02.10.2018 yildagi 787-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 30.01.2025 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi ishlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 18-maydagi PQ-3730-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek hududlarning ekologik va sanitariya holatini yaxshilash, sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasi obyektlarini tashkil etish va belgilangan tartibda zarur darajada saqlashni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasi obyektlarini joylashtirish va ulardan foydalanish hamda maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish qoidalari (keyingi oʻrinlarda Qoidalar deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda hududlarni sanitariya jihatidan tozalash ishlarining tasdiqlangan qoidalarga muvofiq tashkil etilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B.T. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 2-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
787-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 787-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasi obyektlarini joylashtirish va ulardan foydalanish hamda maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu qoidalar sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasi obyektlarini yaratish va ulardan foydalanish hamda maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish, shuningdek, ularning amalga oshirilishini nazorat qilish tartibini belgilaydi hamda barcha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan unga rioya etilishi majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obodonlashtirish obyektlari — koʻchalar, aylanma koʻchalar, yoʻllar, markaziy maydonlar, yoʻlkalar, koʻpriklar, tunnellar, yoʻlovchilar oʻtadigan yer osti yoʻllari, favvoralar, ariqlar, kanallar, daryolar, koʻllar va boshqa suv havzalarining qirgʻoqlari, aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini va hordiq chiqarishini qondirish uchun foydalaniladigan obyektlar (madaniyat va istirohat bogʻlari, oʻrmon massivlari, bogʻlar, bulvarlar, xiyobonlar), tashqi yoritish, reklama pannolari, yoʻl koʻrsatkichlari, portallar, peshlavhalar, drenaj (drenajning vertikal, yopiq va ochiq gorizontal, yopiq kollektori), irrigatsiya novlari tarmoqlari, tashqi yoritish tarmoqlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasi obyektlari — qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va vaqtinchalik saqlash uchun, shuningdek, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq foydalaniladigan obyektlar (chiqindi qutilari, konteynerlar, chiqindi toʻplash shoxobchalari, shu jumladan, maxsus ajratilgan va jihozlangan joylar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qattiq maishiy chiqindilar — jismoniy shaxslarning hayoti va faoliyati hamda yuridik shaxslarning faoliyati natijasida hosil boʻluvchi organik va noorganik chiqindilar, shuningdek, ularning hududida va obodonlashtirish obyektlaridagi tabiiy jarayonlar natijasida hosil boʻluvchi chiqindilar (oziq-ovqat va oʻsimlik chiqindilari, toʻqimachilik mahsulotlari, oʻrash-joylash (qadoqlash) materiallari, shisha, rezina, qogʻoz, plastmassa, yogʻoch chiqindilari, oʻzining foydalanish xususiyatlarini yoʻqotgan uy-roʻzgʻor buyumlari, supurindi, shuningdek, qattiq yoqilgʻida ishlovchi maishiy pechkalar va isitish bugʻqozonlaridan foydalanish natijasida hosil boʻluvchi chiqindilar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suyuq maishiy chiqindilar — jismoniy shaxslarning hayoti va faoliyati hamda yuridik shaxslarning faoliyati natijasida hosil boʻluvchi chiqindilar (oqova suvlar, chiqindi toʻkiladigan oʻralar va septiklarda yigʻilgan turli xil suyuq chiqindilar, ishlab chiqarish jarayonida hosil boʻladigan yuvindi chiqindilari, markazlashmagan kanalizatsiyaning najas chiqindilari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik gabaritli maishiy chiqindilar — jismoniy va maʼnaviy jihatdan eskirgan mebellar, maishiy texnikalar (sovutkichlar, kir yuvish mashinalari, televizorlar va shu kabilar), tashkiliy texnikalar (kompyuterlar, printerlar va shu kabilar), texnik uskunalar, avtotransport vositalarini almashtirish natijasida hosil boʻladigan qattiq maishiy chiqindilar, shuningdek, daraxt va butalarni kesish hamda agrotexnik ishlov berishda hosil boʻladigan chiqindilar (daraxt va buta shox-shabbalari, kesish ishlari qoldiqlari, barglar va boshqalar) va oʻlchamlari boʻyicha 0,75 m3 hajmli konteynerlarga joylashtirishning imkoni boʻlmagan qurilish chiqindilari.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish chiqindilari — bino va inshootlar, shu jumladan, yoʻllar va muhandislik kommunikatsiyalarini hamda ishlab chiqarish obyektlarini qurish, rekonstruksiya va (yoki) montaj qilish, taʼmirlash va buzish ishlarini amalga oshirishda hosil boʻladigan chiqindilar;
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.01.2021-y., 09/21/40/0070-son — 2021-yil 29-apreldan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli maishiy chiqindilar — foydalanish xususiyatini yoʻqotganidan soʻng insonlar hayoti, sogʻligʻi va atrof tabiiy muhitga xavf soluvchi, shuningdek, utilizatsiya qilinishi lozim boʻlgan va yigʻish, tashish hamda zararsizlantirishning maxsus texnologiyalaridan foydalanishni talab qiluvchi tovarlardan hosil boʻladigan chiqindilar (simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslari, simobli termometrlar chiqindilari, barcha turdagi akkumulyatsiya qiluvchi elementlar va shu kabilar);
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkilamchi moddiy resurslar — maishiy xoʻjalikda va iqtisodiyot tarmoqlarida hosil boʻladigan, bevosita yoki qoʻshimcha ishlov berishdan soʻng takror foydalanish imkoni mavjud boʻlgan, isteʼmol va ishlab chiqarish chiqindilari (metall, plastmassa, shisha, qogʻoz chiqindilari va shu kabilar);
(2-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 88-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/88/0135-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkilamchi xom ashyo — iqtisodiyot tarmoqlarida foydalanish uchun texnik imkoniyat va iqtisodiy maqsadga muvofiqligi mavjud boʻlgan ikkilamchi moddiy resurslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkilamchi xom ashyoni tayyorlash — ikkilamchi moddiy resurslarni sotib olish yoki bepul qabul qilish, shuningdek, qattiq maishiy chiqindilarni saralash;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan oʻninchi va oʻn birinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/88/0135-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“signal” usuli — chiqindi tashish texnikasi bilan aholi yashash punktlarini aylanib chiqib, signal berish yoʻli bilan isteʼmolchilarni xabardor qilish orqali yakka tartibdagi turarjoy sektoridagi qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasi obyektlarini joylashtirish va ulardan foydalanish mazkur qoidalarning ilovasiga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Sanitariya jihatidan tozalash ishlarini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sanitariya jihatidan tozalash ishlariga hududlarni (obodonlashtirish obyektlari, turar joy va tashkilotlar hududini) tozalash, maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish ishlari kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Hududlarni tozalash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obodonlashtirish obyektlarida — shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp kvartirali uylar atrofidagi hududlarda — xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari yoki boshqaruvchi tashkilotlar tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi turar joy uylari va tashkilotlarning yer uchastkalarida ajratilgan yer uchastkasi doirasida — jismoniy va yuridik shaxslar (yer uchastkalari egalari, mulkdorlari yoki doimiy foydalanuvchilari, shuningdek, ijaraga oluvchilar) tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil yoʻllari va sunʼiy yoʻl inshootlarida ajratilgan yer uchastkasi doirasida — ushbu obyektlarga xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar (balansda saqlovchilar) tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
