Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.06.2022 11.10.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3077
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.06.2022
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida majburiy hisobga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 11-oktabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3077]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2022-yil 14-iyundagi 2022-20-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3373, 28.06.2022-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-maydagi PQ-3741-son “Nizolarning oldini olishga qaratilgan institut sifatida notariat tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ko‘chmas mulk ijarasi shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida majburiy hisobga qo‘yish tartibi to‘g‘risida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror 2019-yil 1-yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari B. MUSAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 15-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-65-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2018-yil 15-avgustdagi 2018-65-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida majburiy hisobga qo‘yish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-maydagi PQ-3741-son “Nizolarning oldini olishga qaratilgan institut sifatida notariat tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq jismoniy shaxslar o‘rtasida tuzilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida majburiy hisobga qo‘yish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2019-yil 16-iyuldagi 2019-49-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3077-1, 24.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2019-y., 10/19/3077-1/3477-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ko‘chmas mulk ijara shartnomalari O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida belgilangan tartibda tuziladi va davlat soliq xizmati organlarida majburiy hisobga qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 612-moddasiga muvofiq uy-joyni ijaraga berish shartnomasi besh yildan ortiq bo‘lmagan muddatga tuziladi. Agar shartnomada muddat ko‘rsatilgan bo‘lmasa, u besh yilga tuzilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jismoniy shaxslar tomonidan Uy-joyni ijaraga berish shartnomalari mazkur Nizomning 1-ilovasidagi namunaviy shaklga muvofiq yoki O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga asosan ixtiyoriy shaklda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Taraflarning kelishuviga binoan Uy-ro‘zg‘or buyumlarini topshirish-qabul qilish va kommunal to‘lovlar uchun o‘rnatilgan o‘lchov asboblarining ko‘rsatkichlarini qayd qilish dalolatnomasi mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda Uy-joyni ijaraga berish shartnomalariga ilova qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ijaraga beruvchi yoki uning vakili ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2019-yil 16-iyuldagi 2019-49-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3077-1, 24.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2019-y., 10/19/3077-1/3477-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq ko‘chmas mulk ijara shartnomasini majburiy hisobga qo‘yish haqida so‘rovnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ko‘chmas mulk ijara shartnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ijaraga beruvchining shaxsini yoki uning vakilining vakolatini tasdiqlovchi hujjat nusxasi.
(5-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2019-yil 16-iyuldagi 2019-49-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3077-1, 24.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2019-y., 10/19/3077-1/3477-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandda ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlardan tashqari boshqa qo‘shimcha hujjatlarni talab qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ijaraga beruvchi yoki uning vakili ko‘chmas mulk ijara shartnomasini shartnoma tuzilgan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay davlat soliq xizmati organida hisobga qo‘yishi shart.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2019-yil 16-iyuldagi 2019-49-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3077-1, 24.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2019-y., 10/19/3077-1/3477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2019-yil 16-iyuldagi 2019-49-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3077-1, 24.07.2019-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2019-y., 10/19/3077-1/3477-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida majburiy hisobga qo‘yishda to‘lov undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Ko‘chmas mulk ijara shartnomasini hisobga qo‘yish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ko‘chmas mulk ijara shartnomasini hisobga qo‘yish ijaraga beruvchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-saytidagi shaxsiy kabineti (bundan buyon shaxsiy kabinet deb yuritiladi) orqali elektron tarzda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, ijaraga beruvchi tomonidan shaxsiy kabinet orqali mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq so‘rovnoma to‘ldiriladi va unga ko‘chmas mulk ijara shartnomasi hamda ijaraga beruvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi biriktiriladi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2019-yil 16-iyuldagi 2019-49-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3077-1, 24.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2019-y., 10/19/3077-1/3477-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ijaraga beruvchi yoki uning vakilining xohishiga ko‘ra ko‘chmas mulk ijara shartnomasini hisobga qo‘yish ijaraga beruvchining doimiy yashash manzili yoki ko‘chmas mulk joylashgan joydagi davlat soliq xizmati organiga shaxsan qog‘oz shaklida taqdim etilishi mumkin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2019-yil 16-iyuldagi 2019-49-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3077-1, 24.