Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.05.1996 11.03.1992 yildagi 123-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.05.1996
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON DAVLAT TELERADIOEShITTIRISh KOMPANIYASI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari”gi 1996-yil 24-maydagi 190-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat televideniye va radioeshittirish komitetini Oʻzbekiston Davlat teleradioeshittirish kompaniyasiga aylantirish toʻgʻrisida” 1992-yil 7-yanvardagi Farmoniga muvofiq, radio va televideniyening, unga qarashli korxonalar va tashkilotlarning barqaror ishlashini taʼminlash, ularning faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat televideniye va radioeshittirish komiteti 1992-yilning 1-yanvaridan boshlab tugatilgan deb hisoblansin. Oʻzbekiston Davlat teleradioeshittirish kompaniyasi (“Oʻzteleradio”) uning huquqiy vorisi deb hisoblansin. 1992-yilning 1-martigacha Oʻzbekiston Respublikasining sobiq Davlat televideniye va radioeshittirish komiteti va unga qarashli korxonalar hamda tashkilotlar ixtiyoridagi asosiy fondlar, mulk va banklardagi hisob-kitob schyotlarida boʻlgan pul mablagʻlari “Oʻzteleradio” ixtiyoriga berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Davlat teleradioeshittirish kompaniyasi toʻgʻrisidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, “Oʻzteleradio” respublika hududida toʻrt programma boʻyicha televizion koʻrsatuvlar olib boradi, jumladan, “Ostankino” va Oʻrta Osiyo hamda Qozogʻiston respublikalari telekompaniyasi dasturlarini olib koʻrsatadi, toʻrt dastur boʻyicha radioeshittirishlar olib boradi, jumladan, “Mayak” radiostansiyasini olib eshittiradi, shuningdek, chet ellar uchun eshittirishlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, Oʻzbekiston Davlat teleradioeshittirish kompaniyasi teleradioeshittirishning Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan yillik reja hajmlariga hamda kompaniyaning bir soatlik eshittirishi qiymatining hisob-kitob normativlaridan kelib chiqqan holda respublika budjetidan mablagʻ bilan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Davlat teleradioeshittirish kompaniyasiga Raisning toʻrt nafar, shu jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosariga ega boʻlishiga ruxsat etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzteleradio” raisiga, uning oʻrinbosarlariga va boshqaruv aʼzolariga Oʻzbekiston Respublikasi vazirlari, ularning oʻrinbosarlari va hayʼat aʼzolari uchun tegishli ravishda nazarda tutilgan maishiy va tibbiy xizmat koʻrsatish joriy qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Avtomobil transporti vazirligi tomonidan Davlat teleradioeshittirish kompaniyasi rahbariyatiga xizmat koʻrsatish uchun ajratilgan 5 ta yengil avtomashinani saqlash uchun zarur boʻlgan mablagʻ va limit ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzteleradio” va unga qarashli tashkilotlarga mazkur qaror kuchga kirgan paytdan boshlab daromaddan olinadigan soliqlarning stavkasi 12 foiz miqdorida belgilansin. Tijoratchilik faoliyatidan olingan daromadlardan va budjetdan tashqari moliyaviy taʼminlashning boshqa manbalaridan olingan mablagʻlardan teleradio ishlab chiqarishini tashkil etishni takomillashtirish, teleradioeshittirishning sifati va badiiy saviyasini oshirish, ijtimoiy rivojlanish moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va xodimlar mehnatini moddiy ragʻbatlantirish uchun mustaqil ravishda foydalanishga ruxsat etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Oʻzteleradio” va unga qarashli korxonalar hamda tashkilotlarga oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan moddiy-ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanish, valyuta va boshqa fondlarni mustaqil ravishda shakllantirish va foydalanish, stavkalar, okladlar, qoʻshimcha haqlar, mukofotlarni hamda rahbarlar va apparat xodimlarini ragʻbatlantirish tarzidagi boshqa toʻlovlar miqdorini, shuningdek, koʻrsatilgan maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida har xil toifadagi xodimlar sonining oʻzaro nisbatini hisobga olmagan holda shtatlar va tuzilmalarni belgilash huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Oʻzteleradio” davlat aloqa organlarining barcha turdagi xizmatlariga, shu jumladan, buyurtma teleradio mahsulotlari hamda tijorat koʻrsatuvlari va eshittirishlari translatsiyasi uchun toʻlovlarni davlat tariflari boʻyicha amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Oʻzteleradio” Oʻzbekiston Respublikasida, MDHning boshqa respublikalarida va chet ellarda muxbirlik punktlari ochish, qoʻshma korxonalar tuzish, shuningdek, savdo-vositachilik birjalari tashkil etish va birja aʼmollarida qatnashish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “Oʻzteleradio” va unga qarashli korxonalar va tashkilotlarga teleradio programmalari, kino, -audio, -videoplyonkalar, teleradio mahsulotlari va boshqa tovarlar va jihozlar ishlab chiqarish uchun texnikalar sotib olish, ishlab chiqarilgan teleradio mahsulotlarini sotish hisobiga chet el teleradio tashkilotlarining xizmatlarini olishga oid eksport-import va barter bitimlarini amalga oshirish, chet el teleradio tashkilotlari vakillarini transport, aloqa, teleradio texnika, tarjimonlar bilan taʼminlash va boshqa xizmatlar koʻrsatish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “Oʻzteleradio”ga buyurtma teleradio mahsulotlari uchun narxlarni va sovet pullarida hamda chet el valyutasida xizmat koʻrsatganlik uchun tariflarni mustaqil ravishda belgilashga ruxsat etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Respublika televideniyesining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida 1992-1993-yillarda “Oʻzteleradio”ga quyidagilar uchun ruxsat etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar, xizmatlarni eksport qilganlik va chet ellik sheriklarga xizmat koʻrsatganlik uchun tushumlardan valyuta fondiga ajratmalarni amalga oshirmaslikka;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzteleradio”ning taklifiga binoan respublika hududiga keladigan xorijiy fuqarolarga yashab turish va transport xarajatlariga soʻmlarda pul toʻlashga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekistonning taraqqiyot istiqbolini belgilash qoʻmitasi “Oʻzteleradio”ning samarali faoliyat koʻrsatishi uchun qulay sharoitlar yaratishni taʼminlash, televizion va radioeshittirish asbob-uskunalarini vaqt-vaqti bilan yangilab turish va oʻrnini toʻldirish, foydalanib kelinayotgan binolar va inshootlarni tuzatish va rekonstruksiya qilish maqsadida har yili, shu jumladan, erkin almashtiriladigan valyutalarda zarur mablagʻlar ajratishni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. “Oʻzteleradio” “Toshkentdan gapiramiz va koʻrsatamiz” — “Govorit i pokazivayet Tashkent” haftaligining taʼsischisi va chop etuvchisi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sharq” nashriyot-matbaa konserni haftalikning oʻz vaqtida chop qilinishida “Oʻzteleradio”ga zarur yordam koʻrsatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Viloyatlar, shaharlar va rayonlarning hokimlari “Oʻzteleradio” va unga qarashli korxonalar va tashkilotlarning talabnomalariga muvofiq yakka tartibda uy-joy qurilishi, xodimlar va ularning bolalariga dam olish zonalari uchun yer maydonlari ajratishni taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi sobiq Davlat televideniye va radioeshittirish qoʻmitasi tomonidan “Oʻzteleradio” va unga qarashli korxonalar va tashkilotlarga uy-joylar va maktabgacha tarbiya muassasalari qurilishi uchun ulush qoʻshib qatnashish maqsadidagi mablagʻlarni qaytadan rasmiylashtirsin va har yili belgilangan tartibda ushbu mablagʻlar hisobiga uy-joy maydoni va bolalar maktabgacha tarbiya muassasalariga joylar ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1973-yil 20-apreldagi 147-son, 1988-yil 25-avgustdagi 297-son, 1989-yil 8-dekabrdagi 413-son qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 11-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
123-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil
