Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
MEHNATGA HAQ TOʻLASHNING YAGONA TARIF SETKASINI TAKOMILLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA
Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish sharoitlarida ish haqining ragʻbatlantiruvchi ahamiyatini oshirish, mehnatga haq toʻlashning mehnatning murakkabligiga va xodimlarning malakasiga bogʻliqligini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Mehnatga haq toʻlashning Yagona tarif setkasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Boshlangʻich razryadning 550 soʻm miqdoridagi tarif stavkasi Yagona tarif setkasiga asos qilib olinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Qoʻshimcha haq va ustamalarning amaldagi tizimi, shuningdek xodimlar ish haqiga qoʻshiladigan rayon koeffitsiyentlari saqlab qolinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Belgilab qoʻyilsinki, mehnatga haq toʻlashning Yagona tarif setkasini qoʻllash barcha budjet tashkilotlari uchun majburiydir.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 30-iyundagi 173-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 340-modda)
Xodimlarning tarif-malaka razryadlarini mehnatga haq toʻlashning Yagona tarif setkasi asosida belgilash oʻz moliyaviy faoliyatini xoʻjalik hisobi asosida amalga oshiruvchi barcha davlat va davlat-aksionerlik korxonalari va tashkilotlari uchun majburiy hisoblansin.
Mulkchilikning boshqa shakllaridagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarga xodimlarning tarif-malaka razryadlarini Yagona tarif setkasi asosida belgilash tavsiya etilsin.
4. Vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, uyushmalar, birlashmalar Mehnat vazirligi bilan kelishgan holda, budjetdan mablagʻ bilan taʼminlanadigan muassasalar va tashkilotlar esa Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan ham kelishgan holda ikki hafta muddatda rahbar xodimlar, mutaxassislar va xizmatchilarning amaldagi tarifikatsiya tizimini qayta koʻrib chiqsinlar hamda uni mehnatga haq toʻlashning Yagona tarif setkasi talablariga muvofiqlashtirsinlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi bir hafta muddatda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlarining amaldagi tarifikatsiya tizimini qayta koʻrib chiqsinlar va mehnatga haq toʻlashning Yagona tarif setkasi talablariga muvofiq yangi tarif setkasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Mehnat vazirligiga Moliya vazirligi bilan kelishgan holda tarif-malaka maʼlumotnomalarida oʻz aksini topmagan ishlar va kasblar (lavozimlar)ni Yagona tarif setkasining tegishli kasblar (lavozimlar) razryadlariga tenglashtirish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari budjet tashkilotlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash shartlarining Yagona tarif setkasiga muvofiqligiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi oʻn kun muddatda mehnatga haq toʻlashning Yagona tarif setkasini qoʻllash boʻyicha tavsiyalarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin. Vazirliklar va idoralarning tegishli xodimlari bilan mehnatga haq toʻlashning Yagona tarif setkasini qoʻllash bilan bogʻliq tushuntirish, tashkiliy va metodologik ishlarni olib borsin.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 18-mart,
103-son
Oldingi tahrirga qarang.
(Ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 23-iyuldagi 262-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)