Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Ichki ishlar organlari sohasida davlat xizmatlari koʻrsatishning ayrim maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 612-sonli “Davlat xizmatlarini koʻrsatishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmoniga muvofiq hamda davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Sudlanganlik haqida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq;
Manzil-maʼlumot axborotlarini taqdim etish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki, ushbu qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentlarga muvofiq koʻrsatiladigan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun jismoniy shaxslar faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda YIDXP deb ataladi) orqali murojaat qiladilar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
oʻn kun muddatda — davlat xizmatlari koʻrsatish uchun zarur hujjatlar va boshqa hujjatlarning namunaviy shakllari, blankalari ishlab chiqilishini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan kelishgan holda tasdiqlanishini;
oʻn kun muddatda — Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda hududiy boʻlinmalarining YIDXPga ulanishini;
bir oy muddatda — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda Davlat xizmatlari markazlarining xodimlari ishtirokida ushbu qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentlarni amalda qoʻllashning samaradorligi va amalda qoʻllanilishi natijadorligi darajasini oshirishga yoʻnaltirilgan oʻquv seminarlari tashkil etilishi va oʻtkazilishini taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda YIDXPda davlat xizmatlari koʻrsatilishining har bir bosqichida yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibotini joriy etsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi davlat organlari va boshqa tashkilotlarning ular tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatilishining belgilangan tartibi bajarilishi yuzasidan ular faoliyati ustidan, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat oʻrnatsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Belgilab qoʻyilsinki, davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi rahbarlari ushbu qarorda nazarda tutilgan vazifalarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 4-oktabr,
797-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 4-oktabrdagi 797-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Sudlanganlik haqida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur maʼmuriy reglament (keyin oʻrinlarda Reglament deb ataladi) jismoniy shaxslarga (keyingi oʻrinlarda ariza beruvchilar deb ataladi) Davlat xizmatlari markazlari orqali muqaddam sudlanganligi, jinoiy javobgarlikka tortilganligi, reabilitatsiya qilinmaydigan asoslarga koʻra javobgarlikdan ozod etilganligi holatiga oid maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmati (keyingi oʻrinlarda davlat xizmati deb ataladi) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda YIDXP deb ataladi) orqali Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyat ichki ishlar boshqarmalarining Axborot markazi (keyingi oʻrinlarda vakolatli organ deb ataladi) tomonidan koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ oʻrtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda ERI deb ataladi) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo elektron oʻzaro bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
4. Davlat xizmati koʻrsatish mazkur Reglamentning 1-ilovasiga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
2-bob. Davlat xizmati koʻrsatish tartibi
5. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
6. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, mustaqil ravishda Reglamentning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron ravishda toʻldiradi. Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda soʻrovnomaga notarial tasdiqlangan ishonchnoma ilova qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng, ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani oʻz ERIsi bilan tasdiqlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markazi xodimi va YIDXP tomonidan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun ERIsi majburiy tartibda boʻlishi shart ekanligi toʻgʻrisida oldindan xabardor qilinadi.
Davlat xizmatlari markazlari ariza beruvchilar ERIsini joyning oʻzida olishlari uchun barcha zarur sharoitlarni taʼminlashga majbur.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Davlat xizmati koʻrsatilgani uchun eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlati xizmati koʻrsatilgani uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
10. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi (agar davlat xizmati YIDXP orqali koʻrsatilsa);
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan mablagʻlar — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Ariza beruvchilarda ERIsi mavjud emasligi yoki uni olishning rad etilganligi, soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilishi, shuningdek, davlat xizmatlari koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamaslik davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat xizmatlari koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
12. Ariza beruvchilar davlat xizmatlaridan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda uning soʻrovnomasi koʻrmasdan qoldiriladi. Bunda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
13. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, uning soʻrovnomasi Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchining ERIsi bilan tasdiqlangandan soʻng, barcha hujjatlar 10 daqiqa mobaynida vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa soʻrovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Vakolatli organ soʻrovnoma tushgan vaqtdan boshlab 2 ish kuni mobaynida, QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan maʼlumotnomani rasmiylashtiradi hamda uni oʻz ERIsi bilan tasdiqlab, tegishli Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron ravishda yuboradi.
Davlat xizmatlari markazi maʼlumotnoma kelib tushgandan soʻng 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markazi ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda, ariza beruvchining soʻroviga koʻra, unga maʼlumotnomani elektron shaklda yoki qogʻoz shaklda muhrini bosib, masʼul xodimning imzosini qoʻyib berishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
15. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan, shu jumladan YIDXP orqali, doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradi.