11-martdagi 123-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston davlat teleradioeshittirish kompaniyasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston davlat teleradioeshittirish kompaniyasi (“Oʻzteleradio”) respublika televideniyesiga, respublika radioeshittirishining, chet ellarga radioeshittirishlarning ijodiy ishlab chiqarish tuzilmalarini, ishlab chiqarish-texnika boʻlinmalarini, Qoraqalpogʻiston Respublikasi teleradiosi, viloyat teleradiolari, shahar radioeshittirish muharririyatlarini birlashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzteleradio” Oʻzbekiston Respublikasi Davlat televideniye va radioeshittirish qoʻmitasining, shu jumladan, shartnomalar, bitimlar va xalqaro bitimlar boʻyicha, shuningdek, mustaqil jumhuriyatlar va chet mamlakatlarning tashkilotlari, firmalari va korxonalari bilan tuzilgan grajdan-huquqiy tarzdagi shartnomalardan kelib chiquvchi majburiyatlar boʻyicha huquqiy voris hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzteleradio” yuridik shaxs boʻlib hisoblanadi, u mustaqil balansga ega, respublikaning butun hududida va uning tashqarisida zarur xoʻjalik-moliyaviy aʼmollarni bajaradi, bank muassasalarida oʻz hisob-kitobiga ega, qonun bilan belgilangan tartibda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzteleradio” oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, uning qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, respublika Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga va oʻz faoliyatiga oid boshqa meʼyoriy hujjatlarga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzteleradio” Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan hamda oʻz nomi oʻzbek va rus tillarida yozilgan muhrga, firma belgisi, emblemasiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Oʻzteleradio”ning manzilgohi: 700011, Toshkent shahri, Navoiy koʻchasi, 69.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. “Oʻzteleradio”ning vazifalari va bajaradigan ishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzteleradio”ning asosiy vazifalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
telekoʻrsatuvlar va radiodasturlar, telefilmlar ishlab chiqarish hamda tarqatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida umummilliy tuzilish sifatidagi telekoʻrsatuv va radioeshittirishlarni rivojlantirishning strategiyasi va asosiy yoʻllari hamda yoʻnalishlarini belgilash; axborot sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, umumrespublika teleradioeshittirish tashkilotlarining rivojlanishini, ularning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, respublika viloyatlari, boshqa mustaqil respublikalar va davlatlarning telekoʻrsatuv hamda radioeshittirish tashkilotlari bilan hamkorlikda ishlashlarini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumrespublika telekoʻrsatuvi va radioeshittirishlari faoliyatini huquqiy taʼminlashni takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Oʻzteleradio” oʻziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xolislik, tezkorlik hamda oʻz axborotlarining mutlaqo yangi boʻlishi prinsiplariga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi hududida hamda uning tashqarisida telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlarni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
millati, partiyaviy mansubligi va dinidan qatʼi nazar, shaxslarning umum tomonidan eʼtirof etilgan huquq hamda shaxs erkinligini hurmat qilish asosida televizion filmlarning yuksak gʻoyaviy, badiiy saviyada boʻlishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mustaqil davlatlar sifatida Oʻzbekiston Respublikasi toʻgʻrisida, uning ichki va tashqi siyosati, odamlarning hayoti hamda respublikada sodir boʻlayotgan jarayonlar, shu voqealarga nisbatan uning tashqarisidagi munosabat, shuningdek, xorijdagi voqealar va jarayonlar toʻgʻrisida har tomonlama axborot beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi davlat hokimiyati yuqori organlari va boshqaruvining faoliyati