temir yoʻllarda ajratilgan yer uchastkasi doirasida (chuqur qiyalik va koʻtarmalar, temir yoʻlni kesib oʻtish va aylanib oʻtish joylari va h.k.) — ushbu obyektlarga xizmat koʻrsatuvchi temir yoʻl tashkilotlari tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozorlar hududi va ularga tutash hududlarda — bozorlar maʼmuriyati tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat yoʻlovchi transporti bekatlarida joylashgan vaqtinchalik savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarida — ushbu obyekt egalari tomonidan, agar ijara shartnomalarida boshqalar nazarda tutilmagan boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo doʻkonlari yoki boshqa savdo nuqtalariga, shu jumladan, koʻchma shoxobchalarga tutash hududlarda 5 m radiusda — kichik chakana savdo va umumiy ovqatlanish (oziq-ovqat mahsulotlarini sotish va umumiy ovqatlanish sohasida xizmatlar koʻrsatish palatkalari, doʻkonchalari), shuningdek, maishiy xizmat koʻrsatish (poyabzal taʼmirlash va shu kabilar) sohasidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida xizmat koʻrsatishga ixtisoslashgan tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda ixtisoslashgan tashkilot deb ataladi) tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda, shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish koʻp kvartirali turar joy sektorida — chiqindi toʻplash shoxobchalaridan, yakka tartibdagi turar joy sektorida esa chiqindi toʻplash shoxobchalaridan yoki “signal” usulida amalga oshiriladi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 95-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2019-y., 09/19/95/2583-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketishning minimal davriyligi chiqindi toʻplash shoxobchalaridan bir kunda bir marta, “signal” usulida — uch kunda bir martani tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash uchun chiqindi qutilarini joylashtirish va ulardan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Hududlar, binolar va inshootlarning qattiq maishiy chiqindilar bilan ifloslanishining oldini olish maqsadida qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va vaqtincha saqlash uchun moʻljallangan maxsus chiqindi qutilari oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Chiqindi qutilari mazkur qoidalarning 5-bandiga muvofiq, hududlarni tozalash uchun masʼul boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan majburiy tartibda quyidagilarda oʻrnatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp kvartirali uylarning podyezdiga kirish yoʻlida — 1 ta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, tashkilotlar, shuningdek, savdo obyektlarining binosiga kirish (chiqish) yoʻlida — 1-2 ta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
metro, yer osti va yer usti oʻtish joylarining har bir kirish (chiqish) yoʻlida — 2 ta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini va hordiq chiqarishini qondirish uchun moʻljallangan obyektlarda (madaniyat va istirohat bogʻlari, oʻrmon massivlari, bogʻlar, bulvarlar, skverlar, xiyobonlar va boshqalar) — obyektning har 800 m2 maydonida 1 ta va yoʻlaklar va yoʻlkalar chizigʻi boʻylab oʻrnatilganda bir-biridan 40 metrdan uzoq boʻlmagan masofada;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozorlar va savdo obyektlarida (supermarket, gipermarket va boshqalarda) — obyektning har 250 m2 maydonida 1 ta va savdo doʻkonlari qatori boʻylab oʻrnatilganda — bir-biridan 10 metrdan uzoq boʻlmagan masofada;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat yoʻlovchi transport bekatlarida — 1-2 ta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtoturargohlar va avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash maydonchalariga kirish (chiqish) yoʻlida — 1-2 ta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davolash muassasalarining hovli hududida — obyektning har 700 m2 maydonida 1 ta, asosiy alleyalarda esa — bir biridan 10 metrdan uzoq boʻlmagan masofada;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chekish uchun maxsus ajratilgan joylarda — 1-2 ta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
plyajlar va suv akvatoriyalari (daryolar, koʻllar, koʻrfazlar yoki hovuzlar)ga tutash rekreatsiya zonalarida — suv boʻlinishidan 15 m hamda yashil ekinlardan 3 — 5 m uzoqlikda joylashtirgan holda, obyektning har 800 m2 maydonida 1 ta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp kvartirali uylar atrofidagi hududlarda va markaziy maydonlarda, yoʻlkalarda hamda magistral koʻchalarning piyodalar zonasi boʻylab, shuningdek, koʻpriklarda — hududdan foydalanish intensivligidan kelib chiqib, piyodalar serqatnov hududda — har 50 metrdan oshmagan masofada va odam kam joylarda — har 100 metrdan oshmagan masofada 1 tadan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Turgʻun koʻcha chiqindi qutilari harakatlanadigan konstruksiyaga (agʻdariladigan mexanizmga) ega boʻlishi va ularni oʻrnatish uchun ajratilgan joyga mustahkamlab qoʻyish uchun asos qismiga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtinchalik savdo doʻkonlari, shu jumladan, koʻchma shoxobchalarga (oziq-ovqat mahsulotlarini sotish va umumiy ovqatlanish sohasida xizmatlar koʻrsatish palatkalari, doʻkonchalariga) tutash hududlarda — 5 metr radiusgacha koʻtarish mexanizmli yoki ularni boʻshatish uchun almashtiriladigan chelaklarga ega boʻlgan koʻchma chiqindi qutilari oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Chiqindi qutilari, ulardan belgilangan maqsadda foydalanilishi va xizmat koʻrsatilishi (tozalash, boʻshatish v.h.) uchun qulay boʻlgan joyga oʻrnatilishi, piyodalar, nogironligi boʻlgan shaxslar va bolalar aravachalari hamda velosipedlar harakatiga xalaqit bermasligi, toza va soz holatda saqlanishi, shuningdek, barcha sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq boʻlishi lozim.
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chiqindi qutilarini boʻshatish va tozalash ularning toʻlishiga koʻra muntazam ravishda, lekin sutkada bir marotabadan kam boʻlmagan holda olib borilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chiqindi qutilarini yuvish va dezinfeksiya qilish bir oyda kamida bir marotaba amalga oshirilishi lozim yoki ularning tozaligini va qulay boʻshatilishini taʼminlash uchun maxsus chiqindi qoplari (paketlar) qoʻllanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Chiqindi qutilarini oʻrnatish, oʻz vaqtida xizmat koʻrsatilishini taʼminlash (tozalash, boʻshatish, yuvish, dezinfeksiya qilish va taʼmirlash) mazkur Qoidalarning 5-bandiga muvofiq, hududlarni tozalash uchun masʼul boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslarning mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Chiqindilarni toʻplash shoxobchalarini tashkil etish va ulardan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari koʻmagida xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati, professional boshqaruv tashkiloti yoki tegishli hududda yashovchilarning bevosita murojaati boʻyicha chiqindilarni toʻplash shoxobchalarini joylashtirish joylarini aniqlash bilan bogʻliq masalalarni hal qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yopiq turdagi chiqindi toʻplash shoxobchalarini qurish belgilangan tartibda ishlab chiqilgan va kelishilgan namunaviy yoki individual loyiha (eskiz) asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gavjumroq joylarda hududlardan foydalanish intensivligiga bogʻliq ravishda chiqindi toʻplash shoxobchalarining qoʻriqlanmaydigan (modulli) inshootlari tashkillashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faoliyat yuritayotgan chiqindi toʻplash shoxobchalarini buzish ishlari ularning oʻrniga yangi chiqindi toʻplash shoxobchalari qurilganidan soʻng amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Chiqindi toʻplash shoxobchalari turar joy binolarining derazalari, bolalar muassasalari uchastkalarining chegarasi, dam olish joylaridan 20 metrdan kam boʻlmagan va 100 metrdan uzoq boʻlmagan masofada shuningdek, moddiy madaniy meros koʻchmas mulk obyektlarining qoʻriqlanadigan tegralari chegaralaridan tashqarida joylashtiriladi.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2023-y., 09/23/370/0597-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chiqindi toʻplash shoxobchasining hududi oʻtish yoʻliga tutash boʻlishi, lekin maxsus avtotransport vositasining kirishiga xalaqit bermasligi lozim. Alohida joylashgan maydonchada (oʻtish yoʻlidan uzoqda) maxsus avtotransport vositasining konteynerlarni boʻshatish uchun qulay kirish imkoniyati va burilish maydonchasi (12 m x 12 m) koʻzda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Chiqindi toʻplash shoxobchalarini joylashtirish (imkon darajasida) binolar fasadining koʻcha tomonidagi transport va piyoda tranzit kommunikatsiyasining koʻrinish zonasi tashqarisiga loyihalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Chiqindi toʻplash shoxobchasining maydoni va unda joylashtiriladigan konteynerlar soni sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Chiqindi toʻplash shoxobchalari va konteynerlaridan turar joy xonalarining derazalari va kirish yoʻllarigacha boʻlgan masofa qatʼiy ravishda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Chiqindi toʻplash shoxobchalari obodonlashgan kirish yoʻli, tungi tashqi yoritqichlari, salqin ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiyaga oqim tizimi, shuningdek, yomgʻir suvlarini oqizish kanalizatsiyaga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Konteynerlarni oʻrnatish maydonchalarining yuzasi asfaltlangan yoki beton qoplamali boʻlishi lozim. Suv turib qolishiga va konteynerlarning sirpanib ketishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida maydoncha qoplamasining qiyaligi oʻtish yoʻli qismi tarafga 5 — 10 foizni tashkil etgan holda va maxsus avtotransport vositasining kirishiga qulay tarzda oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Chiqindi toʻplash shoxobchalari hududida quyidagi maʼlumotlar joylashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindi toʻplash shoxobchasining nomi yoki raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindi toʻplash shoxobchasidan foydalanuvchi tashkilotning nomi va aloqa bogʻlash maʼlumotlari, shu jumladan dispetcherlik xizmatining telefon raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlarining ishonch telefon raqami, shuningdek, qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish jadvali.