Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 02.12.2004 yildagi 702-II-son
Кучга кириш санаси
01.01.2005
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
|
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni FUQAROLARNING JAMGʻARIB BORILADIGAN PENSIYA TAʼMINOTI TOʻGʻRISIDA I. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi Ushbu Qonunning maqsadi fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. 2-modda. Fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti toʻgʻrisidagi qonunchilik Fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi. (2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 3-modda. Asosiy tushunchalar Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi: jamgʻarib boriladigan ixtiyoriy pensiya badallari — shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻiga ixtiyoriylik asosida kiritiladigan pul mablagʻlari; jamgʻarib boriladigan majburiy pensiya badallari — shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻiga majburiy tartibda kiritiladigan pul mablagʻlari; jamgʻarib boriladigan pensiya badallarini kirituvchi (badal kirituvchi) — jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini oluvchining foydasiga badallar kiritayotgan jismoniy shaxs yoki ish beruvchi yuridik shaxs (bundan buyon matnda ish beruvchi deb yuritiladi); jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti — fuqarolarni shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablagʻlardan davlat pensiyasiga qoʻshimcha ravishda pul mablagʻlari bilan taʼminlash; shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻi — fuqaroning Xalq bankidagi egasi yozilgan shaxsiy hisobvaragʻi boʻlib, badal kirituvchilarning jamgʻarib boriladigan pensiya badallari va shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻidagi mablagʻlarga hisoblab qoʻshilgan foizlar ana shu hisobvaraqqa kelib tushadi hamda unda hisobga olinadi. 4-modda. Jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti olish huquqi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti olish huquqiga ega. 5-modda. Jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti boʻyicha davlat kafolatlari Davlat jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida ishtirok etuvchi fuqarolarga shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlarida jamgʻarilgan mablagʻlari saqlanishi hamda toʻlanishini kafolatlaydi. II. Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimini tashkil etish 6-modda. Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida ishtirok etish Ish beruvchilarning, shuningdek mehnat faoliyatini mehnat shartnomasi asosida amalga oshiruvchi fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida ishtirok etishi, agar qonunchilikda boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan boʻlsa, majburiydir. (6-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi dehqon xoʻjaliklarining aʼzolari, shuningdek boshqa fuqarolar jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida ixtiyoriylik asosida ishtirok etadilar. 7-modda. Fuqarolarni jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida hisobga olish Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida 16 yoshga toʻlgan fuqarolarni hisobga qoʻyish ularga identifikatsiyalovchi ID-kartalarni berish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida 2021-yil 1-iyunga qadar hisobga qoʻyilmagan fuqarolarni hisobga qoʻyish ularning yashash joyidagi Xalq banki filiali tomonidan jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamidan foydalanilgan holda amalga oshiriladi. (7-moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-fevraldagi OʻRQ-905-sonli Qonuniga asosan birinchi va ikkinchi qismlar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2024-y., 03/24/905/0106-son) Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida hisobga olish quyidagilarni oʻz ichiga oladi: shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlari ochish; jamgʻarib boriladigan pensiya daftarchasini berish. Xalq banki jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida fuqarolarning shaxsiy hisobini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda yuritadi. Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida fuqarolarning shaxsiy hisobini yuritishga doir hamda shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga taalluqli maʼlumotlar Xalq bankining yagona maʼlumotlar elektron bazasida shakllantiriladi va saqlanadi. 