Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 26-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3069]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775-son “Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oliy taʼlim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775-son “Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oliy taʼlim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom 2018-2019 oʻquv yilida, shuningdek keyingi oʻquv yillarida oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilingan talabalarning bilimini nazorat qilish hamda baholashda qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizom talablari qonun hujjatlariga muvofiq oʻquv jarayoni modul tizimiga asoslangan oliy taʼlim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashda qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Talabalar bilimini baholashda malakaviy amaliyot, kurs ishi, fan (fanlararo) davlat attestatsiyasi, bitiruv malakaviy ishi, shuningdek magistratura bosqichida ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik ishlar hamda magistrlik dissertatsiyasi boʻyicha mazkur Nizomda belgilangan baholash mezonlari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Nazorat turlari va baholash mezonlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Nazorat turlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oliy taʼlim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish oraliq va yakuniy nazorat turlarini oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oraliq nazorat semestr davomida ishchi fan dasturining tegishli boʻlimi tugagandan keyin talabaning bilim va amaliy koʻnikmalarini baholash maqsadida oʻquv mashgʻulotlari davomida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oraliq nazorat turi har bir fan boʻyicha fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda 2-martagacha oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oraliq nazorat turini oʻtkazish shakli va muddati fanning xususiyati va fanga ajratilgan soatlardan kelib chiqib tegishli kafedra tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oraliq nazorat turining topshiriqlari tegishli kafedra professor-oʻqituvchilari tomonidan ishlab chiqiladi va mazkur kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Semestr davomida haftasiga 2 akademik soatdan (tibbiyot oliy taʼlim muassasalarida 4 akademik soatdan) kam boʻlgan fanlar boʻyicha oraliq nazorat turi oʻtkazilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Talabaning amaliy, seminar, laboratoriya mashgʻulotlari va mustaqil taʼlim topshiriqlarini bajarishi, shuningdek uning ushbu mashgʻulotlardagi faolligi fan oʻqituvchisi tomonidan baholab boriladi. Baholash mazkur Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan mezonlar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabani oraliq nazorat turi boʻyicha baholashda, uning oʻquv mashgʻulotlari davomida olgan baholari inobatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Yakuniy nazorat turi semestr yakunida (tibbiyot oliy taʼlim muassasalarida fan yakunida) tegishli fan boʻyicha talabaning nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarini oʻzlashtirish darajasini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Yakuniy nazorat turini oʻtkazish shakli tegishli fan boʻyicha kafedra tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Yakuniy nazorat turi oliy taʼlim muassasasining tegishli fakultet dekani yoki oʻquv-uslubiy boʻlim tomonidan ishlab chiqiladigan hamda oʻquv ishlari boʻyicha prorektor tomonidan tasdiqlanadigan Yakuniy nazorat turlarini oʻtkazish jadvaliga muvofiq oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tibbiyot oliy taʼlim muassasalarida oraliq va yakuniy nazorat turlari obyektiv tizimlashtirilgan klinik sinov yoki obyektiv tizimlashtirilgan imtihon shakllarida oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Talabalar bilimini baholash mezonlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qoʻllay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) boʻyicha tasavvurga ega