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Chiqindi toʻplash shoxobchalarini konteynerlar bilan taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Chiqindi toʻplash shoxobchalari qattiq maishiy chiqindilarni alohida toʻplash uchun mazkur qoidalarning 42-bandiga muvofiq, ajratib turuvchi ranglar va maxsus belgilar hamda yozuvlar bilan markalangan konteynerlar bilan taʼminlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konteynerlarni chiqindi tashish mashinalariga boʻshatish uchun ular (xavfli maishiy chiqindilar uchun maxsus konteynerlar bundan mustasno) toʻrtta gʻildirakchalar bilan jihozlangan va mustahkam old devoriga, shuningdek, maxsus avtotransport vositasining manipulyatori bilan ishlashi uchun moslamaga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Konteynerlarga mexanik mustahkamligini taʼminlovchi usul bilan (konteynerning inventar raqami va balansda saqlovchining nomi toʻgʻrisida) maʼlumotlar qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Konteynerlar xizmat koʻrsatish (foydalanish) muddatining tugashi, shuningdek, haqiqiy texnik holatiga (mexanik va boshqa shikastlarga) koʻra yangisiga yoki sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga javob beruvchi, shikastlanmaganlariga (taʼmirlanganlariga) almashtirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konteynerlar kirish yoʻlagi bilan teng darajada joylashishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni joylashtirish va saqlash mazkur qoidalar, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, ekologik talablarga muvofiq hamda chiqindilardan oqilona foydalanishni taʼminlovchi usullarda yoki ularni boshqa shaxslarga topshirish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Jismoniy shaxslar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp kvartirali uylarda — qattiq maishiy chiqindilarni chiqindi toʻplash shoxobchalariga joylashtirishda konteynerlarga tashlaydilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi turar joy sektorida — qattiq maishiy chiqindilarni maxsus avtotransport vositasi “signal” usulida, jadval boʻyicha kelguniga qadar oʻz hududlarida saqlaydilar va maxsus avtotransport vositasiga joylashtiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, maxsus chiqindi qoplari (paketlar) yoki gʻildirakli va zich yopiladigan qopqoqli konteynerlardan (40 — 120 l) foydalanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ixtisoslashgan tashkilotning xizmat koʻrsatish hududida joylashgan yuridik shaxslar maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish yuzasidan shartnoma tuzadilar va egallab turgan yer uchastkasida qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash uchun gʻildirakli va zich yopiladigan qopqoqli hamda maxsus avtotransport vositasining manipulyatori bilan ishlashi uchun moslamaga ega boʻlgan konteynerlarni oʻrnatgan holda, qattiq maishiy chiqindilarni vaqtinchalik toʻplash va saqlash joylarini tashkillashtiradilar (agar ijara shartnomalarida boshqalar nazarda tutilmagan boʻlsa).
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moddiy madaniy meros koʻchmas mulk obyektlari hududida qattiq maishiy chiqindilarni vaqtinchalik toʻplash va saqlash joylari binolar fasadining transport va piyoda tranzit kommunikatsiyasi koʻrinmaydigan zonasida (imkon qadar) tashkil etiladi va bunda chiqindi tashish maxsus avtotransport vositalarining mazkur obyektlarga shikast yetkazmaslik choralari koʻriladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdgai 370-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2023-y., 09/23/370/0597-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar yer uchastkasida (koʻchmas mulkda) oʻz maishiy va xoʻjalik faoliyatini yer uchastkasining (koʻchmas mulkning) mulkdori bilan ijara shartnomasi yoki boshqa kelishuv asosida amalga oshirayotgan jismoniy yoki yuridik shaxs oʻz kuchi bilan qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketilishini tashkillashtirmagan taqdirda, qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketilishini tashkillashtirish boʻyicha majburiyatlar yer uchastkasining (koʻchmas mulkning) mulkdori zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hovlilarning ichki hududidagi konteynerlarni oʻrnatish maydonchasi maxsus avtotransport vositasining kirish yoʻllariga yaqin joylashishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Jismoniy va yuridik shaxslar uchun quyidagilar taqiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qattiq maishiy chiqindilarni ruxsat etilmagan joylarga va obyektlarga (koʻchalarga, hovlilarga, suv yoʻllariga, ariq va qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash, joylashtirish va koʻmish uchun moʻljallanmagan boshqa joylarga) tashlash hamda joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suyuq maishiy chiqindilarni ruxsat etilmagan joylarga va obyektlarga (uylar hududidan tashqariga, sugʻorish tizimi kollektorlariga, suv yoʻllariga, ariqlarga, yomgʻir suvlarining kanalizatsiya tizimiga, ochiq, gorizontal va vertikal yopiq drenajlarga hamda ushbu maqsadlar uchun moʻljallanmagan boshqa joylarga) oqizish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qattiq maishiy chiqindilarni avtotransport vositalaridan ularning toʻxtashi, toʻxtab turishi yoki harakatlanishi vaqtida ruxsat etilmagan joylarga va obyektlarga tashlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qattiq maishiy chiqindilarni ularni joylashtirish obyektlarida (yer oʻralar, idishlar va h.k.), tashkilot hududi, dalalar va aholi yashash punktlarida maxsus texnik qurilmalarsiz yoqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barglarni yoqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp kvartirali uyning umumiy foydalaniladigan joylarida qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va saqlash joylarini tashkillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik gabaritli maishiy chiqindilar va qurilish chiqindilarini chiqindi toʻplash shoxobchalariga tashlash va joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni tashish uchun moʻljallanmagan (hujjatda nazarda tutilmagan) transport vositalarida (yirik gabaritli maishiy chiqindilar va qurilish chiqindilari, shuningdek, daraxt va butalarni kesish hamda agrotexnik ishlov berishda hosil boʻladigan chiqindilar (daraxt va buta shox-shabbalari, kesish ishlari qoldiqlari va boshqalar) bundan mustasno), shuningdek, maishiy chiqindilarni tashish bilan bogʻliq boʻlmagan shaxslar hamrohligida tashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yirik gabaritli maishiy chiqindilar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Yirik gabaritli maishiy chiqindilar 8 — 10 m2dan kam boʻlmagan maydonli, sunʼiy suv oʻtkazmaydigan qoplama va yomgʻir suvlarini oqizish tizimlari bilan jihozlangan, maxsus ajratilgan maydonchalarda toʻplanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Yirik gabaritli maishiy chiqindilarni toʻplash uchun maydonchalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp kvartirali turar joy sektorida — qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash shoxobchalariga bevosita yaqinlikda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi turar joy sektorida — maydonchaning 100 — 200 metr radiusdagi samarali qamrovi hisobi bilan eng yaqin turar joy va (yoki) odamlarning doimiy boʻlish joyi obyektlarigacha 20 metrdan yaqin boʻlmagan masofada ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yirik gabaritli maishiy chiqindilarni toʻplash uchun maydonchalarning muqobil varianti boʻlib, multilift tizimi bilan jihozlangan maxsus avtotransport vositalari yordamida tashiladigan, 3 — 6 m3 hajmli konteynerlarni (almashadigan kuzovlarni) oʻrnatish hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Yirik gabaritli maishiy chiqindilarni ularning hosil boʻlish joyidan olib chiqib ketish ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning buyurtmanomasi asosida, alohida toʻlov evaziga amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Qurilish chiqindilari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Qurilish, montaj, taʼmirlash, shuningdek, bino va inshootlarni buzish ishlarini amalga oshiruvchi shaxslar mazkur obyektlarda hosil boʻluvchi qurilish chiqindilarining zich toʻplanishini taʼminlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholidan hosil boʻluvchi qurilish chiqindilari yirik gabaritli maishiy chiqindilarni toʻplash maydonchalariga yigʻiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish yoki buzish ishlarini amalga oshiruvchi tashkilotlar ular tomonidan hosil boʻladigan qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jarayonlari tartibini belgilaydigan texnik va texnologik hujjatlarga shuningdek, atrof muhitga taʼsir koʻrsatilishi toʻgʻrisidagi bayonot loyiha hujjatlari boʻyicha va davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasiga ega boʻlishi lozim.
