O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘mondonining
buyrug‘i
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalariga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga nomzodlarni tanlash va qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 10-oktabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3060-1]
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining 2019-yil 8-dekabrdagi 248-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalariga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3210, 13.01.2020-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 14-yanvardagi PQ-257-son “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining 2018-yil 25-iyuldagi 199-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3060, 2018-yil 28-avgust) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2018-y., 10/18/3060/1806-son) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalariga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga nomzodlarni tanlash va qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Qo‘mondon B. TAShMATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 24-sentabr,
243-son
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining 2018-yil 24-sentabrdagi 243-son buyrug‘iga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalariga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga nomzodlarni tanlash va qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. 1-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Tanlovda ishtirok etish istagi bo‘lgan fuqarolar qoida tariqasida doimiy yashash joylari bo‘yicha Milliy gvardiya bo‘linmalariga murojaat etishlari lozim.”.
2. 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Milliy gvardiya bo‘linmalariga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilishda nomzod bo‘yining balandligi quyidagi maxsus antropometrik parametrlarga javob berishi talab etiladi:
Faxriy qorovul va boshqa barcha bo‘linmalarga — 185 santimetrdan past bo‘lmasligi;
Otliq askarlar eskadroniga — 175 santimetrdan past bo‘lmasligi.”.
3. 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Mazkur Nizomning 4-bandida belgilangan maxsus talablarga javob bermaydigan ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega bo‘lgan fuqarolar, tor ixtisoslik bo‘yicha mutaxassislar, shuningdek sportning alohida turlari bo‘yicha respublika yoki xalqaro musobaqalarda yuksak natijalarga erishgan sportchilar hamda sport ustalari istisno tariqasida Milliy gvardiya bo‘linmalariga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilinishiga ruxsat etiladi.”.
4. 21-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Harbiy-professional tanlashdan o‘ta olmagan nomzodlar tanlovning keyingi bosqichiga qo‘yilmaydi.”
5. 30-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“30. Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash bo‘yicha sinovda qoniqarsiz deb baholangan nomzod, harbiy-professional tanlashning keyingi bosqichiga qo‘yilmaydi.
Nomzod, umumjismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash mashqlarini u baholangan kundan boshlab 1 yil davomida 3 marotaba qayta topshirishi mumkin, biroq sinov bo‘lib o‘tgan kunning o‘zida qayta topshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.”.
6. 7-ilovaning ilovasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Psixologik test sinovlarini qabul qilish metodikasiga
ILOVA
ILOVA
Psixologik test natijalarini hisoblash
Jadvali
|
Toifasi |
1-vazifa |
2-vazifa |
3-vazifa |
4-vazifa |
5-vazifa |
6-vazifa | |
|
Asabiy-ruhiy barqaror |
Asabiy-ruhiy beqaror | ||||||
|
I |
36-40 |
26-30 |
60-70 |
22-25 |
39-50 |
1-2 |
1-3 |
|
II |
30-35 |
19-25 |
47-59 |
17-21 |
25-38 |
6-3 |
22-4 |
|
III |
24-29 |
13-18 |
33-46 |
11-16 |
15-24 |
9-7 |
41-23 |
|
IV |
0-23 |
0-12 |
0-32 |
0-10 |
0-14 |
10-25 |
99-42 |
6-vazifa bo‘yicha olingan natijalarni “Ishonchlilik” shkalasi bo‘yicha baholash
|
Ishonchlilik shkalasi |
| |
|
Samimiy |
Nosamimiy |
|
|
0 dan 8 gacha |
9 dan 19 gacha |
”. |
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2018-y., 10/18/3060-1/2031-son)