16.10.2018 yildagi 829-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmatini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 29-iyundagi PQ-3818-son qarori ijrosini taʼminlash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni amaliy qoʻllab-quvvatlash, investitsiya muhitini yaxshilash va respublikaning eksport salohiyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda “Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmati ishlab chiqilgani va Davlat bojxona qoʻmitasining rasmiy veb-saytida belgilangan tartibda joylashtirilgani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy etilayotgan interaktiv xizmat manfaatdor barcha foydalanuvchilarga tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa maʼlumotlarni Internet tarmogʻi orqali olish imkonini berishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmatining axborotini oʻz vaqtida yangilab borish va uning uzluksiz ishlashini taʼminlash boʻyicha texnologik yoʻriqnoma 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli vazirlik, idora va tashkilotlar tomonidan kiritiladigan va “Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmati doirasida taqdim etiladigan axborot roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmati doirasida axborot real vaqt rejimida taqdim etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmati bazasiga ushbu qarorga 2-ilovada koʻrsatilgan axborotning oʻz vaqtida va toʻliq hajmda kiritilishi hamda ularning ishonchliligini taʼminlash uchun vakolatli vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari zimmasiga shaxsiy javobgarlik yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmatining axborot xavfsizligi talablariga rioya qilgan holda uzluksiz ishlashini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarini, tadbirkorlik faoliyati subyektlarini mazkur qarorning maqsadi, mazmuni hamda ahamiyati toʻgʻrisida keng xabardor qilishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.S. Otajonov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 16-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
829-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-oktabrdagi 829-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmatining axborotini oʻz vaqtida yangilab borish va uning uzluksiz ishlashini taʼminlash boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TEXNOLOGIK YOʻRIQNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Texnologik yoʻriqnoma “Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmatining axborotini oʻz vaqtida yangilab borish hamda uning uzluksiz ishlashini taʼminlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Texnologik yoʻriqnomada quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmati bazasiga kiritiladigan axborot (keyingi oʻrinlarda axborot deb ataladi) — tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda zarur boʻlgan ruxsat beruvchi hujjatlar, sanitariya-epidemiologiya, fitosanitariya nazorati va veterinariya nazorati hujjatlarini berish tartibi, bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib kirish va olib chiqishga cheklovlar va taqiqlar, har bir tovar uchun bojxona toʻlovlari stavkasi, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tarif va notarif tartibga solish boʻyicha boshqa choralar toʻgʻrisidagi axborot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmati — tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan tovarlar toʻgʻrisidagi toʻliq axborotni real vaqt rejimida Internet tarmogʻi orqali bepul olish imkoniyatini beradigan xizmat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organlar — “Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmati bazasiga axborotni oʻz vaqtida, ishonchli va toʻliq kiritish uchun masʼul boʻlgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masʼul shaxs — “Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmati bazasiga axborot oʻz vaqtida, ishonchli va toʻliq kiritish uchun vakolatli organ tomonidan tayinlangan shaxs.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. “Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmatining ishlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmatining axborot bazasini shakllantirish boʻyicha manfaatdor vakolatli organlar bilan hamkorlik maʼlumotlarni uzatish telekommunikatsiya tarmogʻi orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining veb-saytida taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi “Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmatining uzluksiz ishlashini va axborot xavfsizligini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmati bazasiga axborotni kiritish, yangilash va ushbu xizmatdan foydalanish imkoniyatini yaratish maqsadida foydalanuvchilarga “Bosh administrator”, “Administrator”, “Masʼul xodim” va “Foydalanuvchi” maqomlari beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bojxona qoʻmitasi “Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmatining “Bosh administratori” hisoblanadi va vakolatli organlar tomonidan tayinlangan xodimlarga “Administrator” maqomini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organlarda tayinlangan “Administratorlar” “Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmat bazasiga axborotni kiritish va yangilash uchun masʼul xodimlar roʻyxatini shakllantiradi hamda ularga “Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmati bazasiga kirish uchun ruxsat beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organlarning “Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmati doirasida elektron hamkorlikni taʼminlash boʻyicha roʻyxatga kiritilgan barcha masʼul xodimlari (bojxona organlari xodimlaridan tashqari) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan berilgan elektron raqamli imzo kalitlariga ega boʻlishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organlari xodimlari “Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmati bazasiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali kiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmati bazasiga axborotni kiritish, uni yangilash va bekor qilish huquqiga faqat vakolatli organlarning masʼul xodimlari hisoblangan va roʻyxatga olingan foydalanuvchilar ega. Roʻyxatga olinmagan foydalanuvchilarga ushbu amallarni bajarish man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmatining axboroti asosini tashki etadigan elektron hujjatlar quyidagi formatlarda joylashtirilishi mumkin: bmp, jpg, jpeg, gif, tif, tiff, docx, doc, rtf, txt, pdf, xls, xlsx, rar, zip. Elektron hujjat hajmi 5 Mbdan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vakolatli organlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmatiga Oʻzbekiston Respublikasining “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarining yagona axborot tizimi orqali kirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmatiga axborotning oʻz vaqtida, ishonchli va toʻliq kiritilishi uchun masʼul shaxslarni belgilashni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmati bazasiga axborotning oʻz vaqtida, ishonchli va toʻliq kiritilishini hamda oʻzlariga tegishli qismi boʻyicha uni doimiy ravishda yangilab borishni taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilingan, bekor qilingan yoki ularga oʻzgartirishlar kiritilgan hollarda, masʼul shaxslar “Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmati bazasiga tegishli axborotning ushbu hujjatlar maʼlumotlarni qonuniy kuchga kirgandan soʻng bir kun mobaynida tezkor kiritilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masʼul shaxs normativ-huquqiy hujjatni oʻz vaqtida olmagan taqdirda, ushbu shaxs qayd etilgan hujjat olingan paytdan boshlab bir kun davomida maʼlumotlar kiritilishini taʼminlashi sharti bilan axborot oʻz vaqtida kiritilmaganligi uchun javobgarlikdan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchisi “Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmati maʼlumotlari bilan tanishish vaqtida muayyan tovarga tegishli koʻchirmani “pdf” formatida shakllantirishi, saqlashi va qogʻozga chop etishi huquqiga ega. Koʻchirma shakllantirilgan paytda tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur boʻlgan hujjatlar toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Koʻchirmada majburiy hujjatlar toʻgʻrisida maʼlumotlarning yoʻqligi tovarlarni bojxonada rasmiylashtirishni rad etish uchun asos hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish uchun zarur boʻlgan hujjatlar boʻyicha axborotning oʻz vaqtida kiritilmaganligi uchun vakolatli organ javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. “Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmatidan foydalanish orqali chop etilgan maʼlumotlarning asliga toʻgʻriligini bir oy davomida maʼlumotlar bazasidan tekshirish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ushbu Texnologik yoʻriqnoma talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-oktabrdagi 829-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli vazirlik, idora va tashkilotlar tomonidan kiritiladigan va “Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmati doirasida taqdim etiladigan axborot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

“Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmatining bazasiga kiritiladigan axborot

Vakolatli organning nomi

1.

Oʻziga xos tovarlarning eksporti va importi uchun litsenziya

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, eksportni qoʻllab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati

3.

Eksport nazorati obyektlarini olib chiqish uchun ruxsatnoma

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

4.

Portlovchi materiallarni olib kirish, sotib olish hamda saqlash, shuningdek avtomobil va temir yoʻl transportida tashish uchun ruxsatnoma

Oʻzbekiston Respublikasi
Ichki ishlar vazirligi

5.

Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini olish, realizatsiya qilish, olib kirish yoki olib chiqish, tranzit qilish, saqlash, olib yurish, tashish, qurol va uning oʻq-dorilarini kolleksiyalash, koʻrgazmaga qoʻyish uchun ruxsatnoma.

6.

Import qilinayotganda qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarish uchun moʻljallangan xom ashyolar roʻyxatida koʻrsatilgan “in bulk” mahsulotlar turlari uchun xulosa

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi

7.

Sanitariya-epidemiologik xulosa

8.

Narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish, chetga olib chiqish huquqini beruvchi sertifikat

9.

Oʻzbekiston Respublikasidan madaniy boyliklarni olib chiqish yoki vaqtinchalik olib chiqish huquqini beruvchi sertifikat

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi

10.

Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni olib kirish uchun ruxsatnoma

Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.

Davlat veterinariya xizmati nazoratidagi tovarlar eksporti, importi va Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranziti uchun ruxsatnoma

Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

12.

Veterinariya sertifikati, veterinariya guvohnomasi

13.

Ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ozonni buzuvchi moddalar boʻlgan mahsulotlar eksportiga yoki importiga ruxsatnoma

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi

14.

Ekologik sertifikat

15.

Yovvoyi oʻsimliklarni, ularning qismlarini, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilganlarini olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma

16.

Yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, hayot faoliyati mahsulotlari, zoologiya kolleksiyalari, oʻljalar va tulumlarni olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma

17.

Yoʻq boʻlib ketish xavfi boʻlgan yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish toʻgʻrisidagi Konvensiya (CITES)ning I, II va III ilovalariga kiritilgan hayvonlar va oʻsimliklar namunalarini olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma

18.

Fitosanitariya sertifikati

Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi

19.

Karantin ruxsatnomasi

20.

Karantin koʻrigi dalolatnomasi

21.

Muvofiqlik sertifikati

“Oʻzstandart” agentligi

22.

Oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kiriladigan mulk uchun sertifikat

“Oʻzbekekspertiza” AJ

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Davlat bojxona qoʻmitasi har bir tovarga nisbatan qoʻllaniladigan tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi kodlari, bojxona toʻlovlari stavkalari hamda bojxona chegarasi orqali tovar va transport vositalarini olib kirish va olib chiqish boʻyicha taqiqlar va cheklovlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritadi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2018-y., 09/18/829/2060-son; 01.04.2019-y., 09/19/269/2861-son; 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son; 15.05.2020-y., 09/20/283/0587-son, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son, 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)