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2019-y., 10/19/3077-1/3477-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Davlat soliq xizmati organi tomonidan ko‘chmas mulk ijara shartnomasini hisobga qo‘yish ijaraga beruvchining shaxsiy kabineti orqali elektron tarzda amalga oshirilganda real vaqt rejimida, qog‘oz shaklida taqdim etilganda o‘sha vaqtning o‘zida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, davlat soliq xizmati organlari tomonidan ko‘chmas mulk ijara shartnomasi hisobga qo‘yilganligi haqida mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq QR-kodi mavjud bildirishnoma ijaraga beruvchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi yoki ijaraga beruvchiga yoxud uning vakiliga taqdim etiladi.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2019-yil 16-iyuldagi 2019-49-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3077-1, 24.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2019-y., 10/19/3077-1/3477-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bildirishnomaning haqiqiyligi QR-kodni maxsus mobil ilova orqali tekshirib ko‘rish bilan aniqlanadi. Bildirishnomaning QR-kodi tekshirilganda hisobga qo‘yilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomasining elektron shakliga XML formatida havola qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ko‘chmas mulk ijara shartnomasini hisobga qo‘yish uchun taqdim etilayotgan hujjatlar mazkur Nizom talablariga muvofiq bo‘lmaganda davlat soliq xizmati organlari tomonidan ko‘chmas mulk ijara shartnomasini hisobga qo‘yish rad etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ko‘chmas mulk ijara shartnomasi davlat soliq xizmati organida hisobga qo‘yilgandan so‘ng, o‘sha vaqtning o‘zida joriy yil uchun hisoblangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lash haqidagi to‘lov xabarnomasi ijaraga beruvchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi yoki ijaraga beruvchiga yoxud uning vakiliga taqdim etiladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2019-yil 16-iyuldagi 2019-49-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3077-1, 24.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2019-y., 10/19/3077-1/3477-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Ko‘chmas mulk ijara shartnomasini bekor qilish va uni majburiy hisobga qo‘yish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ko‘chmas mulk ijara shartnomasi shartnomada belgilangan muddat tugaganidan keyin bekor bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘chmas mulk ijara shartnomasi sud tartibida bekor bo‘lganda, ijaraga beruvchi sud qarorini davlat soliq xizmati organiga taqdim etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflarning kelishuviga binoan ko‘chmas mulk ijara shartnomasi muddatidan oldin bekor bo‘lganda ko‘chmas mulk ijara shartnomasini bekor qilinganligi haqida kelishuv davlat soliq xizmati organlarida majburiy hisobga qo‘yish uchun taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflarning kelishuviga binoan ko‘chmas mulk ijara shartnomasi muddatidan oldin bekor bo‘lganda ko‘chmas mulk ijara shartnomasini bekor qilinganligi haqida kelishuv mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq yoki O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga asosan ixtiyoriy shaklda tuziladi.
(14-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2019-yil 16-iyuldagi 2019-49-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3077-1, 24.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2019-y., 10/19/3077-1/3477-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ijaraga beruvchi ko‘chmas mulk ijara shartnomasini bekor qilinganligi haqidagi kelishuvni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish uchun o‘zining shaxsiy kabineti orqali mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq to‘ldirilgan so‘rovnomani elektron tarzda yuboradi. Bunda so‘rovnomaga ko‘chmas mulk ijara shartnomasini bekor qilinganligi haqidagi kelishuv biriktiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ijaraga beruvchi yoki uning vakilining xohishiga ko‘ra, ko‘chmas mulk ijara shartnomasini bekor qilinganligi haqidagi kelishuvni hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi so‘rovnoma ko‘chmas mulk ijara shartnomasi hisobga qo‘yilgan davlat soliq xizmati organiga qog‘oz shaklida taqdim etilishi mumkin.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2019-yil 16-iyuldagi 2019-49-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3077-1, 24.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2019-y., 10/19/3077-1/3477-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Davlat soliq xizmati organi tomonidan ko‘chmas mulk ijara shartnomasini bekor qilinganligi haqidagi kelishuvni hisobga qo‘yish ijaraga beruvchining shaxsiy kabinet orqali elektron tarzda yuborilganda real vaqt rejimida, qog‘oz shaklida taqdim etilganda o‘sha vaqtning o‘zida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, ko‘chmas mulk ijara shartnomasini bekor qilinganligi haqidagi kelishuvni hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risida mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq QR-kodi mavjud bildirishnoma davlat soliq xizmati organlari tomonidan ijaraga beruvchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi yoki ijaraga beruvchiga yoxud uning vakiliga taqdim etiladi.
(17-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2019-yil 16-iyuldagi 2019-49-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3077-1, 24.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2019-y., 10/19/3077-1/3477-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bildirishnomaning haqiqiyligi QR-kodni maxsus mobil ilova orqali tekshirib ko‘rish bilan aniqlanadi. Bildirishnomaning QR-kodi tekshirilganda hisobga qo‘yilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomasini bekor qilinganligi haqidagi kelishuvning elektron shakliga XML formatida havola qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Davlat soliq xizmati organi so‘rovnomaga asosan ko‘chmas mulk ijara shartnomasining bekor qilinganligi to‘g‘risida o‘zining axborot tizimiga tegishli o‘zgartirishlarni kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Mazkur Nizom talablariga rioya etilishi ustidan nazorat davlat soliq xizmati organlari tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri J. QO‘ChQOROV

