Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.12.2021 05.09.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3064
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining qarori, 05.09.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3064
Кучга кириш санаси
06.12.2018
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.12.2021
Hujjat 06.12.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirish, yer balansiga rioya etish, qishloq xoʻjaligi ekinlarining oqilona joylashtirilishi buzilganligi uchun fermer xoʻjaliklari va mansabdor shaxslarning masʼuliyatini oshirish, yetishtirilgan mahsulot sotilishining hisobini yuritish, shartnoma majburiyatlarining bajarilishini taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 5-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3064]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 21-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3340, 03.12.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2018-yilda qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirish chora-tadbirlari va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishning prognoz hajmlari toʻgʻrisida”gi 2017-yil 15-sentabrdagi PQ-3281-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirish, yer balansiga rioya etish, qishloq xoʻjaligi ekinlarining oqilona joylashtirilishi buzilganligi uchun fermer xoʻjaliklari va mansabdor shaxslarning masʼuliyatini oshirish, yetishtirilgan mahsulot sotilishining hisobini yuritish, shartnoma majburiyatlarining bajarilishini taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi vaziri B. YUSUPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 6-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot vaziri B. XODJAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 6-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri D. KUChKAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 6-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
101-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi A. ABDULLAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 6-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining 2018-yil 6-iyundagi 47, 20, 101, 5-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirish, yer balansiga rioya etish, qishloq xoʻjaligi ekinlarining oqilona joylashtirilishi buzilganligi uchun fermer xoʻjaliklari va mansabdor shaxslarning masʼuliyatini oshirish, yetishtirilgan mahsulot sotilishining hisobini yuritish, shartnoma majburiyatlarining bajarilishini taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-sentabrdagi PQ-3281-son “2018-yilda qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirish chora-tadbirlari va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishning prognoz hajmlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirish, yer balansiga rioya etish, qishloq xoʻjaligi ekinlarining oqilona joylashtirilishi buzilganligi uchun fermer xoʻjaliklari va mansabdor shaxslarning masʼuliyatini oshirish, yetishtirilgan mahsulot sotilishining hisobini yuritish, shartnoma majburiyatlarining bajarilishini taʼminlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi ekinlari — davlat ehtiyojlari uchun yetkazib beriladigan boshoqli don ekinlari, sholi va paxta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi korxonalari — qishloq xoʻjaligini yuritish uchun belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi yuridik shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi ekin maydonlari — muntazam ravishda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish maqsadida yoki chorva uchun tabiiy yem-xashak manbai sifatida foydalaniladigan yerlar, ularning tarkibiga sugʻoriladigan va sugʻorilmaydigan haydov yerlar, koʻp yillik daraxtlar (bogʻlar, tokzorlar, tutzorlar, mevazorlar, rezavorzorlar va boshqa mevali daraxtlar), boʻz yerlar, pichanzorlar va yaylovlar kiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi ekinlari — asosiy maydonlarga ekiladigan gʻoʻza, boshoqli don, sholi, sabzavot, poliz, kartoshka, yem-xashakbop ildiz mevali oʻsimliklar, bir yillik oʻtlar, beda, makkajoʻxori, tamaki hamda takroriy maydonlarga va “toʻqsonbosdi” usulida ekiladigan ekinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lalmikor yerlar — sugʻorish imkoniyati mavjud boʻlmagan va sugʻorish tarmogʻiga ega boʻlmagan yerlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻoriladigan yerlar — qishloq xoʻjaligida foydalanish va sugʻorish uchun yaroqli boʻlgan, suv resurslari shu yerlarni sugʻorishni taʼminlay oladigan sugʻorish manbai bilan bogʻlangan doimiy yoki muvaqqat sugʻorish tarmogʻiga ega boʻlgan yerlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuproq ball-boniteti — qishloq xoʻjaligi ekinlari agrotexnikasi oʻrtacha darajada boʻlganidagi tuproq sifati hamda tabiiy unumdorlik quvvatiga beriladigan qiyosiy baho;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hosildorlik — bir