17. Ariza beruvchilar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Sudlanganlik haqida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
1-ILOVA
Sudlanganlik haqida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatish
SXEMASI
Sudlanganlik haqida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
2-ILOVA
|
__________________ |
| | | |
__________________ | ||||
|
Sudlanganlik haqida maʼlumotnoma olish uchun | |||||||||
| I. Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumot: | |||||||||
| 1. Familiyasi (oʻzgargan boʻlsa, u haqda maʼlumot kiritiladi): | | ||||||||
| 2. Ismi (oʻzgargan boʻlsa, u haqda maʼlumot kiritiladi): | | ||||||||
| 3. Otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, u haqda maʼlumot kiritiladi): | | ||||||||
| 4. Pasport maʼlumotlari (seriyasi, raqami, sanasi, kim tomonidan berilgan): | |||||||||
| 5. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR) (mavjud boʻlganda): | | ||||||||
| 6. Tugʻilgan sanasi: | | ||||||||
| 6. Tugʻilgan joyi: | | ||||||||
| 7. Yashash manzili: | | ||||||||
| 8. Elektron manzili va telefon raqami: | | ||||||||
| II. Ilova qilinadigan hujjat (agar uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilinayotgan boʻl�a): | |||||||||
| notarial tasdiqlangan ishonchnoma: | | ||||||||
| | | | | | | |
Ariza beruvchining | ||
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 4-oktabrdagi 797-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Manzil-maʼlumot axborotlarini taqdim etish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur maʼmuriy reglament (keyingi oʻrinlarda Reglament deb ataladi) jismoniy shaxslarga (keyingi oʻrinlarda ariza beruvchilar deb ataladi) Davlat xizmatlari markazlari orqali manzil-maʼlumot axborotlarini (doimiy propiskada turganligi, propiskadan chiqqanligi, turgan joyi boʻyicha hisobga olinganligi, vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtganligi, shuningdeq, maʼlumot mavjud emasligi haqida maʼlumot) taqdim etish boʻyicha davlat xizmati (keyingi oʻrinlarda davlat xizmati deb ataladi) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda YIDXP deb ataladi) orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar Ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi Manzil-maʼlumot byurolari (keyingi oʻrinlarda vakolatli organ deb ataladi) tomonidan koʻrsatiladi.
3. Ariza beruvchilar faqat oʻzlariga tegishli manzil-maʼlumot axborotlarini olishlari mumkin. Boshqa shaxslarga tegishli manzil-maʼlumot axborotlari berilmaydi.
4. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ oʻrtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda ERI deb ataladi) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo elektron oʻzaro boglanish yordamida amalga oshiriladi.
5. Davlat xizmati koʻrsatish mazkur Reglamentning 1-ilovasiga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
2-bob. Davlat xizmati koʻrsatish tartibi
6. Ariza beruvchilar davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
7. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa mustaqil ravishda ushbu Reglamentning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron ravishda toʻldiradi.
8. Soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng, ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani oʻz ERIsi bilan tasdiqlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markazi xodimi va YIDXP tomonidan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun ERIsi majburiy tartibda boʻlishi shart ekanligi toʻgrisida oldindan xabardor qilinadi.
Davlat xizmatlari markazlari ariza beruvchilar ERIsini joyning oʻzida olishlari uchun barcha zarur sharoitlarni taʼminlashga majburdir.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Davlat xizmati koʻrsatilgani uchun eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlati xizmati koʻrsatilgani uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
11. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashkari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi (agar davlat xizmati YIDXP orqali koʻrsatilsa);
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan mablagʻlar — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Ariza beruvchilarda ERIsi mavjud emasligi yoki uni olishning rad etilganligi, soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilishi, shuningdek, davlat xizmatlari koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamaslik davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat xizmatlari koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
13. Ariza beruvchilar davlat xizmatlaridan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda uning soʻrovnomasi koʻrmasdan qoldiriladi. Bunda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
14. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, uning soʻrovnomasi Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchining ERIsi bilan tasdiqlangandan soʻng 10 daqiqada vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa soʻrovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Vakolatli organ soʻrovnoma tushgan vaqtdan boshlab 1 ish kunida QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan manzil-maʼlumot axborotni rasmiylashtiradi hamda uni oʻz ERIsi bilan tasdiqlab, tegishli Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron ravishda yuboradi.
16. Davlat xizmatlari markazi, manzil-maʼlumot axborot kelib tushgandan soʻng 10 daqiqada uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markazi ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda ariza beruvchining soʻroviga koʻra, unga manzil-maʼlumot axborotini elektron shaklda yoki qogʻoz shaklda muhrini bosib berish yoʻli bilan taqdim etishi mumkin.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
17. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan, shu jumladan YIDXP orqali, doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradi.
19. Ariza beruvchilar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatgi-harakatlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat kilishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Manzil-maʼlumot axborotlarini taqdim etish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
1-ILOVA
Manzil-maʼlumot axborotlarini taqdim etish
SXEMASI
Manzil-maʼlumot axborotlarini taqdim etish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
2-ILOVA
|
__________________ |
| | | |
__________________ | ||||
|
Manzil-maʼlumot axborotlarini olish uchun | |||||||||
| Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumot: | |||||||||
| 1. Familiyasi: | | ||||||||
| 2. Ismi: | | ||||||||
| 3. Otasining ismi: | | ||||||||
| 4. Tugʻilgan sanasi: | |||||||||
| 5. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR) (mavjud boʻlganda): | | ||||||||
| 6. Yashash manzili: | | ||||||||
| 7. Telefon raqami: | | ||||||||
| 8. Elektron manzili: | | ||||||||
| 9. Manzil-maʼlumotlar byurosining nomi: | | ||||||||
| | | | | | | |
| ||
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2018-y., 09/18/797/1998-son; 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son, 30.12.2019-y., 09/10/1049/4245-son; 15.01.2020-y., 09/20/24/0053-son, 09.06.2020-y., 09/20/364/0739-son, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son; 08.04.2021-y., 09/21/189/0303-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)