Iqtisodiyot vaziri B. XODJAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 7-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 10-avgust,

Ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida majburiy hisobga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA

Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi
‎(namunaviy shakl)

‎‎__________________(tuzilgan sana)

‎‎__________________(tuzilgan joy)

‎‎Biz, ______________________ viloyati (Respublikasi), ______________ tumani (shahar), ________________ MFY, _________________ ko‘chasi (mavzesi, dahasi) ____-uy ____-xonadonda doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan, _________ yilda tug‘ilgan _______________________ __________________ ________________________ (pasport seriyasi ____, raqami _____________, ______ yilda _____________ tuman (shahar) IIBdan berilgan) (bundan buyon matnda Ijaraga beruvchi deb yuritiladi) bir tomondan va ____________________ viloyati (Respublikasi), _________________ tumani (shahar), __________________ MFY, __________________ ko‘chasi (mavzesi, dahasi) ____-uy _____-xonadonda doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan, _______ yilda tug‘ilgan ______________________ _____________________ ______________________ (pasport seriyasi ____, raqami ___________, ______ yilda ________________ tuman (shahar) IIBdan berilgan) (bundan buyon matnda Ijaraga oluvchi deb yuritiladi) ikkinchi tomondan ushbu shartnomani quyidagilar haqida tuzdik:

‎‎1. Shartnomaning predmeti

‎‎1. Men, Ijaraga beruvchi mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan _____________________ viloyati (Respublikasi), ____________ tumani (shahar), ________________ MFY, __________________ ko‘chasi (mavzesi, dahasi) ____-uy ____-xonada joylashgan uy-joyni Ijaraga oluvchiga vaqtincha egalik qilish va foydalanish uchun haq evaziga berdim, men Ijaraga oluvchi ushbu uy-joyni vaqtincha egalik qilish va foydalanish uchun qabul qildim.
‎2. Ijaraga berilayotgan uy-joy quyidagilardan iborat: umumiy foydalanish maydoni __________________________ (maydoni so‘zlar bilan) m2, yashash (foydalanish) maydoni _____________________ (maydoni so‘zlar bilan) m2 bo‘lgan (___ta yashash xonasi, dahliz, oshxona, sanuzel va hokazo)ni tashkil etadi.
‎3. Yuqorida ko‘rsatilgan uy-joy Ijaraga beruvchiga ____________________ tuman (shahar) davlat notarial idorasi notariusi (xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusi) F.I.O. tomonidan (___________reyestr raqami va sanasi) reyestr raqami bilan qayd qilingan uy-joyni (oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash shartnomasi, qonun bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomaga va hokazo) asosan tegishli bo‘lib, uy-joyni ro‘yxatga olinganligi haqida ____________reyestr raqami ro‘yxatga olingan.
‎4. Ijaraga beruvchi yuqorida ko‘rsatilgan uy-joyni Ijaraga oluvchiga ___________________ (yil, oy, kun) muddatga, ya’ni _____ (yil, oy, kun)gacha topshiradi.