8-modda. Shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlari ochish Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida hisobga olinayotganda fuqarolarga Xalq banki umrbod qilib belgilanadigan, doimiy shaxsiy tartib raqamli shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlari ochadi. Shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga tartib raqami berish fuqarolarning pasportiga yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasiga oid maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi. (8-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 14-martdagi OʻRQ-759-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son) Fuqarolarning yashash yoki ish joyi yoxud pasportiga yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasiga oid maʼlumotlar oʻzgargan taqdirda shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻi tartib raqami oʻzgarishsiz qoladi va yangi shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻi ochish talab etilmaydi. (8-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 14-martdagi OʻRQ-759-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son) 9-modda. Jamgʻarib boriladigan pensiya daftarchasi Fuqaroning jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini olish huquqini tasdiqlovchi jamgʻarib boriladigan pensiya daftarchasi fuqaroga shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻi ochilganidan keyin Xalq banki tomonidan beriladi. Jamgʻarib boriladigan pensiya daftarchasida hisobga olingan sana, fuqaroning shaxsiga oid maʼlumotlar, shu jumladan shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻining tartib raqami, shuningdek boshqa zarur maʼlumotlar koʻrsatiladi. Jamgʻarib boriladigan pensiya daftarchasini berish tartibi va bunday daftarcha shakli Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Jamgʻarib boriladigan pensiya daftarchasi yoʻqotib qoʻyilgan (yoʻqolgan) taqdirda uning dublikati shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻining oʻsha tartib raqami qoʻyilgan holda beriladi. 10-modda. Shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlarida mablagʻlarning shakllantirilishi Jismoniy shaxslarning qonunchilikka muvofiq hisoblab chiqarilgan daromad soligʻining tegishlicha kamaytirilgan summasi hisobiga jamgʻarib boriladigan majburiy pensiya badallarini ish beruvchi har oyda toʻlab boradi. (10-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Jamgʻarib boriladigan majburiy pensiya badallarining miqdori xodimlarning, shu jumladan ishlayotgan pensionerlarning ish haqi va boshqa daromadi summasi asosida hisoblab chiqariladi hamda har yili Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan navbatdagi yilga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetini shakllantirish vaqtida belgilanadi. Ish beruvchiga oʻzining mablagʻlari hisobidan oʻz xodimlarining shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga qoʻshimcha badallar toʻlash huquqi beriladi. Qoʻshimcha badallarning miqdori va ularni kiritish muddatlari jamoa shartnomasida, agar bunday shartnoma tuzilmagan boʻlsa, ish beruvchi tomonidan xodimlarning vakillik organi bilan kelishib belgilanadi. Ish beruvchining jamgʻarib boriladigan majburiy pensiya badallarini toʻlashi uchinchi shaxslarning foydasiga amalga oshirilishi mumkin emas. Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida majburiy tartibda ishtirok etuvchi fuqarolar oʻz shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga, shuningdek uchinchi shaxslar foydasiga oʻzlari mustaqil ravishda belgilaydigan miqdorlar va muddatlarda qoʻshimcha badallar kiritishga haqli. Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida ixtiyoriylik asosida ishtirok etuvchi fuqarolar oʻz shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga, shu jumladan uchinchi shaxslar foydasiga kiritiladigan badallar miqdori va muddatlarini oʻzlari mustaqil ravishda belgilaydilar. Xalq banki shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablagʻlarga pul qadrsizlanishiga nisbatan yuqori surʼatlardagi stavkalar boʻyicha foizlarni qonunchilikda belgilangan tartibda hisoblab qoʻshadi. Foiz stavkasi Xalq banki tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishib, jamgʻarib boriladigan pensiya tizimining mablagʻlarini joylashtirishdan olingan daromadlar hisobga olingan holda belgilanadi. (10-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 11-modda. Shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi mablagʻlarini shakllantirish Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi mablagʻlari Xalq bankida shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlarida mablagʻlarni jamlash yoʻli bilan shakllantiriladi. Shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlarida mablagʻlarni shakllantirish manbalari quyidagilardan iborat: jamgʻarib boriladigan majburiy pensiya badallari; jamgʻarib boriladigan ixtiyoriy pensiya badallari; shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlari mablagʻlariga hisoblab chiqarilgan foizlar; qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa mablagʻlar. (11-modda ikkinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 12-modda. Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi mablagʻlaridan foydalanish Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi mablagʻlaridan jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlari toʻlash uchun foydalaniladi. Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi mablagʻlaridan jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi bilan bogʻliq boʻlmagan majburiyatlarni bajarish uchun foydalanish mumkin emas. Xalq banki jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi mablagʻlarining alohida hisobini yuritadi. Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi mablagʻlarini koʻpaytirish hamda ularni pul qadrsizlanishidan himoya etish maqsadida bunday mablagʻlardan investitsiya va kredit resurslari sifatida, shuningdek moliyaviy vositalarga joylashtirish uchun foydalanilishi mumkin. Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi mablagʻlaridan investitsiya va kredit resurslari sifatida foydalanish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Xalq banki tomonidan amalga oshiriladi. Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi mablagʻlarini moliyaviy vositalarga joylashtirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi. 13-modda. Shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga mablagʻlarning kelib tushishi va ulardan foydalanilishi ustidan nazorat Shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlari ochish hamda ularni yuritish tartibiga rioya etilishi, shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga jamgʻarib boriladigan majburiy pensiya badallarining toʻgʻri va toʻliq hisoblab chiqarilishi hamda oʻz vaqtida toʻlanishi ustidan nazorat qonunchilikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi organlari, davlat soliq xizmati organlari va Xalq banki tomonidan amalga oshiriladi. (13-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablagʻlardan belgilangan maqsadda foydalanilishi hamda foizlar toʻgʻri hisoblab chiqarilishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan, shuningdek Xalq bankining shu maqsad uchun maxsus tashkil etilgan boʻlinmasi tomonidan amalga oshiriladi. 14-modda. Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi mablagʻlarini soliq solishdan ozod qilish Jamgʻarib boriladigan majburiy pensiya badallaridan, shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablagʻlarga hisoblab chiqarilgan foizlardan hamda bunday mablagʻlar foydalanilishidan fuqarolar va Xalq banki oladigan boshqa daromadlardan, jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlaridan, shuningdek jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi mablagʻlari aylanmasidan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar olinmaydi. 15-modda. Jamgʻarib boriladigan pensiya badallari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish Jamgʻarib boriladigan pensiya badallari kiritilganligi toʻgʻrisidagi toʻlov hujjati nusxasini, shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlari tartib raqami, familiyalar, har bir xodimning hisoblab chiqarilgan ish haqi summasi, boshqa daromadlari va jamgʻarib boriladigan pensiya badallari summasi koʻrsatilgan xodimlar reyestrini ish beruvchi oʻzi turgan joydagi Xalq banki filialiga har oyda taqdim etishi shart. Xalq banki ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan toʻlov hujjati va reyestr asosida mablagʻlarni shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga oʻtkazadi. III. Jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini olish tartibi 16-modda. Jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini olish huquqi Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida ishtirok etuvchi fuqarolar pensiya toʻlovlari oluvchi sifatida jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini qonunchilikka muvofiq davlat pensiyasini olish huquqi yuzaga kelgan taqdirda olish huquqiga ega. (16-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 17-modda. Jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini ayrim hollarda olish huquqi Fuqaro vafot etgan taqdirda, shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻida jamgʻarilgan mablagʻlar qonunchilikda belgilangan tartibda merosga oʻtadi va merosxoʻrga bir yoʻla toʻla hajmda toʻlanadi. (17-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining V-boʻlimi . Fuqaro Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga doimiy yashash joyiga chiqib ketayotgan boʻlsa, shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻida jamgʻarilgan mablagʻlar bir yoʻla toʻla hajmda toʻlanadi. 18-modda. Jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini olish uchun asos Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladigan fuqaroda davlat pensiyasini olish huquqi yuzaga kelganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar fuqaroning jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini olishi uchun asos boʻladi. (18-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 18-martdagi OʻRQ-922-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2024-y., 03/24/922/0224-son) 19-modda. Jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini olishda tanlash huquqi Toʻlovlarni oluvchilar oʻzlari mustaqil ravishda belgilaydigan muddat mobaynida har oylik jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini olishni yoki jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini bir yoʻla olishni tanlash huquqiga ega. 