02.12.2004 yildagi 702-II-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 10.09.2010 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FUQAROLARNING JAMGʻARIB BORILADIGAN PENSIYA TAʼMINOTI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning maqsadi fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamgʻarib boriladigan ixtiyoriy pensiya badallari — shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻiga ixtiyoriylik asosida kiritiladigan pul mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamgʻarib boriladigan majburiy pensiya badallari — shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻiga majburiy tartibda kiritiladigan pul mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamgʻarib boriladigan pensiya badallarini kirituvchi (badal kirituvchi) — jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini oluvchining foydasiga badallar kiritayotgan jismoniy shaxs yoki ish beruvchi yuridik shaxs (bundan buyon matnda ish beruvchi deb yuritiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti — fuqarolarni shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablagʻlardan davlat pensiyasiga qoʻshimcha ravishda pul mablagʻlari bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻi — fuqaroning Xalq bankidagi egasi yozilgan shaxsiy hisobvaragʻi boʻlib, badal kirituvchilarning jamgʻarib boriladigan pensiya badallari va shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻidagi mablagʻlarga hisoblab qoʻshilgan foizlar ana shu hisobvaraqqa kelib tushadi hamda unda hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti olish huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti boʻyicha davlat kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida ishtirok etuvchi fuqarolarga shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlarida jamgʻarilgan mablagʻlari saqlanishi hamda toʻlanishini kafolatlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida ishtirok etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish beruvchilarning, shuningdek mehnat faoliyatini mehnat shartnomasi asosida amalga oshiruvchi fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida ishtirok etishi, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan boʻlsa, majburiydir.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi dehqon xoʻjaliklarining aʼzolari, shuningdek boshqa fuqarolar jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida ixtiyoriylik asosida ishtirok etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Fuqarolarni jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida hisobga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida majburiy tartibda ishtirok etuvchi fuqarolarni hisobga olish ish beruvchining talabnomasiga muvofiq mazkur fuqarolarning asosiy ish joyidagi Xalq banki filialida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida ixtiyoriylik asosida ishtirok etuvchi fuqarolarni hisobga olish ularning arizasiga muvofiq mazkur fuqarolarning yashash joyidagi Xalq banki filialida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida hisobga olish quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlari ochish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamgʻarib boriladigan pensiya daftarchasini berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq banki jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida fuqarolarning shaxsiy hisobini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida fuqarolarning shaxsiy hisobini yuritishga doir hamda shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga taalluqli maʼlumotlar Xalq bankining yagona maʼlumotlar elektron bazasida shakllantiriladi va saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlari ochish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida hisobga olinayotganda fuqarolarga Xalq banki umrbod qilib belgilanadigan, doimiy shaxsiy tartib raqamli shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlari ochadi. Shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga tartib raqami berish fuqarolarning pasportidagi maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning yashash yoki ish joyi yoxud pasportidagi maʼlumotlar oʻzgargan taqdirda shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻi tartib raqami oʻzgarishsiz qoladi va yangi shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻi ochish talab etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Jamgʻarib boriladigan pensiya daftarchasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroning jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini olish huquqini tasdiqlovchi jamgʻarib boriladigan pensiya daftarchasi fuqaroga shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻi ochilganidan keyin Xalq banki tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarib boriladigan pensiya daftarchasida hisobga olingan sana, fuqaroning shaxsiga oid maʼlumotlar, shu jumladan shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻining tartib raqami, shuningdek boshqa zarur maʼlumotlar koʻrsatiladi. Jamgʻarib boriladigan pensiya daftarchasini berish tartibi va bunday daftarcha shakli Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarib boriladigan pensiya daftarchasi yoʻqotib qoʻyilgan (yoʻqolgan) taqdirda uning dublikati shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻining oʻsha tartib raqami qoʻyilgan holda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlarida mablagʻlarning shakllantirilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslarning qonun hujjatlariga muvofiq hisoblab chiqarilgan daromad soligʻining tegishlicha kamaytirilgan summasi hisobiga jamgʻarib boriladigan majburiy pensiya badallarini ish beruvchi har oyda toʻlab boradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarib boriladigan majburiy pensiya badallarining miqdori xodimlarning, shu jumladan ishlayotgan pensionerlarning ish haqi va boshqa daromadi summasi asosida hisoblab chiqariladi hamda har yili Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan navbatdagi yilga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetini shakllantirish vaqtida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish beruvchiga oʻzining mablagʻlari hisobidan oʻz xodimlarining shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga qoʻshimcha badallar toʻlash huquqi beriladi. Qoʻshimcha badallarning miqdori va ularni kiritish muddatlari jamoa shartnomasida, agar bunday shartnoma tuzilmagan boʻlsa, ish beruvchi tomonidan xodimlarning vakillik organi bilan kelishib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish beruvchining jamgʻarib boriladigan majburiy pensiya badallarini toʻlashi uchinchi shaxslarning foydasiga amalga oshirilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida majburiy tartibda ishtirok etuvchi fuqarolar oʻz shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga, shuningdek uchinchi shaxslar foydasiga oʻzlari mustaqil ravishda belgilaydigan miqdorlar va muddatlarda qoʻshimcha badallar kiritishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida ixtiyoriylik asosida ishtirok etuvchi fuqarolar oʻz shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga, shu