Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi ayrim alohida toifadagi pensionerlarga maqbul sharoitlar yaratish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 28-dekabrdagi PF-5291-son Farmonini bajarish yuzasidan, shuningdek, fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 25-sentabr,
766-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-sentabrdagi 766-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 30-oktabrdagi 223-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 10-son, 79-modda) bilan tasdiqlangan Avtomobil benzini sotib olish xarajatlarining bir qismi uchun shaxslarning ayrim toifalariga oylik pul kompensatsiyasi toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda:
18-banddagi “10-kundan” soʻzi “3-kundan” soʻzi bilan almashtirilsin;
19-banddagi “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining unitar korxonalari (neft bazalari) har oyda 27-kundan” soʻzlari “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik jamiyatining “Neftbaza” MChJlari har oyda 10-kundan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 19-fevraldagi 30-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 2-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizomda:
13-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“13. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Jamgʻarma bilan axborot almashinuvini, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda elektron hamkorlikni amalga oshiradi va Jamgʻarmaning ijro etuvchi apparatiga:
Jamgʻarmaga har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunigacha vazirliklar, idoralar va hududlar kesimidagi majburiy toʻlovlar, badallar va boshqa toʻlovlar turlari boʻyicha (boqimanda) qarzdorlik toʻgʻrisidagi tezkor hisobotni;
yuridik shaxslar tomonidan choraklik va yillik hisobot taqdim etilgandan keyin 25 kun mobaynida majburiy toʻlovlar, badallar va boshqa toʻlovlarni hisoblash toʻgʻrisidagi hisobotni vazirliklar, idoralar va hududlar boʻyicha taqdim etadi.”.
3. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida” 2011-yil 7-apreldagi 107-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 4-son, 27-modda):
a) 1-ilovada:
13-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Vaqtinchalik propiska (Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida kelgan joyi boʻyicha hisobga olish)ning yoki yashash uchun ruxsatnomaning amal qilish muddatining tugashi bilan vaqtinchalik propiska (Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida kelgan joyi boʻyicha hisobga olish)ning yoki yashash uchun ruxsatnomaning keyingi sanasi oʻrtasida uzilish mavjud boʻlgan taqdirda Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi tomonidan nafaqani toʻlash vaqtinchalik propiska (Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida kelgan joyi boʻyicha hisobga olish)ning yoki yashash uchun ruxsatnomaning yangi sanasidan boshlab davom ettiriladi. Bunda nafaqani toʻlash nafaqa toʻlash toʻxtatilgan paytdan, biroq oʻn ikki oydan ortiq boʻlmagan paytdan boshlab davom ettiriladi.”;
21-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“21. Nogironligi boʻlgan bolaga, oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaxs yoki 16 yoshdan katta bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxsga tegishli boʻlgan va uning oʻlimi sababli olinmay qolgan nafaqa summasi meros tarkibiga kiritilmaydi va uning ota-onasiga, eriga (xotiniga), shuningdek, nogironligi boʻlgan bola, oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaxs yoki 16 yoshdan katta bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxs bilan u vafot etgan kunda birga yashaydigan oila aʼzolariga toʻlanadi.
Nogironligi boʻlgan bola, oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaxs yoki 16 yoshdan katta bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxs vafot etgan oy uchun toʻliq olinmay qolgan nafaqa summasi yuqorida koʻrsatib oʻtilgan shaxslarga mazkur oyning nogironligi boʻlgan shaxsning oʻlimigacha boʻlgan kunlari uchun toʻlanadi.
Bir necha shaxs murojaat qilishganda ularga tegishli nafaqa summasi ular oʻrtasida teng miqdorda taqsimlanadi.
