Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.10.2020 05.09.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3066
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.10.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining FHDY boʻlimlari faoliyatini moliyalashtirish uchun maxsus tashkil qilinadigan shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga yoʻnaltirilgan mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 5-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3066]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2020-yil 24-oktabrdagi 3-son va Moliya vazirligining 2020-yil 15-oktabrdagi 46-sonli ““Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining FHDY boʻlimlari faoliyatini moliyalashtirish uchun maxsus tashkil qilinadigan shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga yoʻnaltirilgan mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3066-1, 29.10.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-iyundagi PQ-3785-son “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining FHDY boʻlimlari faoliyatini moliyalashtirish uchun maxsus tashkil qilinadigan shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga yoʻnaltirilgan mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya vaziri R. DAVLETOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 1-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
256-um-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri D. KUChKAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 1-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
119-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Moliya vazirligining 2018-yil 1-avgustdagi 256-um va 119-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining FHDY boʻlimlari faoliyatini moliyalashtirish uchun maxsus tashkil qilinadigan shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga yoʻnaltirilgan mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-iyundagi PQ-3785-son “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq FHDY boʻlimlari va nikoh uylari (bundan buyon matnda FHDY boʻlimlari deb yuritiladi) faoliyatini moliyalashtirish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining maxsus tashkil qilinadigan shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi (bundan buyon matnda maxsus hisobvaraq deb yuritiladi) mablagʻlaridan foydalanish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Maxsus hisobvaraq mablagʻlarini tasarruf etish Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, boshqa qonun hujjatlari hamda mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining maxsus gʻaznachilik shaxsiy hisobvaragʻiga gerb yigʻimidan tushadigan mablagʻlarning 40 foizi, shuningdek, FHDY boʻlimlari tomonidan koʻrsatiladigan pullik xizmatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining maxsus tashkil qilinadigan gʻaznachilik shaxsiy hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladi va faqat FHDY boʻlimlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha tadbirlari, xodimlarining uzoq muddat xizmat qilgani uchun ish haqiga ustama haq toʻlash va martaba darajalari uchun qoʻshimchalariga, shuningdek, ularni moddiy ragʻbatlantirishga (lavozim maoshining va mukofotlarning 100 foizi miqdorigacha shaxsiy ustamalar) ishlatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Maxsus hisobvaraq mablagʻlarini shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Maxsus hisobvaraq daromadlari quyidagilar hisobidan shakllantiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining maxsus gʻaznachilik shaxsiy hisobvaragʻiga gerb yigʻimidan tushadigan mablagʻlarning 40 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FHDY boʻlimlari tomonidan pullik xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlarning 100 foizi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mablagʻlar tuman (shahar) mahalliy budjetlari uchun ochilgan tegishli (25 razryadli 4014 Taqsimlanishi nazarda tutilgan mablagʻlar (tranzit) xisobvaraqlar orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari uchun ochilgan (27 razryadli 4014 Taqsimlanishi nazarda tutilgan mablagʻlar (tranzit) maxsus hisobvaraqqa kelib tushadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Maxsus hisobvaraq mablagʻlaridan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Maxsus hisobvaraqdagi mablagʻlar quyidagilarga yoʻnaltiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FHDY boʻlimlari xodimlarining uzoq muddat xizmat qilgani uchun ish haqiga ustama haq va martaba darajalari uchun qoʻshimchalar toʻlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FHDY boʻlimlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishga (lavozim maoshining 100 foizi miqdorigacha shaxsiy ustamalar va mukofotlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FHDY boʻlimlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha tadbirlarga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Maxsus hisobvaraqdagi mablagʻlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tuman (shahar) hokimliklarining tegishli budjetdan tashqari shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga (4010 Ajratmalar hisobiga shakllanadigan vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari) hududiy moliya boʻlimlari tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan xarajatlar smetasi doirasida xar oylik haqiqiy xarajatlardan kelib chiqib buyurtmanoma asosida moliyalashtirib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tuman (shahar) hokimliklarining tegishli budjetdan tashqari shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga maxsus hisobvaraqdan kelib tushgan mablagʻlarni sarflash Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishilgan va tuman (shahar) moliya boʻlimlari tomonidan belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan xarajatlar smetasiga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Maxsus hisobvaraqdan ajratilgan mablagʻlarning sarflanishi toʻgʻrisidagi hisobot tuman (shahar) hokimliklari tomonidan har oyda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Maxsus hisobvaraqning joriy yilda foydalanilmagan mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga olib qoʻyilmaydi va ulardan keyingi yilda foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Maxsus hisobvaraq mablagʻlarini taqsimlash Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Maxsus hisobvaraq mablagʻlarini xodimlarni moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Maxsus hisobvaraqdan FHDY boʻlimlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy muhofaza qilish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lavozim maoshlariga har oylik shaxsiy ustama oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bayramlarda bir martalik pul mukofoti bilan mukofotlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
martaba darajalari hamda uzoq muddatli xizmat uchun qoʻshimcha haq va ustamalar toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishda muvaffaqiyatlarga erishganligi va muhim topshiriqlarni bajarganligi uchun alohida xodimlarni mukofotlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. FHDY boʻlimlari xodimlariga lavozim maoshlarining 100 foizigacha boʻlgan miqdorda har oylik shaxsiy ustamalar oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsiy ustamalar tuman (shahar) hokimining oʻrinbosarlari — tuman (shahar) xotin-qizlar qoʻmitalari raislari tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. FHDY boʻlimlari xodimlari bayramlar munosabati bilan bir oylik mehnatga haq toʻlash fondi (lavozim maoshi va ragʻbatlantirish koeffitsiyenti) miqdorigacha bir martalik mukofot bilan moddiy ragʻbatlantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. FHDY boʻlimlari xodimlariga martaba darajalari hamda uzoq muddatli xizmat uchun qoʻshimcha haq va ustamalar toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-iyuldagi 498-son “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ishda muvaffaqiyatlarga erishganligi va muhim topshiriqlarni bajarganligi uchun FHDY boʻlimlarining alohida xodimlari tuman (shahar) hokimi tomonidan eng kam ish haqining 10 baravari miqdorigacha boʻlgan bir martalik mukofot bilan ragʻbatlantirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Moddiy ragʻbatlantirishning aniq miqdorlari mazkur Nizomning 11 — 15-bandlari bilan belgilangan doirada, maxsus hisobvaraq tushumlari hajmidan kelib chiqib, har yili Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ushbu Nizom talablarini buzishda aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2018-y., 10/18/3066/1836-son)