20-modda. Jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini toʻlash Jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladigan fuqaroda davlat pensiyasini olish huquqi yuzaga kelganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga asosan bunday toʻlovlarni oluvchining yashash joyidagi Xalq banki filiali tomonidan toʻlanadi. (20-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 18-martdagi OʻRQ-922-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2024-y., 03/24/922/0224-son) Jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlari ularni olish uchun murojaat etilgan oydan keyingi oydan eʼtiboran, lekin bunday toʻlovlarni oluvchida davlat pensiyasini olish huquqi yuzaga kelgach, toʻlanadi. Bunday toʻlovlarni oluvchilar shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridan mablagʻlarni qonunchilikka muvofiq berilgan hujjatlar asosida ishonchli shaxslar orqali olishlari mumkin. (20-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 21-modda. Jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini oluvchining huquqlari va majburiyatlari Jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini oluvchi quyidagi huquqlarga ega: shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻidan toʻlovlarni belgilangan tartibda olish; shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻidagi jamgʻarmalarining holati toʻgʻrisida, shuningdek shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻidagi mablagʻlarga hisoblab chiqarilgan foizlar haqida axborot olish; shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻidagi jamgʻarmalarini qonunchilikka muvofiq vasiyat qilib qoldirish. (21-moddaning birinchi qismi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini oluvchi Xalq bankining mazkur toʻlovchi oldidagi majburiyatlarini bajarishiga taʼsir qiluvchi oʻzgarishlar toʻgʻrisida Xalq banki filialiga xabar qilishi shart. Qonunchilikka muvofiq, jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini oluvchi boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin. (21-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 22-modda. Jamgʻarib boriladigan pensiya badallarini kirituvchilarning majburiyatlari Jamgʻarib boriladigan pensiya badallarini kirituvchilar Xalq banki filialiga jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida hisobga olish uchun zarur maʼlumotlarni taqdim etishlari hamda fuqarolarning shaxsiga oid maʼlumotlar bilan bogʻliq barcha oʻzgarishlar (mehnat shartnomasi tuzilganligi yoki bekor qilinganligi, pasportga yoki identifikatsiyalovchi ID-kartaga oid maʼlumotlar hamda shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlarini yuritish uchun zarur boshqa maʼlumotlar oʻzgarganligi) toʻgʻrisida xabar qilishlari shart. (22-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 14-martdagi OʻRQ-759-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son) Ish beruvchilar shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga badallarni oʻz vaqtida kiritishlari hamda fuqarolarga hisoblab chiqarilgan va kiritilgan jamgʻarib boriladigan pensiya badallari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ularning talabiga muvofiq berishlari shart. 23-modda. Xalq bankining huquqlari va majburiyatlari Xalq banki: jamgʻarib boriladigan pensiya badallarini kirituvchilardan shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlari ochish va ularni yuritish uchun zarur maʼlumotlarni olish; jamgʻarib boriladigan pensiya tizimining mablagʻlarini investitsiyalashdan olingan daromaddan marja olish huquqiga ega. Marja miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi. Xalq banki: qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlari ochishi va yuritishi; (23-moddaning ikkinchi qismi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga kiritilayotgan badallar va hisoblab chiqarilgan foizlarni shaxslar boʻyicha hisobga olib borishi; jamgʻarib boriladigan pensiya badallarining hamda shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablagʻlarga hisoblab chiqarilgan foizlarning oʻz vaqtida va toʻla hajmda oʻtkazilishini taʼminlashi; jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarining miqdori oʻz vaqtida va toʻgʻri tayinlanishini, shuningdek ular bunday toʻlovlarni oluvchilarga toʻliq berilishini taʼminlashi; jamgʻarib boriladigan pensiya tizimining mablagʻlarini moliyaviy vositalarga joylashtirish hamda bunday mablagʻlardan investitsiya va kredit resurslari sifatida foydalanish yoʻli bilan shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablagʻlarning saqlanishini, koʻpaytirilishini va pul qadrsizlanishidan himoya qilinishini taʼminlashi; shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlari holati toʻgʻrisida fuqarolarni har yili, shuningdek ularning murojaatiga asosan xabardor qilishi; shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga aloqador hujjatlar hamda yozuvlarning saqlanishini taʼminlashi shart. Qonunchilikka muvofiq, Xalq banki boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin. (23-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) IV. Yakunlovchi qoidalar 24-modda. Jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlari toʻlashni tugatish Jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini toʻlash quyidagi hollarda tugatiladi: shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻida jamgʻarilgan mablagʻlar batamom tugaganda; bunday toʻlovlarni oluvchi shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻida jamgʻarilgan jami summani merosga oʻtkazish maqsadida toʻlovlarni olishdan yozma ravishda notarial tasdiqlangan tartibda voz kechganda; davlat pensiyasini olish huquqini yoʻqotganda. 