15.08.2018 yildagi 666-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarining kiyinish madaniyati va tartib-intizomga amal qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash, salomatliklarini muhofaza qilish uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish, ma’naviy va jismoniy sog‘lom avlodni kamol toptirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2018/2019 o‘quv yili davomida davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilar uchun zamonaviy yagona maktab formasini (keyingi o‘rinlarda maktab formasi deb yuritiladi) joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasining shakllari 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, o‘quvchilarning davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasasiga 1-ilovaga muvofiq tasdiqlangan shakllardagi yagona maktab formasi bosqichma-bosqich joriy etiladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-oktabrdagi 558-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2022-y., 09/22/558/0887-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi maktab formasini ishlab chiqaruvchi tashkilotlarni belgilashda ularning texnologik jihatdan ishlab chiqarish imkoniyatlari va hududiy joylashuvini (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududida) inobatga olgan holda maktab formasini ishlab chiqaruvchi tashkilotlar ro‘yxatini hududlar bo‘yicha shakllantirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi bilan birgalikda maktab formasi savdosini tashkil qilish maqsadida respublikaning har bir tuman (shahar) markazida aholiga qulay joylarda maktab formasini ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning savdo shoxobchalarini tashkil etsin va ularning joylashish manzillarini ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi maktab formasining belgilangan standartlarga, sanitariya qoidalari normalari va gigiyena normativlariga muvofiq sifatli to‘qimachilik mahsulotlaridan tayyorlanishi ustidan nazorat o‘rnatsin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2022-y., 09/22/271/0433-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018/2019 o‘quv yilidan boshlab maktab formasining davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ixtiyoriy joriy qilinishiga ko‘maklashsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-oktabrdagi 558-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2022-y., 09/22/558/0887-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quvchilarning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar orasida davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga maktab formasida kelishning afzalliklari to‘g‘risida tushuntirish ishlarini olib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tijorat banklariga aholining maktab formalarini xarid qilishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmaydigan foiz stavkasi bo‘yicha qisqa muddatli (olti oydan kam bo‘lmaydigan) iste’mol kreditlari ajratish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasiga ushbu qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyati, maktab formasi joriy qilinishining o‘quvchilar o‘rtasida ijtimoiy tenglikni mustahkamlashga va sifatli ta’lim-tarbiya olish uchun sharoit yaratishga xizmat qilishi ommaviy axborot vositalarida, jumladan, ijtimoiy roliklar orqali muntazam va keng yoritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri B.O. Saidov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari kotibiyatiga yuklansin.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2022-y., 09/22/271/0433-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 15-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
666-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi 666-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formalarining shakllari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 — 6-sinflar uchun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T.r

Kiyimlar

Rangi

Mato tarkibi

Izoh

1.

Ko‘ylak

oq

100% paxta

Oddiy klassik bichimda tikilgan, yengi kalta variantda ham tikiladi.

2.

Nimcha

ko‘k, ko‘k katak

65% paxta,

35% poliester

O‘g‘il bolalar nimchasining old tarafida ko‘k katak matodan foydalanilgan, qiz bolalar nimchasining yonida yolg‘on cho‘ntak tikilgan.

3.

Shim

ko‘k

65% paxta,

35% poliester

Shimning old qismida stryelka va ikki yonida cho‘ntaklari bor. Shim kiyib yurilganida oyoqning to‘pig‘i yopiq holatda bo‘lishi ta’minlanishi shart.

4.

Yubka

ko‘k katak

65% paxta,

35% poliester

Trapetsiya shaklida tikilgan va yon qismida to‘rtta yig‘ma mavjud. Yubka kiyib yurilganida tizzadan tepasini to‘liq yopishi va tizzadan pastga ko‘pi bilan 8 santimetrgacha uzaytirilishi mumkin.

5.

Yengil kurtka

ko‘k

65% paxta,

35% poliester

Erkin bichimda tikilgan, yoqa va manjet qismida rezina material va ikki yonida cho‘ntaklari bor.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7 — 11-sinflar uchun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T.r

Kiyimlar

Rangi

Mato tarkibi

Izoh

1.

Ko‘ylak

oq

70% paxta,

30% poliester

Klassik uslubda tikilgan, yengi uzun
va kalta variantlarda tikiladi.

2.