(30-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.01.2021-y., 09/21/40/0070-son — 2021-yil 29-apreldan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chiqindilarni qurilish maydonchalaridan olib chiqib ketish va bunda tabiatni muhofaza qilish talablariga rioya qilish masʼuliyati, agar buyurtmachi bilan shartnomada boshqa shartlar nazarda tutilmagan boʻlsa, ishlarni bajarishda pudratchi boʻlgan jismoniy yoki yuridik shaxs zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Faoliyati natijasida qurilish chiqindilari hosil boʻladigan tashkilotlar qurilish chiqindilarini maksimal utilizatsiya qilish, sotish yoki chiqindilarni toʻplash, tashish, utilizatsiya qilish bilan shugʻullanuvchi boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga topshirish uchun kompleks choralarni amalga oshirishi, shuningdek, utilizatsiya qilinmaydigan qurilish chiqindilarini ekologik xavfsiz koʻmilishini taʼminlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Qurilish chiqindilarini ularning hosil boʻlish joyidan olib chiqib ketish, ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning buyurtmanomasi asosida, alohida toʻlov evaziga amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Avtotransport chiqindilari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Jismoniy va yuridik shaxslar (avtoturargohlar egalari, yonilgʻi quyish shoxobchalari, avtotransport, mexanizmlar va boshqa texnikalarga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash ustaxonalari) barcha hosil boʻluvchi avtotransport chiqindilarini toʻplash, olib chiqib ketish, qayta ishlash va zararsizlantirilishini taʼminlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Barcha turdagi transport, mashina va mexanizmlarning chiqindilari qismlarga boʻlinishi va turi boʻyicha alohida toʻplanishi lozim, jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlatilib boʻlingan moylar mazkur chiqindilarni toʻplash, utilizatsiya qilish va qayta ishlash bilan shugʻullanuvchi tashkilotlarga topshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkumulyatorlarning elektrolitlari maxsus idishlarga toʻkiladi va mazkur chiqindilarni toʻplash, utilizatsiya qilish hamda qayta ishlash bilan shugʻullanuvchi tashkilotlarga zararsizlantirish uchun topshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektroliti toʻkilgan kislotali akkumulyator batareyalari ikkilamchi xom ashyo va rangli metallarni qabul qiluvchi punktlarda toʻplanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil pokrishkalari mazkur chiqindilarni toʻplash, utilizatsiya qilish hamda qayta ishlash bilan shugʻullanuvchi tashkilotlarga qayta ishlash uchun topshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkilamchi moddiy resurs hisoblangan boshqa chiqindilar (plastmassa, metall va h.k.) qabul qilish punktlariga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Oʻsimliklardan hosil boʻladigan chiqindilarni tozalashda, shuningdek, daraxt va butalarni kesish hamda agrotexnik ishlov berishda hosil boʻladigan chiqindilar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Xazonlar toʻkilishi davrida toʻkilgan barglarni har kuni yigʻishtirish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻplangan barglar maxsus ajratilgan joylar yoki kompostyorlash maydonlariga olib chiqiladi. Toʻplangan barglarni olib chiqib ketish mazkur qoidalarning 5-bandiga muvofiq, hududlarni tozalash uchun masʼul boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yoki shartnoma asosida (alohida buyurtma boʻyicha) ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompostyorlash jarayoni filtratsiyaga qarshi asosga, drenaj suvlarini toʻplash va oqizish tizimiga ega boʻlgan, maxsus tayyorlangan maydonchada amalga oshiriladi. Chiqindilar uyum qilib joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Hududlarning daraxt va butalarni kesish hamda agrotexnik ishlov berishda hosil boʻladigan chiqindilar (daraxt va buta shox-shabbalari, kesish ishlari qoldiqlari, barglar va boshqalar) bilan bir sutkadan ortiq ifloslantirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-bob. Suyuq maishiy chiqindilar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Markazlashgan kanalizatsiya tarmoqlari mavjud boʻlmagan uylarda suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash uchun belgilangan tartibda oqova yigʻiluvchi, germetik rezervuarli chiqindi toʻkiladigan oʻralar oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chiqindi toʻkiladigan oʻra maxsus avtotransport vositasining (assenizatsiya avtomobilining) erkin harakatlanishi hisobga olingan holda joylashishi hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish maxsus avtotransport vositasiga (assenizatsiya avtomobiliga) ega boʻlgan ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan shartnoma asosida yoki alohida buyurtma boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Chiqindi toʻkiladigan oʻralarni tozalash davriyligi sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suyuq maishiy chiqindilar quyiladigan stansiyalar, assenizatsiya dalalari yoki suyuq maishiy chiqindilarni qabul qilish boʻyicha maxsus obyektlarga olib chiqib ketiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-bob. Xavfli maishiy chiqindilar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Chiqindi toʻplash shoxobchalarida xavfli maishiy chiqindilarni toʻplash uchun maxsus konteynerlar (xavfli maishiy chiqindilarni saqlash, yuklash-tushirish ishlari va tashishda ularning butligini taʼminlaydigan toʻplovchi idishlar) oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Yigʻilgan xavfli chiqindilar mazkur chiqindilarni yigʻish, utilizatsiya qilish va qayta ishlash bilan shugʻullanuvchi tashkilotlarga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-bob. Qattiq maishiy chiqindilarni alohida toʻplash va olib chiqib ketish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Chiqindi toʻplash shoxobchalarida alohida toʻplashni tashkillashtirish maqsadida majburiy tarzda quyidagilar uchun toʻrt turdagi konteynerlar oʻrnatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta ishlanadigan qattiq maishiy chiqindilar (ikkilamchi moddiy resurslar aralashmasidan iborat chiqindilar) uchun — koʻk rang;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
organik qattiq maishiy chiqindilar (oziq-ovqat va boshqa biologik chiriydigan chiqindilar) uchun — jigarrang;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta ishlanmaydigan qattiq maishiy chiqindilar (boshqa maishiy chiqindilar) uchun — kulrang;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli maishiy chiqindilar uchun — toʻq sariq rang;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qattiq maishiy chiqindilarni toʻliq saralab yigʻish uchun ajratib turuvchi rangli va (yoki) maxsus belgilar hamda yozuvlar bilan markalangan qoʻshimcha konteynerlar (plastmassa chiqindilari — sariq, shisha va shisha siniqlari — oq, qogʻoz chiqindilari — havo rang) oʻrnatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, qayta ishlanadigan va xavfli maishiy chiqindilar keyinchalik chiqindilarni utilizatsiya qilish va qayta ishlash bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslarga shartnoma asosida sotish va (yoki) berish uchun saralashga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Alohida toʻplangan va saralangan qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish uchun chiqindi tashish mashinalaridan foydalangan holda, olib chiqib ketishning bir nechta jadvallarini tashkillashtirish orqali yoki qattiq maishiy chiqindilarning turli fraksiyalari uchun alohida kameralar oʻrnatilgan bunkerli maxsus avtotransport vositalaridan foydalanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-bob. Maishiy chiqindilarni tashishga qoʻyiladigan asosiy talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Maishiy chiqindilarni tashish ularni tashilishida tushirib qoldirish, avariya holatini paydo qilish, insonlar salomatligi va atrof-muhitga zarar yetkazish ehtimollarini istisno qiluvchi usullar bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qattiq maishiy chiqindilarni tashish maxsus avtotransport vositalarida (chiqindi tashish mashinalari va boshqa maxsus mashinalarda) amalga oshiriladi (yirik gabaritli maishiy va qurilish chiqindilari, shuningdek, daraxt va butalarni kesish hamda agrotexnik ishlov berishdan hosil boʻladigan chiqindilar bundan mustasno).
