14.03.1996 yildagi 100-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

XALQARO AMIR TEMUR JAMGʻARMASINI QOʻLLAB-QUVVATLASH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyuk davlat arbobi Amir Temurning ijtimoiy-siyosiy merosini, madaniyat va maʼnaviyat taraqqiyotiga qoʻshgan ulkan hissasini chuqur oʻrganish, yosh avlodda milliy iftixor va mustaqil Vatan tuygʻusini shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Respublika ziyolilarining bir guruhi tomonidan Xalqaro Amir Temur jamgʻarmasi tuzilganligini va uning Ustavi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilganligini eʼtiborga olgan holda, keng jamoatchilikning mazkur jamgʻarmani qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xalqaro Amir Temur jamgʻarmasining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyuk davlat arbobi Amir Temur hayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyatiga doir keng tadqiqotlar olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amir Temur faoliyatiga oid tarixiy manbalarni chuqur oʻrganish hamda ularni nashr etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
temuriylar davri meʼmorchilik yodgorliklarini qayta tiklash va taʼmirlash ishlariga yordam berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yosh avlodning maʼnaviy-madaniy kamol topishiga, unda mustaqil Oʻzbekiston Respublikasi istiqbolidan faxrlanish va vatanparvarlik tuygʻusini tarbiyalashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimiz olimlari, adabiyot va madaniyat arboblarining xalqaro hamkorligini rivojlantirish va kengaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xalqaro Amir Temur jamgʻarmasining Nizomi hamda tashkiliy tuzilishi 1-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasi, Fanlar akademiyasi Jamgʻarmaga barcha obroʻli xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar oʻrnatishda va yaqindan hamkorlik qilishda har tomonlama koʻmaklashsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari joylarda Jamgʻarma boʻlinmalarini tashkil etish uchun binolar ajratsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimligi Jamgʻarma boshqaruv apparatini bir oy muddatda Abdulla Toʻqay koʻchasi, 1-uydagi binoga joylashtirsin hamda Temuriylar tarixi Davlat muzeyini loyihalash va qurishda Jamgʻarma boshqaruvi apparatini keyinchalik mazkur muzey binosiga joylashtirishni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Respublika vazirliklari, davlat qoʻmitalari, konsernlari, korporatsiyalari, korxonalari, xoʻjaliklari, tijorat banklari hamda boshqa homiy tashkilotlarning Amir Temur jamgʻarmasiga moliyaviy va moddiy-texnika yordami 2-ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan Xalqaro Amir Temur jamgʻarmasiga 1 mln. soʻm ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma va uning boʻlimlari davlat budjetiga tushadigan davlat soliqlari, bojxona boji hamda boshqa toʻlovlardan 2 yil muddatga ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Amir Temur jamgʻarmasi boshqaruv apparatiga xizmat koʻrsatish uchun yengil avtotransportga limit ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshshaharyoʻlovchitrans” davlat uyushmasi belgilangan tartibda Amir Temur jamgʻarmasiga yengil avtotransport ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi Amir Temur jamgʻarmasi boshqaruvini shahar va hukumat telefon aloqasi bilan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Amir Temur jamgʻarmasi raisi va uning oʻrinbosarlariga Oʻzbekiston Respublikasi davlat qoʻmitalari raislari va rais oʻrinbosarlari uchun tegishli ravishda belgilangan moddiy-maishiy hamda tibbiy xizmat koʻrsatish shart-sharoitlari tatbiq etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Oʻzdavteleradio” kompaniyasi, ommaviy axborot vositalari Jamgʻarma faoliyatini muntazam yoritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S. Saidqosimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 14-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
100-son

Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