‎‎2. Ijara haqi

‎‎5. Ijaraga berilgan uy-joyidan foydalanish uchun ijara haqi taraflar kelishuviga asosan har (yil, oy, kun)ga _______ so‘mdan, umumiy ijara haqi __________ so‘mni tashkil qiladi. Ijaraga oluvchi o‘tgan (yoki joriy) oy uchun to‘lovni har oyning ____ kuniga qadar Ijaraga beruvchiga to‘lashi shart.
‎6. Ijaraga oluvchi berilgan uy-joydan foydalanish uchun ijara haqi to‘lov muddatini ketma-ket ikki martadan ortiq buzsa Ijaraga beruvchi shartnomani bir tomonlama bekor qilishga va ijaraga berilgan uy-joyni bo‘shatib berishni Ijaraga oluvchidan talab qilishga haqli.

‎‎3. Tomonlarning huquq va majburiyatlari

‎‎7. Men, Ijaraga oluvchi ijaraga olingan uy-joyni vazifasiga muvofiq ravishda foydalanishni, o‘z holatida saqlanishini ta’minlashni, uni yaxshi holda tutishni hamda sanitariya va yong‘indan saqlash qoidalariga to‘liq rioya etishni, ijara haqini o‘z vaqtida to‘lab turishni o‘z zimmamga olaman.
‎8. Men, Ijaraga oluvchi (yoki Ijaraga beruvchi) sovuq va issiq suvdan, elektr energiya va gazdan, telefon aloqasi hamda maishiy chiqindilardan foydalanganlik uchun, shuningdek uy-joy bilan bog‘liq bo‘lgan barcha to‘lovlarni o‘z vaqtida tegishli tashkilotlariga qonun hujjatlarida belgilangan tariflarda va muddatda to‘lashni o‘z zimmamga olaman.
‎9. Men, Ijaraga beruvchi mulk huquqi asosida tegishli mulkni ijaraga berganligim va buning natijasida daromad olayotganim uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi soliqlar va yig‘imlarni o‘z vaqtida tegishli davlat soliq xizmati organiga to‘lab borishni o‘z zimmamga olaman.

4. Tomonlarning javobgarligi va nizolarni hal etish

‎‎10. Ushbu shartnoma talablarini lozim darajada bajarmagan yoki bajarishdan bosh tortgan taraf qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
‎11. Uy-joyni ijaraga berish shartnomasini bekor qilish yoki unga o‘zgartirishlar kiritish taraflarning kelishuviga asosan amalga oshiriladi, nizo kelib chiqqan taqdirda sud tartibida hal qilinadi. Shartnomani bekor qilish haqida taraflardan har biri boshqa tarafni bir oy oldin yozma ravishda ogohlantiradi.
‎Uy-joyni ijaraga oluvchi o‘zi bilan birga doimiy yashaydigan boshqa fuqarolarning roziligi bilan ijaraga beruvchini uch oy avval yozma ravishda ogohlantirib, istalgan vaqtda ijara shartnomasini bekor qilishga haqli.

5. Yakuniy qoidalar

‎‎12. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 129, 375, 396 va 397-moddalari mazmun va mohiyati biz taraflarga tushunarli.
‎13. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 606-moddasi va taraflarning kelishuviga asosan ijaraga berilgan uy-joyda Ijaraga oluvchi bilan birga uning oila a’zolari (birgalikda yashovchi oila a’zolarining familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilgan sanasi ko‘rsatiladi) yashaydi.
‎14. Men, Ijaraga beruvchi mazkur shartnoma imzolangunga qadar ijaraga berilayotgan uy-joy boshqa shaxsga o‘tkazilmagan, garovga qo‘yilmagan, nizoda yo‘q va ijaraga berilishi taqiqlanmaganligini kafolatlayman.
‎15. Mazkur shartnoma taraflar tomonidan uch nusxada tuzilib imzolandi, ulardan bir nusxasi davlat soliq xizmati organida saqlanadi, qolgan nusxalar taraflarga berildi.

‎‎Tomonlarning yashash manzillari:

Ijaraga beruvchi:‎‎

Ijaraga oluvchi:‎‎

____________________________________________________________________________________

____________________________________________________________________________________‎‎

‎‎Tomonlarning imzolari:

Ijaraga beruvchi (F.I.O.)‎‎

Ijaraga oluvchi (F.I.O.)