gektar maydondagi qishloq xoʻjaligi ekinidan olinadigan yalpi hosil koʻrsatkichi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizom qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirishda dehqon xoʻjaliklari, ilmiy-tadqiqot institutlari, ularning filiallari yer uchastkalari va ilmiy tajriba stansiyalari maydonlariga tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish va ularning hosildorligini belgilash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 24-martdagi PF-3226-son “Qishloq xoʻjaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan qishloq xoʻjaligi korxonalari faoliyat ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda yer ijara shartnomasi va kontraktatsiya (fyuchers) shartnomalariga muvofiq qishloq xoʻjaligi ekinlarini mustaqil ravishda joylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi ekinlari unumdor (40 bonitet balldan yuqori boʻlgan) yer maydonlariga kontur yaxlitligi saqlangan holda joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Paxta xomashyosini yetishtirishda yuqori hosildorlikka erishgan fermer xoʻjaliklarini ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2518, 2013-yil 18-oktabr) muvofiq paxta xomashyosini yetishtirishda yuqori hosildorlikka (40 ts/ga) erishgan qishloq xoʻjaligi korxonalari paxta ekiladigan jami yer maydonining kamida 5 foiziga qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa turdagi qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekishga ruxsat beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirishda yer maydonlarining geografik joylashish oʻrni, geomorfologik-litologik tuzilishi, gidrologik va iqlim sharoitlari, gidromeliorativ tizimlari va yer osti suvlarining holati, suv bilan taʼminlanganligi, tuproqning shoʻrlanish darajasi va unumdorligi hamda xoʻjaliklarning ixtisoslashuvi hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi tomonidan tasdiqlangan holda taqdim etilgan tumandagi mavjud yer maydonlari, sugʻoriladigan ekin yerlar, lalmikor yerlar va yangi ekilgan koʻp yillik dov-daraxtlar (bogʻlar, tokzorlar, tutzorlar, mevali daraxt koʻchatzorlari, mevazorlar va boshqalar) hamda ularning yerdan foydalanuvchilar kesimida taqsimlanishi, ball-boniteti toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida tuman (shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimi qishloq xoʻjaligi korxonalari va tuman (shahar) fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashidan har yili 1-avgustga qadar takliflarni olib, kelgusi yil hosili uchun qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tuman (shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimi tuman (shahar) fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan kelishgan holda 3 ish kunida tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi tomonidan taqdim etilgan yer maydonlarining ball boniteti toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 18-avgustdagi 235-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan asosiy qishloq xoʻjaligi ekinlari, bogʻlar va tokzorlarning tuproqlari bir bonitet balliga nisbatan normativ hosildorligidan kelib chiqqan holda joylashtirilgan qishloq xoʻjaligi ekinlarining hosildorligini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tuman (shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimi qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish boʻyicha takliflarni 3 ish kunida tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi “Oʻzdaverloyiha” instituti va uning hududiy boʻlinmalari bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish boʻyicha takliflar taqdim etilgan kundan eʼtiboran 20 ish kunida konturlar va qishloq xoʻjaligi korxonalari kesimida qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumandagi qishloq xoʻjaligi korxonalarining asosiy maydonlariga ekiladigan qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumandagi qishloq xoʻjaligi korxonalarining boshoqli don ekinlaridan boʻshaydigan yerlarida takroriy qishloq xoʻjaligi ekinlarini turlari boʻyicha joylashtirish 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumandagi qishloq xoʻjaligi korxonalari ekin maydonlarida “toʻqsonbosdi” usuli bilan avgust oyida piyoz va sarimsoqpiyoz hamda sabzavot ekinlarini joylashtirish 3-ilovaga muvofiq jadvallar asosida joylashtirib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qishloq xoʻjaligi korxonalari ekin maydonlarida qishloq xoʻjaligi ekinlarini konturlar kesimida joylashtirishda fermer xoʻjaliklarining ixtisoslashuvi va yer maydonining kontur yaxlitligi, tuproqning meliorativ holati, suv bilan taʼminlanganligi, oxirgi 3 yilda olingan hosildorlik, oʻtmishdosh ekin, tuproq ball boniteti hamda boshqa omillar inobatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi hamda tuman (shahar) irrigatsiya boʻlimlaridan ekin maydonlarining suv bilan taʼminlanganlik darajasi toʻgʻrisida xulosa olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qishloq