Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 2000-YIL 17-NOYABRDAGI 449-SON QARORIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasining Germaniyaning “Inpro Xotels” va “Shtaynberger Rezervatsion Servis” firmalari bilan Samarqand shahridagi “Afrosiyob” mehmonxonasini va Buxoro shahridagi “Buxoro” mehmonxonasini ularning boshqaruviga berish toʻgʻrisidagi bitimni imzolash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 17-noyabrdagi 449-son qaroriga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
qarorning nomidagi “Fransiyaning “Akkor” kompaniyasi” soʻzlari “Germaniyaning “Inpro “Xotels” va “Shtaynberger Rezervatsion Servis” firmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-banddagi “Akkor” kompaniyasi (Fransiya) kompaniyasi” soʻzlari “Germaniyaning “Inpro Xotels” va “Shtaynberger Rezervatsion Servis” firmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-bandning “a” kichik bandidagi “Akkor” firmasi” soʻzlari “Inpro “Xotels” va “Shtaynberger Rezervatsion Servis” firmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-bandning “b” kichik bandidagi, 3 va 5-bandlardagi “Akkor” kompaniyasi, “Akkor” kompaniyasiga”, “Akkor” firmasi” soʻzlari tegishli ravishda “Inpro Xotels” firmasi, “Inpro Xotels” firmasiga”, “Inpro Xotels” firmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2001-yil 16-mart,
131-son