25.09.2018 yildagi 764-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyatida ogʻir uy-joy maishiy sharoitlarda yashayotgan va boquvchisini yoʻqotgan ayollarni uy-joy bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyatida ogʻir uy-joy maishiy sharoitlarida yashayotgan, boquvchisini yoʻqotgan, nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilayotgan xotin-qizlar, farzandlarini toʻliqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boʻlgan ayollar uchun qulay sharoit yaratish hamda ularni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Andijon viloyati hokimligining ilovaga muvofiq Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining boʻsh turgan yotoqxonalarini (keyingi oʻrinlarda obyektlar deb ataladi) tegishlicha Andijon viloyatining tuman va shahar hokimliklariga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berish hamda mazkur yotoqxonalarni qayta ixtisoslashtirish yoʻli bilan rekonstruksiya qilgan holda turar joylarga aylantirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi ikki hafta muddatda obyektlarni oʻrnatilgan tartibda topshirsin, tegishlicha Andijon viloyatining tuman va shahar hokimliklari ularni qabul qilib olsin va maqsadli foydalanishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Obyektlarni rekonstruksiya qilish doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyati hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi — buyurtmachi etib belgilansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektlarni rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshiruvchi pudrat tashkilotlari tanlov asosida aniqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Andijon viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda obyektlarda ishlab chiqarish, maishiy xizmat koʻrsatish shaxobchalari va maktabgacha taʼlim muassasalarini joylashtirishni nazarda tutgan holda mazkur obyektlarni qayta ixtisoslashtirish yoʻli bilan rekonstruksiya qilgan holda turar joylarga aylantirish uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektlarni qayta ixtisoslashtirish yoʻli bilan rekonstruksiya qilgan holda turar joylarga aylantirilgan uy-joylar Andijon viloyati hokimligi tomonidan ogʻir uy-joy maishiy sharoitlarida yashayotgan, boquvchisini yoʻqotgan, nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilayotgan xotin-qizlar, farzandlarini toʻliqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boʻlgan ayollarga beriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy komissiyalar shaffoflik va oshkoralik prinsiplariga rioya etish asosida Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-apreldagi 285-son qarori bilan tasdiqlangan Ogʻir ijtimoiy vaziyatga tayanib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi boʻlgan, kam taʼminlangan, farzandlarini toʻliqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan ijtimoiy mezonlar asosida uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Obyektlarni rekonstruksiya qilish ishlarini moliyalashtirishning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki 10 foiz badal mablagʻlari — Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi, talabgor ishlayotgan tashkilot va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan 90 foiz mablagʻlari esa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2020-yillarda shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini samarali amalga oshirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 23-oktabrdagi PQ-3350-son qarori asosida uch yillik imtiyozli davr, dastlabki 5 yil mobaynida yillik 7 foiz miqdoridagi foiz stavkasi bilan va keyingi davrda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida 20 yil muddatga tijorat banklarining ipoteka kreditlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi obyektlarni rekonstruksiya qilish ishlarini imtiyozli kreditlari hisobidan moliyalashtirish uchun Markaziy bank tomonidan belgilangan tijorat banklariga tegishli moliyaviy mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyati hokimligi ajratilgan kreditlarning maqsadli ishlatilishi hamda ularni oʻz vaqtida toʻliq qaytarilishi uchun masʼul ekanligi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi ushbu qarorga muvofiq rekonstruksiya qilinayotgan obyektlarni loyiha-smeta hujjatlari va olib borilayotgan rekonstruksiya ishlarining sifati yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchkorov va Andijon viloyati hokimi Sh.Q. Abduraxmonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 25-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
764-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-sentabrdagi 764-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyatining tuman va shahar hokimliklariga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining boʻsh turgan yotoqxonalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Boʻsh turgan yotoqxonalarning nomi

Boʻsh turgan yotoqxonalar joylashgan joy

1.

Andijon kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kollejiga karashli yotoqxona binosi

Andijon shahri

2.

Andijon mashinasozlik kasb-hunar kollejiga qarashli yotoqxona binosi

Andijon shahri

3.

Andijon viloyati, Xonobod shahar hokimligiga qarashli yotoqxona binosi

Xonobod shahri

4.

Asaka pedagogika va ijtimoiy-iqtisodiyot kollejiga qarashli yotoqxona binosi

Asaka tumani

5.

Baliqchi sanoat va transport kasb-hunar kollejiga qarashli yotoqxona binosi

Baliqchi tumani

6.

Boʻz Tibbiyot kasb-hunar kollejiga qarashli yotoqxona binosi

Boʻz tumani

7.

Buloqboshi maishiy xizmat kasb-hunar kollejiga qarashli yotoqxona binosi

Buloqboshi tumani

8.

Jalaquduq sanoat-transport kasb-hunar kollejiga qarashli yotoqxona binosi

Jalaquduq tumani

9.

Izboskan ijtimoiy-iqtisodiyot kollejiga qarashli yotoqxona binosi

Izboskan tumani

10.

Marhamat qishloq xoʻjalik kasb-hunar kollejiga qarashli yotoqxona binosi

Marhamat tumani

11.

Oltinkoʻl sanoat va xizmat koʻrsatish kasb-hunar kollejiga qarashli yotoqxona binosi

Oltinkoʻl tumani

12.

Paxtaobod qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kollejiga qarashli yotoqxona binosi

Paxtaobod tumani

13.

Ulugʻnor qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kollejiga qarashli yotoqxona binosi

Ulugʻnor tumani

14.

Xoʻjaobod sanoat transport kasb-hunar kollejiga qarashli yotoqxona binosi

Xoʻjaobod tumani

15.

Shahrixon sanoat va transport kasb-hunar kollejiga qarashli yotoqxona binosi

Shahrixon tumani

16.

Dardoq sanoat-transport kasb-hunar kollejiga qarashli yotoqxona binosi

Qoʻrgʻontepa tumani

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/764/1964-son; 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)