Nimcha

to‘q ko‘k

45% paxta,

55% poliester

O‘g‘il bolalarning nimchasida ikki qator tugma va qizlarnikida bir qator tugma mavjud.

3.

Shim

to‘q ko‘k

45% paxta,

55% poliester

Shimning old qismida stryelka va ikki yonida cho‘ntaklari bor.Shim kiyib yurilganda oyoqning to‘pig‘i yopiq holatda bo‘lishi ta’minlanishi shart.

4.

Yubka

to‘q ko‘k

45% paxta,

55% poliester

Tizzadan yuqori bo‘lmagan, klassik uslubda tikilgan.Yubka kiyib yurilganida tizzadan tepasini to‘liq yopishi va tizzadan pastga ko‘pi bilan 12 santimetrgacha uzaytirilishi mumkin.

5.

Pidjak

to‘q ko‘k

45% paxta,

55% poliester

Klassik uslubda tikilgan, relyef vitochkalari va cho‘ntaklari mavjud.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi 666-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizom
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari (keyingi o‘rinlarda ta’lim muassasalari deb yuritiladi) o‘quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini (keyingi o‘rinlarda — maktab formasi) joriy etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizom talablari ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom talablari ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari va maktab-internatlari, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktablari va maktab-internatlari uchun tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Maktab formasining matosi o‘quvchilarning yoshiga, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga to‘liq javob berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etishning maqsad va vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Maktab formasini joriy etishning maqsadi o‘quvchilarning bilimli, odob-axloqli, sog‘lom fikrli, har tomonlama barkamol shaxs bo‘lib yetishishiga ko‘maklashish, o‘zaro tenglik va belgilangan tartib-qoidalarga itoatkorlik hissini uyg‘otish, ularning salomatliklarini muhofaza qilish uchun shart-sharoit yaratish, o‘quvchilar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yuzaga keltirishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar maktab formasini joriy etishning vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim muassasalarida sog‘lom ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish, yosh avlodga zamon talablari va milliy qadriyatlar asosida ta’lim-tarbiya berishga ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quvchilar o‘rtasida o‘zaro ijtimoiy tenglik tamoyillarini qaror toptirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning ichki tartib va odob-axloq qoidalariga to‘liq rioya etishlarini tartibga solish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga yot bo‘lgan “ommaviy madaniyat” xurujlaridan himoya qilishga ko‘maklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash va ularga qo‘yilgan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘quvchilar tomonidan maktab formasini kiyishda quyidagi talablarga rioya etilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kiyimlarning o‘ta tor yoki o‘ta keng bichimda bo‘lmasligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qizlar uchun yubkaning uzunligi tizzadan kamida 5 — 15 sm pastda bo‘lishi;
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-oktabrdagi 558-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2022-y., 09/22/558/0887-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘g‘il bolalar uchun shimning uzunligi oyoq to‘pig‘idan pastda bo‘lishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oyoq kiyimlar poshnasining 3 santimetrdan baland bo‘lmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘ylakning eng yuqoridagi faqat bitta tugmasidan tashqari boshqa tugmalarning qadalgan bo‘lishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kiyimlarning toza va dazmollangan bo‘lishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘quvchilar ta’lim muassasasi binosi ichida bosh kiyimsiz yurishlari lozim, ta’lim muassasasida o‘tkaziladigan turli tadbirlar jarayoni bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida aholi turli millat va diniy konfessiyalar vakillaridan iboratligi hamda majburiy umumiy o‘rta ta’lim dunyoviy xaraktyerga egaligi munosabati bilan o‘quvchilarning maktab formasiga turli din va konfessiyalar xamda turli submadaniyatlarga mansublikni aks ettiruvchi elementlarni (hijob, kipa, kashaya, xoch va boshqalar) qo‘shishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, umumta’lim maktablarida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘g‘il bola o‘quvchilarning ta’lim muassasasiga tanasining ochiq qismiga tatuirovka tushirgan yoki pirsing qilgan, soqol qo‘ygan, sochi 2-3 santimetrdan uzun bo‘lgan va yorqin ranglarga bo‘yagan holda kelishlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qiz bola o‘quvchilarning ta’lim muassasasiga tanasining ochiq qismiga tatuirovka tushirgan