Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.08.2007 11.03.1996 yildagi 88-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.08.2007
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASIDA VALYuTA VA EKSPORT-IMPORT OPERATSIYALARINI NAZORAT QILISh BOSh BOShQARMASINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 8-avgustdagi 168-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining oʻrinbosari lavozimini kiritish toʻgʻrisida” 2007-yil 28-iyundagi PQ-661-son qarori” toʻgʻrisidagi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik va jismoniy shaxslarning valyuta, eksport-import hamda boshqa tashqi iqtisodiy operatsiyalarini nazorat qilishni kuchaytirish, mahsulotlarni eksport qilishdan valyuta tushumlarining toʻliq va oʻz vaqtida tushishini taʼminlash, toʻlov muddati oʻtib ketgan debitorlik qarzlarini qisqartirish, shuningdek import qiluvchi korxonalarning valyuta mablagʻlaridan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tarkibida Valyuta va eksport-import operatsiyalarini nazorat qilish Bosh boshqarmasi 1-ilovaga muvofiq tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq organlari xodimlari soni 106 nafarga, shu jumladan markaziy apparat xodimlari — 20 nafarga koʻpaytirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat soliq organlarining qoʻshimcha xodimlarini taʼminlash uchun budjetdan mablagʻ ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki, Bosh boshqarma boshligʻi va boshqarmalar boshliqlari Davlat soliq qoʻmitasi raisi tomonidan tasdiqlanadilar. Hududiy boʻlimlar boshliqlari mintaqaviy soliq boshqarmalari boshliqlarining taqdimnomasiga binoan Davlat soliq qoʻmitasi raisi tomonidan tasdiqlanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Valyuta va eksport-import operatsiyalarini nazorat qilish Bosh boshqarmasi toʻgʻrisida Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari soliq organlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining yangi tashkil etilayotgan boʻlinmalarini hisobga olgan holda zarur binolar, xizmat xonalari bilan taʼminlasinlar va qoʻshimcha maydon ajratsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va vakolatli banklar soliq organlarining tegishli boʻlinmalarini zarur axborot bilan taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat soliq qoʻmitasi bir hafta muddatda Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-martdagi 114-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat soliq qoʻmitasi toʻgʻrisida Nizomga oʻzgartirishlar hamda qoʻshimchalarni tayyorlasin va kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Moliya vazirligi va Markaziy bank bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qonun hujjatlariga hamda qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflarni ishlab chiqsin va kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 11-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
88-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
11-martdagi 88-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Valyuta va eksport-import operatsiyalarini nazorat qilish Bosh boshqarmasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
11-martdagi 88-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Valyuta va eksport-import operatsiyalarini nazorat qilish Bosh boshqarmasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Valyuta va eksport-import operatsiyalarini nazorat qilish Bosh boshqarmasi (bundan keyin Bosh boshqarma deb ataladi) valyuta va eksport-import operatsiyalarini, shu jumladan eksportdan valyuta tushumlarining oʻz vaqtida va toʻliq hajmda tushishini hamda ularning Markaziy bankka majburiy sotilishini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining xoʻjalik yurituvchi subyektlari tomonidan aniq maqsadlar va dasturlar uchun Respublika valyuta birjasida sotib olingan valyuta mablagʻlaridan samarali foydalanishni amalga oshirishga doir normativ hujjatlarning yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan toʻliq bajarilishini taʼminlashga qaratilgan qonunda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni roʻyobga chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bosh boshqarma va uning mintaqaviy boʻlinmalari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Vazirlar Mahkamasi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi qatnashchisi boʻlgan xalqaro shartnomalarga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1991-yil 14-iyundagi qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi soliq organlari toʻgʻrisida Nizomga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bosh boshqarma oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, huquqni muhofaza qilish organlari va vakolatli banklar, valyuta nazorati organlari bilan oʻzaro yaqin hamkorlikda amalga oshiradi, shuningdek oʻz vakolati doirasida ularning oʻzaro hamkorlik tizimini ishlab chiqadi va joriy qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. VALYuTA VA EKSPORT-IMPORT OPERATSIYALARINI NAZORAT QILISh BOSh BOShQARMASI TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Valyuta va eksport-import operatsiyalarini nazorat qilish Bosh boshqarmasiga boshliq rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qoʻmitasi markaziy apparatida Bosh boshqarma tarkibida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