25-modda. Jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini ushlab qolish yoki toʻxtatib turish Jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini ushlab qolish yoki toʻxtatib turish sud qarorlari va boshqa organlarning qonunchilikka muvofiq ijro etiladigan hujjatlari asosida amalga oshirilishi mumkin. (25-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 26-modda. Nizolarni hal qilish Fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal qilinadi. (26-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 27-modda. Fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik Fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar. (27-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV Toshkent sh., 2004-yil 2-dekabr, 702-II-son (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 512-modda; 2010-y., 35-36-son, 300-modda; 2015-y., 33-son, 439-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son; 07.02.2024-y., 03/24/905/0106-son; 19.03.2024-y., 03/24/922/0224-son) |
Закон Республики Узбекистан О НАКОПИТЕЛЬНОМ ПЕНСИОННОМ ОБЕСПЕЧЕНИИ ГРАЖДАН I. Общие положения Статья 1. Цель настоящего Закона Целью настоящего Закона является регулирование отношений в области накопительного пенсионного обеспечения граждан. Статья 2. Законодательство о накопительном пенсионном обеспечении граждан Законодательство о накопительном пенсионном обеспечении граждан состоит из настоящего Закона и иных актов законодательства. Если международным договором Республики Узбекистан установлены иные правила, чем те, которые предусмотрены законодательством Республики Узбекистан о накопительном пенсионном обеспечении граждан, то применяются правила международного договора. Статья 3. Основные понятия В настоящем Законе применяются следующие основные понятия: добровольные накопительные пенсионные взносы — денежные средства, вносимые на индивидуальный накопительный пенсионный счет на добровольной основе; обязательные накопительные пенсионные взносы — денежные средства, вносимые на индивидуальный накопительный пенсионный счет в обязательном порядке; вкладчик накопительных пенсионных взносов (вкладчик) — юридическое лицо — работодатель (далее — работодатель) или физическое лицо, осуществляющее взносы в пользу получателя накопительных пенсионных выплат; накопительное пенсионное обеспечение — обеспечение граждан дополнительными денежными средствами к государственной пенсии из средств индивидуальных накопительных пенсионных счетов; индивидуальный накопительный пенсионный счет — именной счет гражданина в Народном банке, на который поступают и учитываются накопительные пенсионные взносы вкладчиков и проценты, начисленные на средства индивидуального накопительного пенсионного счета. Статья 4. Право на накопительное пенсионное обеспечение Право на накопительное пенсионное обеспечение имеют граждане Республики Узбекистан, а также иностранные граждане и лица без гражданства, постоянно проживающие на территории Республики Узбекистан. Статья 5. Государственные гарантии по накопительному пенсионному обеспечению Государство гарантирует гражданам, участвующим в накопительной пенсионной системе, сохранность и выплату средств, накопленных на индивидуальных накопительных пенсионных счетах. II. Организация накопительной пенсионной системы Статья 6. Участие в накопительной пенсионной системе Для работодателей, а также граждан, осуществляющих трудовую деятельность по трудовому договору, участие в накопительной пенсионной системе является обязательным, если иное не предусмотрено законодательством. Индивидуальные предприниматели, члены дехканских хозяйств без образования юридического лица, а также другие граждане участвуют в накопительной пенсионной системе на добровольной основе. Статья 7. Постановка на учет граждан в накопительной пенсионной системе Постановка на учет граждан, достигших 16 лет в накопительной пенсионной системе, осуществляется одновременно с выдачей им идентификационных ID-карт. Постановка на учет граждан, не учтенных в накопительной пенсионной системе до 1 июня 2021 года, осуществляется филиалом Народного банка по месту их жительства с использованием персонального идентификационного номера физического лица. (частями первая, вторая и третья статьи 7 заменена частями первой и второй Законом Республики Узбекистан от 7 февраля 2024 года № ЗРУ-905 — Национальная база данных