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moddiy madaniy meros koʻchmas mulk obyektlariga shikast yetkazilishining oldini olish maqsadida ular joylashgan hududlarga besh tonnadan yuqori vaznga ega katta hajmli chiqindi tashish maxsus avtotransport vositalari kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdgai 370-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2023-y., 09/23/370/0597-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maishiy chiqindilarni maxsus avtotransport vositasining kuzovidan tashqarida tashilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maishiy va boshqa chiqindilar tashib ketiladigan maxsus transport vositalarini boshqarishga maxsus tayyorgarlik, instruktaj va tibbiy koʻrikdan oʻtgan haydovchilar qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Maishiy chiqindilarni tashish ularni tashish uchun harakat yoʻnalishi koʻrsatilgan holda, belgilangan tartibda toʻldirilgan hujjatlar mavjud boʻlganda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-bob. Qattiq maishiy chiqindilarni koʻmishga qoʻyiladigan asosiy talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Qattiq maishiy chiqindilar poligonlar, chiqindilarni qayta ishlash va yoqish zavodlari, kompostyorlash maydonlariga olib chiqib ketiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qattiq maishiy chiqindilarni koʻmish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Qayta ishlanadigan qattiq maishiy chiqindilarni poligonlarga koʻmish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
151-bob. Ikkilamchi xom ashyoni qabul qilish shoxobchalarini tashkil etish va ulardan foydalanish, shuningdek, ikkilamchi xom ashyoni tayyorlashga doir asosiy talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Ikkilamchi xom ashyoni qabul qilish shoxobchalarini tashkil etish va ulardan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
471. Ikkilamchi xom ashyoni qabul qilish shoxobchalarini (keyingi oʻrinlarda — qabul qilish shoxobchalari) tashkil etish alohida qurilgan binolarda yoki noturar joy binolarining alohida xonalarida, shuningdek, koʻchma (mobil) vositalarda amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida quriladigan binolardagi qabul qilish shoxobchalarini joylashtirish aholi punktlarining bosh rejalariga va boshqa shaharsozlik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Shaharsozlik hujjatlari mavjud boʻlmaganda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari huzuridagi hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlarining roziligi olinishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi gavjumroq joylarda hududlardan foydalanish intensivligiga bogʻliq ravishda, shuningdek, chiqindi toʻplash shoxobchalarida ikkilamchi xom ashyoni toʻplash va tayyorlash uchun vaqtinchalik inshootlar tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Noturar joy binolarida joylashtiriladigan qabul qilish shoxobchalari ikkilamchi xom ashyoni qabul qilish va olib chiqib ketish uchun alohida kirish/chiqish yoʻli mavjud boʻlgan zarur xonalarga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul qilish shoxobchalarining bevosita turar joy binolarida tashkil etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
472. Qabul qilish shoxobchasi faoliyatini tashkil etish uchun ikkilamchi xom ashyoni tayyorlovchilar atrof muhitga taʼsir koʻrsatishning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga (ekologik normativlarga) va davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasiga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
473. Alohida qurilgan binolarda joylashgan qabul qilish shoxobchalarining oraliq masofasi turar joy va maʼmuriy binolardan 20 metrdan kam boʻlmagan va davolash, maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda oʻquv muassasalari, oziq-ovqat mahsulotlarini sotish hamda umumiy ovqatlanish obyektlari, shuningdek, dam olish joylaridan 50 metrdan kam boʻlmagan masofani tashkil etishi hamda moddiy madaniy meros koʻchmas mulk obyektlarining qoʻriqlanadigan tegralari chegaralaridan tashqarida joylashishi lozim.
(473-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2023-y., 09/23/370/0597-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkilamchi xom ashyoni saqlash omborxonalari va maydonchalari davolash, maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda oʻquv muassasalaridan, oziq-ovqat mahsulotlarini sotish hamda umumiy ovqatlanish obyektlari, shuningdek, dam olish joylaridan 50 metrdan kam boʻlmagan uzoqlikda boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
474. Alohida qurilgan binolarda joylashgan qabul qilish shoxobchalari quyidagilarga ega boʻlishi zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obodonlashtirilgan kirish yoʻllari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkilamchi xom ashyoni qabul qilish uchun alohida xona va (yoki) maydoncha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har xil turdagi ikkilamchi xom ashyoni vaqtinchalik saqlash uchun alohida-alohida boʻlingan omborxonalar va (yoki) maydonchalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toza va ishlatilgan (ishchi) kiyimlarni saqlash uchun shkaf va dezinfeksiya vositalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy va sunʼiy (shu jumladan, tungi tashqi) yoritqichlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiyaga oqim tizimi, sanuzel, shuningdek, yomgʻir suvlarini oqizish kanalizatsiyasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazlashtirilgan ichimlik suv taʼminoti tarmogʻi mavjud boʻlmaganda, xodimlar qoʻl yuvishi uchun qoʻlyuvgichlardan foydalaniladi. Markazlashgan kanalizatsiya tarmogʻi mavjud boʻlmaganda oʻralar oʻrnatilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
475. Barcha turdagi qabul qilish shoxobchalarida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
polning yuzasi oson tozalanadigan va dezinfeksiya qilinadigan qoplamaga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
devorlar oson yuviladigan materiallar bilan qoplangan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xona shamollatiladigan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konteynerlarni oʻrnatish maydonchalarining yuzasi asfaltlangan yoki beton qoplamali boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv turib qolishiga va konteynerlarning sirpanib ketishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida maydoncha qoplamasining qiyaligi oʻtish yoʻli qismi tarafga 5 — 10 foizni tashkil etgan holda va transport vositasining kirishiga qulay tarzda oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
476. Barcha turdagi qabul qilish shoxobchalari (shu jumladan, omborxonalar va maydonchalar) yongʻin xavfsizligi talablariga javob berishi va toza tutilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xonalar har kuni namlantirib tozalanishi va kamida bir haftada bir marta — dezinfeksiya, zarur hollarda — dezinseksiya va deratizatsiya qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkilamchi xom ashyoni qabul qilish va saqlash konteynerlari va boshqa idishlar vaqti-vaqti bilan dezinfeksiya qilinishi va yuvilib turilishi kerak (kamida har uch oyda bir marta).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda dezinfeksiya vositalarini ularni qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomalarga muvofiq ishlatish, ishlab chiqaruvchining asl qadoqlash idishida, alohida ajratilgan joylarda saqlash zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul qilish shoxobchasiga tutash hudud (5 m radiusda) har kuni tozalanishi va ozoda saqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
477. Ikkilamchi xom ashyoni qabul qilish va saqlash uchun moʻljallangan konteynerlar va boshqa idishlar xizmat koʻrsatish (foydalanish) muddatining tugashi, shuningdek, haqiqiy texnik holatiga (mexanik va boshqa shikastlanishlarga) koʻra yangisiga yoki texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar (sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari) talablariga javob beruvchi, shikastlanmaganlariga (taʼmirlanganlariga) almashtirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
478. Turgʻun qabul qilish shoxobchalarida koʻrinadigan joyga quyidagi maʼlumotlar osib qoʻyilishi (joylashtirilishi) kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotning nomi va aloqa bogʻlash maʼlumotlari (shu jumladan, telefon raqami);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish vaqti (ikkilamchi xom ashyoni qabul qilish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul qilinadigan ikkilamchi xom ashyo turlari va narxlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Ikkilamchi xom ashyoni tayyorlash va tashish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