deb topilganda — 5 (aʼlo) baho;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qoʻllay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) boʻyicha tasavvurga ega deb topilganda — 4 (yaxshi) baho;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talaba olgan bilimini amalda qoʻllay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) boʻyicha tasavvurga ega deb topilganda — 3 (qoniqarli) baho;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talaba fan dasturini oʻzlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) boʻyicha tasavvurga ega emas deb topilganda — 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Nazorat turlarini oʻtkazish boʻyicha tuzilgan topshiriqlarning mazmuni talabaning oʻzlashtirishini xolis (obyektiv) va aniq baholash imkoniyatini berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Talabalar bilimini baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Talabalar bilimini baholash 5 baholik tizimda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oraliq nazorat turini oʻtkazish va mazkur nazorat turi boʻyicha talabaning bilimini baholash tegishli fan boʻyicha oʻquv mashgʻulotlarini olib borgan professor-oʻqituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakuniy nazorat turini oʻtkazish va mazkur nazorat turi boʻyicha talabaning bilimini baholash oʻquv mashgʻulotlarini olib bormagan professor-oʻqituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli fan boʻyicha oʻquv mashgʻulotlarini olib borgan professor-oʻqituvchi yakuniy nazorat turini oʻtkazishda ishtirok etishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakuniy nazorat turini oʻtkazishda kelishuv asosida boshqa oliy taʼlim muassasalarining tegishli fan boʻyicha professor-oʻqituvchilari jalb qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tibbiyot oliy taʼlim muassasalarida oraliq va yakuniy nazorat turlarini oʻtkazish, shuningdek talabalarning bilimini baholash tegishli kafedra mudiri tomonidan tashkil etiladigan komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya tarkibi tegishli fan professor-oʻqituvchilari va soha mutaxassislari orasidan shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya tarkibiga kelishuv asosida boshqa tashkilotlarning soha mutaxassislari ham jalb qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Oliy taʼlim muassasasida nazorat turlarini oʻtkazilishi tegishli oliy taʼlim muassasasining taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimi tomonidan doimiy ravishda oʻrganib boriladi. Bunda nazorat turlarini oʻtkazilish tartibi buzilganligi aniqlangan hollarda, oʻtkazilgan nazorat turlarining natijalari bekor qilinishi hamda tegishli nazorat turi qaytadan oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Talaba tegishli fan boʻyicha yakuniy nazorat turi oʻtkaziladigan muddatga qadar oraliq nazorat turini topshirgan boʻlishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Oraliq nazorat turini topshirmagan, shuningdek ushbu nazorat turi boʻyicha “2” (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba yakuniy nazorat turiga kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakuniy nazorat turiga kirmagan yoki kiritilmagan, shuningdek ushbu nazorat turi boʻyicha “2” (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Talaba uzrli sabablarga koʻra oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turiga kirmagan taqdirda ushbu talabaga tegishli nazorat turini qayta topshirishga fakultet dekanining farmoyishi asosida ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Bir kunda 1 tadan ortiq fan boʻyicha yakuniy nazorat turi oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Yakuniy nazorat turlarini oʻtkazish kamida 2 kun oraligʻida belgilanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Bitiruvchi kurs boʻlmagan talabalar kuzgi semestr natijalari boʻyicha 3 tagacha fandan (fanlardan) akademik qarzdorligi boʻlgan hollarda talabaga bir oygacha, bahorgi semestr natijalari boʻyicha 3 tagacha fandan (fanlardan) akademik qarzdorligi boʻlgan talabaga tegishli fan (fanlar) boʻyicha oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turlarini yangi oʻquv yili boshidan qayta topshirish uchun 1 oy muddat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitiruvchi kurs talabalariga bahorgi semestr natijalari boʻyicha oʻzlashtirmagan fandan (fanlardan) qayta topshirish uchun yakuniy davlat attestatsiyasi boshlangunga qadar ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlardan akademik qarzdorligi 4 ta va undan koʻp boʻlgan talabalarga qayta topshirishga ruxsat berilmaydi va ular oliy taʼlim muassasasi rektorining (boshligʻining, filial direktorining) buyrugʻi bilan kursdan qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Talabaga oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini qayta topshirish uchun berilgan muddat davomida talaba tomonidan qayta topshirishlar soni 2-martadan koʻp boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talaba oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini birinchi marta qayta topshirishdan oʻta olmagan taqdirda, fakultet dekani tomonidan komissiya tuziladi. Komissiya tarkibi tegishli fan boʻyicha professor-oʻqituvchi va soha mutaxassislari orasidan shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi marta oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini oʻtkazish va talabani baholash mazkur komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Berilgan muddat davomida mavjud boʻlgan qarzdorlikni topshira olmagan talaba boʻyicha fakultet dekani bildirgi bilan oliy taʼlim muassasasi rektorini (boshligʻini, filial direktorini) xabardor qiladi va ushbu talaba rektor (boshliq, filial direktori) buyrugʻi asosida kursdan qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Talaba uzrli sabablarsiz malakaviy amaliyotga qatnashmagan, shuningdek malakaviy amaliyot yakunlari boʻyicha “2” (qoniqarsiz) baho bilan baholangan hollarda, u akademik qarzdor hisoblanadi va kursdan qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Kursda qoldirilgan talaba fanni (fanlarni) oʻzlashtirmagan semestr boshidan toʻlov-kontrakt asosida mazkur oʻquv yilining tegishli semestri uchun tasdiqlangan oʻquv rejaga muvofiq oʻqishni davom ettiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Baholash natijasidan norozi boʻlgan talabalar fakultet dekani tomonidan tashkil etiladigan Apellyatsiya komissiyasiga apellyatsiya berish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga talabani baholashda ishtirok etmagan tegishli fan professor-oʻqituvchilari orasidan komissiya raisi va kamida toʻrt nafar aʼzo kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Talaba baholash natijasidan norozi boʻlgan taqdirda, baholash natijasi eʼlon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida apellyatsiya berishi mumkin. Talaba tomonidan berilgan apellyatsiya Apellyatsiya komissiyasi tomonidan 2 kun ichida koʻrib chiqilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Talabaning apellyatsiyasini koʻrib chiqishda talaba ishtirok etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Apellyatsiya komissiyasi talabaning apellyatsiyasini koʻrib chiqib, uning natijasi boʻyicha tegishli qaror qabul qiladi. Qarorda talabaning tegishli fanni oʻzlashtirgani yoki oʻzlashtira olmagani koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya komissiyasi tegishli qarorni fakultet dekani va talabaga yetkazilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Baholash natijalarini qayd qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Talabalar bilimini baholash tegishli fan boʻyicha professor-oʻqituvchi tomonidan Talabalarning fanlarni oʻzlashtirishini hisobga olish jurnalida (bundan buyon matnda Jurnal deb yuritiladi) qayd etib boriladi. Professor-oʻqituvchi qoʻshimcha ravishda talabalar bilimini baholashni elektron tizimda ham yuritishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Professor-oʻqituvchi Jurnalda talabaga qoʻyilgan baholarni shu kunning oʻzida qayd etib boradi. Agar talabaning bilimini baholash yozma ish shaklida oʻtkazilgan boʻlsa, bunda professor-oʻqituvchi talabalarning natijalarini 3 kundan koʻp