26.07.2018 yildagi 1847-III-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2018-yil ikkinchi yarim yilligiga moʻljallangan faoliyatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi doirasida davlat boshqaruvini takomillashtirish hamda jamiyatni demokratlashtirish, aholining turmush darajasi va sifatini oshirish, hududlarni kompleks rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar parlament oldiga yangidan-yangi vazifalarni qoʻymoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bugungi shiddatli islohotlar davrida parlament vakillarining xalq bilan doimiy muloqotini sifat jihatidan yangi darajaga koʻtarish, Qonunchilik palatasi faoliyatining qonun ijodkorligi, parlament va deputatlik nazorati, parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish, shuningdek quyi palata faoliyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish kabi muhim yoʻnalishlarini yanada takomillashtirish talab etilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shundan kelib chiqib, Qonunchilik palatasining 2018-yil ikkinchi yarim yilligiga moʻljallangan faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini mamlakatimiz Prezidentining Farmon va qarorlarida hamda oʻtkazilayotgan videoselektor yigʻilishlarida belgilab berilayotgan ustuvor yoʻnalishlardan kelib chiqqan holda tanqidiy qayta koʻrib chiqishni taqozo etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarni inobatga olib, demokratik islohotlarni amalga oshirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Qonunchilik palatasining faol ishtirokini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2018-yil ikkinchi yarim yilligiga moʻljallangan faoliyatining asosiy yoʻnalishlari tasdiqlansin (ilova qilinmoqda*).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Hujjat ilovasi berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2018-yil 22-yanvardagi 1431-III-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2018-yilga moʻljallangan faoliyatining asosiy yoʻnalishlariga muvofiq iyul — dekabr oylarida amalga oshirilishi nazarda tutilgan tadbirlarning oʻtkazilishi bekor qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2018-yil ikkinchi yarim yilligiga moʻljallangan faoliyatining asosiy yoʻnalishlarida nazarda tutilgan tadbirlarning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida tasdiqlash uchun kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 26-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1847-III-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2018-y., 04/18/1847-III/1930-son)