479. Ikkilamchi xom ashyoni tayyorlash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul qilish shoxobchalari orqali ikkilamchi xom ashyoni sotib olish yoki bepul qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkilamchi xom ashyo doimiy ravishda hosil boʻladigan obyektlarni konteyner, chiqindi qutisi, yashik va boshqa maxsus vositalar bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qattiq maishiy chiqindilarni qayta yuklash stansiyalari va poligonlarida ikkilamchi xom ashyoni saralash yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni kompleks amalga oshirish klasterlariga xizmat koʻrsatish uchun belgilangan tartibda biriktirib berilgan hududlarda ikkilamchi xom ashyoni (metall parchalari va chiqindilarini sotib olishdan tashqari) qabul qilish shoxobchalari orqali tayyorlash mazkur klasterlar tomonidan amalga oshiriladi (mazkur hududda qayta ishlovchi tashkilotlarning ikkilamchi xom ashyoni oʻzlariga tegishli shoxobchalar orqali sotib olishi yoki qabul qilishi bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4710. Qattiq maishiy chiqindilarni qayta yuklash stansiyalari va poligonlarida ikkilamchi xom ashyoni tayyorlash faqat saralash uskunalaridan foydalanish orqali va barcha texnika xavfsizligi talablariga rioya etgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4711. Ikkilamchi xom ashyoni tayyorlash jarayonida fuqarolar salomatligiga va atrof muhitga salbiy taʼsir koʻrsatmaydigan zamonaviy texnologiya va usullar qoʻllanilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4712. Ikkilamchi xom ashyoni tayyorlashda ogʻir mehnat talab qilinadigan texnologik jarayonlar mexanizatsiyalashtirilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4713. Ikkilamchi xom ashyoni vaqtincha saqlash omborxonalarda va (yoki) maxsus ajratilgan maydonchalarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4714. Tayyorlangan makulatura, gazlama va polimer materiallar xom ashyosi ularni vaqtincha saqlash joylarida turlari boʻyicha alohida presslangan holda saqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Isitiladigan omborlarda (xonalarda) saqlanganda ikkilamchi xom ashyo isitish moslamasidan 1 metrdan yaqin boʻlmagan masofada joylashtiriladi. Bunda isitish moslamalarining oldi toʻsilgan boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4715. Quyidagilar taqiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davolash-profilaktika (infeksiya, teri-tanosil, onkologik, sil) muassasalarida va boʻlinmalarida (patalogo-anatomik, yiringli jarrohlik va boshqalar), veterinariya muassasalarida, shuningdek, zaharli moddalar ishlab chiqaruvchi va (yoki) ulardan foydalanuvchi tashkilotlarda ikkilamchi xom ashyoni tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qabul qilish shoxobchasida tibbiyot chiqindilari xom ashyosini tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatini koʻrsatish jarayonida, shuningdek, maishiy chiqindilarni toʻplash shoxobchalari va saralash punktlaridan maishiy chiqindilar tarkibidagi ikkilamchi xom ashyoni ixtisoslashgan tashkilotning roziligisiz ajratib olish va oʻzlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ikkilamchi xom ashyo vaqtincha yigʻiladigan va saqlanadigan joylar yaqinida (5 metrdan kam boʻlmagan radiusda) ochiq olovdan foydalanish va payvandlash ishlarini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) ikkilamchi xom ashyoni utilizatsiya qilish va (yoki) qayta ishlashni ushbu maqsadlar uchun moʻljallanmagan uskuna va jihozlarda oʻzboshimchalik bilan amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) ikkilamchi xom ashyoni yoʻlovchi va oziq-ovqat tashishga moʻljallangan transport vositalari, shuningdek, hayvonlarga qoʻshib tortiladigan, dvigatel bilan jihozlanmagan qurilmalarda tashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) ikkilamchi xom ashyoni tashishda uni transport vositasining kuzovidan tashqarisiga joylashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4716. Ikkilamchi xom ashyoni tashish faoliyati avariya holatini yuzaga keltirish, fuqarolar salomatligi va atrof muhitga zarar yetkazish ehtimollarini istisno qiluvchi usullar bilan, shuningdek, yoʻl harakati xavfsizligi qoidalariga rioya etgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkilamchi xom ashyoni ochiq kuzovli transport vositalarida tashishda ularning usti brezent yoki boshqa materiallar bilan yopib qoʻyilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4717. Ikkilamchi xom ashyoni tashishga moʻljallangan transport vositasi quyidagi talablarga javob berishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haydovchi kabinasi yuk platformasidan muqim oʻrnatilgan toʻsiq bilan ajratilgan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuzov tubining yuzasi va devorlari germetik, bortlardan biri esa ochiladigan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositasining barcha qismlari tozalash va dezinfeksiya qilish uchun qulay boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuzovning ichki qismi yuvish va dezinfeksiya vositalari taʼsiriga chidamli materiallar bilan qoplangan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuzov tashqi qismining uch tomonida “Ikkilamchi xom ashyo” yozuvi boʻlishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Topshiriladigan ikkilamchi xom ashyo uchun oʻzaro hisob-kitob qilish va naqd pul mablagʻlarini sarflash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4718. Ikkilamchi xom ashyoni topshiruvchilar bilan oʻzaro hisob-kitoblar haqiqatda topshirilgan ikkilamchi xom ashyo miqdori uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar bilan — naqdsiz shaklda;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslar bilan — naqd shaklda, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq toʻlovning boshqa usullarida amalga oshiriladi.
(4718-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4719. Qabul qilinayotgan ikkilamchi xom ashyo uchun oʻzaro hisob-kitob qilinishida ikkilamchi xom ashyoni topshirishni ragʻbatlantiruvchi, tayyorlovchilar tomonidan belgilanadigan erkin (kelishilgan) narxlar qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4720. Qabul qilish shoxobchalarida ikkilamchi xom ashyoni qabul qilish uchun tarozi va boshqa zarur oʻlchov asboblar boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4721. Tayyorlanadigan ikkilamchi xom ashyo uchun hisob-kitoblarni amalga oshirishda zarur boʻladigan naqd pul mablagʻlarini olish maqsadida ikkilamchi xom ashyoni tayyorlovchilar xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankiga hisoblangan hajmlarda ikkilamchi xom ashyo qabul qilishni (sotib olishni) taʼminlaydigan summaga pul chekini topshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4722. Ikkilamchi xom ashyoni tayyorlovchilar qaramogʻidagi qabul qilish shoxobchalariga naqd pul mablagʻlarini ajratishni xarajat kassa orderi yoki tashkilot rahbari va bosh buxgalteri tomonidan imzolangan toʻlov qaydnomasi boʻyicha amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4723. Ikkilamchi xom ashyoni tayyorlovchilarning tarkibiy boʻlinmalari hisoblangan qabul qilish shoxobchalari har oyda ularga naqd pul mablagʻlariga talab va xarajatlar toʻgʻrisida hisobot taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4724. Naqd pul mablagʻlaridan boshqa maqsadlarda foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi. Tayyorlangan ikkilamchi xom ashyoni sotish qonunchilikda belgilangan tartibda, savdo qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4725. Pul mablagʻlarining tushishi, ularni qabul qilish shoxobchalariga tarqatish, naqd pul mablagʻlarining saqlanishi, naqd pul mablagʻlari va ikkilamchi xom ashyo harakati bilan bogʻliq boʻlgan barcha operatsiyalar boʻyicha birlamchi hujjatlarni toʻgʻri va oʻz vaqtida rasmiylashtirish uchun javobgarlik tashkilot rahbari va bosh buxgalteriga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Tayyorlanayotgan ikkilamchi xom ashyoni hisobga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4726. Ikkilamchi xom ashyoni tayyorlovchi tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan ikkilamchi xom ashyo harakatining hisobi va nazoratini yuritish boʻyicha masʼul shaxs tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4727. Yuridik shaxslardan ikkilamchi xom ashyoni qabul qilishda uch nusxada qabul qilish-topshirish dalolatnomasi tuziladi, uning bir nusxasi keyinchalik hisobvaraq-fakturani rasmiylashtirish uchun ikkilamchi xom ashyoni topshiruvchiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkilamchi xom ashyoning miqdori (ogʻirligi) va tavsifi ikkilamchi xom ashyoni tayyorlovchi tomonidan haqiqatda qabul qilish holati boʻyicha tuziladigan qabul qilish-topshirish dalolatnomalarida qayd qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4728. Qabul qilish-topshirish dalolatnomasining qatʼiy hisoboti yuritiladi va u har bir varagʻi belgilangan tartibda raqamlangan va tikilgan qabul qilish-topshirish dalolatnomalarini hisobga olish daftarida qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. Ikkilamchi xom ashyoni qabul qilish (toʻplash) va tayyorlashda xodimlarning shaxsiy gigiyenasi va xavfsizligini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4729. Ikkilamchi xom ashyoni qabul qilish (toʻplash), saralash, saqlash va tashish bilan shugʻullanadigan, shuningdek, transport vositalari va konteynerlarga sanitar ishlov berish ishlarini amalga oshiruvchi xodim dastlabki va davriy tibbiy koʻriklardan oʻtishi (bir yilda kamida bir marta) va qonunchilikda belgilangan tartibda koʻp uchraydigan hamda oʻta xavfli infeksiyali kasalliklarga (sil, gepatit, oʻlat, vabo va boshqalar) qarshi profilaktik immunizatsiya (vaksinatsiya) qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4730. Ikkilamchi xom ashyoni qabul qilish (toʻplash), saralash, saqlash va tashishga qoʻyilgan xodim tegishli maxsus kiyim va shaxsiy gigiyena hamda himoya vositalari (niqob yoki respirator, qoʻlqop, himoya kombinezoni, yuvish vositalari va boshqalar), shuningdek, birinchi tibbiy yordam vositalari bilan birga dori qutisi bilan taʼminlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus kiyim qulay va ishlovchilarni chang hamda boshqa ifloslanishlardan himoya qilishi, oson tozalanadigan va dezinfeksiya qilinadigan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4731. Sanitariya-epidemiologik jihatidan xavf tugʻdiruvchi ikkilamchi xom ashyo tezkor izolyatsiya qilinishi va zararsizlantirilishi kerak.