законодательства, 07.02.2024 г., № 03/24/905/0106) Постановка на учет в накопительной пенсионной системе включает в себя: открытие индивидуальных накопительных пенсионных счетов; выдачу накопительной пенсионной книжки. Народный банк ведет персональный учет граждан в накопительной пенсионной системе в порядке, устанавливаемом Кабинетом Министров Республики Узбекистан. Данные по персональному учету граждан в накопительной пенсионной системе и по индивидуальным накопительным пенсионным счетам формируются и сохраняются в единой электронной базе данных Народного банка. Статья 8. Открытие индивидуальных накопительных пенсионных счетов Гражданам при постановке на учет в накопительной пенсионной системе Народным банком открываются индивидуальные накопительные пенсионные счета с постоянным персональным номером, устанавливаемым пожизненно. Присвоение номера индивидуальным накопительным пенсионным счетам осуществляется на основании паспортных данных или данных идентификационной ID-карты граждан. (часть первая статьи 8 в редакции Закона Республики Узбекистан от 14 марта 2022 года № ЗРУ-759 — Национальная база данных законодательства, 14.03.2022 г., № 03/22/759/0213) При перемене гражданином места жительства, места работы или изменении паспортных данных или данных идентификационной ID-карты номер индивидуального накопительного пенсионного счета остается неизменным и открытие нового индивидуального накопительного пенсионного счета не требуется. (часть вторая статьи 8 в редакции Закона Республики Узбекистан от 14 марта 2022 года № ЗРУ-759 — Национальная база данных законодательства, 14.03.2022 г., № 03/22/759/0213) Статья 9. Накопительная пенсионная книжка Накопительная пенсионная книжка, удостоверяющая право гражданина на получение накопительных пенсионных выплат, выдается Народным банком гражданину после открытия индивидуального накопительного пенсионного счета. В накопительной пенсионной книжке указываются дата постановки на учет, персональные данные гражданина, включая номер индивидуального накопительного пенсионного счета, а также другие необходимые сведения. Порядок выдачи и форма накопительной пенсионной книжки устанавливаются Кабинетом Министров Республики Узбекистан. При утрате (утере) накопительной пенсионной книжки выдается ее дубликат с тем же номером индивидуального накопительного пенсионного счета. Статья 10. Формирование средств на индивидуальных накопительных пенсионных счетах Работодатель ежемесячно производит обязательные накопительные пенсионные взносы за счет соответствующего уменьшения суммы начисленного в соответствии с законодательством налога на доходы физических лиц. Размер обязательных накопительных пенсионных взносов исчисляется от суммы заработной платы и иного дохода работников, включая работающих пенсионеров, и устанавливается Кабинетом Министров Республики Узбекистан ежегодно при формировании Государственного бюджета Республики Узбекистан на очередной год. Работодателю предоставляется право за счет собственных средств производить дополнительные взносы на индивидуальные накопительные пенсионные счета своих работников. Размер дополнительных взносов и сроки их внесения определяются коллективным договором, а если он не заключен, — работодателем по согласованию с представительным органом работников. Обязательные накопительные пенсионные взносы работодателя не могут осуществляться в пользу третьих лиц. Граждане, участвующие в накопительной пенсионной системе в обязательном порядке, вправе вносить дополнительные взносы на свои индивидуальные накопительные пенсионные счета, а также в пользу третьих лиц в размерах и сроки, определяемые ими самостоятельно. Граждане, участвующие в накопительной пенсионной системе на добровольной основе, самостоятельно определяют размер и сроки взносов на свои индивидуальные накопительные пенсионные счета, в том числе в пользу третьих лиц. Народный банк, в установленном законодательством порядке, производит начисление процентов на средства индивидуальных накопительных пенсионных счетов по ставкам, превышающим темпы инфляции. Процентная ставка определяется Народным банком по согласованию с Министерством финансов Республики Узбекистан и Центральным банком Республики Узбекистан с учетом доходов, полученных от размещения средств накопительной пенсионной системы. Статья 11. Формирование средств накопительной пенсионной системы Средства накопительной пенсионной системы формируются в Народном банке путем аккумулирования средств на индивидуальных накопительных пенсионных счетах. Источниками формирования средств на индивидуальных накопительных пенсионных счетах являются: обязательные накопительные пенсионные взносы; добровольные накопительные пенсионные взносы; проценты, начисленные на средства индивидуальных накопительных пенсионных счетов; другие средства, не противоречащие законодательству. Статья 12. Использование средств накопительной пенсионной системы Средства накопительной пенсионной системы используются для осуществления накопительных