valyuta operatsiyalarini nazorat qilish boshqarmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport-import operatsiyalarini nazorat qilish boshqarmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
statistika hamda valyuta va eksport-import operatsiyalarining bajarilishini tahlil qilish boshqarmasi tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalarida valyuta va eksport-import operatsiyalarini nazorat qilish boʻlimlari tashkil etiladi, ular Valyuta va eksport-import operatsiyalarini nazorat qilish Bosh boshqarmasiga bevosita boʻysunadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Bosh boshqarma va boshqarmalar boshliqlari Davlat soliq qoʻmitasi raisi tomonidan tasdiqlanadi. Hududiy boʻlimlar boshliqlarini mintaqaviy soliq boshqarmalari boshliqlarining tavsiyanomasiga binoan Davlat soliq qoʻmitasi raisi tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. ASOSIY VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Bosh boshqarma Oʻzbekiston Respublikasi normativ hujjatlarining valyuta va eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda qatnashuvchi korxonalar, tashkilotlar va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishini oʻz vakolati doirasida taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar Bosh boshqarma va uning mintaqaviy boʻlinmalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy operatsiyalar boʻyicha xorijiy valyutadagi mablagʻlarning belgilangan tartibda toʻliq tushishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport-import operatsiyalarini, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi orqali markazlashtirilgan tartibda amalga oshiriladigan eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishning toʻgʻriligini hamda ular boʻyicha tushumlarning bir qismi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga majburiy sotilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona deklaratsiyalari va bitishuv pasportlari asosida eksport-import kontraktlarini toʻliq va oʻz vaqtida hisobga olishni taʼminlash, shuningdek, uni yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar va tashkilotlarning qarzga olingan valyuta mablagʻlaridan, shuningdek Respublika valyuta birjasida sotib olingan mablagʻlardan belgilangan maqsadda foydalanishni nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erkin almashtiriladigan valyutaga import qilingan tovarlarni sotishdan olingan tushumlarni hisobga olish va konvertatsiyalash Tartibiga patent egalari boʻlgan korxonalar tomonidan rioya etilishini nazorat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Bosh boshqarma oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har oyda (10-kungacha) vakolatli banklardan, Davlat bojxona boshqarmasining Valyuta nazorati boshqarmasidan va Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligidan eksport-import kontraktlarining bajarilishi, ular boʻyicha tushumning bir qismi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga majburiy sotilishi, shuningdek valyuta mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni nazorat qilish, tahlil etish va statistika maʼlumotlarini tayyorlash uchun zarur axborotni oladi;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 16-apreldagi 161-son qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi, Markaziy bank, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, vakolatli banklar va huquqni muhofaza qilish organlarining xuddi shunday boʻlinmalari bilan birgalikda respublika korxonalarining eksport-import operatsiyalari ustidan nazoratni takomillashtirish, valyuta tushumining oʻz vaqtida tushishi va toʻliqligi, undan samarali foydalanish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi, yoʻriqnomalar, uslubiy qoʻllanmalar va boshqa hujjatlarni ishlab chiqadi, ularni respublika Hukumatining koʻrib chiqishi uchun kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar va xizmatlarni eksport qilishga berilgan kvotalar va litsenziyalardan foydalanishning toʻgʻriligini nazorat qilishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport-import kontraktlarini hisobga olish va ular boʻyicha tushumning bir qismini majburiy sotish ishlarini tashkil etish va oʻtkazishga doir tushuntirishlar va uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqaruv vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga, Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralariga yoʻllanadigan hujjatlarni tayyorlashda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport-import operatsiyalari va tushumlarning bir qismini Markaziy bankka majburiy sotish, valyuta mablagʻlaridan foydalanishning belgilangan tartibi buzilishi hollarini aniqlash va ularning oldini olish uslubiyotini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlarning xuddi shunday organlari bilan oʻzaro hamkorlikni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat ishlari amaliyotini, shuningdek ushbu sohadagi chet el tajribasini tahlil qiladi va umumlashtiradi hamda valyuta va eksport-import operatsiyalarini nazorat qilish sohasida Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini rivojlantirish va takomillashtirishga oid takliflarni belgilangan tartibda kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