xoʻjaligi korxonalarining ekin maydonlarida qishloq xoʻjaligi ekinlari konturlar kesimida joylashtirilib, hudud (massiv)ning 1:10000 miqyosdagi xaritasiga har bir ekin turi boʻyicha tegishli shartli belgilar asosida tushirib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Qishloq xoʻjaligi korxonalarining ekin maydonlarida qishloq xoʻjaligi ekinlari konturlar kesimida hudud (massiv)ning 1:10000 miqyosdagi xaritaga tushirilgan ekinlarni joylashtirish natijalari tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi, yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi, fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hamda “Oʻzdaverloyiha” institutining hududiy boʻlinmasi masʼul xodimi tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi tuman (shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimi bilan birgalikda 5 ish kunida qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish va ularning hosildorligi toʻgʻrisidagi tuman (shahar) hokimining qarori loyihasini ishlab chiqadi. Loyihaga qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish va ularning hosildorligi prognoz hajmlari, shuningdek hududning (massiv) 1:10000 miqyosdagi xaritasiga ekinlarni joylashtirish natijalari ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tumanda qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish natijalari tuman (shahar) hokimining qarori asosida tasdiqlangandan keyin “Oʻzdaverloyiha” instituti va uning hududiy boʻlinmalari 15 ish kunida har bir qishloq xoʻjaligi korxonalarida konturlar kesimida joylashtirilgan ekin turlari va maydonlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning elektron bazasini yaratadi, shuningdek ekinlarning ekilishi va holatini doimiy monitoringini yuritish maqsadida “elektron xarita”ga tushiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Qishloq xoʻjaligi korxonalari tugatilgan yoki yangidan tashkil etilgan yoxud yer maydonlari maqbullashtirilgan, qoʻshimcha yer maydoni ajratilgan hollarda qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish boʻyicha tuman (shahar) hokimining qaroriga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari boʻyicha qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish va ularning hosildorligi reyestrini tuman (shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimi har yili 5-avgustga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligiga va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalariga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish va ularning hosildorligi reyestrini tumanlar kesimida umumlashtirgan holda har yili 15-avgustga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari tomonidan taqdim etilgan qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish va ularning hosildorligi reyestrlarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar kesimida umumlashtirgan holda davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari boʻyicha ekinlarni joylashtirish va ularning hosildorligi boʻyicha takliflarni har yili 1-sentabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining sotilishi hisobini yuritish, shartnoma majburiyatlarining bajarilishini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini realizatsiya qilish (qayta ishlash korxonalariga yetkazib berish, ichki bozorlar va yarmarkalarda sotish, eksport qilish, budjet tashkilotlarini taʼminlash va boshqalar) ishlari tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini realizatsiya qilishda hisob-kitoblar qishloq xoʻjaligi korxonalari va tegishli xizmat koʻrsatuvchi banklar oʻrtasida tuzilgan shartnomalarga muvofiq, xizmat koʻrsatuvchi banklarda ochilgan hisob raqamlari orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish boʻyicha oʻrnatilgan talablarga amal qilinishi, qishloq xoʻjaligi ekinlarining toʻliq va oʻz vaqtida ekilishi hamda ularning holati yuzasidan tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi, “Oʻzdaverloyiha” instituti va uning hududiy boʻlinmalari, tuman (shahar) fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan doimiy monitoring yuritib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Shartnoma majburiyatlarini bajarishda xarid qilinayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotining sifati va miqdorini baholash, mahsulot uchun haq oʻz vaqtida va toʻgʻri toʻlanishi boʻyicha tomonlar oʻrtasida nizoli masalalar va kelishmovchiliklar paydo boʻlgan taqdirda, bunday masalalar va kelishmovchiliklar tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi tomonidan sudgacha boʻlgan tartibda yoki iqtisodiy sud tomonidan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv xoʻjaligi vaziri Sh. XAMRAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 30-iyul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi v.b A. XAITOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 30-iyul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 31-iyul

Qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirish, yer balansiga rioya etish, qishloq xoʻjaligi ekinlarining oqilona joylashtirilishi buzilganligi uchun fermer xoʻjaliklari va mansabdor shaxslarning masʼuliyatini oshirish, yetishtirilgan mahsulot sotilishining hisobini yuritish, shartnoma majburiyatlarining bajarilishini taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
___________ tuman (shahar) ida fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi tashkilotlarida 2018-yil hosili uchun qishloq xoʻjalik ekinlarini joylashtirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼLUMOT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Fermer xoʻjaliklari nomi

Kontur raqami

Ball boniteti

Jami sugʻoriladigan ekin maydoni, ga

Shu jumladan:

paxta

boshoqli don

sabzavot

kartoshka

poliz

soya

sholi

ozuqa ekinlar

shundan:

boshqalar

yangi bogʻlar

shundan:

beda

lavlagi

makkajoʻxori (don uchun)

intensiv bogʻlar

uzumzorlar

tutzorlar

1.

_____ fermer xoʻjaligi

Jami

2.

_____ fermer xoʻjaligi

Jami

Tuman jami

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirish, yer balansiga rioya etish, qishloq xoʻjaligi ekinlarining oqilona joylashtirilishi buzilganligi uchun fermer xoʻjaliklari va mansabdor shaxslarning masʼuliyatini oshirish, yetishtirilgan mahsulot sotilishining hisobini yuritish, shartnoma majburiyatlarining bajarilishini taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
__________ tuman (shahar) da 2018-yil hosili uchun ekilgan boshoqli don maydonlaridan boʻshagan maydonda takroriy ekinlarni joylashtirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼLUMOT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Fermer xoʻjaliklari nomi

Kontur raqami

Boshoqli don ekilgan maydon, ga

Takroriy ekin maydoni, ga

Shundan, ga

sabzavot

shundan:

kartoshka

poliz

kungaboqar

soya

dukkakli

shundan:

sholi

ozuqa ekini

kunjut �a tariq

supurgi

eryongʻoq

boshqalar

sabzi

karam

pomidor

sholgʻom

turp

bodiring

baqlajon

koʻkat

shirin qalampir

osh lavlagi

boshqalar

mosh

loviya

fasol

1.

_____ fermer xoʻjaligi

Jami

2.

_____ fermer xoʻjaligi

Jami

Tuman jami

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirish, yer balansiga rioya etish, qishloq xoʻjaligi ekinlarining oqilona joylashtirilishi buzilganligi uchun fermer xoʻjaliklari va mansabdor shaxslarning masʼuliyatini oshirish, yetishtirilgan mahsulot sotilishining hisobini yuritish, shartnoma majburiyatlarining bajarilishini taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
__________ tuman (shahar) da _____ yil hosili uchun fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi tashkilotlarida avgust piyozi va sarimsoqpiyoz hamda “toʻqsonbosdi” sabzavot ekinlarini joylashtirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼLUMOT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Fermer xoʻjaliklari nomi

Kontur raqami

Jami _____ yil kuz oylarida ekiladigan sabzavot ekinlari maydoni, ga

Shu jumladan:

Avgust-sentyabrda ekiladigan piyoz va sarimsoq piyoz maydoni, ga

shundan:

noyabr va dekabrda toʻqsonbosti sabzavot ekiladigan maydon, ga

shundan:

piyoz

sarimsoq piyoz

piyoz

sarimsoqpiyoz

sabzi

osh lavlagi (karam)

koʻkatlar

boshqalar

1.

_________ fermer
xoʻjaligi

Jami

1.

_________ fermer
xoʻjaligi

Jami

Tuman jami

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2018-y., 10/18/3064/1832-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)