пенсионных выплат. Средства накопительной пенсионной системы не могут быть использованы для выполнения обязательств, не связанных с накопительной пенсионной системой. Народный банк ведет отдельный учет средств накопительной пенсионной системы. В целях приумножения и защиты от инфляции средства накопительной пенсионной системы могут быть использованы в качестве инвестиционных и кредитных ресурсов, а также для размещения в финансовые инструменты. Использование средств накопительной пенсионной системы в качестве инвестиционных и кредитных ресурсов осуществляется Народным банком по согласованию с Министерством финансов Республики Узбекистан. Порядок размещения средств накопительной пенсионной системы в финансовые инструменты устанавливается Министерством финансов и Центральным банком Республики Узбекистан. Статья 13. Контроль за поступлением средств на индивидуальные накопительные пенсионные счета и их использованием Контроль за соблюдением порядка открытия и ведения индивидуальных накопительных пенсионных счетов, правильностью и полнотой исчисления, своевременностью внесения обязательных накопительных пенсионных взносов на индивидуальные накопительные пенсионные счета осуществляется органами Министерства финансов Республики Узбекистан, государственной налоговой службы и Народным банком в порядке, установленном законодательством. Контроль за целевым использованием средств на индивидуальных накопительных пенсионных счетах и правильностью начисления процентов осуществляется Министерством финансов Республики Узбекистан, а также специально создаваемым для этих целей подразделением Народного банка. Статья 14. Освобождение средств накопительной пенсионной системы от налогообложения Обязательные накопительные пенсионные взносы, процентные и другие доходы, полученные гражданами и Народным банком от использования средств на индивидуальных накопительных пенсионных счетах, накопительные пенсионные выплаты, а также оборот средств накопительной пенсионной системы не подлежат обложению налогами и другими обязательными платежами. Статья 15. Предоставление сведений о накопительных пенсионных взносах Работодатель обязан ежемесячно предоставлять в филиал Народного банка по месту своего нахождения копию платежного документа о внесении накопительных пенсионных взносов, реестр работников с указанием номеров индивидуальных накопительных пенсионных счетов, фамилий, суммы начисленной заработной платы, иного дохода и накопительных пенсионных взносов каждого работника. Народный банк на основании платежного документа и реестра, указанных в части первой настоящей статьи, зачисляет средства на индивидуальные накопительные пенсионные счета. III. Порядок получения накопительных пенсионных выплат Статья 16. Право на получение накопительных пенсионных выплат Граждане, участвующие в накопительной пенсионной системе в качестве получателей, имеют право на получение накопительных пенсионных выплат при возникновении права на государственную пенсию в соответствии с законодательством. Статья 17. Право на получение накопительных пенсионных выплат в особых случаях В случае смерти гражданина, средства накопленные на индивидуальном накопительном пенсионном счете, наследуются в установленном законодательством порядке и выплачиваются наследнику единовременно в полном объеме. В случае выезда гражданина за пределы Республики Узбекистан на постоянное место жительства средства, накопленные на индивидуальном накопительном пенсионном счете, выплачиваются единовременно в полном объеме. Статья 18. Основание для получения накопительных пенсионных выплат Сведения о возникновении у гражданина права на государственную пенсию, направляемые в электронной форме через информационную систему внебюджетного Пенсионного фонда при Министерстве экономики и финансов Республики Узбекистан, являются основанием для получения гражданином накопительных пенсионных выплат. (статья 18 в редакции Закона Республики Узбекистан от 18 марта 2024 года № ЗРУ-922 — Национальная база данных законодательства, 19.03.2024 г., № 03/24/922/0224) Статья 19. Право выбора при получении накопительных пенсионных выплат Получатели имеют право выбора на получение ежемесячных накопительных пенсионных выплат в течение периода, устанавливаемого ими самостоятельно, или на получение накопительных пенсионных выплат единовременно. Статья 20. Осуществление накопительных пенсионных выплат Накопительные пенсионные выплаты осуществляются филиалом Народного банка по месту жительства получателя таких выплат на основании сведений о возникновении у гражданина права на государственную пенсию, направляемых в электронной форме через информационную систему внебюджетного Пенсионного фонда при Министерстве экономики и финансов Республики Узбекистан. (часть первая статьи 20 в редакции Закона Республики Узбекистан от 18 марта 2024 года № ЗРУ-922 — Национальная база данных законодательства, 19.03.2024 г., № 03/24/922/0224) Накопительные пенсионные выплаты осуществляются с месяца, следующего за месяцем обращения