(151-bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/88/0135-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-bob. Hududlarni yil mavsumlari boʻyicha tozalash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Hududlarni bahor-yozgi tozalash ishlari har yili mart-avgust davrida amalga oshiriladi va quyidagilardan iborat boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻcha — yoʻllar tarmogʻining qatnov qismini, yoʻlkalar va maydonlarni supurish va yuvish (suv sepish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp kvartirali uylar atrofidagi barcha hududlarni kunlik (yakshanbadan tashqari) sanitariya jihatidan tozalash, yoʻlkalarni, kirish yoʻllari zinalarini supurish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarni qattiq maishiy chiqindilar bilan ifloslanishdan tozalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindi toʻplash shoxobchalarini tozalash, chiqindi qutilarini tozalash va yuvish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Hududlarni kuz-qishki tozalash ishlari sentabrdan fevral oyigacha amalga oshiriladi va quyidagilardan iborat boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barglarni supurish va toʻplash, ariqlarni tozalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻcha — yoʻllar tarmogʻining qatnov qismini, yoʻlkalar va maydonlarni supurish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qattiq qoplamalarga muzga qarshi materiallar bilan ishlov berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qorlarni supurish va surish, sirpanchiqlarni bartaraf etish, koʻcha — yoʻllar tarmogʻining qatnov qismi, yoʻlkalar, maydonlarda hosil boʻlgan qor va qor-muzliklarni yoʻq qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp kvartirali uylar atrofidagi barcha hududlarni kunlik (yakshanbadan tashqari) sanitariya jihatidan tozalash, yoʻlkalarni, kirish yoʻllari zinalarini supurish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarni qattiq maishiy chiqindilar bilan ifloslanishdan tozalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindi toʻplash shoxobchalarini tozalash, chiqindi qutilarini tozalash va yuvish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Uy atrofidagi hududlarni mexanizatsiya vositasida tozalash ishlari kunduzi amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tozalash mashinalari yordamida tozalashning imkoni boʻlmagan joylar, ushbu mashinalar ish boshlashidan avval qoʻl yordamida tozalanishi lozim. Yoʻlkalar va uy atrofidagi hududlarning oʻtish yoʻllaridagi qor qoʻl yordamida tozalanganda kurak bilan toʻliq olib tashlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-bob. Mazkur qoidalarga rioya etilishini nazorat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslari (keyingi oʻrinlarda mansabdor shaxslar deb ataladi) mazkur Qoidalarga rioya qilinishi yuzasidan doimiy nazoratni amalga oshiradilar.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 29-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2019-y., 09/19/29/2475-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Mazkur qoidalarning 3, 4 va 5-boblari shuningdek, 151-bobning 2-paragrafi talablarini buzish hollari aniqlanganda, mansabdor shaxslar quyidagi taʼsir koʻrsatish choralarini koʻradilar:
(52-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 88-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/88/0135-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida qonunchilik talablariga rioya etilishining monitoringi yoki davlat ekologik nazorati natijalari boʻyicha, dalolatnoma (maʼlumotnoma) rasmiylashtirgan holda, jismoniy va yuridik shaxslarga mazkur qoidalarning 3, 4 va 5-boblari shuningdek, 151-bobning 2-paragrafi talablarining buzilishi boʻyicha aniqlangan holatlarni bartaraf etish toʻgʻrisida majburiy koʻrsatmalar beradi;
(52-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 88-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/88/0135-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun buzilishlarining jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan bartaraf etilishi yuzasidan avvalgi monitoring yoki davlat ekologik nazorati natijalariga koʻra faqatgina dalolatnomada (maʼlumotnomada) koʻrsatilgan faktlar boʻyicha va muddatlarda yoki jismoniy yoki yuridik shaxslarning murojaatiga koʻra — belgilangan muddatdan oldin, nazorat qiluvchi organ buyrugʻiga asosan bir ish kuni davomida nazoratni amalga oshiradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan mansabdor shaxslarning majburiy koʻrsatmalari bajarilmagan hollarda, chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonunchilikni buzganligi uchun maʼmuriy javobgarlikka tortish choralarini koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan funksiyalar nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi organlar bilan qoʻshimcha kelishuvsiz amalga oshirilib, ular bir ish kuni davomida xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Maishiy chiqindilarni ruxsat etilmagan joylarga joylashtirgan shaxslarni aniqlashning imkoni boʻlmagan taqdirda, mansabdor shaxslar, mazkur qoidalarning 5-bandiga muvofiq hududlarni tozalash uchun masʼul boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslarning mablagʻlari hisobiga ruxsat etilmagan va tartibsiz chiqindixonalarni bartaraf etish yoki hududlarni tozalash, shuningdek, chiqindixona hududini qayta tiklash boʻyicha majburiy koʻrsatmalar berish (ikki ish kunidan toʻrt ish kunigacha boʻlgan muddat belgilagan holda) huquqiga egalar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiy koʻrsatmalar masʼul shaxslar tomonidan belgilangan muddatlarda bajarilmagan taqdirda, mansabdor shaxslar “Toza hudud” va “Maxsustrans” davlat unitar korxonalarini shuningdek, xususiy ixtisoslashgan tashkilotlarni kelishuv asosida jalb etgan holda, ruxsat etilmagan va tartibsiz chiqindixonalarni bartaraf etish yoki hududlarni tozalash, shuningdek, chiqindixona hududini qayta tiklash choralarini koʻrib, majburiy koʻrsatmalarni bajarmagan shaxslarga sanitariya jihatidan tozalash xizmatlari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish uchun hisob-kitoblarni (toʻlov muddatini belgilagan holda) taqdim etadilar.
(53-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 88-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/88/0135-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda mansabdor shaxs, majburiy koʻrsatmani olgan shaxs (yoki uning vakili), ixtisoslashgan tashkilot, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati vakili tomonidan imzolanadigan, ruxsat etilmagan va tartibsiz chiqindixonalarni bartaraf etish yoki hududlarni tozalash, shuningdek, chiqindixona hududini qayta tiklash choralari koʻrilganligini tasdiqlovchi dalolatnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiy koʻrsatmani olgan shaxs (yoki uning vakili) dalolatnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda, ushbu dalolatnomaga imzo qoʻyishdan bosh tortganlik sabablarini dalolatnoma tuzilgan kunning oʻzida yozma ravishda asoslashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiy koʻrsatmani olgan shaxs (yoki uning vakili) kelmagan taqdirda, mansabdor shaxs, ixtisoslashgan tashkilot, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati vakilining imzosi yetarli hisoblanadi;
(53-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan uchinchi — beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/88/0135-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlarni oʻz muddatida toʻlamaslik yoki rad etish (bosh tortish) hollarida mansabdor shaxslar sudlarga toʻlovlarni undirish bilan bogʻliq daʼvolar kiritadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi qonunchilikda belgilangan tartibda, aholi yashash joylarini tozalash obyektlari boʻyicha joriy sanitariya nazorati oʻrnatadi.
(54-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Ommaviy axborot vositalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshiradilar.
(55-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-noyabrdagi 937-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2019-y., 09/19/937/4054-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-bob. Yakunlovchi qoida
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Mazkur qoidalar talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
(56-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasi obyektlarini joylashtirish va ulardan foydalanish hamda maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish qoidalariga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasi obyektlarini joylashtirish va ulardan foydalanish sxemasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Jarayonlar