‎‎____________________________

‎‎____________________________

Imzo_______________________‎‎

‎‎Imzo_______________________

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Shartnoma shartlariga taraflarning kelishuviga asosan o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2020-yil 30-iyundagi 2020-24-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3077-2, 29.07.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.07.2020-y., 10/20/3077-2/1122-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida majburiy hisobga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎Uy-ro‘zg‘or buyumlarini topshirish-qabul qilish
‎D A L O L A T N O M A S I

‎‎__________________(tuzilgan sana)

__________________(tuzilgan joy)

‎‎_______________________________________________________________________________________________(ijaraga beruvchi F.I.O.)

‎‎tomonidan _____________________________________________________________________________________ga

‎‎(ijaraga oluvchi F.I.O.)‎‎

ijaraga berilgan o‘zimga tegishli bo‘lgan __________________ viloyati (Respublikasi), _______________ tumani (shahar), _____________ MFY, _____________ ko‘chasi (mavzesi, dahasi) ____-uy ____-xonadonda joylashgan uy-joyining binosi ichida mavjud bo‘lgan quyidagi uy-ro‘zg‘or buyumlarini:

T/r

Uy-ro‘zg‘or buyumining nomi‎‎

Rusumi‎

Miqdori‎

‎‎Holati

Izoh

‎‎

Bundan tashqari, ijaraga berilgan uy-joyining kommunal to‘lovlari uchun o‘rnatilgan o‘lchov asboblarining ko‘rsatkichlari shartnoma tuzilgan sanada quyidagicha:

T/r‎

O‘lchov asbobning nomi ‎‎‎

‎‎O‘lchov birligi‎

Miqdori‎

‎‎Tamg‘alanganligi‎

‎‎Izoh‎

1.‎

‎‎Elektr energiya‎

‎‎‎ ‎‎ ‎‎‎

2.‎

Tabiiy gaz‎‎

‎‎‎ ‎‎‎ ‎‎‎

3.‎

‎‎Sovuq suv‎

‎‎‎ ‎‎‎ ‎‎‎
‎‎‎ ‎‎‎ ‎‎‎

‎‎Ushbu buyumlarni soz holatda qaytarib olishga kelishildi.

‎‎Qabul qildim:

‎‎_____________________________________

‎‎____________________________

(ijaraga oluvchi F.I.O.)

‎‎(imzo)

‎‎Topshirdim:

_____________________________________‎‎

____________________________‎‎

(ijaraga beruvchi F.I.O.) ‎‎

‎‎(imzo) ‎‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida majburiy hisobga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘chmas mulk ijara shartnomasini majburiy hisobga qo‘yish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SO‘ROVNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎1. Ijaraga beruvchi to‘g‘risida ma’lumot:‎‎

‎‎F.I.O.

‎‎

‎‎Pasport seriyasi va raqami

‎‎

‎‎Ijaraga beruvchining identifikatsiya raqami (STIR)

‎‎

‎‎Yashash joyi

‎‎

‎‎Telefon raqami

‎‎

‎‎Elektron pochta manzili

‎‎

‎‎‎2. Ijaraga oluvchi to‘g‘risida ma’lumot:

‎‎F.I.O.

‎‎

‎‎Pasport seriyasi va raqami

‎‎

‎‎Yashash joyi

‎‎

‎‎Telefon raqami

‎‎

‎‎‎3. Ijaraga berilgan ko‘chmas mulk to‘g‘risida ma’lumot:

‎‎Ko‘chmas mulkning turi

‎‎

‎‎Joylashgan manzili

‎‎

‎‎Ijaraga berilgan maydon

‎‎

‎‎Ijaraga berilgan sana

‎‎

‎‎Ijaraga berilgan muddat

‎‎

‎‎Bir oylik ijara haqi to‘lovi (so‘mda)

‎‎

‎‎Ijara haqining umumiy summasi (so‘mda)

‎‎

‎‎‎Ijaraga beruvchi (vakil):‎

‎‎‎_________
‎(imzo) ‎

‎‎
‎________________________
‎F.I.O.‎

____________ (sana)

(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2019-yil 16-iyuldagi 2019-49-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3077-1, 24.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2019-y., 10/19/3077-1/3477-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida majburiy hisobga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎‎Ko‘chmas mulk ijara shartnomasini hisobga qo‘yilganligi haqida

B I L D I R I Sh N O M A

‎‎Ijara shartnomasining reyestr bo‘yicha tartib raqami: ______________________________________
Ijaraga beruvchining F.I.O.:_________________________________‎‎