14-martdagi 100-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro Amir Temur jamgʻarmasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xalqaro Amir Temur jamgʻarmasi (bundan keyin “Jamgʻarma” deb ataladi) Hukumat tizimiga kirmaydigan xayriya tashkiloti boʻlib, taniqli davlat arbobi va sarkarda Amir Temurning jahon madaniyati tarixiga qoʻshgan hissasini oʻrganish va xolisona targʻib qilish, uning nomi bilan bogʻliq nodir meʼmoriy yodgorliklarni tiklash, taʼmirlash va asrashga yordam berish, Amir Temur va temuriylar merosini oʻrganayotgan xalqaro tashkilotlar, ilmiy markazlar va taniqli olimlar bilan aloqalar oʻrnatishga har tomonlama koʻmaklashish ishiga xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jamgʻarma oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi va Jamgʻarma ustavi asosida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jamgʻarma butun Oʻzbekiston hududida va uning tashqarisida yagona tashkilot sifatida faoliyat koʻrsatadi, Jamgʻarma unga aʼzo boʻlishni yoki istalgan shaklda baholi qudrat moddiy yordam koʻrsatishni xohlovchi yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning yuridik va jismoniy shaxslari uchun ochiqdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma faoliyati xayriya tusida boʻlib, uning mablagʻlari, tushgan manbalaridan qatʼi nazar, Jamgʻarma ustavida koʻrsatilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun sarflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jamgʻarma yuridik shaxs hisoblanadi, uning bank muassasalarida mustaqil balansi, hisob, valyuta va boshqa schyotlari, muhri, shtampi, ramzi, firma, tovar va faoliyati uchun zarur boʻlgan boshqa belgilari boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jamgʻarmaning joylashgan oʻrni: Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. JAMGʻARMANING VAZIFALARI VA FAOLIYAT YOʻNALISHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar Jamgʻarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik davlat arbobi va atoqli sarkarda Amir Temurning hayoti, ijtimoiy-siyosiy va harbiy faoliyatini chuqur oʻrganishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsni maʼnaviy, madaniy va jismoniy kamolga yetkazishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, Amir Temur va uning zamonasi haqidagi bor haqiqatni keng ommaga yetkazish yoʻli bilan mehnatkashlarni mustaqil respublikamiz taqdiri uchun iftixor va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat, davlat, ilmiy va ijodiy tashkilotlarning Amir Temur hayoti va faoliyatini, Markaziy Osiyo xalqlarining tarixi va madaniyatini oʻrganish borasidagi ishlarini uygʻunlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikadagi va xorijiy mamlakatlardagi Temuriylar davriga oid meʼmoriy yodgorliklarni tiklash va taʼmirlashda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amir Temur haqida hujjatli, badiiy va telefilmlar yaratishga yordam berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilgan vazifalarni amalga oshirish uchun Jamgʻarma quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha faoliyat koʻrsatadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temur va temuriylar davri tarixiga oid qadimiy qoʻlyozma asarlarni oʻrganadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzining gazeta va jurnalini nashr qiladi, Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va madaniyatiga oid qoʻlyozma asarlarni chop etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda Temur va Temuriylar davri tarixini oʻrganuvchi jamoat kengashlari, klublar va toʻgaraklar tashkil qiladi. Radio va televideniye orqali eshittirishlar, koʻrsatuvlar uyushtiradi, kechalar, konsertlar va boshqa xayriya ishlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz nashriyoti orqali kitoblar, albomlar, bukletlar, plakatlar, taqvimlar va boshqa matbaa mahsulotlarini chiqaradi va ularni omma oʻrtasida tarqatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy mamlakatlar kutubxonalari, muzeylari va jamgʻarmalaridan Amir Temur va uning avlodi merosini topish yuzasidan ilmiy-qidiruv ishlarini olib boradi, xorijiy mamlakatlarda Temur haqida chop etilgan kitoblarni oʻzbek tiliga tarjima qilib nashr etadi, oʻzbekistonlik mualliflarning shu mavzuda yozgan asarlarini ommalashtirish bilan shugʻullanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi zaminida, shuningdek, kelishuv yoʻli bilan bir qator xorijiy mamlakatlarda belgilangan tartibda Jamgʻarmaning boʻlimlari va vakolatxonalarini ochadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sharqshunos va tarixchi olimlar oʻrtasida xalqaro hamkorlik oʻrnatishga va uni rivojlantirishga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustav asosida ilmiy