boʻlmagan muddatda Jurnalga qayd etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Nazorat turi boʻyicha talabaning bilimi “3” (qoniqarli) yoki “4” (yaxshi) yoxud “5” (aʼlo) baho bilan baholanganda, nazorat turini qayta topshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Talaba nazorat turi oʻtkazilgan vaqtda uzrli sabablarsiz qatnashmagan hollarda Jurnalga “0” belgisi yozib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Jurnal tegishli fan boʻyicha oʻquv mashgʻulotlarini olib borgan professor-oʻqituvchi, kafedra mudiri va fakultet dekani tomonidan imzolanadi hamda fakultet dekanatida saqlanadi. Jurnalning saqlanishi uchun fakultet dekani masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Talabalarning yakuniy nazorat turi boʻyicha baholari Jurnalga qayd etilganda, shu kunning oʻzida talabaning Baholash daftariga ham yozib qoʻyilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Yakuniy nazorat turi boʻyicha talabaning bilimi “2” (qoniqarsiz) baho bilan baholangan yoki Jurnalga “0” belgisi yozib qoʻyilgan hollarda ushbu baho yoki belgi talabaning Baholash daftariga yozilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Jurnalning oʻz vaqtida, toʻgʻri va toʻliq yuritilishi, shuningdek undagi baho va boshqa maʼlumotlarga asossiz oʻzgartirishlar kiritilmasligi uchun fakultet dekani va tegishli fan boʻyicha professor-oʻqituvchi masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Tegishli oʻquv yili yakuni boʻyicha ishchi oʻquv rejadagi fanlar boʻyicha “3” (qoniqarli) yoki “4” (yaxshi) yoxud “5” (aʼlo) baho bilan baholangan talaba oliy taʼlim muassasasi rektorining (boshligʻining, filial direktorining) buyrugʻiga asosan keyingi kursga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Baholash natijalari kafedra yigʻilishlari, fakultet va oliy taʼlim muassasasi Kengashlarida muntazam ravishda muhokama etib boriladi va tegishli qarorlar qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Oʻzbekiston Respublikasining oliy taʼlim muassasalarida talabalar oʻzlashtirishini baholash tizimini 5 baho yoki 100 ballik tizim va ilgʻor xorijiy davlatlar oliy taʼlim tizimida qoʻllaniladigan baholash tizimiga qiyosiy taqqoslash hamda ularga oʻtkazish mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq jadvallar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qurilish vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi hamda Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-jadval
Baholashni 5 baholik shkaladan 100 ballik shkalaga oʻtkazish
JADVALI
5 baholik shkala
100 ballik shkala
5 baholik shkala
100 ballik shkala
5 baholik shkala
100 ballik shkala
5,00 — 4,96
100
4,30 — 4,26
86
3,60 — 3,56
72
4,95 — 4,91
99
4,25 — 4,21
85
3,55 — 3,51
71
4,90 — 4,86
98
4,20 — 4,16
84
3,50 — 3,46
70
4,85 — 4,81
97
4,15 — 4,11
83
3,45 — 3,41
69
4,80 — 4,76
96
4,10 — 4,06
82
3,40 — 3,36
68
4,75 — 4,71
95
4,05 — 4,01
81
3,35 — 3,31
67
4,70 — 4,66
94
4,00 — 3,96
80
3,30 — 3,26
66
4,65 — 4,61
93
3,95 — 3,91
79
3,25 — 3,21
65
4,60 — 4,56
92
3,90 — 3,86
78
3,20 — 3,16
64
4,55 — 4,51
91
3,85 — 3,81
77
3,15 — 3,11
63
4,50 — 4,46
90
3,80 — 3,76
76
3,10 — 3,06
62
4,45 — 4,41
89
3,75 — 3,71
75
3,05 — 3,01
61
4,40 — 4,36
88
3,70 — 3,66
74
3,00
60
4,35 — 4,31
87
3,65 — 3,61
73
3,0 dan kam
60 dan kam
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-jadval
Oliy taʼlimda talabalar oʻzlashtirishini baholash tizimlarini qiyosiy taqqoslash JADVALI
Taklif etilayotgan Oʻzbekiston tizimi
Rossiya tizimi
(MDU)*
Yevropa kredit transfer tizimi (ECTS — European Credit Transfer System)
Amerika tizimi
(A- F)
Britaniya tizimi
(%)
Yaponiya tizimi
(%)
Koreya tizimi
(%)
Oʻzbekiston tizimi
(%)
“5”
“5”
“A”
“A+”
70 — 100
80 — 100
90 — 100
90 — 100
“A”
“A-”
65 — 69
“4”
“4”
“B”
“B+”
60 — 64
70 — 79
80 — 89
70 — 89,9
“C”
“B”
50 — 59
“B-”
“3”
“3”
“D”
“C+”
45 — 49
60 — 69
70 — 79
60 — 69,9
“E”
“C”
40 — 44
“C-”
“D+”
60 — 69
“D”
“D-”
“2”
“2”
“FX”
“F”
0 — 39
0 — 59
0 — 59
0 — 59,9
“F”
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 10/18/3069/1965-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)