Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining havo kemalari ekipaj aʼzolarining ish vaqti va dam olish vaqtini normalashtirish” aviatsiya qoidalariga (OʻzR AQ-94) oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 7-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2141-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-sentabrdagi 692-son “Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq, buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2010-yil 18-avgustdagi 96-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2141, 2010-yil 15-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 37-son, 324-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining havo kemalari ekipaj aʼzolarining ish vaqti va dam olish vaqtini normalashtirish” aviatsiya qoidalariga (OʻzR AQ-94) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan kuchga kiradi.
Boshliq T. OʻLJAYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 15-avgust,
121-N-son
Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2018-yil 15-avgustdagi 121-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining havo kemalari ekipaj aʼzolarining ish vaqti va dam olish vaqtini normalashtirish” aviatsiya qoidalariga (OʻzR AQ-94) kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Qoidalarning muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Qoidalar Halqaro fuqaro aviatsiyasi toʻgʻrisidagi Konvensiyaning (Chikago, 1944-yil 7-dekabr) 6-ilovasi va Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining havo kemalari ekipaj aʼzolarining ish vaqti va dam olish vaqtini normallashtirish tartibini belgilaydi.”.
2. 10-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur oʻzgartirishlar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston aviatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi va “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi bilan kelishilgan.
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh. KUDBIYEV
2018-yil 15-avgust
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ShADMANOV
2018-yil 15-avgust
Oʻzbekiston aviatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi Sh. MINGALIYEV
2018-yil 15-avgust
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasining Bosh direktori v.b. B. XAKIMOV
2018-yil 15-avgust
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.09.2018-y., 10/18/2141-2/1855-son, )