Koʻrsatib oʻtilgan summa, uni olish uchun nogironligi boʻlgan bola, oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaxs yoki 16 yoshdan katta bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxs vafotidan keyin 6 oydan kechikmay murojaat qilingan taqdirda toʻlanadi.”;
b) 2-ilovada:
9-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“9. Nogironlik nafaqasi nogironlik sodir boʻlgan hollarda, yoshidan qatʼi nazar, ish stajiga ega boʻlmagan I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga tayinlanadi va toʻlanadi”;
11-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“11. Qabul qilingan xulosa asosida TMEK yetti kun muddatda tibbiy tekshirish dalolatnomasidan koʻchirmani Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga yuboradi”;
25-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Vaqtinchalik propiska (Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida kelgan joyi boʻyicha hisobga olish)ning yoki yashash uchun ruxsatnomaning amal qilish muddatining tugashi bilan vaqtinchalik propiska (Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida kelgan joyi boʻyicha hisobga olish)ning yoki yashash uchun ruxsatnomaning keyingi sanasi oʻrtasida uzilish mavjud boʻlgan taqdirda Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi tomonidan nafaqani toʻlash vaqtinchalik propiska (Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida kelgan joyi boʻyicha hisobga olish)ning yoki yashash uchun ruxsatnomaning yangi sanasidan boshlab davom ettiriladi. Bunda nafaqani toʻlash nafaqa toʻlash toʻxtatilgan paytdan, biroq oʻn ikki oydan ortiq boʻlmagan paytdan boshlab davom ettiriladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 14-iyundagi 174-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT., 2011-y., 6-son, 51-modda) bilan tasdiqlangan Dafn etishga nafaqa tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 7-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“7. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda dafn etish majburiyatini zimmasiga olgan shaxs nafaqa olish huquqiga ega boʻladi. Dafnni oʻtkazganlik holati oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan olingan maʼlumotlar asosida belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari xorijiy davlat hududida dafn etilgan taqdirda, dafn etish holati tegishli hujjatlar, shuningdek, dafn etish majburiyatini oʻz zimmasiga olgan fuqaroning pasportidagi Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini kesib oʻtganligini tasdiqlovchi yozuvlar (muhr, shtamplar yoki belgilar) orqali aniqlanadi”;
b) 24-banddagi ““Oʻzbekiston pochtasi” OAJ pochta aloqasining obyektlari operatorlari va provayderlari (keyingi oʻrinlarda pochtaning tarkibiy boʻlinmalari deb ataladi)” soʻzlari “nafaqani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot” soʻzlari bilan almashtirilsin”;
v) 25-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “pochtaning tegishli tarkibiy boʻlinmasiga” soʻzlari “nafaqani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilotga” soʻzlari bilan almashtirilsin”;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“ariza beruvchi murojaat qilgan kunda nafaqa toʻlashga vedomostni rasmiylashtirish hamda ariza beruvchiga nafaqa toʻlashni amalga oshirish uchun nafaqani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilotga axborot tizimi orqali taqdim etish”;
toʻrtinchi xatboshidagi “pochtaning tarkibiy boʻlinmasi” soʻzlari “nafaqani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 26-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“26. Nafaqani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot vedomostga va ariza beruvchining pasportiga, pasport boʻlmagan taqdirda esa ariza beruvchining shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatga qatʼiy asoslanib naqd pul mablagʻlarini toʻlaydi”;
d) 27 va 43-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-sentabrdagi 252-son “Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibini yanada takomillashtirishga yoʻnaltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 9-son, 75-modda) qarorida:
a) 1-ilovada:
4-banddagi “koʻrib chiqish” soʻzlaridan keyin “Qonunda nazarda tutilgan shartlar va normalar asosida hamda” soʻzlari qoʻshilsin;
31-bandning ikkinchi xatboshidagi “maxsus daftarda” soʻzlari “Pensiya jamgʻarmasining axborot tizimida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “ish vaqti” soʻzlaridan keyin “olti kunlik ish haftasidan kelib chiqib” soʻzlari qoʻshilsin;
