Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining
buyrugʻi
Pochta, kuryerlik joʻnatmalari pochta xavfsizligi yuzasidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 4-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2428-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-martdagi PF-5379-son “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat xavfsizligi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-maydagi 318-son “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha inspeksiya toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining 2013-yil 21-yanvardagi 6-mh-son qarori (roʻyxat raqami 2428, 2013-yil 18-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 8-son, 107-modda) bilan tasdiqlangan Pochta, kuryerlik joʻnatmalari pochta xavfsizligi yuzasidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. SADIKOV
Toshkent sh.,
2018-yil 6-sentabr,
181-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2018-yil 6-sentabrdagi 181-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Pochta, kuryerlik joʻnatmalari pochta xavfsizligi yuzasidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Muqaddimasidagi “2015-yil 10-apreldagi 87-son “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” degan soʻzlar “2018-yil 1-maydagi 318-son “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha inspeksiya toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 1-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Milliy” degan soʻz “Davlat” degan soʻz bilan almashtirilsin.
3. 1-ilovaning sxemasidagi “MMXB (MMXBm)” abbreviaturalar “DXXB (DXXBm)” abbreviaturalar bilan almashtirilsin.
4. Ushbu oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va “Oʻzbekiston pochtasi” AJ bilan kelishilgan.
Favqulodda vaziyatlar vaziri v.b. T. XUDAYBERGENOV
2018-yil 5-sentabr
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
2018-yil 5-sentabr
Davlat xavfsizlik xizmati raisi I. ABDULLAYEV
2018-yil 5-sentabr
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ShADMANOV
2018-yil 5-sentabr
Tashqi ishlar vaziri A. KAMILOV
2018-yil 5-sentabr
“Oʻzbekiston pochtasi” AJ bosh direktori E. BIRGER
2018-yil 5-sentabr
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2018-y., 10/18/2428-2/1999-son)