Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.03.2021 08.10.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2823-1
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.03.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el tovarlarini tashish jarayonida bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlashni vakolatli shaxslar bilan real vaqt rejimida interaktiv shaklda oʻzaro hamkorlik asosida hisobga olish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 8-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2823-1]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 6-fevraldagi 01-02/12-08-sonli “Chet el tovarlarini tashish jarayonida bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlashni vakolatli shaxslar bilan real vaqt rejimida interaktiv shaklda oʻzaro hamkorlik asosida hisobga olish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2823-2, 04.03.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi va “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 19-avgustdagi 01-02/12-58-son qarori (roʻyxat raqami 2823, 2016-yil 13-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 37-son, 436-modda) bilan tasdiqlangan Chet el tovarlarini tashish jarayonida bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlashni vakolatli shaxslar bilan real vaqt rejimida interaktiv shaklda oʻzaro hamkorlik asosida hisobga olish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rais M. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 31-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
01-02/12-59-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2018-yil 31-avgustdagi 01-02/12-59-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el tovarlarini tashish jarayonida bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlashni vakolatli shaxslar bilan real vaqt rejimida interaktiv shaklda oʻzaro hamkorlik asosida hisobga olish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 1-bandning oltinchi xatboshisi “hujjatga ega” degan soʻzlardan keyin “hamda bojxona toʻlovlarini toʻlanishiga javobgar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagi mazmundagi 31-bob bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“31-bob. Bojxona organi ruxsatisiz tovarlar berib yuborilganda, yoʻqotilganda yoki manzil bojxona postiga belgilangan muddatda va oʻzgarmas holatda yetkazilmaganda bojxona toʻlovlarini hisoblash va undirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
131. Bojxona organi ruxsatisiz tovarlar berib yuborilganda, yoʻqotilganda yoki manzil bojxona postiga belgilangan muddatda oʻzgarmas holatda (tabiiy eskirish yoxud normal tashish va saqlash sharoitlarida kamayish oqibatidagi oʻzgarishlar bundan mustasno) yetkazilmaganligi holati aniqlanganda manzil bojxona posti mazkur holatlar aniqlangan sanadan boshlab 3 ish kuni ichida hududiy boshqarma rahbariyatiga yozma axborot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan holatlar boʻyicha manzil bojxona posti tomonidan axborot kelganda hududiy boshqarma rahbariyati 2 ish kuni ichida tovarlarga bojxona toʻlovlarini hisoblash boʻyicha zarur choralarni koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim qilingan hamda DBQ YaAATdan olingan maʼlumotlar asosida 3 ish kuni ichida mazkur Nizomning ilovasida koʻrsatilgan shaklda dalolatnoma toʻldiriladi, ushbu dalolatnoma bojxona toʻlovlari va penyalarni soʻzsiz undirib olish haqidagi talabnoma bilan birga DBQ YaAAT yoki qonun hujjatlariga muvofiq boshqa yoʻl bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli shaxsga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kafilga (kafillik bilan taʼminlanganda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankka (bank kafolati bilan taʼminlanganda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurtalovchi tashkilotga (sugʻurta bilan taʼminlanganda) yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
132. Bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovarlarni toʻliq manzil bojxona postiga yetkazish choralari koʻrilishi yoki dalolatnoma asosida bojxona toʻlovlari toʻlash muddati talabnoma toʻlovchiga topshirilgan yoki u toʻlovchi tomonidan olingan kunning ertasidan eʼtiboran oʻn ish kunini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
133. Vakolatli shaxs, kafil, kafolat beruvchi bank yoki sugʻurtalovchi tashkilot tomonidan talabnomadagi talablar bajarilmaganda Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 47-bobiga muvofiq choralar koʻriladi, shu jumladan talabnoma yuborgan hududiy boshqarma tomonidan sudga vakolatli shaxsga chet el tovarlarini tashiyotgan avtotransport vositalariga nisbatan bojxona hamrohligida kuzatib borishdan ozod qilish boʻyicha identifikatsion kod berishni vaqtincha toʻxtatib turish toʻgʻrisida daʼvo arizasi kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
134. Identifikatsion kod berishni vaqtincha toʻxtatib turish haqidagi daʼvo arizasi sud tomonidan qanoatlantirilganda, toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlari va penyalar toʻliq undirilgunga qadar vakolatli shaxsga chet el tovarlarini tashiyotgan avtotransport vositalariga nisbatan bojxona hamrohligida kuzatib borishdan ozod qilish boʻyicha identifikatsion kod berilishi toʻxtatiladi. Bu toʻgʻrisida bojxona organi tomonidan DBQ YaAATga tegishli formatli-mantiqiy nazorat oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
135. Tovarlarni bojxona organi ruxsatisiz berib yuborish, yoʻqotish yoki manzil bojxona postiga belgilangan muddatda oʻzgarmas holatda yetkazmaslik oqibatida hisoblangan bojxona toʻlovlari undirib olinganidan soʻng tovarni yetkazib berishning nazorat hujjati nazoratdan yechiladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qoʻshimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirda ilova bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el tovarlarini tashish jarayonida bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlashni vakolatli shaxslar bilan real vaqt rejimida interaktiv shaklda oʻzaro hamkorlik asosida hisobga olish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan qoʻshimchalarga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Chet el tovarlarini tashish jarayonida bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlashni vakolatli shaxslar bilan real vaqt rejimida interaktiv shaklda oʻzaro hamkorlik asosida hisobga olish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎Bojxona toʻlovlari va penyalarni vakolatli shaxsdan soʻzsiz undirish toʻgʻrisida
‎DALOLATNOMA‎‎
‎

