15.08.2018 yildagi 666-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 20.06.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilarining kiyinish madaniyati va tartib-intizomga amal qilish koʻnikmalarini mustahkamlash, salomatliklarini muhofaza qilish uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish, maʼnaviy va jismoniy sogʻlom avlodni kamol toptirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasining 2018/2019 oʻquv yili davomida davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquvchilar uchun zamonaviy yagona maktab formasini (keyingi oʻrinlarda maktab formasi deb yuritiladi) joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasining shakllari 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab oʻquvchilarning davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasasiga 1-ilovaga muvofiq tasdiqlangan shakllardagi maktab formasida kelishlari ixtiyoriy, 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab esa majburiy hisoblanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-iyundagi 509-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/509/3316-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi maktab formasini ishlab chiqaruvchi tashkilotlarni belgilashda ularning texnologik jihatdan ishlab chiqarish imkoniyatlari va hududiy joylashuvini (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududida) inobatga olgan holda maktab formasini ishlab chiqaruvchi tashkilotlar roʻyxatini hududlar boʻyicha shakllantirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi bilan birgalikda maktab formasi savdosini tashkil qilish maqsadida respublikaning har bir tuman (shahar) markazida aholiga qulay joylarda maktab formasini ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning savdo shoxobchalarini tashkil etsin va ularning joylashish manzillarini ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi maktab formasining belgilangan standartlarga, sanitariya qoidalari normalari va gigiyena normativlariga muvofiq sifatli toʻqimachilik mahsulotlaridan tayyorlanishi ustidan nazorat oʻrnatsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018/2019 oʻquv yilidan boshlab maktab formasining davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida ixtiyoriy joriy qilinishiga koʻmaklashsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024/2025 oʻquv yilidan boshlab maktab formasining davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida toʻliq joriy etilishini taʼminlasin;
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-iyundagi 509-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/509/3316-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilarning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar orasida davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga maktab formasida kelishning afzalliklari toʻgʻrisida tushuntirish ishlarini olib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tijorat banklariga aholining maktab formalarini xarid qilishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmaydigan foiz stavkasi boʻyicha qisqa muddatli (olti oydan kam boʻlmaydigan) isteʼmol kreditlari ajratish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasiga ushbu qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyati, maktab formasi joriy qilinishining oʻquvchilar oʻrtasida ijtimoiy tenglikni mustahkamlashga va sifatli taʼlim-tarbiya olish uchun sharoit yaratishga xizmat qilishi ommaviy axborot vositalarida, jumladan, ijtimoiy roliklar orqali muntazam va keng yoritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduhakimov, xalq taʼlimi vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 15-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
666-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi 666-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formalarining shakllari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 — 6-sinflar uchun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T.r

Kiyimlar

Rangi

Mato tarkibi

Izoh

1.

Koʻylak

oq

100% paxta

Oddiy klassik bichimda tikilgan, yengi kalta variantda ham tikiladi.

2.

Nimcha

koʻk, koʻk katak

65% paxta,

35% poliester

Oʻgʻil bolalar nimchasining old tarafida koʻk katak matodan foydalanilgan, qiz bolalar nimchasining yonida yolgʻon choʻntak tikilgan.

3.

Shim

koʻk

65% paxta,

35% poliester

Shimning old qismida stryelka va ikki yonida choʻntaklari bor. Shim kiyib yurilganida oyoqning toʻpigʻi yopiq holatda boʻlishi taʼminlanishi shart.

4.

Yubka

koʻk katak

65% paxta,

35% poliester

Trapetsiya shaklida tikilgan va yon qismida toʻrtta yigʻma mavjud. Yubka kiyib yurilganida tizzadan tepasini toʻliq yopishi va tizzadan pastga koʻpi bilan 8 santimetrgacha uzaytirilishi mumkin.

5.

Yengil kurtka

koʻk

65% paxta,

35% poliester

Erkin bichimda tikilgan, yoqa va manjet qismida rezina material va ikki yonida choʻntaklari bor.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7 — 11-sinflar uchun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T.r

Kiyimlar

Rangi

Mato tarkibi

Izoh

1.

Koʻylak

oq

70% paxta,

30% poliester

Klassik uslubda tikilgan, yengi uzun
va kalta variantlarda tikiladi.

2.