oltinchi xatboshidagi “mahsulotlarini sotish” soʻzlaridan keyin “, shuningdek shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarda qishloq xoʻjalik mahsulotlarining boshqa turlarini (oʻsimlikshunoslik, chorvachilik, baliqchilik mahsulotlarini) yetishtirish bilan band boʻlgan” soʻzlari qoʻshilsin;
46-bandning birinchi xatboshidagi “mahsulotlarini sotish” soʻzlaridan keyin “, shuningdek shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining boshqa turlarini (oʻsimlikshunoslik, chorvachilik, baliqchilik mahsulotlarini) yetishtirish” soʻzlari qoʻshilsin;
55-bandning ikkinchi xatboshidagi “ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq organlari tomonidan taqdim etiladigan maʼlumotlar asosida Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi” soʻzlari “davlat soliq xizmati organlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
56-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Pensiya jamgʻarmasining hududiy boʻlinmalari fuqarolarga ish stajini tasdiqlash uchun qonunchilikda nazarda tutilgan asos mavjud boʻlgan taqdirda sudlarga daʼvolar tayyorlashda koʻmaklashishadi”;
70-banddagi “tashkilotning” soʻzidan keyin “(soliq toʻlovchi tashkilotning identifikatsiya raqamini koʻrsatgan holda)” soʻzlari qoʻshilsin;
79-banddagi “taʼtillarda boʻlish” soʻzlaridan keyin “, shuningdek tayyorlov kurslarida oʻqish davri” soʻzlari qoʻshilsin;
88-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Mehnat daftarchasidagi sud tartibida soxtalashtirilgan (qalbakilashtirilgan) deb topilgan yozuvlar mehnat faoliyatining oxirgi oʻn yillik davriga kiritilmaydi.”;
91-banddagi “Mudofaa, ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar vazirliklari” soʻzlari “Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1131-bandning birinchi xatboshidagi “pensiyaga” soʻzi “ishlamaydigan pensionerning pensiyasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
134 va 145-bandlarning toʻrtinchi xatboshilardagi “maxsus daftarda” soʻzlari “Pensiya jamgʻarmasining axborot tizimida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
163-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“163. 2011-yil 1-yanvardan keyin nogironlikning III guruhi belgilangan shaxslarga, shu jumladan, takroriy tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgandan soʻng nogironlikning III guruhi belgilangan shaxslarga nogironlik pensiyasi tayinlanmaydi va toʻlanmaydi, Chernobil halokati oqibatida III guruh nogironligini olgan shaxslardan tashqari.
Misol: Fuqaroga 2010-yilda tayinlangan III guruh nogironlik pensiyasi nogironlikning butun davri davomida toʻlanadi. Ushbu fuqaro 2011-yil 1-yanvardan keyin takroriy tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgandan soʻng qayta nogironlikning III guruhi belgilansa pensiya toʻlanishi toʻxtatiladi.”;
quyidagi mazmundagi oʻn birinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Pensioner xorijiy davlatda boʻlgan va sogʻligʻi tufayli Oʻzbekiston Respublikasiga kelish imkoniyatiga ega boʻlmagan holatlarda pensioner Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasiga pensiya toʻlovini tiklash yuzasidan murojaat etishi mumkin va xorijiy davlat hududida doimiy yashash holati mavjud emasligini, shuningdek, pensiya yoki ijtimoiy nafaqa olmasligini tasdiqlashi lozim.”;
oʻn birinchi xatboshi oʻn ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;
oʻn ikkinchi xatboshidagi “qamoq” soʻzi “ozodlikdan mahrum etish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
177-bandning ikkinchi xatboshidagi “hisoblab chiqiladi” soʻzlaridan keyin “, bunda ariza berilgan oyda hisoblangan (toʻlangan) pensiya puli hisobga olinadi” soʻzlari qoʻshilsin;
202-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Pensioner Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimining ortiqcha toʻlangan pensiya summasini chegirib qolish toʻgʻrisidagi qaroridan norozi boʻlgan taqdirda, aniqlangan qarzdorlik u aniqlangan sanadan boshlab koʻpi bilan uch yil uchun sud orqali undiriladi”;
203-banddagi “Nazorat-taftish” soʻzlari “Davlat moliyaviy nazorati” soʻzlari bilan almashtirilsin;
6-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 23-dekabrdagi 357-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 52-son, 622-modda) bilan tasdiqlangan “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq pensiyalarni toʻlashga xarajatlarni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
4-banddagi “10” raqami “25” raqami bilan almashtirilsin;
