Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

T/r

Chora-tadbirlar nomlanishi

Bajarish muddatlari

Mas’ul ijrochilar

I. Milliy banklararo protsessing markazini tashkil etish va ish faoliyatini tashkillashtirish

1.

Milliy banklararo protsessing markazi to‘g‘risidagi (MBPM) Nizom, uning tuzilmasi va shtat jadvalini tasdiqlash.

2018-yil 1 noyabga qadar

Markaziy bank
(M. Nurmuratov)

2.

Ma’lumotlarniqayta ishlash bo‘yicha asosiy va zaxira markazlarini loyihalashtirish.

2018-yil 1-dekabrga qadar

Markaziy bank
(B. Zoxidov)

3.

Protsessing markazlarining ixtisoslashtirilgan dasturiy ta’minotining taniqli yetkazib beruvchilari bilan muzokaralar olib borish, eng yaxshi taklifni aniqlab olish va kontrakt tuzish.

2019 yil 1-fevralga qadar

Markaziy bank
(M. Nurmuratov)

4.

MBPM, banklararo to‘lov va kliring tizimi uchun server va ixtisoslashtirilgan asbob-uskunalarning nomdor ishlab chiqaruvchilari bilan muzokaralar o‘tkazish, eng yaxshi taklifni aniqlab olish va kontraktni tuzish.

2019-yil 1-martga qadar

Markaziy bank
(M. Nurmuratov)

5.

Markaziy bank hududida ma’lumotlarni qayta ishlash markazi uchun bino qurilishini yakunlash.

2019-yil 1-aprelga qadar

Markaziy bank

(B. Zoxidov)

6.

Ma’lumotlarni qayt� ishlash markazini server va ixtisoslashtirilgan asbob-uskunalar bilan jihozlash.

2019-yil 1-iyulga qadar

Markaziy bank

(B. Zoxidov)

7.

MBPM tizimi bilan tijorat banklarining avtomatlashtirilgan bank tizimlarini to‘liq integratsiya qilinishini ta’minlash.

2019-yil 1-oktabrga qadar

Tijorat banklari,

Markaziy bank

(B. Zoxidov),

ABT ishlab chiquvchilari

8.

MBPM tizimiga xizmatlar yetkazib beruvchilariningbilling tizimlariniulash.

2019-yil 1-dekabrga qadar

Markaziy bank

(B. Zoxidov)

9.

Milliy banklararo protsessing markazini ishga tushurish.

2020-yil 1-yanvarga qadar

Markaziy bank

(B. Zoxidov)

10.

Aloqasiz (dual) interfeysli bank kartalarini emissiya qilish.

2020-yil 1-yanvarga qadar

Markaziy bank

(B. Zoxidov),

tijorat banklari

11.

Aloqasiz to‘lovlarni o‘tkazish imkoniyati bo‘lgan banklarning POS terminallarini o‘rnatish (NFC).

2020-yil 1-martga qadar

Tijorat banklari,

Markaziy bank

(B. Zoxidov)

12.

MBPMni xalqaro to‘lov tizimlariga (Union Pay, Mastercard, VISA) ulanishini tashkil qilish.

2020-yil 1-sentabrga qadar

Markaziy bank

(M. Nurmuratov)

II. Mavjud protsessing markazlari bilan integratsiyani ta’minlash

13.

MBPM tizimi bilan boshqa protsessing markazlarini host-to-host ulanishini amalga oshirish.

2019-yil 1-dekabrga qadar

Banklar assotsiatsiyasi,

protsessing markazlari,

Markaziy bank

(B. Zoxidov)

14.

Mavjud protsessing markazlari o‘rtasida elektron to‘lovlarni o‘zaro o‘tkazishni ta’minlash (r2r o‘tkazmalari, onlayn to‘lov va boshqa amaliyotlar).

2020-yil 1-yanvardan

Banklar assotsiatsiyasi, protsessing markazlari,

Markaziy bank

(M. Nurmuratov)

15.

Milliy banklararo protsessing markazining yagona shlyuzi orqali protsessing markazlari tomonidan kartalarga o‘zaro xizmat ko‘rsatish uchun qurilmalarning (terminallar, infokiosklar, bankomatlar) dasturiy ta’minotini yangilash.

2020-yil 1-aprelga qadar

Banklar assotsiatsiyasi, protsessing markazlari,

tijorat banklari,

Markaziy bank

(B. Zaxidov)

III. Banklar uchun innovatsion raqamli yechimlarni joriy etish

16.

QR-kodlar bo‘yicha standartlashtirilgan va universal to‘lov tizimini ishlab chiqish.

2019-yil 1-avgustga qadar

Markaziy bank

(B. Zoxidov),

to‘lov tizimlari,

tijorat banklari

17.

Uzoqdan turib mijozlarni identifikatsiya qilish tizimini yaratish.

2020-yil 1-yanvarga qadar

tijorat

banklari

18.

Banklar va to‘lov tizimlari mobil ilovalarining asosiy kartalariga bog‘langan virtual kartalarini ochish servisini joriy etish.

2020-yil 1-fevraliga qadar

tijorat

banklari

19.

Mobil telefonlar va boshqa qurilmalar yordamida aloqasiz to‘lov tizimini (NFC to‘lov) joriy etish.

2020-yil 1-martga qadar

Markaziy bank

(B. Zoxidov)

20.

Mijozning shaxsiy kabineti va mobil ilovalarini yaratish uchun banklarga platforma taqdim etish.

2020-yil 1-aprelga qadar

Markaziy bank

(B. Zoxidov)


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi