Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
Ruhiy holat buzilishini va xulq-atvor buzilishini tashxis qilish va davolash boʻyicha xususiy tibbiyot tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxatini tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 28-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3062]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-martdagi PQ-3606-son “Psixiatriya yordami koʻrsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Ruhiy holat buzilishini va xulq-atvor buzilishini tashxis qilish va davolash boʻyicha xususiy tibbiyot tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. SHADMANOV
Toshkent sh.,
2018-yil 8-avgust,
47-son
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2018-yil 8-avgustdagi 47-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Ruhiy holat buzilishini va xulq-atvor buzilishini tashxis qilish va davolash boʻyicha xususiy tibbiyot tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar
ROʻYXATI
1. (F00 — F09) organik, shu jumladan simptomatik ruhiy buzilishlarda tibbiy xizmatlar koʻrsatish;
2. (F20 — F29) shizofreniya, shizotipik va vasvasa buzilishlarida tibbiy xizmatlar koʻrsatish;
3. (F30 — F39) affektiv buzilishlarda tibbiy xizmatlar koʻrsatish;
4. (F40 — F48) stressga bogʻliq nevrotik va somatoform buzilishlarida tibbiy xizmatlar koʻrsatish;
5. (F50 — F59) fiziologik buzilishlar va jismoniy omillar bilan bogʻliq boʻlgan xulq-atvor sindromlarida tibbiy xizmatlar koʻrsatish;
6. (F60 — F69) yetuklik yoshdagi shaxs va xulq-atvor buzilishlarida tibbiy xizmatlar koʻrsatish;
7. (F70 — F79) aql zaifligida tibbiy xizmatlar koʻrsatish;
8. (F80 — F89) psixologik (ruhiy) rivojlanishning buzilishlarida tibbiy xizmatlar koʻrsatish;
9. (F90 — F98) odatda bolalik va oʻsmirlik yoshida boshlanadigan emotsional va xulq-atvor buzilishlarida tibbiy xizmatlar koʻrsatish.
Izoh:
1. Mazkur kasalliklar roʻyxati ICD-10 xalqaro kasalliklar (Oʻzbekiston Respublikasida foydalanish uchun moslashtirilgan) tasnifiga binoan shakllantirildi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Ixtisoslashtirilgan malakali psixiatrik tibbiy yordam oʻzi va atrofdagilar uchun xavfli boʻlmagan ruhiy va xulq-atvor buzilishlari kuzatilgan shaxslarga ularning maʼlumotlarni bilgan holda tibbiy aralashuvga ixtiyoriy roziligi asosida (oʻn toʻrt yoshgacha boʻlgan voyaga yetmagan shaxslar, shuningdek qonunda belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar uchun ularning qonuniy vakillari tomonidan maʼlumotlarni bilgan holda tibbiy aralashuvga ixtiyoriy roziligi asosida) koʻrsatiladi.
(izohning 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2021-yil 6-oktabrdagi 26-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3062-1, 11.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2021-y., 10/21/3062-1/0955-son)
Mazkur Roʻyxat Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Oʻzbekiston xususiy amaliyot vrachlari assotsiatsiyasi bilan kelishilgan.
Kelishildi:
Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
2018-yil 8-avgust
Oʻzbekiston xususiy amaliyot vrachlari Assotsiatsiyasi raisi A. VAISOV
2018-yil 8-avgust
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2018-y., 10/18/3062/1808-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2021-y., 10/21/3062-1/0955-son)