Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.04.2025 20.03.1996 yildagi 107-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.04.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AHOLIGA NAQD PULGA AVTOMOBIL YONILGʻISI SOTUVCHI RESPUBLIKA AVTOMOBIL YONILGʻISI QUYISH SHOXOBCHALARINI XUSUSIYLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli “Boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini xatlovdan oʻtkazish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy tadbirkorlikni yanada ragʻbatlantirish, ichki bozorni neft mahsulotlari bilan toʻldirish, bozor munosabatlarini shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining aholiga naqd pulga avtomobil yonilgʻisi sotuvchi ishlab turgan 436 ta avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchasini ilovaga* muvofiq 1996-yilda Xususiylashtirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalarini jismoniy va yuridik shaxslarga, shu jumladan xorijiy jismoniy va yuridik shaxslarga daromad manbalari toʻgʻrisida deklaratsiya tuzishni talab qilmasdan yer uchastkalarini uzoq muddatli ijaraga bergan holda hamda ular joylashgan yer uchastkalari bilan birgalikda kimoshdi savdolari va tanlov asosida mulk qilib sotsinlar (ilovaga muvofiq).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalarini sotishdan olingan mablagʻlar sotish narxining butun summasini toʻlash uchun bir oy muddat belgilangan holda Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 31-iyuldagi 273-f-son Farmoyishi bilan tasdiqlangan Davlat mulki davlat tasarrufidan chiqarilganda va xususiylashtirilganda, obyektlar kimoshdi savdolarida, tanlovlar va birja savdolarida sotilganda haq toʻlashning, tushgan mablagʻlarni taqsimlash va hisobga olishning, ushbu mablagʻlarning tushishi va ulardan foydalanish ustidan nazorat qilishning Yagona tartibiga muvofiq taqsimlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 7-sentabrdagi 382-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qoʻyilsinki, 1996-yil 1-apreldan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligining roʻyxatlari boʻyicha urush nogironlari va qatnashchilari, mehnat nogironlariga sotiladigan avtomobil yonilgʻisining imtiyozli hajmi oyiga 300 soʻm miqdorida belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat soliq qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, “Oʻzdavstandart” agentligi, “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi xususiylashtirilgan avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalari egalari tomonidan neft mahsulotlari sotib olinishi, qabul qilinishi, saqlanishi, sotilishi va hisobga olinishi qoidalariga, texnika va yongʻin havfsizligi, atrof muhit muhofazasi, sotiladigan neft mahsulotlari sifati qoidalariga rioya qilinishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsinlar.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 14-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosarlari V. A. Chjen va Q. J. Haqqulov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 20-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
107-son