toʻgʻrisida rasmiy xabarlar tarqatadi, shu tashkilotlar qabul qilayotgan qarorlarni tushuntiradi, ularga bildirilayotgan fikr-mulohazalarni tahlil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshkentdan gapiramiz va koʻrsatamiz” — “Govorit i pokazivayet Tashkent” haftaligini va, zarur boʻlsa, boshqa bosma mahsulotlarni chop etadi, teleradioeshittirishlar masalalariga bagʻishlangan xalqaro koʻrgazmalar, kengashlar, konferensiyalarda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar uchun dasturlar, telefilmlar, adabiy va musiqaviy asarlar, postanovkalar uchun ijodiy ishlab chiqarish jarayonlarini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
telefilmlarni ishlab chiqarishga tushirish, ularni koʻpaytirish tartibini belgilaydi. Teleradio, kino mahsulotlarini yaratish uchun moddiy xarajatlarning normativlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
telekoʻrsatuv va radio uchun barcha turdagi asarlarni yaratganlik uchun mualliflik, sahnaga qoʻyganlik hamda ijrochilik mukofotlari toʻlanishi tartibini va miqdorini, shuningdek, adabiy-badiiy asarlar, ssenariylar, telefilmlarga, televizion va radioeshittirishlarga musiqa yaratganlik uchun toʻlanadigan stavkalarni belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq maʼnaviy, milliy boyligi va uning madaniy merosining bir qismi sifatida telekoʻrsatuv va radio asarlarini tanlash, yaxlitlash va saqlash boʻyicha davlat vazifasini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat munosabatlarining tanlov-shartnoma tizimi asosida kadrlarni tanlaydi hamda joy-joyiga qoʻyish ishlarini olib boradi. “Oʻzteleradio” xodimlarini tayyorlashni va qayta tayyorlashni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
badiiy-ishlab chiqarish, artistik hamda badiiy xodimlarni tarifikatsiyadan oʻtkazish tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
teleradio dasturlarining reytingini belgilash hamda oshirish maqsadida teletomoshabinlar va radioeshituvchilarning fikr-mulohazalarini sotsiologik oʻrganishni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
telekoʻrsatuv hamda radioeshittirishlarning maʼlum vaqtini vazirliklar, muassasalar, korxonalar va tashkilotlarga, xususiy shaxslarga hamda jamoat birlashmalariga tijorat asosida taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatuvlar hamda eshittirishlar mahsulotlari davlat bozorini shakllantirishda qatnashadi. Telekoʻrsatuv hamda radioeshittirishning boshqa tashkilotlari bilan teleradio dasturlar, ilmiy-metodik, huquqiy, texnikaviy, tijorat va boshqa axborotlarni almashish maqsadida ikki tomonlama hamda koʻp tomonlama shartnomalar tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining aloqa organlari bilan birgalikda telekoʻrsatuv va radioeshittirishlarning dasturlarini shakllantirish hamda tarqatishning yagona shoxobchalarini taʼminlovchi texnika vositalarini oqilona joylashtiradi va samarali rivojlantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat aloqa organlari oʻzlashtirgan radiochastotalar, chastota kanallari bilan telekoʻrsatuv va radioeshittirishlarning texnika vositalaridan samarali foydalanishni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzteleradio” dasturlarining shakllantirilishi hamda tarqatilishi sifatini nazorat qilishni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetdan ajratilgan mablagʻlar doirasida buyurtmalarni joylashtiradi va telekoʻrsatuv hamda radioeshittirishlar uchun yangi xildagi texnikalar, texnologiya hamda asbob-uskunalarning ishlanmalarini moliyaviy taʼminlaydi. Telekoʻrsatuv va radioeshittirish uchun asbob-uskunalar ishlab chiqaradigan korxonalar hamda firmalar bilan, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan bevosita aloqalar oʻrnatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