Tashkiliy tadbirlar

1-bosqich

Sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasi obyektlarini joylashtirish

Jismoniy va yuridik shaxslar

Sanitariya jihatidan tozalashga ixtisoslashgan tashkilotlar

1. Hududlarni tozalash uchun masʼul boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslar, majburiy tartibda QMCHlarni toʻplash uchun chiqindi qutilarini oʻrnatadilar.

2. Yuridik shaxslar maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish yuzasidan ixtisoslashgan tashkilotlar bilan shartnoma tuzadilar va egallab turgan yer uchastkasida konteynerlarni oʻrnatgan xolda QMCHlarni vaqtinchalik toʻplash va saqlash joylarini tashkillashtiradilar.

3. Sanitariya jihatidan tozalashga ixtisoslashgan tashkilotlar:

chiqindi toʻplash shoxobchalari qurishni;

chiqindi toʻplash shoxobchalarini konteynerlar bilan taʼminlashni amalga oshiradilar.

Qattiq maishiy chiqindilarni (KMCH) toʻplash uchun chiqindi qutilarini joylashtirish

Chiqindilarni toʻplash shoxobchalarini tashkil etish

2-bosqich

Sanitariya jihatidan tozalash ishlarini tashkil etish

Hududlarni tozalash

Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish

1. Hududlar, bino va inshootlarning tozaligini taʼminlash maqsadida jismoniy va yuridik shaxslar oʻz hududlarida tozalash ishlarini amalga oshiradilar.

2. QMCHlarni toʻplash va olib chiqib ketish koʻp kvartirali turar joy sektorida — chiqindi toʻplash shoxobchalaridan. yakka tartibdagi turar joy sektorida esa “signal” usulida amalga oshiriladi.

3. QMCHlarni olib chiqib ketishning minimal davriyligi chiqindi toʻplash shoxobchalaridan bir kunda bir marta, “signal” usulida — uch kunda bir martani tashkil etadi.

4. QMCHlarni tashish maxsus avtotransport vositalarida xamda ularni tashilishida tushirib qoldirish, avariya holatini paydo qilish, insonlar salomatligi va atrof muhitga zarar yetkazish ehtimollarini istisno qiluvchi usullar bilan amalga oshiriladi.

Bahor-yozgi tozalash ishlari

QMCHlarni qayta ishlash korxonalari

Kuz-qishki tozalash ishlari

QMCH poligonlari

3-bosqich

Sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasi obyektlaridan foydalanish

Chiqindi qutilariga xizmat koʻrsatish (tozalash. boʻshatish)

Chiqindi toʻplash shoxobchalarini saqlash

1. Chiqindi qutilarini boʻshatish va tozalash ularning toʻlishiga koʻra muntazam ravishda, lekin sutkada bir marotabadan kam boʻlmagan holda amalga oshiriladi.

2. Chiqindi qutilarini yuvish va dezinfeksiya qilish bir oyda kamida bir marotaba amalga oshiriladi.

3. Chiqindi toʻplash shoxobchalari sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq boʻlishi lozim.

4. Konteynerlar foydalanish muddatining tugashiga koʻra yangisiga yoki shikastlanmaganlariga (taʼmirlanganlariga) almashtirilishi lozim.

4-bosqich

Nazoratni amalga oshirish

Monitoring yuritish

Taʼsir choralarini koʻrish

1. Davlat ekologiya qoʻmitasi davlat ekologik nazoratni amalga oshiradi.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi aholi yashash joylarini tozalash obyektlari boʻyicha joriy sanitariya nazorati oʻrnatadi.

3. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, NNT va fuqarolar chiqindilar bilan bogʻlik ishlarni amalga oshirish sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshiradilar.

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 787-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublika Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 5-avgustdagi 216-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 8-son, 80-modda) bilan tasdiqlangan Davlat ekologik nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 40-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida qonun hujjatlari talablariga rioya qilinmaganligi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 27-oktabrdagi 295-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 10-son, 109-modda) bilan tasdiqlangan Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat hisobi va nazoratini olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 13-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“13. Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarning amalga oshirilishi monitoringi Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan, nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi tuzilmalar bilan kelishilmagan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monitoring chiqindilarning amalda hosil boʻlgan hajmlari, chiqindilarning hosil boʻlish manbalari xatlovi materiallarida nazarda tutilgan ularni vaqtincha saqlash joylari, qayta ishlash va utillashtirish usullarining mosligini aniqlash maqsadida, chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish obyektlarini koʻzdan kechirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chiqindilarning amalda hosil boʻlgan hajmlari, chiqindilarning hosil boʻlish manbalari xatlovi materiallarida nazarda tutilgan ularni vaqtincha saqlash joylari, qayta ishlash va utillashtirish usullarining nomuvofiqligi aniqlangan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslari quyidagi choralarni koʻradilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslarga monitoring oʻtkazish natijalari boʻyicha dalolatnoma (maʼlumotnoma) rasmiylashtirgan holda, chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida qonun buzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisida majburiy koʻrsatmalar beradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun buzilishlarining yuridik shaxslar tomonidan bartaraf etilishi yuzasidan monitoring natijalariga koʻra faqat dalolatnomada (maʼlumotnomada) koʻrsatilgan faktlar boʻyicha va muddatlarda yoki yuridik shaxsning murojaatiga koʻra — belgilangan muddatdan oldin, nazorat qiluvchi organ buyrugʻiga asosan bir ish kuni davomida nazoratni amalga oshiradilar (bir vaqtning oʻzida bir nechta qonun buzilishlari boʻyicha majburiy koʻrsatmalar berilgan hollarda majburiy koʻrsatmalarning bajarilishini nazorat qilish majburiy koʻrsatmalarning soʻnggi muddati tugaganidan soʻng bir marta amalga oshiriladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar tomonidan chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida qonun buzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisida majburiy koʻrsatmalar bajarilmagan hollarda qonunchilikda belgilangan tartibda maʼmuriy jazo qoʻllaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarga xoʻjalik yurituvchi subyektga xoʻjalik va tashkiliy-boshqaruv xususiyatiga ega boʻlgan topshiriq berish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning faoliyatiga aralashish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar oʻz faoliyatining qonuniyligi, xolisligi, uning qonun hujjatlariga muvofiq toʻgʻri tashkil qilinishi va amalga oshirilishi uchun javob beradilar”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.10.2018-y., 09/18/787/1989-son; 15.01.2019-y., 09/19/29/2475-son; 07.02.2019-y., 09/19/95/2583-son, 22.11.2019-y., 09/19/937/4054-son; 28.01.2021-y., 09/21/40/0070-son, 22.02.2021-y., 09/21/88/0135-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son; 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 14.08.2023-y., 09/23/370/0597-son; 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son; 17.10.2025-y., 09/25/648/0943-son)