Nimcha

toʻq koʻk

45% paxta,

55% poliester

Oʻgʻil bolalarning nimchasida ikki qator tugma va qizlarnikida bir qator tugma mavjud.

3.

Shim

toʻq koʻk

45% paxta,

55% poliester

Shimning old qismida stryelka va ikki yonida choʻntaklari bor.Shim kiyib yurilganda oyoqning toʻpigʻi yopiq holatda boʻlishi taʼminlanishi shart.

4.

Yubka

toʻq koʻk

45% paxta,

55% poliester

Tizzadan yuqori boʻlmagan, klassik uslubda tikilgan.Yubka kiyib yurilganida tizzadan tepasini toʻliq yopishi va tizzadan pastga koʻpi bilan 12 santimetrgacha uzaytirilishi mumkin.

5.

Pidjak

toʻq koʻk

45% paxta,

55% poliester

Klassik uslubda tikilgan, relyef vitochkalari va choʻntaklari mavjud.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi 666-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizom
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari (keyingi oʻrinlarda taʼlim muassasalari deb yuritiladi) oʻquvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini (keyingi oʻrinlarda — maktab formasi) joriy etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizom talablari taʼlim muassasalari oʻquvchilari uchun majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom talablari ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari va maktab-internatlari, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktablari va maktab-internatlari uchun tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Maktab formasining matosi oʻquvchilarning yoshiga, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga toʻliq javob berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Taʼlim muassasalari oʻquvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etishning maqsad va vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Maktab formasini joriy etishning maqsadi oʻquvchilarning bilimli, odob-axloqli, sogʻlom fikrli, har tomonlama barkamol shaxs boʻlib yetishishiga koʻmaklashish, oʻzaro tenglik va belgilangan tartib-qoidalarga itoatkorlik hissini uygʻotish, ularning salomatliklarini muhofaza qilish uchun shart-sharoit yaratish, oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini yuzaga keltirishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar maktab formasini joriy etishning vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasalarida sogʻlom ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish, yosh avlodga zamon talablari va milliy qadriyatlar asosida taʼlim-tarbiya berishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilar oʻrtasida oʻzaro ijtimoiy tenglik tamoyillarini qaror toptirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasalarida oʻquvchilarning ichki tartib va odob-axloq qoidalariga toʻliq rioya etishlarini tartibga solish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga yot boʻlgan “ommaviy madaniyat” xurujlaridan himoya qilishga koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Taʼlim muassasalari oʻquvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan taʼminlash va ularga qoʻyilgan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻquvchilar tomonidan maktab formasini kiyishda quyidagi talablarga rioya etilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kiyimlarning oʻta tor yoki oʻta keng bichimda boʻlmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qizlar uchun yubkaning uzunligi tizzadan 5 — 15 sm pastda boʻlishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻgʻil bolalar uchun shimning uzunligi oyoq toʻpigʻidan pastda boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oyoq kiyimlar poshnasining 3 santimetrdan baland boʻlmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻylakning eng yuqoridagi faqat bitta tugmasidan tashqari boshqa tugmalarning qadalgan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kiyimlarning toza va dazmollangan boʻlishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻquvchilar taʼlim muassasasi binosi ichida bosh kiyimsiz yurishlari lozim, taʼlim muassasasida oʻtkaziladigan turli tadbirlar jarayoni bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida aholi turli millat va diniy konfessiyalar vakillaridan iboratligi hamda majburiy umumiy oʻrta taʼlim dunyoviy xaraktyerga egaligi munosabati bilan oʻquvchilarning maktab formasiga turli din va konfessiyalar xamda turli submadaniyatlarga mansublikni aks ettiruvchi elementlarni (hijob, kipa, kashaya, xoch va boshqalar) qoʻshishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, umumtaʼlim maktablarida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻgʻil bola oʻquvchilarning taʼlim muassasasiga tanasining ochiq qismiga tatuirovka tushirgan yoki pirsing qilgan, soqol qoʻygan, sochi 2-3 santimetrdan uzun boʻlgan va yorqin ranglarga boʻyagan holda kelishlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qiz bola oʻquvchilarning taʼlim