Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.03.1994 15.02.1992 yildagi 65-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.03.1994
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT NAZORATI ORGANLARI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh MASALALARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Ppezidentining “Respublikada davlat nazopati tizimini takomillashtipishga oid baʼzi tadbiplap toʻgʻpisida” 1994-yil 16 fevpaldagi Fapmonini bajapish boʻyicha chopa-tadbiplap haqida”gi 1994-yil 1-martdagi 106-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Davlat nazorati qoʻmitasini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat nazorati qoʻmitasi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1992-yil 4-fevraldagi R-127-son farmoyishiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat nazorati qoʻmitasi va uning joylardagi organlari xodimlari soni 751 kishidan iborat qilib, yillik ish haqi fondi 12,7 mln soʻm miqdorida, shu jumladan, Davlat nazorati qoʻmitasi markaziy apparati xodimlari soni 60 kishidan iborat qilib, yillik ish haqi fondi 991 ming soʻm miqdorida belgilansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 26-dekabrdagi 589-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi respublika davlat nazorati organlarini saqlash uchun zarur boʻlgan mablagʻni respublika budjetidan ajratishni nazarda tutsin, shuningdek, 277 yengil avtomobilni, shu jumladan, Davlat nazorati qoʻmitasi apparati uchun ajratilgan 11 ta yengil avtomobilni saqlash uchun limit belgilasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil transport vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan summaga qarab davlat nazorati organlariga xizmat koʻrsatish uchun zarur miqdorda avtotransport ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasi har yili Davlat nazorati qoʻmitasiga birkitilgan nomenklatura boʻyicha moddiy-texnika resurslarini, hisoblash va koʻpaytirish texnikasini ajratishni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat nazorati qoʻmitasini va uning mahalliy organlarini telefon, telefaks va teletayp aloqasi bilan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Milliy aviakompaniyasi, Oʻrta Osiyo temir yoʻli boshqarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat nazorati qoʻmitasini avia- va temir yoʻl transporti broni bilan taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat nazorati qoʻmitasi apparati Oʻzbekiston koʻchasi, 43-uydagi maʼmuriy binoga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq nazorati qoʻmitasining tugatilishi munosabati bilan uning balansida boʻlgan mulk, mebel va jihozlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat nazorati qoʻmitasi balansiga oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari davlat nazorati mahalliy organlarini zarur xizmat xonalari, telefonlar bilan taʼminlasinlar, mebel, jihozlar hamda asbob-uskunalar sotib olishda yordam koʻrsatsinlar. Viloyat xalq nazorati qoʻmitalarining balansida boʻlgan binolar, mebel, jihozlar va asbob-uskunalar davlat nazorati organlari balansiga oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi Raisining tegishli oʻrinbosarlariga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 15-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65-son