5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“5. Pensionerning yashash joyi boʻyicha Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi har oyda oyning 15-sanasigacha Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi soliq hisobiga qoʻyilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga mazkur Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimining xarajatlari boʻyicha qarzdorligi summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadi.”.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-fevraldagi 46-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 2-son, 10-modda) bilan tasdiqlangan Chet elda ishlayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ish vaqtini hisobga olib boʻlmaydigan shaxslarning ayrim toifalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlash tartibini, shuningdek, ularning pensiyani hisoblash uchun olinadigan ish stajini va ish haqi miqdorini hisobga olish tartibi toʻgʻrisida Nizomda:
a) 2-bandning ikkinchi xatboshidan “shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi boʻyicha agentlik yoki fuqarolarni chet ellarda ishga joylashtirish boʻyicha xoʻjalik hisobidagi mintaqaviy Byurolardan (keyingi oʻrinlarda vakolatli organ deb ataladi) chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ruxsatnoma olgan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“6. Chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs boshqa davlatda ishlagan har bir oyi uchun Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallarini ixtiyoriy ravishda toʻlaydi.
Chet elda boʻlish davri mehnat daftarchasidagi yozuvlar, pasportdagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib oʻtganligi toʻgʻrisidagi yozuvlar (muhrlar, shtamplar yoki belgilar) hamda Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining koʻrsatib oʻtilgan shaxsning boshqa davlatda boʻlgan vaqti va konsullik hisobiga qoʻyilganligi maʼlumoti koʻrsatilgan tegishli hujjatlar asosida tasdiqlanadi.”;
v) 8-bandda:
“har oy uchun Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlash sanasida qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining bir barobaridan kam boʻlmagan” soʻzlari “yiliga Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlash sanasida qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining toʻrt yarim barobari” soʻzlari bilan almashtirilsin;”;
g) 11-bandda:
birinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
ikkinchi va uchinchi xatboshilar tegishli ravishda birinchi va ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
d) 19-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “Ushbu maqsadlarda” soʻzlari “Pensiya tayinlashni soʻrab murojaat etish uchun” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi va yettinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi — oltinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
yettinchi xatboshidagi “, shu jumladan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
e) 21-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“21. Davlat soliq organi yakka tartibdagi tadbirkordan (chet elda yollangan holda ishlovchi shaxsdan, dehqon xoʻjaligi aʼzosidan va oilaviy tadbirkorlik subyekti oila aʼzosi uchun) Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari tushishi yuzasidan doimiy nazorat olib boradi.”;
j) 23-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“23. Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlanganligini tasdiqlovchi asosiy hujjatlar sifatida:
2018-yilgacha — Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallarining toʻlanganligini tasdiqlovchi bank kvitansiyalari va toʻlov hujjatlari;
2018-yildan boshlab — davlat soliq xizmati organlarining maʼlumotlari hisoblanadi.”;
z) 28-bandning ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
i) 38-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“38. Yakka tartibdagi tadbirkor (chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs, soliq agenti hisoblanmaydigan ish beruvchidan daromad oluvchi xodim, dehqon xoʻjaligi aʼzosi va oilaviy tadbirkorlik subyekti oila aʼzosi) tomonidan Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallarini toʻlash dalili guvohlar koʻrsatmalari bilan tasdiqlanmaydi.”;
k) 1 — 3 va 5-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/766/1964-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.02.2022-y., 09/22/89/0164-son, 14.10.2022-y., 09/22/592/0919-son; 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son; 15.12.2023-y., 09/23/661/0937-son)