за ними, но не ранее возникновения у получателя права на государственную пенсию. Получатели могут получать средства с индивидуальных накопительных пенсионных счетов через доверенных лиц на основании документов, выданных в соответствии с законодательством. Статья 21. Права и обязанности получателя накопительных пенсионных выплат Получатель накопительных пенсионных выплат имеет право: получать в установленном порядке выплаты с индивидуального накопительного пенсионного счета; получать информацию о состоянии накоплений на индивидуальном накопительном пенсионном счете, а также о процентах, начисленных на средства индивидуального накопительного пенсионного счета; завещать накопления на индивидуальном накопительном пенсионном счете в соответствии с законодательством. Получатель накопительных пенсионных выплат обязан сообщать в филиал Народного банка об изменениях, влияющих на выполнение обязательств Народного банка перед ним. Получатель накопительных пенсионных выплат может иметь иные права и нести иные обязанности в соответствии с законодательством. Статья 22. Обязанности вкладчиков накопительных пенсионных взносов Вкладчики накопительных пенсионных взносов обязаны предоставлять в филиал Народного банка необходимые сведения для постановки на учет в накопительной пенсионной системе и сообщать обо всех изменениях, связанных с персональными данными граждан (заключение или прекращение трудового договора, изменение паспортных данных или данных идентификационной ID-карты и других сведений, необходимых для ведения индивидуальных накопительных пенсионных счетов). (часть первая статьи 22 в редакции Закона Республики Узбекистан от 14 марта 2022 года № ЗРУ-759 — Национальная база данных законодательства, 14.03.2022 г., № 03/22/759/0213) Работодатели обязаны своевременно вносить взносы на индивидуальные накопительные пенсионные счета и предоставлять гражданам по их требованию сведения о начисленных и внесенных накопительных пенсионных взносах. Статья 23. Права и обязанности Народного банка Народный банк имеет право: получать от вкладчиков накопительных пенсионных взносов необходимые сведения для открытия и ведения индивидуальных накопительных пенсионных счетов; получать маржу от дохода, полученного от инвестирования средств накопительной пенсионной системы. Размер маржи устанавливается Министерством финансов Республики Узбекистан. Народный банк обязан: открывать индивидуальные накопительные пенсионные счета и вести их в порядке, предусмотренном законодательством; вести персональный учет взносов на индивидуальные накопительные пенсионные счета и начисленных процентов; обеспечивать своевременное и в полном объеме зачисление накопительных пенсионных взносов и процентов, начисленных на средства индивидуальных накопительных пенсионных счетов; обеспечивать своевременность и правильность назначения размера накопительных пенсионных выплат, а также полноту их выдачи получателям; обеспечивать сохранность средств на индивидуальных накопительных пенсионных счетах, их приумножение и защиту от инфляции путем размещения средств накопительной пенсионной системы в финансовые инструменты и использования их в качестве инвестиционных и кредитных ресурсов; информировать граждан о состоянии их индивидуальных накопительных пенсионных счетов ежегодно, а также по их обращению; обеспечивать хранение документов и записей, имеющих отношение к индивидуальным накопительным пенсионным счетам. Народный банк может иметь иные права и нести иные обязанности в соответствии с законодательством. IV. Заключительные положения Статья 24. Прекращение накопительных пенсионных выплат Накопительные пенсионные выплаты прекращаются в случаях: полного исчерпания средств, накопленных на индивидуальном накопительном пенсионном счете; письменного отказа получателя, заверенного в нотариальном порядке, с целью передачи всей суммы, накопленной на индивидуальном накопительном пенсионном счете, в наследование; утраты права на государственную пенсию. Статья 25. Удержание и приостановление накопительных пенсионных выплат Удержание или приостановление накопительных пенсионных выплат может производиться на основании судебных решений и актов других органов, исполнение которых производится в соответствии с законодательством. Статья 26. Разрешение споров Споры в области накопительного пенсионного обеспечения граждан разрешаются в порядке, установленном законодательством. Статья 27. Ответственность за нарушение законодательства о накопительном пенсионном обеспечении граждан Лица, виновные в нарушении законодательства о накопительном пенсионном обеспечении граждан, несут ответственность в установленном порядке. Президент Республики Узбекистан И. КАРИМОВ г. Ташкент, 2 декабря 2004 г., № 702-II (Собрание законодательства Республики Узбекистан, 2004 г., № 51, ст. 512; 2010 г., № 35-36, ст. 300; 2015 г., № 33, ст. 439; Национальная база данных законодательства, 14.03.2022 г., № 03/22/759/0213; 07.02.2024 г., № 03/24/905/0106; 19.03.2024 г., № 03/24/922/0224) |