Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tuzilmasi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining faoliyati samaradorligini oshirish va tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 2-iyuldagi PQ-3825-son qarori ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 22-avgust,
680-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-avgustdagi 680-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
3. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-sentabrdagi 419-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT., 2004-y., 9-son, 91-modda) bilan tasdiqlangan Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining ustavi 10-bandining toʻqqizinchi xatboshidagi va 16-bandining oltinchi xatboshidagi “tarbiya va sport” soʻzlari “tarbiya, sport va turizm” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
5. Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 12-son, 63-modda) 8-bandining birinchi xatboshidagi “tarbiya va sport” soʻzlari “tarbiya, sport va turizm” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2008-yil 1-avgustdagi 165-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 8-son, 41-modda) 7-bandining birinchi xatboshidagi “tarbiya va sport” soʻzlari “tarbiya, sport va turizm” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portaliga axborotlarni taqdim etish va joylashtirish tartibi toʻgʻrisida” 2009-yil 21-apreldagi 116-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 30-modda):
a) 1-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “Ijro etuvchi apparati” soʻzlari “Apparati” soʻzi bilan almashtirilsin;
b) 3-ilovada:
nomidagi “Ijro etuvchi apparati” soʻzlari “Apparati” soʻzi bilan almashtirilsin;
7, 9, 10, 12 — 14-bandlardagi “Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish” soʻzlari “Elektron hukumat, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va axborot xavfsizligini taʼminlash” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ilovaning “Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti” blokidagi “Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish” soʻzlari “Elektron hukumat, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va axborot xavfsizligini taʼminlash” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Kioto protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi doirasida “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining kompressor stansiyalarida tabiiy gaz sizib chiqishini kamaytirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 23-iyundagi 175-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2009-y., 26-son, 298-modda) ilovaning ikkinchi xatboshidan “turizm” soʻzi chiqarib tashlansin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining himoyaga muhtoj bolalarni ijtimoiy muhofaza qilishni muvofiqlashtirish, nazorat qilish va monitoringini olib borish boʻyicha jamoatchilik kengashi hamda ilmiy-metodik kengashi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2014-yil 20-yanvardagi 11-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 4-son, 48-modda):
a) 1-ilovaning 15-bandidagi “tarbiya va sport” soʻzlari “tarbiya, sport va turizm” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning yettinchi xatboshidagi “tarbiya va sport” soʻzlari “tarbiya, sport va turizm” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
12. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 17-avgustdagi 241-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2015-y., 33-son, 441-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish davlat komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomning 12-bandidagi “tarbiya va sport” soʻzlari “tarbiya, sport va turizm” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
14. Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni qoidalarini amalga oshirishga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlar koʻrish toʻgʻrisida” 2015-yil 6-noyabrdagi 320-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2015-y., 45-son, 575-modda) 2-ilovaning ikkinchi va oʻn oltinchi xatboshilaridagi “Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish” soʻzlari “Elektron hukumat, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va axborot xavfsizligini taʼminlash” soʻzlari bilan almashtirilsin.
15. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 12-noyabrdagi 330-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 11-son, 100-modda) bilan tasdiqlangan Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish, olib chiqishga sertifikat olish uchun ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandidagi “tarbiya va sport” soʻzlari “tarbiya, sport va turizm” soʻzlari bilan almashtirilsin.
16. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-apreldagi 107-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 4-son, 25-modda) bilan tasdiqlangan Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 11-bandi va 15-bandining uchinchi xatboshidagi “ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport” soʻzlari “jismoniy tarbiya, sport va turizm” soʻzlari bilan almashtirilsin.
17. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-son qarori bilan tasdiqlangan Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portali toʻgʻrisida nizomda (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 6-son, 47-modda):
a) 5-bandning ikkinchi xatboshidagi “Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish” soʻzlari “Elektron hukumat, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va axborot xavfsizligini taʼminlash” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 10-bandning ikkinchi xatboshidagi va 11-bandning uchinchi xatboshidagi “Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar” soʻzlari “Elektron hukumat, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va axborot xavfsizligini taʼminlash” soʻzlari bilan almashtirilsin.
18. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 23-fevraldagi 141-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 2-son, 48-modda) 1-ilovaning 22-bandidagi “tarbiya va sport” soʻzlari “tarbiya, sport va turizm” soʻzlari bilan almashtirilsin.
19. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi vakillarining oʻqishini tashkil etish uchun Yaponiya Hukumati grantidan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 9-martdagi 189-son qarori 2-bandi beshinchi xatboshidagi “tarbiya va sport” soʻzlari “tarbiya, sport va turizm” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 481-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2020-y., 09/20/481/1169-son)
21. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-maydagi 318-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 5-son, 98-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toʻgʻrisida nizomning 45-bandidagi “Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni” soʻzlari “Elektron hukumat, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va axborot xavfsizligini taʼminlash” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2018-y., 09/18/680/1791-son; 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son; 13.08.2020-y., 09/20/481/1169-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)