telekoʻrsatuv va radioeshittirishlar dasturlarini namoyish qilishning texnikaviy shartlariga binoan binolar va inshootlar qurishning loyihalarini kelishib oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida telekoʻrsatuv hamda radioeshittirishlarni tashkil etish va boshqarishning huquqiy asoslarini ishlab chiqishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hamda xalqaro huquqiy tashkilotlarda “Oʻzteleradio”ning manfaatlarini belgilangan tartibda himoya qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining telekoʻrsatuv va radioeshittirish sohasidagi davlat siyosati masalalari yuzasidan xalqaro aloqalarni amalga oshiradi. Chet mamlakatlarning teleradiokompaniyalari va tashkilotlari bilan hamkorlik toʻgʻrisida shartnomalar, protokollar va boshqa hujjatlarni ishlab chiqadi. Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida shartnomalar tuzadi. Telekoʻrsatuv hamda radioeshittirish sohasida eksport-import ishlarini, vakillikni, vositachilik faoliyatini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet ellik sheriklar bilan qoʻshma korxonalar tashkil etadi, audio va video kassetalarga yozilgan programmalarni, kino mahsulotlarini ishlab chiqaradi, koʻpaytiradi va sotadi, shuningdek, uning moddiy-texnika hamda ijtimoiy negizini rivojlantirishga yordam beruvchi moliyaviy iqtisodiy holatini mustahkamlovchi boshqa turdagi faoliyatlar bilan shugʻullanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. “Oʻzteleradio”ning huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Oʻzteleradio”:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlarni tayyorlash uchun davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslardan zarur axborotlarni olish; “Oʻzteleradio” xodimlari zarur hollarda oʻz xizmat vazifalarini bajarishlari uchun davlat tashkilotlari va jamoat tashkilotlaridan yordam (koʻmak) olish; xodimlarini mitinglarga, yigʻilishlarga, namoyishlarga va boshqa ommaviy tadbirlarga, shuningdek, tabiiy ofatlar, halokatlar boʻlgan rayonlarga, harbiy tayyorgarlik va jangovar harakatlar, qurol-yarogʻlar sinovdan oʻtkaziladigan, kosmik tadqiqotlar qilinadigan, ekologik ofatlar va jinoyatlar boʻlgan, ozodlikdan mahrum etish joylariga, (tegishli organlar bilan kelishilgan holda) telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar tayyorlash, suratga olish va teletomoshabinlar bilan radioeshituvchilarni tezkorlik bilan xabardor etish maqsadida yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari asosida, respublika teleradioeshittirish tizimida yagona davlat siyosatini amalga oshirish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha, televideniye va radioeshittirishlarning barcha organlari va tashkilotlari uchun, ular qaysi idoraga qarashli boʻlishidan qatʼi nazar, majburiy boʻlgan meʼyoriy hujjatlar chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun bilan belgilangan tartibda teletomoshabinlar va radioeshituvchilarning hamda boshqa teleradio mahsulotlari isteʼmolchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan choralar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlarni translatsiya qilishning texnik talablariga rioya qilinmagan holda olib borilayotgan binolar va inshootlar qurilishini toʻxtatish toʻgʻrisida tegishli organlarga takliflar yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzteleradio” dasturlarini tarqatish va namoyish etish maqsadida foydalaniladigan “Oʻzteleradio”ga biriktirilgan telekoʻrsatuv va radioeshittirishlarning barcha texnik vositalarining ular oʻzlashtirgan radiochastotalar, chastota kanallari, sim orqali (kabel orqali) uzatish va aloqa kanallari bilan faoliyat koʻrsatishi (koʻrsatuvlar va radioeshittirishlar hajmi va tartibi) rejimini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzteleradio” dasturlarini namoyish qilishdan boʻsh boʻlgan efir vaqtini boshqa foydalanuvchilarga berilishiga ruxsat etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumrespublika telekoʻrsatuvi va radioeshittirishlari tashkilotlari va matbaa organlarini taʼsis etish, taʼsis etilayotgan organlarning dasturlari, ustavlari (nizomlarini) tasdiqlash, ularni moliyaviy va moddiy-texnikaviy jihatdan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasiga, viloyatlarga oʻz hududlarida umumrespublika davlat telekoʻrsatuvlari va radioeshittirishlari dasturlari berilishi tartibini oʻzgartirishga rozilik berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