muassasasiga tanasining ochiq qismiga tatuirovka tushirgan yoki pirsing qilgan, sochini yorqin ranglarga boʻyagan, yuzini koʻzga tashlanadigan darajada makiyaj qilgan, qulogʻiga bittadan ortiq sirgʻa taqqan, barmoqlariga uzuk taqqan, qoʻl tirnoqlarini boʻyagan va uzun qilib oʻstirgan holda kelishlariga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ob-havo sharoitidan kelib chiqib, oʻquvchilar maktab formasining nimchasini yoki kostyumini, koʻylakning yengi uzun yoki kalta shaklini ixtiyoriy ravishda kiyishlari mumkin. Shuningdek, qishki oʻqish davrida oʻquvchi qizlarga yagona maktab formasiga mos shim kiyishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Taʼlim muassasasi tomonidan maktab formasining namunaviy yagona shakllarining rangli rasmlari va texnik koʻrsatkichlari — matoning tarkibi va rangi haqidagi maʼlumotlar 1 — 6-sinflar va 7 — 11-sinflar kesimida taʼlim muassasasining barchaga koʻrinarli joyiga osib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Taʼlim muassasasi rahbariyati har yili 20-fevralga qadar oʻquvchilarning taxminiy soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni sinflar va jins (oʻgʻil/qiz) kesimida tegishli tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari har yili 1-martga qadar oʻquvchilarning sinflar va jins (oʻgʻil/qiz) kesimidagi tuman (shahar) boʻyicha umumlashtirilgan maʼlumotlarni (prognoz) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi tomonidan tasarrufidagi taʼlim muassasalaridagi jami oʻquvchilarning sinflar va jins (oʻgʻil/qiz) kesimidagi soni (prognoz) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtirgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga har yili 10-martga qadar taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan umumtaʼlim maktablari jami oʻquvchilarining sinflar va jins (oʻgʻil/qiz) kesimidagi soni (prognoz) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni hududlar boʻyicha umumlashtirilgan holda “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasiga har yili 20-martga qadar taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi taqdim etilgan maʼlumotlarni hisobga olgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda har yili aprel-avgust oylari davomida hududlar boʻyicha maktab formalarining ishlab chiqarilishini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi maktab formalarining hududlar va tuman (shahar)lar boʻyicha ishlab chiqarish va savdosi tashkil etiladigan joylar toʻgʻrisidagi manzilli maʼlumotlarni har yili 20-aprelga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga taqdim etadi va ommaviy axborot vositalari orqali savdosi tashkil etiladigan joylar toʻgʻrisidagi manzilli maʼlumotlarni eʼlon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi ishlab chiqaruvchilar va savdo shohobchalarining manzillari haqidagi maʼlumotlar har yili 25-aprelga qadar barcha taʼlim muassasalarga yetkazilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Taʼlim muassasasi rahbariyati tomonidan har yili 1-mayga qadar taʼlim muassasasining barchaga koʻrinadigan joylariga maktab formasini qayerda va qanday tartibda xarid qilish mumkinligi toʻgʻrisida tegishli eʼlon joylashtiriladi hamda taʼlim muassasalari tomonidan ota-onalar oʻrtasida tushuntirish ishlari olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Oʻquvchilar tomonidan zamonaviy yagona maktab formasini kiyish tartibiga rioya qilmaganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻquvchilarning maktab formasini kiyish tartibiga rioya qilmaslik taʼlim muassasasining ichki tartib-qoidalarini buzish deb baholanadi va bunday oʻquvchilarga quyidagi choralar qoʻllanishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ogohlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kundalik daftariga qayd etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tushuntirish ishlarini olib borish uchun ota-onasini xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va taʼlim muassasasidagi yigʻilishlarda ota-onalar ishtirokida muhokama qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oʻquvchilarning taʼlim muassasasiga maktab formasida kelishlarini taʼminlash uchun ota-onalar masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Taʼlim muassasasida oʻquvchilar tomonidan maktab formasini kiyish tartibiga rioya qilinishi taʼlim muassasasi rahbariyati, sinf rahbarlari, yoshlar yetakchisi va pedagog xodimlar tomonidan nazorat qilib boriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilari uchun zamonaviy maktab formasini joriy etish tartibi toʻgʻrisida nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2018-y., 09/18/666/1768-son; 20.06.2019-y., 09/19/509/3316-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2022-y., 09/22/271/0433-son; 07.06.2022-y., 09/22/312/0493-son, 04.10.2022-y., 09/22/558/0887-son)