Dasturning amalga oshirilishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot taqdim etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
16. Jamgʻarma mablagʻlaridan oqilona va maqsadli foydalanilishi yuzasidan davlat moliyaviy nazorati qonunchilikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
17. Jamgʻarma mablagʻlarining hisobot yilida foydalanilmagan qismi olib qoʻyilmaydi va ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda foydalanish uchun keyingi yilga oʻtadi.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishida kelib chiqadigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-iyundagi 375-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun toʻlovlar tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 1-maydagi 199-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 5-son, 35-modda):
a) 3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlari Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi organlari tomonidan undiriladi va quyidagi tartibda taqsimlanadi:
50 foizi — Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasiga;
50 foizi — respublika budjetiga.”;
b) 4 va 5-bandlardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 5-ilovada:
“v” kichik banddagi “tabiatni muhofaza qilish organlari” soʻzlari “ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“d” kichik banddagi “eng kam oylik ish haqining kamida besh baravari miqdorini” soʻzlari “eng kam oylik ish haqining 50 foizidan kamni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
8-banddagi “tabiatni muhofaza qilish organlari” soʻzlari “ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
10-bandning ikkinchi xatboshidagi “tabiatni muhofaza qilish organlari bilan” soʻzlari “ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organlari bilan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
11-bandning birinchi xatboshidagi “tabiatni muhofaza qilish mahalliy organlariga” soʻzlari “ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish hududiy organlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
14-banddagi “tabiatni muhofaza qilish organlarining” soʻzlari “ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organlarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
15-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“15. Atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlari toʻlovchilar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hududiy organlarining tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga oʻtkaziladi.”
16-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Yuridik shaxslarning turli hududlarda joylashgan boʻlinmalari va filiallari yuridik shaxs hisoblanmagan va bank hisob raqamlariga ega boʻlmagan taqdirda atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlarini yuridik shaxslar toʻlaydilar. Kompensatsiya toʻlovlari yuridik shaxslarning koʻrsatib oʻtilgan boʻlinmalari va filiallari joylashgan hududlardagi Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hududiy organlarining tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga yoʻnaltiriladi.”;
19-banddagi “tabiatni muhofaza qilish mahalliy organlari” soʻzlari “ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish hududiy organlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
21-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Nizomga B ilovada:
“tuman (shahar) mahalliy tabiatni muhofaza qilish organiga” soʻzlari “mahalliy ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Tabiatni muhofaza qilish organi inspektori” soʻzlari “Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organi davlat inspektori” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“MFOP boʻlim boshligʻi” soʻzlari “Kompensatsiya toʻlovlari hisobi va ularning tushumi ustidan nazorat boʻlimi boshligʻi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Kommunal xoʻjaligi tizimida tabiatni muhofaza qilish faoliyatini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2010-yil 3-fevraldagi 11-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 2-son, 4-modda):
a) 3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3. Belgilab qoʻyilsinki:
ifloslantiruvchi moddalarning shaharlar va boshqa aholi punktlarining kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga normativdan ortiqcha oqizilganligi yuzasidan monitoring olib borish suv quvurlari-kanalizatsiya korxonalariga yuklanadi;
kompensatsiya toʻlovlari suv quvurlari-kanalizatsiya korxonalarining maxsus laboratoriyalari taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi organlari tomonidan undiriladi va kompensatsiya toʻlovlarini toʻlovchilar tomonidan belgilangan tartibda hisoblab chiqiladi;
ifloslantiruvchi moddalarning shaharlar va boshqa aholi punktlarining kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga normativdan ortiqcha oqizilganligi uchun undiriladigan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hududiy organlarining tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, shundan 60 foizi respublika budjetiga, 40 foizi Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.”;
b) 6-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 1-ilovada:
2-bandning uchinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining hududiy organlari (keyingi oʻrinlarda Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi deb yuritiladi)” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda Davlat ekologiya qoʻmitasi deb yuritiladi) hududiy organlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-bandning birinchi xatboshidagi, 14, 24, 25, 28, 30, 31, 32, 40 va 41-bandlardagi “Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi” soʻzlari “Davlat ekologiya qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
33-banddagi “Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi hududiy organlarining Ixtisoslashtirilgan tahliliy nazorat inspeksiyalari” soʻzlari “Davlat ekologiya qoʻmitasi hududiy organlarining atrof muhit ifloslanishi monitoringi boʻlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
34-banddagi “Ixtisoslashtirilgan tahliliy nazorat inspeksiyasi” soʻzlari “Davlat ekologiya qoʻmitasi hududiy organlarining atrof muhit ifloslanishi monitoringi boʻlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Qoidalarga 3-ilovadagi “Tabiatni muhofaza qilish organi rahbari” soʻzlari “Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organi rahbari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 3-ilovaning 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)
4. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi 290-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 10-son, 108-modda) bilan tasdiqlangan Hayvonot va oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanganlik uchun toʻlov sifatida tushgan mablagʻlarni, jarima summalari va tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlardan yetkazilgan zarar uchun undirilgan summalarni taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 4-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. Davlat oʻrmon fondiga kirmagan daraxt va butalarni kesishga ruxsatnomalar berishdan tushadigan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hududiy organlarining tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga oʻtkaziladi, uning 60 foizi Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga hamda viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy budjetlariga, 40 foizi — Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.”.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-iyundagi 375-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan baʼzi qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmalari toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1993-yil 24-maydagi 246-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 5-son, 20-modda).
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2003-yil 14-iyundagi 270-son qaroriga ilovaning 1-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 6-son, 45-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga ajratmalarni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 25-oktabrdagi 499-son qaroriga 3-ilovaning 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y. 10-son, 100-modda).
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2005-yil 1-apreldagi 95-son qaroriga ilovaning 1-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 3-4-son, 19-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 24-son, 502-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 09/18/820/2036-son; 26.03.2019-y., 09/19/247/2835-son; 09.02.2021-y., 09/21/58/0095-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 30.04.2022-y., 09/22/230/0377-son; 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son; 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)