teleradio dasturlarini, kino va video plyonkalarni, teleradio mahsulotlarini tayyorlash uchun texnikalar xarid qilish, tayyorlangan teleradio mahsulotlarini sotish hisobiga respublikalar va xorijiy teleradio tashkilotlarining xizmatini olish, reklama uchun vaqt berish va boshqa teleradiokompaniyalarining vakillarini transport, aloqa, televizion va radioapparaturalar, tarjimonlar bilan taʼminlash va boshqa xizmatlarni koʻrsatish yuzasidan barter bitimlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turli toifadagi xodimlar soni nisbati cheklanmagan holda “Oʻzteleradio” tuzilmasini, xodimlar sonini, shtatlarini mustaqil ravishda belgilash va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar organlarining muvaffaqiyatli ishlashlariga yordam beruvchi vaqtinchalik ijodiy kollektivlar, boshqa tashkiliy tuzilmalarni yuzaga keltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lavozim okladlari (stavkalari)ni, qoʻshimcha toʻlovlar, mukofotlarning va barcha toifadagi xodimlarga beriladigan ragʻbatlantirish tarzidagi toʻlovlarning miqdorini aniqlash va belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma asosida boshqa mustaqil respublikalar va xorijiy mamlakatlardan mutaxassislarni ishga qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtma asosida yaratilayotgan telekoʻrsatuv va radioeshittirishlar mahsulotlari narxini, koʻrsatilgan xizmat uchun soʻmda va chet el valyutasi hisobida tariflarni mustaqil belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzteleradio”ning ishlab chiqarish maʼmuriy xizmatlarini oʻz nomidan shartnomalar tuzish huquqi bilan xoʻjalik hisobiga oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika televideniye dasturlarini respublika va mahalliy roʻznomalarga chop etish uchun shartnomali asosda berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududida va uning tashqarisida belgilangan tartibda firmalar, tashkilotlar, vakolatxonalar, boʻlimlar, agentliklar, muxbirlik punktlari va ularning filiallarini taʼsis etish, qayta tashkil etish va tugatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud mablagʻlar doirasida axborot, madaniyat, xayriya, insonparvarlik hamda boshqa xil fondlarni taʼsis etish, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligida va xorijda faoliyat koʻrsatayotgan shunday fondlar tarkibiga kirish; eng yaxshi asarlar va axborot materiallari uchun mualliflarni ragʻbatlantirish maqsadida maxsus mukofotlar taʼsis etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha turdagi soliqlar (respublika budjetiga oʻtkazilayotgan soliqlar miqdori doirasida), yigʻimlar, bojlar va budjetga ajratmalar, shu jumladan, chet el valyutasida, toʻlamagan holda tijorat faoliyatini amalga oshirish; olingan valyutadan mustaqil ravishda foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
televideniye, radioeshittirishlar, filmlar yaratish sohasidagi muammolarni tahlil etish va ularni hal qilishning oqilona yoʻllarini topish maqsadida yuqori malakali mutaxassislar va ekspertlarni, shu jumladan, ularni respublika tashqarisidan ham jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov, festivallar, viktorinalar oʻtkazish, oʻzimizning va chet ellardan keladigan teleradio tashkilotlari delegatsiyalarini, vakillarini qabul qilish, shuningdek “Oʻzteleradio” faoliyati bilan bogʻliq boshqa tadbirlarni oʻtkazish uchun sarf-xarajatlar meʼyorini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va boshqa markaziy boshqaruv organlari uchun belgilangan tartibda respublika rahbariyatining qarorlari va farmoyishlarini olish huquqlariga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Oʻzteleradio” zimmasiga yuklatilgan vazifalar va ishlarni bajarishda respublika birlashmalariga va Oʻzbekiston Respublikasining davlat markaziy boshqaruv organlariga berilgan boshqa huquqlardan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “Oʻzteleradio” huquqi