Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
“FUQAROLARNING JAMGʻARIB BORILADIGAN PENSIYA TAʼMINOTI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 2005-yil 1-yanvardan eʼtiboran amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati (Sh. Mirziyoyev) oʻz qarorlarini “Fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar, davlat qoʻmitalari hamda idoralar mazkur Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2004-yil 2-dekabr,
703-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 513-modda)