‎‎20___ yil “_____” _____________ roʻyxatdan oʻtgan davlat raqami __________________________________________
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎

‎‎(raqami)

‎‎boʻlgan avtotransport vositasini rasmiylashtirish ______________/_______________/_________________ raqamli
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎‎(post kodi) ‎

‎‎(sanasi)

‎

‎‎(raqami)

‎ ‎
‎‎Yukni yetkazib berish nazorat hujjati asosida bojxona nazorati ostida

‎‎_____________________________________________________________________________________________dan
‎(bojxona organi nomi)
‎_____________________________________________________________________________________________gacha
‎(bojxona organi nomi)
‎________________________________________________________________________________tomonidan berilgan
‎(vakolatli shaxs nomi, joylashuvi (pochta manzili)

‎‎chet el tovarlarini tashish jarayonida bojxona toʻlovlarini taʼminlash asosida __________sonli identifikatsion kod

‎‎_____________________________________________________________________________ tomonidan tashilayotgan
‎(tashuvchi nomi, joylashuvi (pochta manzili)

‎‎bojxona qiymati _______________________________________ ga teng, vazni ________________ kg boʻlgan tovarlar
‎ ‎ ‎

‎‎(AQSh dollarida)

‎ ‎

‎‎(netto vazni)

‎ ‎ ‎

‎‎bojxona organi ruxsatisiz tovarlar berib yuborilganligi (yoʻqotilganligi, belgilangan bojxona organiga yetkazilmaganligi) holati aniqlangan va 20____y. “____” ___________________________________kuni qayd etilgan.
‎________________________________________________________________________________________________
‎_________________________________________________________________________________________tovarini
‎‎bojxona organi ruxsatisiz tovarlar berib yuborilganligi (yoʻqotilganligi, belgilangan bojxona organiga yetkazilmaganligi) uchun identifikatsion kod egasi ______________________________________________ tomonidan

‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎

‎‎(vakolatli shaxs nomi)

‎ ‎
‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga muvofiq, quyidagi bojxona toʻlovlari va penyalar toʻlanishi lozim:
‎Bojxona boji ______________________________________________________________________________/summa/
‎QQS______________________________________________________________________________________/summa/
‎Aksiz soligʻi_______________________________________________________________________________/summa/
‎Boshqa bojxona toʻlovlari_____________________________________________________________________/summa/
‎Toʻlovlar toʻlanishi kechiktirilganligi uchun penya _________________________________________________/summa/
‎Jami:toʻlanishi lozim boʻlgan _________________________________________________________________/summa/
‎20__ y. “___” ___________dagi _____________________________-sonli soʻzsiz undirilgan toʻlov hujjati umumiy summasi_________________________________________________________________________________________
‎bojxona organlari_______________________________________________________________sonli hisob raqamiga
‎ ‎ ‎

‎‎‎(bojxona organi hisob raqami, bank nomi, KTUT raqami)

‎ ‎ ‎ ‎
‎‎____ yil “____”____________________kuni kelib tushgan summa
‎Vakolatli shaxsdan talab qilingan summani ____________________________________________________________
‎_____________________________________________________________sababli undirish imkoniyati mavjud emas.
‎Bojxona organi xodimi imzosi_______________________________________________________________________
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎

‎‎(lavozimi, F.I.O., imzo)

‎ M.Oʻ.”.‎‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qoʻshimchalar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. SADIKOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 29-avgust
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2018-y., 10/18/2823-1/2009-son)