yoki pirsing qilgan, sochini yorqin ranglarga bo‘yagan, yuzini ko‘zga tashlanadigan darajada makiyaj qilgan, qulog‘iga bittadan ortiq sirg‘a taqqan, barmoqlariga uzuk taqqan, qo‘l tirnoqlarini bo‘yagan va uzun qilib o‘stirgan holda kelishlariga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ob-havo sharoitidan kelib chiqib, o‘quvchilar maktab formasining nimchasini yoki kostyumini, ko‘ylakning yengi uzun yoki kalta shaklini ixtiyoriy ravishda kiyishlari mumkin. Shuningdek, qishki o‘qish davrida o‘quvchi qizlarga yagona maktab formasiga mos shim kiyishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ta’lim muassasasi tomonidan maktab formasining namunaviy yagona shakllarining rangli rasmlari va texnik ko‘rsatkichlari — matoning tarkibi va rangi haqidagi ma’lumotlar 1 — 6-sinflar va 7 — 11-sinflar kesimida ta’lim muassasasining barchaga ko‘rinarli joyiga osib qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ta’lim muassasasi rahbariyati har yili 20-fevralga qadar o‘quvchilarning taxminiy soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni sinflar va jins (o‘g‘il/qiz) kesimida tegishli tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari har yili 1-martga qadar o‘quvchilarning sinflar va jins (o‘g‘il/qiz) kesimidagi tuman (shahar) bo‘yicha umumlashtirilgan ma’lumotlarni (prognoz) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi tomonidan tasarrufidagi ta’lim muassasalaridagi jami o‘quvchilarning sinflar va jins (o‘g‘il/qiz) kesimidagi soni (prognoz) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirgan holda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga har yili 10-martga qadar taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan umumta’lim maktablari jami o‘quvchilarining sinflar va jins (o‘g‘il/qiz) kesimidagi soni (prognoz) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hududlar bo‘yicha umumlashtirilgan holda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga har yili 20-martga qadar taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi taqdim etilgan ma’lumotlarni hisobga olgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda har yili aprel-avgust oylari davomida hududlar bo‘yicha maktab formalarining ishlab chiqarilishini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi maktab formalarining hududlar va tuman (shahar)lar bo‘yicha ishlab chiqarish va savdosi tashkil etiladigan joylar to‘g‘risidagi manzilli ma’lumotlarni har yili 20-aprelga qadar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga taqdim etadi va ommaviy axborot vositalari orqali savdosi tashkil etiladigan joylar to‘g‘risidagi manzilli ma’lumotlarni e’lon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi ishlab chiqaruvchilar va savdo shohobchalarining manzillari haqidagi ma’lumotlar har yili 25-aprelga qadar barcha ta’lim muassasalarga yetkazilishini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ta’lim muassasasi rahbariyati tomonidan har yili 1-mayga qadar ta’lim muassasasining barchaga ko‘rinadigan joylariga maktab formasini qayerda va qanday tartibda xarid qilish mumkinligi to‘g‘risida tegishli e’lon joylashtiriladi hamda ta’lim muassasalari tomonidan ota-onalar o‘rtasida tushuntirish ishlari olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. O‘quvchilar tomonidan zamonaviy yagona maktab formasini kiyish tartibiga rioya qilmaganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. O‘quvchilarning maktab formasini kiyish tartibiga rioya qilmaslik ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalarini buzish deb baholanadi va bunday o‘quvchilarga quyidagi choralar qo‘llanishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ogohlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kundalik daftariga qayd etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tushuntirish ishlarini olib borish uchun ota-onasini xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ta’lim muassasasidagi yig‘ilishlarda ota-onalar ishtirokida muhokama qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. O‘quvchilarning ta’lim muassasasiga maktab formasida kelishlarini ta’minlash uchun ota-onalar mas’ul hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ta’lim muassasasida o‘quvchilar tomonidan maktab formasini kiyish tartibiga rioya qilinishi ta’lim muassasasi rahbariyati, sinf rahbarlari va pedagog xodimlar tomonidan nazorat qilib boriladi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 09/22/312/0493-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun zamonaviy maktab formasini joriy etish tartibi to‘g‘risida nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2018-y., 09/18/666/1768-son; 20.06.2019-y., 09/19/509/3316-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2022-y., 09/22/271/0433-son; 07.06.2022-y., 09/22/312/0493-son, 04.10.2022-y., 09/22/558/0887-son)