muassasalar, turli korxonalar, tashkilot va firmalar, shuningdek, ixtisoslashgan doʻkonlar ochadi, belgilangan tartibda tashqi iqtisodiy aloqalarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. JAMGʻARMANING HUQUQLARI VA BURCHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ustavda belgilangan maqsadlarni amalga oshirish uchun Jamgʻarma Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq respublika va xorijiy mamlakatlarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va boshqa tashkilotlar, korxona va firmalar bilan birgalikda oʻzining loyihalari va dasturini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻm va valyuta bilan qarz oladi va qarz beradi, oʻz nomidan shartnomalar tuzadi, mulkiy huquqqa ega boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudda javobgar va daʼvogar sifatida ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarga maslahatlar, axborot, marketing xizmatlari va boshqa xizmatlar koʻrsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish, ilmiy va boshqa turdagi tashkilot va firmalar, banklar, sugʻurta kompaniyalari, shuningdek xorijiy sheriklar bilan birga aralash va qoʻshma korxonalar tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustavda koʻrsatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun vaqtinchalik birlashmalar tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy, noshirlik, axborot va madaniy-maʼrifiy faoliyat koʻrsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanʼat asarlarining yarmarkalarini va kimoshdi savdolarini, konsert va boshqa tomosha tadbirlarini uyushtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning maqsadlaridan kelib chiqqan holda koʻrik-tanlovlar oʻtkazadi, mukofotlar belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul-buyum lotereyalari oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq amaliy sanʼati mollarini, meʼmoriy yodgorliklarni tiklash va taʼmirlash uchun kerak boʻladigan kulolchilik va boshqa qurilish materiallarini ishlab chiqarishga mablagʻ beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy va xorijiy sarmoya ishtirokida ishlab chiqarishga hozirgi zamon texnologiyasi va asbob-uskunalarini qoʻllovchi loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniy-maishiy va ishlab chiqarish korxonalari qurilishida, koʻrgazma va yarmarkalar uyushtirish, turizmni rivojlantirish va unga munosib xizmat koʻrsatishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har qanday mol-mulkni musodara qilish, sotib olish, sotish, almashtirish, balansga qabul qilish, balansdan chiqarish, shuningdek har qanday mol-mulkka egalik qilish va ularni boshqaga oʻtkazish hamda ijaraga berish huquqini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida va xorijiy mamlakatlarda belgilangan tartibda shartnomalar, bitimlar tuzadi, shu jumladan, oldi-sotdi, saqlash, sovgʻa qilish, merosga qoldirish, almashtirish va boshqa ishlarni amalga oshiradi. Ularning nomenklaturasi Jamgʻarma faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha belgilanadi, yuridik va jismoniy shaxslar bilan amaldagi qonunlarga zid boʻlmagan har qanday huquqiy faoliyat koʻrsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol almashtirish, kompensatsiya va oʻzaro kelishuvning boshqa vositalarini qoʻllash yoʻli bilan belgilangan tartibda tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shugʻullanadi; qoʻshma va boshqa korxonalar tuzadi; har qanday xalqaro jamoat va ixtisoslashgan tashkilotlarga aʼzo boʻladi; fan va madaniyat namoyondalari bilan amaliy aloqa oʻrnatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida va xorijiy mamlakatlarda, shuningdek xorijiy sheriklar uchun Oʻzbekiston Respublikasida yuridik shaxs huquqi bilan oʻz shuʼbalari, boʻlimlari va vakolatxonalarini ochadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo-sotiq, vositachilik faoliyati bilan shugʻullanadi; oʻz mahsuloti va boshqa mollarni sotish uchun doʻkonlar ochadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. JAMGʻARMA ISHTIROKCHILARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Jamgʻarmaning taʼsischilari, davlat, jamoat, ilmiy va ijodiy tashkilotlar, banklar, birjalar, aksionerlik jamoalari va uyushmalar, jamgʻarmalar, shuningdek Jamgʻarmaning asosiy vazifalarini bajarishda ixtiyoriy ravishda ishtirok etmoqchi boʻlgan xorijiy mamlakatlarning fuqarolari uning aʼzolari hisoblanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. BOSHQARUV ORGANLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Jamgʻarmaning yuqori boshqaruv organi konferensiya boʻlib, u oʻz faoliyatining asosiy yoʻnalishini Jamgʻarma Ustavi asosida belgilaydi. Konferensiya Jamgʻarma boshqaruvini va boshqaruv raisini, shuningdek uning oʻrinbosarlarini hamda taftish komissiyasini saylaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Jamgʻarmaning tashkiliy tuzilishi ilovaga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Jamgʻarma raisi va boshqaruv aʼzolari jamoatchilik asosida ish olib boradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv raisi Jamgʻarma faoliyatini boshqaradi. Unga Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari asosida Jamgʻarma mablagʻlarini sarflash huquqi beriladi. Boshqaruv raisi boʻlmagan vaqtda va raisning topshirigʻiga binoan uning vazifalarini rais oʻrinbosari bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Boshqaruv rais rahbarligida quyidagilarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha uning rivojlanishini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning direksiyasi, filiallari va vakolatxonalari faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muayyan maqsad uchun belgilangan dasturlar tuzish va ularni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turli tashkilotlarda, shu jumladan xorijiy mamlakatlarning turli tashkilotlarida Jamgʻarma manfaatlarini himoya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Jamgʻarma va unga qarashli korxonalar, tashkilotlarning moliyaviy va xoʻjalik faoliyatini taftish komissiyasi nazorat qilib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Jamgʻarma xodimlarining umumiy soni 7 kishidan iborat qilib belgilanadi. Ularning maoshi Jamgʻarma mablagʻi hisobidan toʻlanadi. Jamgʻarmaning shtatlar roʻyxati zarurat tugʻilganda Jamgʻarma boshqaruvining qarori bilan oʻzgartiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. JAMGʻARMANING MOL-MULKI VA MABLAGʻI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Jamgʻarmaning asosiy va muomalada boʻlgan mablagʻi, shuningdek boshqa moddiy va moliyaviy boyligi uning mulki hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Jamgʻarma mulki quyidagilar hisobiga tashkil topadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼsischilar va tashkilotlardan tushgan pul va moddiy ulushlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar, jamoat tashkilotlari va fuqarolardan, shu jumladan xorijdan tushgan xayriya badallari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma va uning korxonalari faoliyatidan olinadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga berilgan va sotib olingan asosiy va moddiy boyliklar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzaro ishonch asosida jalb qilingan uchinchi shaxslarning mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Jamgʻarma davlat budjeti hisobiga undiriladigan soliqlardan, bojxona bojidan va boshqa toʻlovlardan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amaldagi qonunchilik asosida Jamgʻarma korxonalari va muassasalari, shuningdek daromadining bir qismini Jamgʻarmaga oʻtkazib turadigan korxona va muassasalar ham davlat budjetiga soliq toʻlashdan ozod qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Jamgʻarma oʻz majburiyatlari boʻyicha ixtiyoridagi barcha mol-mulk bilan javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat Jamgʻarma majburiyatlari boʻyicha, Jamgʻarma esa davlat majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Jamgʻarmaning mulkiy haq-huquqi Oʻzbekiston Respublikasining jamoat tashkilotlari haqidagi qonunlariga muvofiq himoya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. JAMGʻARMANING TUGATILISHI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Jamgʻarma faoliyati konferensiya qaroriga binoan yoki qonunchilikda belgilangan tartibda tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tugatilgan Jamgʻarmaning mol-mulki, Jamgʻarmaning barcha majburiyatlari boʻyicha hisob-kitob ishlari bajarilgandan keyin, uning taʼsischilari ixtiyoriga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma tomonidan bepul foydalanish uchun yoki ijaraga olingan binolar, asbob-uskunalar va boshqa mol-mulklar egalariga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQARO AMIR TEMUR JAMGʻARMASINING TUZILMASI