__________________________________‎‎

Ijaraga beruvchining yashash joyi:_____________________________ _________________________________________________________ ‎‎
‎‎Ijaraga beruvchining identifikatsiya raqami (STIR):______________
‎‎Ijaraga oluvchining F.I.O.: __________________________________

__________________________________

‎‎Ijara shartnomasi hisobga olingan sana: 20__ yil “____” _________ Ijara shartnomasi amal qilish muddati: 20__ yil “___” __________
‎‎Ijaraga berilgan ko‘chmas mulkning joylashgan manzili: ____________________________________
‎__________________________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________________________

Mazkur hujjatning haqiqiyligini tekshirish uchun QR-kodni* maxsus mobil ilova orqali tekshirib ko‘rishingiz yoki ushbu havolaga (ko‘chmas mulk ijara shartnomasi elektron shakliga havola) kirib ko‘rishingiz mumkin.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* QR-kodi tekshirilganda ko‘chmas mulk ijara shartnomasini bekor qilinganligi haqidagi kelishuvning elektron shaklining XML formatiga havola shakllanadi.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2019-yil 16-iyuldagi 2019-49-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3077-1, 24.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2019-y., 10/19/3077-1/3477-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida majburiy hisobga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
5-ILOVA

Ko‘chmas mulk ijara shartnomasini bekor qilinganligi haqida kelishuv
‎(namunaviy shakl)

‎‎__________________(tuzilgan sana)‎

__________________(tuzilgan joy)

‎‎Biz, ________________ viloyati (Respublikasi), _________________ tumani (shahar), ____________ MFY, _____________ ko‘chasi (mavzesi, dahasi) ____-uy ___-xonadonda doimiy yashash jo�i bo‘yicha ro‘yxatga olingan, _____________ yilda tug‘ilgan (pasport seriyasi ___, raqami __________, ________ yilda ______________ tuman (shahar) IIBdan berilgan) (bundan buyon matnda Ijaraga beruvchi deb yuritiladi) bir tomondan va ________________________ viloyati (Respublikasi), _____________ tumani (shahar), _______________ MFY, _______________ ko‘chasi (mavzesi, dahasi) ____-uy ___-xonadonda doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan, _______________ yilda tug‘ilgan (pasport seriyasi ___, raqami ________, ________ yilda ___________ tuman (shahar) IIBdan berilgan) (bundan buyon matnda Ijaraga oluvchi deb yuritiladi) ikkinchi tomondan ushbu kelishuvni quyidagilar haqida tuzdik:

‎‎1. Biz tomonimizdan, Ijaraga beruvchiga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan _________________ viloyati (Respublikasi), ____________ tumani (shahar), _____________ MFY, ______________ ko‘chasi (mavzesi, dahasi) ___-uy ___-xonadonda joylashgan ko‘chmas mulkni (uy-joy, kvartira, noturar joy va hokazo) _____________________ viloyati (Respublikasi), _________________ tumani (shahar) davlat soliq organi tomonidan 20___ yil “___”_________ kuni ro‘yxat bo‘yicha _________ reyestr raqami bilan hisobga qo‘yilgan ijara shartnomasini o‘zaro kelishuvimizga asosan bekor qilamiz.
‎2. Men Ijaraga oluvchi ijaraga berilgan ko‘chmas mulkni to‘la to‘kis va yaroqli holda Ijaraga beruvchiga qaytardim, men Ijaraga beruvchi esa ijaraga olingan ko‘chmas mulkni to‘la to‘kis va yaroqli holda Ijaraga oluvchidan qaytarib oldim.
‎3. Ijaraga beri�gan ko‘chmas mulkning ijara haqi va kommunal to‘lovlari bo‘yicha bir-birimizga nisbatan hech qanday e’tirozlarimiz yo‘q.
‎4. Ushbu kelishuv O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 13-moddasi, Fuqarolik kodeksining 539 va 579-moddalariga asosan _____________ viloyati (Respublikasi), ______________ tumani (shahar) davlat soliq organida hisobga qo‘yilishi lozim.
‎5. Mazkur kelishuv taraflar tomonidan uch nusxada tuzilib imzolandi, ulardan bir nusxasi davlat soliq xizmati organida saqlanadi, qolgan nusxalar taraflarga berildi.
‎Kelishuvning mazmuni va mohiyati bizga tushunarli hamda bizning asl maqsadimizga muvofiq keladi.

