1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.01.00 Boj toʻlovlarining umumiy qoidalari;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.09.00.00 Xalqaro iqtisodiy hamkorlik / 19.09.06.00 Xalqaro yuk tashish]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy avtotashuvchilarni xalqaro yoʻllarda tashish kitobchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi bojxona Konvensiyasi nizomlaridan Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanish huquqidan mahrum qilish va bunday huquqni tiklash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-dekabrdagi 727-sonli “Xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2022-yil 4-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 12-apreldagi PF-5414-son Farmoniga asosan va XYT kitobchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi bojxona Konvensiyasini (XYT Konvensiyasi, 1975-y.) qoʻllash doirasida bojxona ishini huquqiy tartibga solishni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xorijiy avtotashuvchilarni xalqaro yoʻllarda tashish kitobchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi bojxona Konvensiyasi nizomlaridan Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanish huquqidan mahrum qilish va bunday huquqni tiklash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.S. Otajonov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 17-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
673-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-avgustdagi 673-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy avtotashuvchilarni xalqaro yoʻllarda tashish kitobchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi bojxona Konvensiyasi nizomlaridan Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanish huquqidan mahrum qilish va bunday huquqni tiklash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom xorijiy avtotashuvchilarni (keyingi oʻrinlarda tashuvchi deb ataladi) 1975-yil 14-noyabrdagi xalqaro yoʻllarda tashish kitobchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi bojxona Konvensiyasi (keyingi oʻrinlarda Konvensiya deb ataladi) nizomlaridan Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanish huquqidan mahrum qilish va bunday huquqni tiklash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda DBQ deb ataladi), Oʻzbekiston Respublikasi hududida Konvensiya nizomlaridan foydalanish huquqidan mahrum qilingan va bunday huquqi tiklangan tashuvchilarning, ushbu Nizom ilovasida belgilangan shaklda, reyestrini yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Xorijiy avtotashuvchini Konvensiya nizomlaridan foydalanish huquqidan mahrum qilish shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tashuvchi DBQ qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida quyidagi hollarda Konvensiya nizomlaridan foydalanish huquqidan mahrum qilinishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) xalqaro yoʻllarda tashish (keyingi oʻrinlarda XYT deb ataladi) tartibi buzilganligi munosabati bilan bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha majburiyatini bajarmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) quyidagilarda ifodalanadigan Konvensiya nizomlarining bir necha bor buzilishi va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi bojxona qonunchiligi talablariga rioya qilmaslik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali tovarlarning noqonuniy olib oʻtilishida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona nazoratidagi tovarlarni, Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlari tomonidan yoki Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududida Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan yetkazib berish joyiga yetkazmaslikda, bojxona organlari ruxsatisiz bojxona nazoratidagi tovarlarni boshqa shaxslarga berib yuborishda yoki ularni yoʻqotishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan bojxona organlari tomonidan chiqarib yuborilishiga ruxsat berilgan tovarlarning ishlatilishida va (yoki) ularga egalik qilishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksida belgilangan muddatlarda xalqaro tashuvdagi transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqib ketmaslikda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagi hollarda hududiy bojxona boshqarmalari uch kun muddatda tashuvchini Oʻzbekiston Respublikasi hududida Konvensiya nizomlaridan foydalanish huquqidan mahrum qilinishi boʻyicha DBQ ga takliflar yuboradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona organlari tomonidan XYT tartibi buzilganligi munosabati bilan bojxona toʻlovlari undirilishi boʻyicha qaror qabul qilingan sanadan oʻttiz kalendar kuni oʻtgandan soʻng tashuvchi tomonidan bojxona toʻlovlarini toʻlash majburiyati bajarilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashuvchi va (yoki) uni vakolatli shaxsiga nisbatan maʼmuriy jazo qoʻllash boʻyicha qaror yoxud tashuvchining vakolatli shaxsiga nisbatan jinoiy ish boʻyicha qaror qonuniy kuchga kirgandan soʻng (keyingi oʻrinlarda sud qarorlari deb ataladi), agar bunday sud qarorlari ijro etilmagan taqdirda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tashuvchini Oʻzbekiston Respublikasi hududida Konvensiya nizomlaridan foydalanish huquqidan mahrum qilish boʻyicha qaror (keyingi oʻrinlarda huquqidan mahrum qilish boʻyicha qaror deb ataladi), mazkur Nizomning 3-bandida belgilangan holatlarda hududiy bojxona boshqarmalari tomonidan DBQ ga taqdim qilingan takliflar asosida, DBQ xatlariga muvofiq rasmiylashtirilib, hududiy bojxona boshqarmalari, tashuvchi, XYT Ijroiya kengashi, Kafolat birlashmasi va tashuvchi tashkil etilgan yoki doimiy manzilgohi joylashgan davlatning vakolatli organi manzillariga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Xorijiy avtotashuvchining Konvensiya nizomlaridan foydalanish huquqini tiklash shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tashuvchilarda DBQning qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida Konvensiya nizomlaridan foydalanish huquqi tiklanishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ushbu huquqdan mahrum qilish uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan quyidagi hollarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona toʻlovlari toʻlanishi yoki ularni undirish majburiyatining bajarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashuvchi yoki uning vakolatli shaxsini Oʻzbekiston Respublikasi bojxona qonunchiligini buzganlikda aybdor deb topish toʻgʻrisidagi sud qarorining belgilangan tartibda bekor qilinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashuvchi yoki uning vakolatli shaxsini maʼmuriy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qarorning ijro etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mazkur Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida Konvensiya nizomlaridan foydalanish huquqidan mahrum qilinishi mumkin boʻlgan bojxona qonunchiligining boshqa buzilish holatlarining mavjud emasligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi hududida Konvensiya nizomlaridan foydalanish huquqini tiklash toʻgʻrisidagi qaror (keyingi oʻrinlarda huquqni tiklash toʻgʻrisidagi qaror deb ataladi) ushbu Nizomning 6-bandida belgilangan shartlarga tashuvchi tomonidan rioya etilgan taqdirda qabul qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqni tiklash toʻrisidagi qaror, tashuvchinig hududiy bojxona boshqarmasiga, huquqdan mahrum qilinishiga sabab boʻlganlarni bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda, ixtiyoriy shakldagi yozma ravishda bergan arizasiga (keyingi oʻrinlarda tashuvchining arizasi deb ataladi) binoan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy bojxona boshqarmalari, tashuvchini huquqdan mahrum qilish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan holda, tashuvchining arizasi qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kun muddat ichida DBQga takliflar taqdim etishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashuvchining arizasi va Oʻzbekiston Respublikasi hududida Konvensiya nizomlaridan foydalanish huquqini tiklash toʻgʻrisidagi hududiy bojxona boshqarmasining taklifi DBQ tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashuvchini arizasi va hududiy bojxona boshqarmasining takliflarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha DBQ tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida Konvensiya nizomlaridan foydalanish huquqini tiklash yoki bunday huquqning tiklanishini rad etish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, huquqni tiklash yoki uning tiklanishini rad etish toʻgʻrisidagi qarorni koʻrib chiqish va qabul qilish muddati oʻn ish kunidan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Huquqni tiklash toʻgʻrisidagi qaror DBQ xatlariga muvofiq rasmiylashtirilib, hududiy bojxona boshqarmalari, tashuvchi, XYT Ijroiya kengashi, Kafolat birlashmasi va tashuvchi tashkil etilgan yoki doimiy manzilgohi joylashgan mamlakatning vakolatli organi manzillariga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy avtotashuvchilarni xalqaro yoʻllarda tashish kitobchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi bojxona Konvensiyasi nizomlaridan Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanish huquqidan mahrum qilish va bunday huquqni tiklash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1975-yil 14-noyabrdagi xalqaro yoʻllarda tashish kitobchasini qoʻllagan holda yuklarni halqaro tashish toʻgʻrisidagi bojxona Konvensiyasi nizomlaridan Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanish huquqidan mahrum qilingan yoki bunday huquqi tiklangan tashuvchilar reyestri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro yoʻllarda tashish kitobchasi egasining identifikatsiyalash
raqami
Tashuvchining nomi
Tashuvchining turar joyi
(mamlakati, manzili)
Davlat bojxona qoʻmitasining tashuvchini Oʻzbekiston Respublikasi hududida xalqaro yoʻllarda tashish kitobchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi bojxona Konvensiyasi
nizomlaridan foydalanish huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi xatining raqami
va sanasi
Tashuvchini Oʻzbekiston Respublikasi hududida xalqaro yoʻllarda tashish kitobchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi bojxona Konvensiyasi
nizomlaridan foydalanish huquqidan mahrum qilish asosi
Qonun buzilishi sodir etilgan xalqaro yoʻllarda tashish kitobchasining
raqami
Davlat bojxona qoʻmitasining tashuvchining Oʻzbekiston Respublikasi hududida xalqaro yoʻllarda tashish kitobchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi bojxona Konvensiyasi
nizomlaridan foydalanish huquqini tiklash toʻgʻrisidagi xatining
raqami
va sanasi
Tashuvchining Oʻzbekiston Respublikasi hududida xalqaro yoʻllarda tashish kitobchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi bojxona Konvensiyasi
nizomlaridan foydalanish huquqi tiklash asoslari
Izoh
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2018-y., 09/18/673/1774-son)