doirasiga kiruvchi yoki uning manfaatlariga daxldor masalalar qonunda nazarda tutilgan hollarda davlat organlari va xoʻjalik tashkilotlari tomonidan “Oʻzteleradio” ishtirokida hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. “Oʻzteleradio” boshqaruvi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “Oʻzteleradio”ga rais boshchilik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzteleradio” raisi besh nafar oʻrinbosarlarga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. “Oʻzteleradio” raisi kompaniya faoliyatiga rahbarlik qiladi. “Oʻzteleradio”ga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi, rais oʻrinbosarlarining, tuzilma boʻlimlari va tuzilma birliklari rahbarlarining, shuningdek, kompaniya tarkibiga kiruvchi birlashmalar, korxonalar, tashkilotlar rahbarlarining javobgarlik darajalarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. “Oʻzteleradio”da rais, uning oʻrinbosarlari hamda “Oʻzteleradio”ning boshqa xodimlaridan iborat boshqaruv tuziladi. Boshqaruvga “Oʻzteleradio” raisi boshchilik qiladi. Boshqaruv aʼzolarini “Oʻzteleradio” raisi tayinlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv qarorlari “Oʻzteleradio” raisining buyruqlari bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. “Oʻzteleradio”ning mol-mulki va fondlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasining tugatilgan Davlat televideniye va radioeshittirish qoʻmitasining, shuningdek, unga qarashli mahalliy teleradio qoʻmitalari va tashkilotlarining ixtiyorlarida boʻlgan asosiy fondlar va boshqa davlat mol-mulki “Oʻzteleradio”ning mol-mulkini tashkil etadi. “Oʻzteleradio” koʻrsatilgan davlat mol-mulkini boshqarish uchun vakolatli boʻlgan davlat organi vazifasini bajaradi. “Oʻzteleradio” mol-mulkining qiymati uning mustaqil balansida aks etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. “Oʻzteleradio”ning pul mablagʻlari texnika vositalaridan foydalanish, texnika negizini mustahkamlash maqsadli dasturlarni amalga oshirish, respublika tashqarisidagi vakilliklarni saqlash va boshqa ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun belgilangan normativlar hamda hisob-kitoblarga muvofiq davlat buyurtmasini bajarish uchun davlat budjetidan ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tijorat faoliyatidan, pullik xizmatlar koʻrsatish va vazirliklar, idoralar, korxonalar, tashkilotlar hamda ayrim shaxslar bilan tuzilgan shartnomalarga koʻra qilingan ishlardan, homiylardan, tashqi iqtisodiy faoliyatdan, shuningdek, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va shaxslar oʻtkazgan begʻaraz va xayriya badallaridan, Oʻzbekiston Respublikasi qonuni bilan man etilmagan boshqa joylardan tushgan mablagʻlar “Oʻzteleradio”ni moliyaviy taʼminlashning qoʻshimcha manbalari boʻlib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. “Oʻzteleradio” oʻz majburiyatlariga koʻra qonunga muvofiq jarima solinishi mumkin boʻlgan oʻziga birkitilgan mol-mulk uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. “Oʻzteleradio” Oʻzbekiston Respublikasining teleradioeshittirishlarni rivojlantirish fondini, shuningdek, mehnatga haq toʻlash, ijodiy-ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanish fondlarini, valyuta hamda “Oʻzteleradio” vazifalarini bajarish uchun zarur boshqa fondlarni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. “Oʻzteleradio” buxgalteriya, tezkorlik va statistika hisobini yuritadi ishlab chiqarish-xoʻjalik faoliyatining barcha turlari boʻyicha hisobotlarni belgilangan tartibda tayyorlaydi va taqdim etadi, hisobotlar va balanslarning ishonchliligini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. “Oʻzteleradio” oʻziga boʻysunuvchi mahalliy teleradio qoʻmitalari, korxonalari va tashkilotlari moliya-xoʻjalik faoliyatlarining qonunga muvofiq tematik tekshirilishi va kompleks taftishdan oʻtkazilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. “Oʻzteleradio”ni qayta tashkil etish va tugatish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari bilan amalga oshiriladi.