‎‎Tomonlarning yashash manzillari:

Ijaraga beruvchi:‎‎

Ijaraga oluvchi:‎‎

____________________________________________________________________________________‎‎

____________________________________________________________________________________‎‎

‎‎Tomonlarning imzolari:

‎‎Ijaraga beruvchi (F.I.O.)

‎‎Ijaraga oluvchi (F.I.O.)

‎‎____________________________

‎‎____________________________

Imzo_______________________‎‎

Imzo_______________________

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Kelishuv shartlariga taraflarning kelishuviga asosan o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2020-yil 30-iyundagi 2020-24-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3077-2, 29.07.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.07.2020-y., 10/20/3077-2/1122-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida majburiy hisobga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘chmas mulk ijara shartnomasini bekor qilish haqidagi kelishuvni hisobga qo‘yish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SO‘ROVNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎1. Ijaraga beruvchi to‘g‘risida ma’lumot:‎‎

‎‎F.I.O.

‎‎

‎‎Pasport seriyasi va raqami

‎‎

‎‎Yashash joyi

‎‎

‎‎Telefon raqami

‎‎

‎‎Elektron pochta manzili

‎‎

‎‎‎2. Ijaraga oluvchi to‘g‘risida ma’lumot:

‎‎F.I.O.

‎‎

‎‎Pasport seriyasi va raqami

‎‎

‎‎Yashash joyi

‎‎

‎‎Telefon raqami

‎‎

‎‎‎3. Ijaraga berilgan ko‘chmas mulk to‘g‘risida ma’lumot:

‎‎Ko‘chmas mulkning turi

‎‎

‎‎Joylashgan manzili

‎‎

‎‎Ijaraga berilgan maydon

‎‎

‎‎Ijaraga berilgan sana

‎‎

‎‎Ijaraga berilgan muddat

‎‎

‎‎Bir oylik ijara haqi to‘lovi (so‘mda)

‎‎

‎‎Ijara haqining umumiy summasi (so‘mda)

‎‎

‎‎‎Ijaraga beruvchi (vakil):‎

‎‎‎
‎__________
‎‎(imzo)

(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2019-yil 16-iyuldagi 2019-49-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3077-1, 24.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2019-y., 10/19/3077-1/3477-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida majburiy hisobga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
7-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Ko‘chmas mulk ijara shartnomasini bekor qilish haqidagi kelishuvni hisobga qo‘yilganligi haqida
‎B I L D I R I Sh N O M A

‎‎Ijara shartnomasining reyestr bo‘yicha tartib raqami: ______________________________________
Ijaraga beruvchining F.I.O.:_________________________________‎‎

__________________________________‎‎

Ijaraga beruvchiningdoimiy ro‘yxatdan o‘tgan joyi: ______________ _________________________________________________________ ‎‎
‎‎Ijaraga beruvchining identifikatsiya raqami (STIR):______________
‎‎Ijaraga oluvchining F.I.O.: __________________________________

__________________________________

‎‎Ijara shartnomasi hisobga olingan sana: 20__ yil “____” _________
‎Ijara shartnomasi bekor qilinganligi haqidagi kelishuvni hisobga olingan sana: 20__ y�l “___” __________
‎‎Ijaraga berilgan ko‘chmas mulkning joylashgan manzili:____________________________________
‎__________________________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________________________

Mazkur hujjatning haqiqiyligini tekshirish uchun QR-kodni* maxsus mobil ilova orqali tekshirib ko‘rishingiz yoki ushbu havolaga (ko‘chmas mulk ijara shartnomasi elektron shakliga havola) kirib ko‘rishingiz mumkin.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* QR-kodi tekshirilganda ko‘chmas mulk ijara shartnomasini bekor qilinganligi haqidagi kelishuvning elektron shaklining XML formatiga havola shakllanadi.
(7-ilova O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2019-yil 16-iyuldagi 2019-49-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3077-1, 24.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2019-y., 10/19/3077-1/3477-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 10/18/3077/2039-son, 25.07.2019-y., 10/19/3077-1/3477-son; 29.07.2020-y., 10/20/3077-2/1122-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)