Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasida tibbiy-ijtimoiy patronaj tizimini tashkil etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 3-dekabrdagi 589-son qarori bilan tasdiqlangan Yosh avlodni sogʻlomlashtirish toʻgʻrisidagi dasturiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasida tibbiy-ijtimoiy patronaj tizimi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. “Sogʻlom avlod uchun” hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro xayriya jamgʻarmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasida, har bir viloyatda va Toshkent shahrida koʻchma ijtimoiy-tibbiy yordamni tashkil etish uchun jamgʻarma mablagʻlari hisobidan “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasining hududiy boʻlimlariga hamda tibbiy-ijtimoiy markazga 15 ta ixtisoslashtirilgan avtoambulanslar ajratish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
3. Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ijtimoiy taʼminot vazirligi va “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi tibbiy-ijtimoiy yordam koʻchma brigadalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan taʼminlasinlar.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tibbiy-ijtimoiy patronaj boʻyicha davlat va jamoat tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtirish va kuchaytirish uchun joylarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining oʻrinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining oʻrinbosarlari raisligida komissiyalar tuzsinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Sogʻlom avlod uchun” hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro xayriya jamgʻarmasiga respublika budjetidan hamda jamgʻarmaning hududiy boʻlimlariga mahalliy budjet hisobidan ijtimoiy yordam koʻchma brigadalari xodimlarini 2-ilovaga muvofiq taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasida tibbiy-ijtimoiy patronaj tizimini yanada rivojlantirish uchun zarur boʻlgan mablagʻlarning har yili ajratilishini nazarda tutsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Ijtimoiy taʼminot vazirligi, “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi bilan birgalikda tibbiy-ijtimoiy patronaj xodimlarini tayyorlashni tashkil etsinlar.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi bir oid muddatda Ishchilar kasabalari va xizmatchilar lavozimlari respublika klassifikatoriga yangi “tibbiy-ijtimoiy xodim” ixtisosini belgilangan tartibda kiritsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari S. S. Saidqosimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 22-fevral,
71-son
Oʻzbekiston Respublikasida tibbiy-ijtimoiy patronaj tizimi toʻgʻrisida
NIZOM
1. Tibbiy-ijtimoiy patronaj, ayniqsa qishloq joylarida har bir oilani oʻrganishning ijtimoiy, demografik, iqtisodiy va tibbiy jihatlarini oʻz ichiga oluvchi ijtimoiy sohada faoliyat koʻrsatadigan turli idoralar, tashkilotlar va muassasalarning sayʼ-harakatlarini birlashtiradi.
2. Tibbiy-ijtimoiy patronaj oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasida yashaydigan xalqlarning asriy anʼanalariga, mamlakatimiz hamda jahon ilm-yutuqlariga asoslanadi va Oʻzbekiston Respublikasida oʻtkazilayotgan samarali ijtimoiy siyosiy prinsiplarini har bir oilaga yetkazishga daʼvat etilgan.
3. Tibbiy-ijtimoiy patronaj oʻz funksiyalariga koʻra har bir oilaning tibbiy-ijtimoiy ahvolini doimiy va rejali oʻrganib borishni (monitoringni) amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Quyidagilar tibbiy-ijtimoiy patronajning maqsadlari hisoblanadi:
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ijtimoiy taʼminot vazirligi va “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi tomonidan ishlab chiqilgan koʻrsatkichlar (indikatorlar) yordamida, mahalliy hokimiyat organlari bilan yaqin aloqada yashashning sanitariya-gigiyenik shart-sharoitlarini, oilaning psixologik muhitini, uning aʼzolarining, ayniqsa ayollar va bolalarning salomatligi ahvolini aniqlash;
tibbiy, ijtimoiy va psixologik yordamga, ijtimoiy-huquqiy himoyaga muhtoj boʻlgan ayollar va bolalarni oʻz vaqtida aniqlash;
oilada sogʻlom turmush tarzini shakillantirish.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Koʻrsatib oʻtilgan maqsadlarga muvofiq tibbiy-ijtimoiy-patronaj tizimiga quyidagi vazifalar yuklanadi:
oilalarga tibbiy, ijtimoiy va huquqiy yordam koʻrsatish;
ayollarga va bolalarni sogʻlomlashtirishda yordam koʻrsatish, oilani rejalashtirishga, vaksinatsiyalashning va turli kasalliklarni oldini olishning zarurligiga doir keng tushuntirish ishlari olib borish, vaksinatsiyalashni nazorat qilish;
sanitariya-maʼrifiy ishlarni amalga oshirish.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Tibbiy-ijtimoiy patronaj ishlarini quyidagilar amalga oshiradilar:
“Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasining tibbiy-ijtimoiy markazi;
tibbiy-ijtimoiy xodimlar;
“Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi hududiy boʻlimlarining va tayanch punktlarining bosh mutaxassislari;
sogʻliqni saqlash boshlangʻich boʻgʻinining patronaj tibbiy hamshiralari va akusherkalari;
ijtimoiy taʼminot organlarining patronaj hamshiralari;
Keyingi tahrirga qarang.
Qizil Yarim oy Jamiyatining shafqat hamshiralari.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Tibbiy-ijtimoiy patronaj ishlari brigada prinsipi boʻyicha tashkil etiladi.
Brigada tarkibiga sogʻliqni saqlash, ijtimoiy taʼminot, maorif organlarining, Qizil Yarim oy Jamiyatining, “Sogʻlom avlod uchun”, “Mahalla”, “Ekosan”, Bolalar jamgʻarmalarining va boshqa jamoat tashkilotlarining vakillari kiradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Tibbiy-ijtimoiy patronaj xizmatini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining oʻrinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosarlari raisligida tibbiy-patronaj boʻyicha komissiyalar boshqaradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Tibbiy-ijtimoiy patronaj boʻyicha komissiyalar, tekshirishlar natijalarini hisobga olgan holda, oilalar ahvolini yaxshilash yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqishadi va qabul qilishadi.
9. Tibbiy-ijtimoiy patronaj xodimlarining burchlari, hisoboti, nazorat tizimi hamda ularning faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash shakllari belgilangan tartibda Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ijtimoiy taʼminot vazirligi va “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Tibbiy-ijtimoiy yordam koʻchirma brigadasini mablagʻ bilan taʼminlash xarajatlari
h i s o b i
|
Bitta brigada hisobiga xarajatlar moddalari |
bir oyda (soʻm) |
bir yilda (soʻm) |
| Ish haqi (6,5 stavka) | 8000 | 96000 |
| Ish haqiga qoʻshimcha summa | 3200 | 38400 |
| Avtomobil xarajatlari | 1000 | 12000 |
| Yonilgʻi-moylash materiallari (300 l) | 4500 | 54000 |
|
Jami: |
16700 | 200400 |
Keyingi tahrirga qarang.