jumladan uchinchi shaxslar foydasiga kiritiladigan badallar miqdori va muddatlarini oʻzlari mustaqil ravishda belgilaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq banki shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablagʻlarga pul qadrsizlanishiga nisbatan yuqori surʼatlardagi stavkalar boʻyicha foizlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisoblab qoʻshadi. Foiz stavkasi Xalq banki tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishib, jamgʻarib boriladigan pensiya tizimining mablagʻlarini joylashtirishdan olingan daromadlar hisobga olingan holda belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi mablagʻlarini shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi mablagʻlari Xalq bankida shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlarida mablagʻlarni jamlash yoʻli bilan shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlarida mablagʻlarni shakllantirish manbalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamgʻarib boriladigan majburiy pensiya badallari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamgʻarib boriladigan ixtiyoriy pensiya badallari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlari mablagʻlariga hisoblab chiqarilgan foizlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa mablagʻlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi mablagʻlaridan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi mablagʻlaridan jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlari toʻlash uchun foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi mablagʻlaridan jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi bilan bogʻliq boʻlmagan majburiyatlarni bajarish uchun foydalanish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq banki jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi mablagʻlarining alohida hisobini yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi mablagʻlarini koʻpaytirish hamda ularni pul qadrsizlanishidan himoya etish maqsadida bunday mablagʻlardan investitsiya va kredit resurslari sifatida, shuningdek moliyaviy vositalarga joylashtirish uchun foydalanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi mablagʻlaridan investitsiya va kredit resurslari sifatida foydalanish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Xalq banki tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi mablagʻlarini moliyaviy vositalarga joylashtirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga mablagʻlarning kelib tushishi va ulardan foydalanilishi ustidan nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlari ochish hamda ularni yuritish tartibiga rioya etilishi, shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga jamgʻarib boriladigan majburiy pensiya badallarining toʻgʻri va toʻliq hisoblab chiqarilishi hamda oʻz vaqtida toʻlanishi ustidan nazorat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi organlari, davlat soliq xizmati organlari va Xalq banki tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablagʻlardan belgilangan maqsadda foydalanilishi hamda foizlar toʻgʻri hisoblab chiqarilishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan, shuningdek Xalq bankining shu maqsad uchun maxsus tashkil etilgan boʻlinmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi mablagʻlarini soliq solishdan ozod qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarib boriladigan majburiy pensiya badallaridan, shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablagʻlarga hisoblab chiqarilgan foizlardan hamda bunday mablagʻlar foydalanilishidan fuqarolar va Xalq banki oladigan boshqa daromadlardan, jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlaridan, shuningdek jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi mablagʻlari aylanmasidan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Jamgʻarib boriladigan pensiya badallari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarib boriladigan pensiya badallari kiritilganligi toʻgʻrisidagi toʻlov hujjati nusxasini, shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlari tartib raqami, familiyalar, har bir xodimning hisoblab chiqarilgan ish haqi summasi, boshqa daromadlari va jamgʻarib boriladigan pensiya badallari summasi koʻrsatilgan xodimlar reyestrini ish beruvchi oʻzi turgan joydagi Xalq banki filialiga har oyda taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq banki ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan toʻlov hujjati va reyestr asosida mablagʻlarni shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini olish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini olish huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida ishtirok etuvchi fuqarolar pensiya toʻlovlari oluvchi sifatida jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini qonun hujjatlariga muvofiq davlat pensiyasini olish huquqi yuzaga kelgan taqdirda olish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini ayrim hollarda olish huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaro vafot etgan taqdirda, shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻida jamgʻarilgan mablagʻlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda merosga oʻtadi va merosxoʻrga bir yoʻla toʻla hajmda toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaro Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga doimiy yashash joyiga chiqib ketayotgan boʻlsa, shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻida jamgʻarilgan mablagʻlar bir yoʻla toʻla hajmda toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini olish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini oluvchining yashash joyidagi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi qonun hujjatlarida belgilangan shaklda beradigan jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini olish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma bunday toʻlovlarni olish uchun asos boʻladi.
(18-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 9-sentabrdagi OʻRQ-254-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 35-36-son, 300-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini olish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomani berish soʻralgan arizani ushbu Qonun 6-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan fuqarolar ish beruvchi orqali, ushbu Qonun 6-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan fuqarolar esa bevosita yashash joylaridagi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimiga beradilar.
(18-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 9-sentabrdagi OʻRQ-254-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 35-36-son, 300-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini olish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomada jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlari boshlanadigan sana koʻrsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini olish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma bunday toʻlovlarni oluvchiga ariza Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimiga kelib tushgan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda beriladi.