patent egasi boʻlgan korxonalar tomonidan erkin almashtiriladigan valyutaga import qilingan tovarlarni sotishdan olingan tushumni hisobga olish va konvertatsiya qilish tartibiga rioya etilishi masalalari yuzasidan ushbu korxonalarni tekshiradi hamda belgilangan tartibni buzgan korxonalardan soʻmlarni erkin almashtiriladigan valyutaga konvertatsiya qilish huquqini beruvchi patentlarni qaytarib olish toʻgʻrisida Markaziy bankka va Pul-kredit siyosati boʻyicha respublika komissiyasiga takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshirish natijalari asosida huquqni muhofaza qilish organlariga berish uchun materiallar tayyorlaydi va oʻz vakolati doirasida ushbu organlarga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qilingan ishlar toʻgʻrisida axborot tayyorlaydi va koʻrib chiqish uchun uni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar va tashkilotlar tomonidan eksport-import operatsiyalarini oʻtkazish, majburiy toʻlovlarni amalga oshirish va valyuta mablagʻlaridan foydalanish tartibi buzilganligi uchun ularga qonunchilikda belgilangan moliyaviy sanksiyalar solish toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy bank, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida, vakolatli banklarda va Davlat bojxona qoʻmitasida roʻyxatdan oʻtgan eksport-import kontraktlari soni va qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, majburiy toʻlov amalga oshirilishini va valyuta mablagʻlaridan foydalanishni tahlil qiladi va solishtiradi;
(9-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 16-apreldagi 161-son qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlar va korxonalarning eksport-import operatsiyalari bajarilishining toʻgʻriligi, majburiy sotuv amalga oshirilishi va olingan valyuta mablagʻlaridan foydalanish masalalari boʻyicha arizalari, shikoyatlari va xatlarini koʻrib chiqadi, tahlil etadi va koʻrib chiqish natijalarini muntazam ravishda umumlashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Bosh boshqarma oʻziga yuklangan vazifalarga va bajaradigan funksiyalariga muvofiq quyidagi huquqlarga ega boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vazifalarini samarali amalga oshirish uchun valyuta nazorat organlari va agentlaridan zarur axborot va hujjatlarni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlarni ularning valyuta va eksport-import operatsiyalarini toʻgʻri amalga oshirganliklari yuzasidan hujjatlar asosida tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlardagi yuridik va jismoniy shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlarining faoliyatini, shuningdek ularning mavjud valyuta schyotlaridagi va ulardagi mablagʻlarni tekshirish chogʻida xorijiy davlatlarning soliq organlariga, vakolatli xizmatlariga, firmalar va banklariga yordam soʻrab murojaat etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatlari doirasida markazlashtirilgan eksport-import operatsiyalari amalga oshirilishini nazorat qilish hamda belgilangan tartib buzilishlari aniqlangan taqdirda sud organlarida davlat manfaatlarini ifodalash va himoya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Bosh boshqarma va uning tarkibiy boʻlinmalari xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1991-yil 14-iyundagi qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq organlari toʻgʻrisida Nizomda nazarda tutilgan huquqlar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Bosh boshqarma va uning hududiy boʻlinmalari xodimlari oʻz funksiyalarini bajarish chogʻida yuridik va jismoniy shaxslarning ularga maʼlum boʻlgan tijorat siri saqlanishi, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning qonuniy asoslarda olingan va ular tomonidan foydalaniladigan chet el valyutasidagi mablagʻlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning oshkor qilinmasligi uchun javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh boshqarma boshligʻi, boshqarmalar va boʻlimlar boshliqlari, Bosh boshqarma va uning tarkibiy boʻlinmalari xodimlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablarini buzganlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-martdagi 114-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi toʻgʻrisida Nizomni bajarmaganlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz lavozim majburiyatlarini bajarmaganlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh boshqarma toʻgʻrisida Nizom talablarini bajarmaganlik uchun javob beradilar.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami,1996-y., 3-son, 10-modda)