(18-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 9-sentabrdagi OʻRQ-254-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 35-36-son, 300-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini olish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma oʻz vaqtida berilishini taʼminlaydi hamda berilgan guvohnomalar hisobini yuritadi.
(18-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 9-sentabrdagi OʻRQ-254-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 35-36-son, 300-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini olishda tanlash huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlovlarni oluvchilar oʻzlari mustaqil ravishda belgilaydigan muddat mobaynida har oylik jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini olishni yoki jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini bir yoʻla olishni tanlash huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini toʻlash
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi tomonidan berilgan jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini olish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma asosida bunday toʻlovlarni oluvchining yashash joyidagi Xalq banki filiali tomonidan toʻlanadi.
(20-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 9-sentabrdagi OʻRQ-254-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 35-36-son, 300-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlari ularni olish uchun murojaat etilgan oydan keyingi oydan eʼtiboran, lekin bunday toʻlovlarni oluvchida davlat pensiyasini olish huquqi yuzaga kelgach, toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday toʻlovlarni oluvchilar shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridan mablagʻlarni qonun hujjatlariga muvofiq berilgan hujjatlar asosida ishonchli shaxslar orqali olishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini oluvchining huquqlari va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini oluvchi quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻidan toʻlovlarni belgilangan tartibda olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻidagi jamgʻarmalarining holati toʻgʻrisida, shuningdek shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻidagi mablagʻlarga hisoblab chiqarilgan foizlar haqida axborot olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻidagi jamgʻarmalarini qonun hujjatlariga muvofiq vasiyat qilib qoldirish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini oluvchi Xalq bankining mazkur toʻlovchi oldidagi majburiyatlarini bajarishiga taʼsir qiluvchi oʻzgarishlar toʻgʻrisida Xalq banki filialiga xabar qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun hujjatlariga muvofiq, jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini oluvchi boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Jamgʻarib boriladigan pensiya badallarini kirituvchilarning majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarib boriladigan pensiya badallarini kirituvchilar Xalq banki filialiga jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida hisobga olish uchun zarur maʼlumotlarni taqdim etishlari hamda fuqarolarning shaxsiga oid maʼlumotlar bilan bogʻliq barcha oʻzgarishlar (mehnat shartnomasi tuzilganligi yoki bekor qilinganligi, pasportdagi maʼlumotlar hamda shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlarini yuritish uchun zarur boshqa maʼlumotlar oʻzgarganligi) toʻgʻrisida xabar qilishlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish beruvchilar shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga badallarni oʻz vaqtida kiritishlari hamda fuqarolarga hisoblab chiqarilgan va kiritilgan jamgʻarib boriladigan pensiya badallari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ularning talabiga muvofiq berishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Xalq bankining huquqlari va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq banki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamgʻarib boriladigan pensiya badallarini kirituvchilardan shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlari ochish va ularni yuritish uchun zarur maʼlumotlarni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamgʻarib boriladigan pensiya tizimining mablagʻlarini investitsiyalashdan olingan daromaddan marja olish huquqiga ega. Marja miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq banki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlari ochishi va yuritishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga kiritilayotgan badallar va hisoblab chiqarilgan foizlarni shaxslar boʻyicha hisobga olib borishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamgʻarib boriladigan pensiya badallarining hamda shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablagʻlarga hisoblab chiqarilgan foizlarning oʻz vaqtida va toʻla hajmda oʻtkazilishini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarining miqdori oʻz vaqtida va toʻgʻri tayinlanishini, shuningdek ular bunday toʻlovlarni oluvchilarga toʻliq berilishini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamgʻarib boriladigan pensiya tizimining mablagʻlarini moliyaviy vositalarga joylashtirish hamda bunday mablagʻlardan investitsiya va kredit resurslari sifatida foydalanish yoʻli bilan shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablagʻlarning saqlanishini, koʻpaytirilishini va pul qadrsizlanishidan himoya qilinishini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlari holati toʻgʻrisida fuqarolarni har yili, shuningdek ularning murojaatiga asosan xabardor qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga aloqador hujjatlar hamda yozuvlarning saqlanishini taʼminlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun hujjatlariga muvofiq, Xalq banki boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlari toʻlashni tugatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini toʻlash quyidagi hollarda tugatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻida jamgʻarilgan mablagʻlar batamom tugaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunday toʻlovlarni oluvchi shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻida jamgʻarilgan jami summani merosga oʻtkazish maqsadida toʻlovlarni olishdan yozma ravishda notarial tasdiqlangan tartibda voz kechganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat pensiyasini olish huquqini yoʻqotganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini ushlab qolish yoki toʻxtatib turish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini ushlab qolish yoki toʻxtatib turish sud qarorlari va boshqa organlarning qonun hujjatlariga muvofiq ijro etiladigan hujjatlari asosida amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Nizolarni hal qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 2-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
702-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 512-modda; 2010-y., 35-36-son, 300-modda; 2015-y., 33-son, 439-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son; 07.02.2024-y., 03/24/905/0106-son; 19.03.2024-y., 03/24/922/0224-son)